* * *
Oqşom tuşdi,
Tun kiydi tönin.
Yitib ketdi söqmoqlar, izlar.
Yana oysiz oqşomga könib,
Paydo böldi uç-tört yulduzlar.
Sen qaytmading,
Yetib kelmading.
Yonişimga bir bahya qoldi.
Qizğandingmi oyni,
Bermading,
Yulduzlarga örganib qoldim.
Tun tönini yeçib taşladi,
Tong otganda foş böldi izlar.
Şarq qizarib kela boşladi,
Ğarbga qoçib ketdi yulduzlar…
Rahmiddin Abrayev
1994-yili tuğilgan.
Qarşi davlat universiteti talabasi.
“Isteʼdod maktabi” VII respublika yoş ijodkorlar seminari iştirokçisi.
Mendan köngil söra…
Dunyoning dardini qaydan bilibman,
Mendan dard sörama, armon sörama.
Qizqtirmas ğiybat, har xil gap-sözlar,
Alamlar sörama, yolğon sörama.
Axir dilim faqat şodlikni bilar,
U qaydan bilibdi ğamning taʼmini.
Qandayin töldirsa töldiraversin
Boriga könmagan dunyo kamini.
Mendan quvonç söra, muhabbat söra,
Işq söra azobsiz, alamsiz, dardsiz.
Bir köngil söragin oppoq qoğozdek,
Ğamlardan arigan ğuborsiz, gardsiz.
Mendan köngil söra, mendan dil söra,
U axir umidni ulğaytgan beşik.
Sening kulguçingdan, mening kulgumdan
Toki baxtlar oçsin baxtiyor eşik…
Dilnoza ABDUHAMIDOVA
1992-yili tuğilgan.
Navoiy davlat pedagogika institutini tugatgan.
“Isteʼdod maktabi” VII respublika yoş ijodkorlar seminari iştirokçisi.
Baxt
Kimningdir poyida faryod çekar baxt,
Yana kim sevgi deb orttiradi dard.
Mayli, telba bölsin yo, mayli, gado,
Har kimning haqqi bor baxtli bölişga!
Tilingan qalbida tirnalgan ovoz,
Turmuş zarbi sabab etolmas parvoz…
Heç qursa bir lahza, heç qursa biroz
Har kimning haqqi bor baxtli bölişga!
Diydorga dönadi bir kuni firoq,
Ammo dildan mehr ketmasin yiroq.
Hattoki yaşaşdan sönsa iştiyoq,
Har kimning haqqi bor baxtli bölişga!
Dunyoga kelding-u, neni anglading?
Baxtli qilaman deb kimni aldading,
Anvar Mirzo, nega şuni bilmading?!
Har kimning haqqi bor baxtli bölişga!
Anvar Mirzo
1987-yil tuğilgan. Özbekiston Milliy universitetini tamomlagan.
“Isteʼdod maktabi” VII respublika yoş ijodkorlar seminari iştirokçisi.
Bolalikni soğinib…
Ğöra uzib, qölga tuşganday,
Ona, sirli tuşlar foş böldi.
Xohladingiz: boşlarim toşdan,
Özim xohlab bağritoş böldim…
Hali-hamon xonamda yaşar
Qöğirçoğim, esdaliklarim.
Bugun eriş tuyuldi hatto
Özimga ham erkaliklarim…
Bola könglim xatolar qilsa,
U payt hamma quvonar edi.
Xato qilsam, nega yiğlaysiz,
Könglim bola emasmi endi?
Menga taniş ertaklar öşa,
Munis ohang bilan yodimda:
Bir boru bir yöq edi unda,
Yaxşilar köp edi qadimda…
U payt tutib qöllaringizni,
Qörqmas edim yurgan yölimdan.
Heç bir çuqur qörqita olmas,
Siz tutsangiz yana qölimdan…
Aziza Yusuf qizi
1995-yili tuğilgan. Guliston davlat universiteti talabasi. “Isteʼdod maktabi” VII respublika yoş ijodkorlar seminari iştirokçisi.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida