Muhabbat
Ey dil, bahor bilan yuzlaşding, yonding,
Uyğondi qizğaldoq böyli xotirot.
Yana ertaklarga çin deb işonding,
Soğinç kurtaklaring gullagan hayot.
Sabzalar içida qizğaldoq – quyoş,
Yodingda tiklandi ötli çoğlaring.
Kiprigingda ğunça – bir tomçi közyoş,
Bağriga çorladi zangor boğlaring.
Binafşalar kuldi, kulgusi soğinç,
Daryoga talpindi diydor izlar qor,
Nurli qadamlarin qöyib oşiqdi
Soğinç gullarini soçganda bahor.
Boğlarda bodroqday oçildi soğinç,
Qaytdi quçoğingga qaldirğoçlar ham.
Bulutlar suv sepdi: ey taşna dil, iç,
Köklam soğinganing aytadigan dam.
Lekin har bahor ham qismat gulining
Sen uçun ifori ökinç, alamli.
Qudrati yetmaydi qadr tunining,
Sabzaday kipriklar şabnamli, namli.
Dilim, fursat yetdi, kelar qoşingga,
Eh, bunça azobga duçor bölmasang.
Dunyo ğarq bölar-ku tökar yoşingga,
Kelsa-yu közida soğinç körmasang.
Qani endi, ixtiyor senda bölsa-yu,
Seni sevmaganni sen ham sevmasang…
Jannat yurtim
Bu dunyoda umidvor har dil,
Duo birla qilurkan niyat.
Jannatingdan joy bergil, tangrim,
Orom topay, deydi, abadiyat.
U bilmas lek, kökdami, qayda,
Orzulagan jannat boğlari.
Suv örniga şarbatlar oqqan
Çamanzorlar, behişt toğlari.
Yöq, kufr deb atamang sözim,
Haq vaʼdasin etmasman inkor.
Şukrim dilda, yurtimga boqib,
Zaminda ham, deyman, jannat bor.
Boşlanar-ku qalbdan obodlik,
Ezgulikning çöği yurakdan.
Bunda elning hayoti totlik,
Jannat fayzi yoğar falakdan.
Mehnat bilan rizq topar hamdam,
Hayotidan mamnun, köngli töq.
Riyokoru, yurtfuruşlarga,
Buzğunçiga bunda örin yöq.
Mağrur, ozod yaşar el-ulus,
Öziga bek, öziga xondir.
Yovlarin mahv etolgan jasur
Bobolari jannatmakondir.
Lafzi halol, yurtiga qalqon
Mardlarining qaddi adl, tik.
Tört faslki, töxtovsiz gullab,
Yaxşilikdan unar yaxşilik.
Heç manzilda baxt topmas tayin
Jaholatga asir bölgan jon.
Jannatni ham obod etgaydir
Yurtin jannat etolgan inson!
Bargi xazonlar
Qanday gözal edi, bu boğlar gözal,
Qanday hilpirardi yaşil yaproqlar.
Tabiat hukmimi bu qazo azal,
Kuzak yuragimga solur titroqlar.
Ötdimi yaşnagan eng ajib onlar,
Dunyoga alvido aytar xazonlar!
Bargi xazonlar, bargi xazonlar,
Sizning qismatingiz yuragim doğlar.
Ey sönggi yaproqlar, ötdimi u çoğlar,
Mening yuragimdek ğarib bu boğlar…
Taqdir quyunidek kuzak şamoli
Zaʼfaron barglarga etmaydi şafqat.
Qalbimni örtaydi har barg zavoli,
O hayot, bunçalar hukming beşafqat.
Umrim daraxtiga köz taşla, ey döst,
Yillar armonida kuyib-yonurman.
Bahorlar bağriga yöl boşla, ey döst,
Yöqsa bu boğlarda mangu qolurman.
Ötdimi yaşnagan eng gözal çoğlar,
Dildan uçyaptimi bargi xazonlar…
Bargi xazonlar, bargi xazonlar,
Siz-la ketyaptimi eng gözal çoğlar.
Bargi xazonlar, bargi xazonlar.
Yöq, hali köksimda gullaydi boğlar…
Hayot gözal
Ey dil, şoşma,
Hali erta, bilsang, vidoga.
Umid bilan qöllaringni
Oçgil duoga.
Hayot gözal, döstlar sari
Talpinib yaşa.
Qolganini qöyib bergil,
Yolğiz Xudoga!
Törtliklar
Köngil vodiysiga könglim işondim,
Işqqa dil berdimu işq ila yondim.
Qança yil ğaflatda ötibdi umrim,
Bitta qaraşingdan qayta uyğondim…
* * *
Oşiq dilga muattar havolar işqdan kelur,
Ham boşiğa ğavğoyu balolar işqdan kelur,
Majruh dilga tabibdin malham izlama, ey döst,
Davosiz bu dardga ham davolar işqdan kelur.
* * *
Yo rab, özing bu dilim işq içra samandar qil,
Hijron gulin iforin özing muşku anbar qil.
Vasling sördim, hayotim subhini qaro qilding,
Bemurod ketmay, umrim şomini munavvar qil…
* * *
Ey dil, endi vujudimning sohiri sen,
Söz aytsam, sözimning zohiri sen,
Qança sarson bölib özingga qaytdim,
Angladim, işq yölin oxiri sen.
Yoğayotgan oppoq qorlar tindimi
Yuragimga qorparçalar qöngandi,
Qor ostida boyçeçaklar ungandi,
Kiprigimga pok zarralar ingandi,
Köngil çalgan işq rubobi sindimi,
Yoğayotgan oppoq qorlar tindimi?
Garçi oftob körinmas köp samoda,
Lekin tafti yurakdagi maʼvoda,
Yupanç yöqdur sevgi degan samoda
Aytgil, ey yor, işq rubobi sindimi,
Yoğayotgan oppoq qorlar tindimi?
Oppoq edi göyo bu jumla jahon,
Har zarradan öqir edim bir doston,
Nahot erib ketsa bu oppoq böston,
Köngil çalgan işq rubobi sindimi,
Yoğayotgan oppoq qorlar tindimi?
Qorparçalar oşiq qalbim yoğdusi,
Oyoğingni öpib yölda qolğusi,
Erisa ham yuragingga tomğusi,
Aytgil, ey yor, işq rubobi sindimi,
Yoğayotgan oppoq qorlar tindimi?
Minhojiddin MIRZO
1965-yili tuğilgan. Özbekiston Milliy universitetini tugallagan.
“Nilufar”, “Visol xabari”, “Yulduzim”, “Könglim kurtaklari”, “Gullaş payti keldi, boğlarim” kabi şeʼriy töplamlari, “Qayğu guli”, “Soğinç saltanati” dostonlari naşr etilgan. Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan jurnalist.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida