51 marta körilgan

Mening yuragimda ölmaydi bahor!..

Mening yuragimda ölmaydi bahor!..

* * *

Kuz edi, vaslingga siğmadi haddim,

Xazonlar oralab bir özim ketdim.

Yöllar – uzun hasrat, adoği yöqdir,

Lek ikki yonida işq boği yöqdir.

Tört tomon yolğizlik – zaʼfaron bargli,

Bu kuz sen bor bölgan kuzlardan farqli.

Dunyo – ayriliqqa tölgan qalb, jonim,

Boşimdan ğam soçar maydalab, jonim.

Umrimdan yaproqdek uzilding, ketding,

Qalbingni mendanmi, kuzdan berkitding!

Mensiz gulzorlaring butkul xazonmi?

Bir özing bir özing uçun osonmi?

Sen xazonlar içra yop-yolğiz gulsan,

Keçir meni, endi olis tuyilsam…

Men seni xazonlar içra yöqotdim,

Kuz edi, vaslingga yetmadi haddim.

* * *

Şaharni qoq yorib işga kelar-u,

Ulkan haybatini kömar xonaga.

Çunki taşqarida begonalar, u

Begonalar içra qalbi qonagan.

Qadrdon döst kabi boqar qahvaga,

Kuldonga yurakning çöğini qoqar.

Taşqariga çiqmas, ötmas sahnaga,

Sahnalarda arzon öyinlar oqar.

Kördi – ne tulporlar yuganlar bilan,

Kördi – qança gullar soya tagida…

Kun körişga kelib yurganlar bilan

Suhbatlaşib bölmas hayot haqida.

Közlari kulmagan odamlar aytgan

Baçki hazillarga kula olmas u,

Har soniya sezar, tuğilgan paytdan

Ölgunça ham bunday böla olmas u!

Şom çoği. Qoladi kuldon va qahva.

Şamolga aylanib kezar şaharda.

Odamdek yaşardi u ham bebaxt va

Maydaroq bölganda agarda…

* * *

Iltimos!

Eʼtibor bering! Yonimda

Bahorga tadorik körgan çamanlar!

Juda kam vaqt qolgan ixtiyorimda,

Juda köp ğam qolgan menga,

çamamda.

Men tartibli odam –

Erta-keç işda,

Sizlar istagan payt gullab-yaşnaysiz!

Men faqat şeʼrlarda kuylagan işqda

Siz har kuni yaşaysiz…

Subhidam ruhimni avtoga qamab,

Uydan idoramga sudrayman mudom.

U vazmin xörsinar holimga qarab,

Men unga öksiyman hayot nomidan.

Köçada köngil yöq – savlatlar quruq,

Yana tafakkur yöq – kallalar, loşlar.

Sevgi yöq, işonç yöq, vaʼdalar quyuq,

Qalblar qayga ketdi?

Qayerda boşlar?

Beğam olomon bor,

Beşafqat yöl bor,

Orqa-öngiga bir qaragan kas yöq!

Bir şoir ölaroq osmonga yolbor!

Osmon jim,

Osmon jim, umidbaxş sas yöq!

Endi muhabbat yöq, şahvatlar qolgan,

Şior töqiş bilan band endi vijdon.

Tamşanib sodda xalq topgan maqolga

Şoirlar qaytadi işdan.

Ahamiyat bering zarur paytda, bas,

Bahorga tadorik körgan çamanlar!

Köklamga yetmaydi!

Köklamga yetmaydi!

Köklamga yetmas

Mudragan ruhini uyğotmaganlar!

* * *

Soçimga tortildi mezonlar oppoq,

Har bir oq tolamda hasratlar yangi.

Va keyin yuzlarim xazonday ğamnok,

Oxiri mendan kuz yaratdi Tangrim!

Men endi iztirob bölib, qoşingga

Xazonlar yetaklab borganim-borgan.

Yomğirlar soçarman yolğiz boşingga,

Axir meni senga Tangrim yuborgan!

O, qanday adolat – hijron bobida!

Tangrida heç nima esdan çiqmaydi:

Ölimdan battar bu: baxtning yonida

Kuzni unutişga hadding siğmaydi.

* * *

(Şarhi holim şunça muhimmi!)

Axir Özing berding ruhimni,

Şeʼr deb bilay hamma yiğimni

Va befoyda söz berma menga!

(Özi kimman men Haq qoşida!)

Maşrab esam ham şoh qoşida,

Yolğon bölsa, na xalq qoşida,

Na saroyda söz berma menga!

(Menga kuç ber va behad bölsin!)

Mayli, qalbda jarohat bölsin,

Peşonamda quyuq xat bölsin,

Böş manglayda söz berma menga!

(Söz – men uçun Sensan va duo!)

Sözimni yer qilmasin dunyo,

Hayot, işq va ölim, ey Xudo,

Boşqa mayda söz berma menga.

* * *

Mening könglimga öt qöyar saraton,

Na yomğir, na şamol, na soya bordir.

Umrimdan – bir yolğiz motamsarodan

Faqat xazon içra himoya bordir!

Mukammal inşo yöq taqdirdan özga,

Mening yozganlarim xatoga töldi.

Qança yaqin borsam hijronga – kuzga,

Xazon bölgan yurak Xudoga töldi!

Jimirlab közingda yaşaydi hayot,

Jimirlab tuşingga kiradi kimdir.

Önging baxtga töla, tuşing xotirot,

Ehtimol, şu sabab közlaring jimdir.

Işqdek yonib turar, ana, saraton,

Yomğir yöq, ğir etgan şamol, soya yöq,

Yillar yaproq soçib uçdi oradan,

Endi iztirobga heç nihoya yöq…

Xazonlik qoldi, bas, bizga xazonlik,

Bandimiz tuproqqa, ruhimiz kökka…

Bu yoği yengildek,

Bu yoği osondek,

Axir biz könikdik yaşamaslikka!

* * *

Bir yonda bahorlar gullab yotsa-yu,

Körki közlaringga behad yoqsa-yu,

Umuman, boşingga baxtlar yoğsa-yu,

Baxtli bölmoq uçun haqqing bölmasa…

Taqdir yuragingni qilsa bir gul-u,

Guldek ösaversa keyin köngil-u,

Sen qanday şoirsan, tiling bulbul-u,

Bulbulni tinglaşga xalqing bölmasa…

Ey hayot, azaldan sen-ku, men-ku jim,

Nega bu işqning ham oğzi mangu jim,

Osmonga termulib yiğlasang-u jim,

Yo Alloh, deyişga hadding bölmasa…

* * *

Men qahva içaman bamaylixotir,

Oqbilak qölimda inkiçka sigar.

Töğri, hijronlarga çidayman hozir,

Har qança hasrat ham yurakka siğar.

Ustimdan kulsa-da bahor ranglari,

Hayot gözal bölsa aksiga olib,

Qahva simiraman atay tonglari –

Atay oğriqlardan ketmayman ölib…

Pörim kiyinaman qalbimni yopib,

Hamma iztiroblar kostyumdan içda.

Mabodo kelsang ham yuragim topib,

Qölimda qahva va sigar – ingiçka…

Men huzur qilaman, axir, zulmingda…

Ammo bir kiçkina muammo, yaʼni,

Qahramon emasman, axir, umringda,

Şunça dard çekib ham ölmay turgani!

* * *

Gul-u xasniyam öz erki bor, janob,

Tangrining hukmida – neki bor, janob,

Ey löttivoz janob, ey kibor janob,

Axir sizdan sörab kelmaydi bahor!

Umrimiz zax edi qor va közyoşdan,

Ne-ne qahratonlar keçmadi boşdan,

Közingiz qamaşib ketsin quyoşdan,

Nihoyat, toledek jilmaydi bahor!

Billur közoynakni artib, bir boqing,

Hujjatlarga siğmas tartib, bir boqing –

Öylaysiz imzomga zor deb, bir boqing,

Hatto bor-yöğingiz bilmaydi bahor.

Garçi böğzim uzra böyinboğ tarang,

Ammo moğor bosgan hisga boğlamang,

Siz qança urinmang, qança xohlamang,

Mening yuragimda ölmaydi bahor!

***

Sababi ne köksimdagi ğaşlikning,

Ne taraddud muhim qadam qoşida?

Biron yurak bu yugurik yoşlikning

Turmas axir heç qaytadan qoşida.

Bir tola şuʼlangga suyandim, hayot,

Yukim senga tuşdi – uyaldim, hayot,

Meni odam qilding, muallim hayot

Va mudom qarzdorman Vatan qoşida.

Ey, içi pök, suvrati muhtaşamlar,

Şeʼrimga kirmoqçi bölgan haşamlar,

Siz kim böpsiz, nima böpti bu ğamlar,

Yaratganga bergan vaʼdam qoşida.

ULKANLAR HAQIDA BALLADA

Şodmonqul Salomga

Şamollar töxtadi manov daştlarda,

Manov qoyalarda gumburlar tindi.

Mayda hayot qoldi baland-pastlarda,

Nahot zuvalamiz kiçik uzildi?!

Endi dengizlarni tizzadan keçib,

Maşriqdan Mağribga ötmas ulkanlar.

Ular maydalikdan, pastlikdan çöçib,

Hali maydalaşmay turib ölganlar.

Azamat kelbatlar gum-gurs yer bosib,

Qaldiroq tovuşda çorlamas bizni,

Axir biz şu mitti boşga munosib

Çiqarmay yuribmiz ovozimizni…

Yumuşimiz mayda, dardimiz mayda,

Osmon uzoq deymiz, bahonamiz bor!

Yuksaklik haqida sözlar befoyda,

Qörqamiz – qörqqulik ne nomamiz bor.

Orzular örtahol – qanot yöq, demak,

Quşdek parvozlarni unutdik tamom.

Bizga ulkanlikning özi ne kerak,

Bizga ulkanlik ham ortiqça maqom…

Ammo koinotga boqib, yolğiz payt,

Bir lahza bölsa ham xörsinganmiz-ku!

Ivirsiq işlarga çöktirganda vaqt,

Mayda holimizdan öksinganmiz-ku!

Daştlar böyra edi, dengizlar sayoz

Alloh yorlaqagan ulkanlar uçun!

Biz esa Vatandan kutdik imtiyoz

Oz-moz qölimizdan kelganlar uçun!

Kel, men ummon bölay, sen toğ bölgin adl,

Kel, mayda ğamlardan kötar boşingni.

Hozir isbotlaşing juda kerakdir

Sen ham ulkanlikni uddalaşingni.

 

Nosirjon JÖRAYEV

1984-yili Namangan viloyatida tuğilgan.

Özbekiston Milliy universitetining Jurnalistika fakultetida tahsil olgan. “Ulğayiş kunlari”, “Muhabbatdan söng…”, “Eng qudratli zarra”, “Şarh”, “Mangulik kemasi”, “Aksinça”, kabi şeʼriy töplamlari, “Noyabr kuyi” va “Kibor” nomli qissalari eʼlon qilingan.

“Yoşlik” / 2025 / 10

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (325)

Ayol

Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan çekkanda yohu,
Uning ham panohi qaytmadi jangdan,
Ön töqqiz yoşida beva qoldi u.