90 marta körilgan

Faqat yulduzingni quçar yulduzim…

Ozoda Bekmurodova

Maktub

Borar yölim sening yöling emasmu?

Manzilgohing zangor dilim emasmu?

Seni desam yer-u kökda yaşnadim,

Köksimdagi sening guling emasmu?

* * *

Şamsim sizga boqib közim adaşdi,

Közim ne, asarim sözim adaşdi.

Yöllar rayhon edi,

Xuşvaqt ketardim,

Poyingizni quçib tözim adaşdi…

Bir şuʼla izladim yillar oralab,

Tunlarning köksiga yoğdular qalab,

Nogoh porlaganda iqbolim şaʼmi,

Boşimni kötardim men siddiqtalab.

Şamsim, siz döst böling, durdonam böling,

Kadar falagida bir donam böling,

Menam bir kun körib,

yaşillanayin,

Köklamim, savrim, pirxonam böling!

Libos orzusida sizga talpindim,

Fasllar almaşdi, xasdek ökindim.

Faqat xayolimda sizniki böldim,

Faqat xayolimda siz bilan tindim.

Şamsim, sizga boqsam közim adaşdi.

Poyingizni quçib tözim adaşdi,

Sohilsiz dengizdek unsiz ötindim,

Özimdan sarosar, “özim” adaşdi…

* * *

Yot ellarning boği bilan boğçasi,

Öz yurtimning yantoğiça bölolmas.

Maxtumquli

Özga yurtning gullar öpgan köçasi,

dengizlari,

nilufari, ğunçasi,

daryolari,

sohillari, boğçasi,

kökni quçgan möjizasi,

darçasi,

öz yurtimning tuproğiça bölolmas.

Yot ellarda könglim yaşnab kulolmas.

Garçi uçdim yulduzlarning qanotida,

Nasim böldim soğinçlarning sirotida.

Balki alvon jilvalarga maftun böldim…

Ruh bermadim ruhsizlarning bayotiga.

Menga heç kim öz elimdek bölolmas.

Yot ellarda könglim yaşnab kulolmas.

Nurlar kördim osmon bilan böylaşgan,

Sirlar kördim, sinoatdan söylaşgan,

Uçayotgan turnalarni tinglasam,

Oşiyonining sevgisidan kuylaşgan.

Özga yurtda könglim yaşnab kulolmas.

Dil gardimni abru nayson yuvolmas.

Yantoqgullar – bolaligim bayroği,

Xoru xasi, ölanlari, yaproği.

Jonga malham quşlarining sayroği.

Tötiyodir itlarining tirnoği,

Öz yurtimda raqib soçim silolmas

Yot ellarda könglim yaşnab kulolmas.

El hajrini ğaribalar biladi…

Yurt işqida sarğayadi, söladi…

Öz elimda kökka boqsam ösaman

Nafas olsam olamlarim töladi!

Tuğyonimni zebu zarlar ololmas,

Yot ellarda könglim yaşnab kulolmas.

* * *

Heç qaçon seniki bölmayman.

Heç qaçon qölimdan tutmassan.

Seni deb samoni tilmayman,

Meni deb dunyodan ötmassan.

Faqat yulduzingni quçar yulduzim,

Men sening, sen mening azizim…

Nurlaring nurimga qöşilib ketar,

Sirlaring sirimga eşilib ketar,

Bu yoruğ olamdan şohu gadolar,

Bir degan sohibi dunyolar ötar…

Faqat yulduzingni quçar yulduzim,

Men sening, sen mening azizim…

Yoruğ tuşlar kabi lahzalar uçar,

Oppoq quşlar kabi yodimiz köçar.

Bir kuni mahşarda közimni körsang,

Sening rasming qolgan zor qoraçiqlar…

Faqat yulduzingni quçar yulduzim,

Men sening, Sen mening azizim!

Ayt axir bu neçuk Karbalo daşti?…

Xayolim yaşnatar visoling gaşti.

Hatto izlaringni quça olmasman,

Neçun huzuringa bunçalar şoşdim…

Faqat yulduzingni quçar yulduzim,

Men sening, Sen mening azizim…

Bu xazon dayri ham bir hikmat asli.

Menda yuz oçsaydi Boburiy nasling…

Oyoqlar ostida qolgan ilinjdek,

Ötib ketganmidi sevişmak fasli…

Faqat yulduzingni quçar yulduzim,

Sen mening Xudodan keyin azizim!

* * *

Döstlar yuragimdan keçib ketganda,

Ruhim oqquşlari uçib ketganda,

Yulduzlar benişon öçib ketganda,

Kitobga suyandim, faqat kitobga…

Könglim devorlari köçib ketganda,

Hijron sariq gullar soçib ketganda,

Ismim hayotingdan öçib ketganda,

Kitobga suyandim, faqat kitobga…

Umr ham oftobdek bir öçib yonar,

Xayol boğlarida çeçaklar unar.

Idrokim faqat bir nidoga könar-

Kitobga suyandim, faqat kitobga..

Uyğonib ketaman yarim keçalar,

Kitob javonimda bir qiz kuy çalar,

Yiqilib, yiqilib turib neçalar,

Kitobga suyandim, faqat kitobga…

Ozoda BEKMURODOVA

 Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida tuğilgan. Özbekiston Milliy universitetini tamomlagan. “Dilrabo oq şomlar”, “Yurak zarblari”, “Moviy fursatlar”, “Tonglar vodiysi” şeʼriy töplamlari naşr etilgan. Şeʼrlari rus, ingliz, turk tillariga tarjima qilingan. Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi.

2024/5

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (325)

Ayol

Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan çekkanda yohu,
Uning ham panohi qaytmadi jangdan,
Ön töqqiz yoşida beva qoldi u.