349 marta körilgan

Nafasing köksimni nurga töldirar…

Vohid Luqmon

***

Azizam, qarşingda turibman, mana,

Istasang poyingda çökajakman tiz.

Yurakda bir oğriq qilur tantana –

Ölimdan kuçliman, sevgidan ojiz.

Azizam, turibman, mana qarşingda,

Sendan bir imomi, imdodmi kutib.

Jonimga jabr bor har qaraşingda,

Turibman közlaring yoşini yutib.

Qarşingda turibman, mana, azizam,

Nafasing köksimni nurga töldirar.

Nega indamaysan – nigohlaring nam,

Soğinçni közyoşmas, jimlik öldirar.

Azizam, qarşingda, mana, turibman,

Oramizga tuşgan faqat bir qadam.

Tegramga til bilmas devor quribman,

Turibman termulib – jurʼatsiz odam…

***

Kasal bölişga ham qörqaman, illo,

Oğrisam, joningiz oğriydi, jonim.

Girgitton bölasiz, goh yiğlaysiz yo,

Axir özingiz-ku dorim, darmonim.

Gard yuqsa egnimga, çöqiysiz quşday,

Kipriklaringiz-la yuzim silaysiz.

Özingizga emas, goho behuşday –  

Neki yaxşilik bor – menga tilaysiz.

Gohida sokinsiz, kulasiz sirli,

Goh asov daryodek toshib oqasiz,

Göyoki bilgandek bir mudhiş sirni

Şubha-gumonlardan olov yoqasiz.

Yonimdan ötgan har yeldan qizğanib,

Yuragim titkilab körasiz bot-bot.

Axir, sizdan keyin özimni tanib,

Axir, sizni deya borman-ku hayot.

Axir, sizniki-ku har bir nafasim,

Dilim sizdan özga dilni sörmaydi.

Axir, özingiz-ku erkim – qafasim,

Közim sizdan boşqa gulni körmaydi.

Jonim solingan-ku kulguçingizga,

Kulsangiz maydayin çayqalar jonim.

Jon ato etasiz lab uçingizda,

Baxtiyorim mening, mening armonim.

Törtta fasl kabi aylanar hayot,

Goh sovuq, goh issiq, goh qor, goh yomğir.

Goh döst, goh ğanimdek şaylanar hayot,

Yaxşiyam, siz borsiz, sizsizlik – oğir.

Yaxşiyam, siz borsiz, Xudoga şukur.

Yaxşiyam, men borman, şukur Xudoga.

Qirqqa kirganimda anglaganim şul,

Sizni deb kelganman asli dunyoga…

***

Kunlar kabi qisqarar muddat,

Qor yoqqanday qovoq solasan.

Sensiz ötar kunlarim mudrab,

Mensiz qança yaşay olasan?

Yuzing yalar şomgi izğirin,

Bekatlarda turib qolasan.

Taşlamaysan közlaring qirin,

Mensiz qança yaşay olasan?

Olib ketar yaşil avtobus,

Böğzimdagi yaşil nolasan.

Xayollari ortda qolgan qiz,

Mensiz qança yaşay olasan?

Telefonda qilasan zarda,

Göyo tantiq, injiq bolasan.

Derazangni tösadi parda,

Mensiz qança yaşay olasan?

Hafsalasiz oçasan kitob,

Varaqqa termulib tolasan.

Sözing poylab turibman şu tob,

Mensiz qança yaşay olasan?

Kiprigingda şuʼlalanar nur,

Göyo yomğir, göyo jolasan.

Özing qiynab qilasan huzur,

Mensiz qança yaşay olasan?

Qölim yetar, yetmas sabotim,

Ostonangda turib qolaman.

Içkarida mening hayotim,

Sensiz qança yaşay olaman?

***

Dilimni varaqlar barmoğin höllab.      

Yurakni kitob deb öylaydi bu qiz.

Har bir varağimga tekkizadi lab,

Meni şoir qilmay qöymaydi bu qiz.

Nigohim çömilar kulgiçlarida,

Xonamga kiyikdek böylaydi bu qiz.

Xayolan yaşaydi gul içlarida,

Meni şoir qilmay qöymaydi bu qiz.

Gapirsam, tirnoğin tişlaydi nega,

Maşrabdan ğazallar söylaydi bu qiz.

Qöyvorsa, qölimni uşlaydi nega,

Meni şoir qilmay qöymaydi bu qiz.

Dökonga kelgandek şeʼr sörab kelar,

Işq öyinin ğirrom öynaydi bu qiz – 

Goh soçini yoyib, goh örib kelar,

Meni şoir qilmay qöymaydi bu qiz.

Yiğlaydi sababin aytmaydi, goho

Kuladi – bepiçoq söymaydi bu qiz.

Bir kuni savdoyi qiladi va yo

Meni şoir qilmay qöymaydi bu qiz.

Işim yöqmi boşqa qalam-qoğozdan,

Nega bunça şeʼrga töymaydi bu qiz?

Darak yöq sevgidan, işqdan, dilrozdan,

Meni şoir qilmay qöymaydi bu qiz.

***

Közyoş kabi yomğir tinmasa,

Şivirlasa namiqqan barglar.

Közgularda aksim sinmasa,

Yodga tuşsa yoqimli dardlar.

Meni eslang, meni unutmang…

Turna misol uçsa xayollar,

Hislaringiz bahordan tonsa.

Yölingizni tössa şamollar,

Labingizga tomçilar tomsa.

Meni eslang, meni unutmang…

Xazon kabi soçilsa kunlar,

Anordayin ezilsa yurak.

Könglingiz tark etmasa kinlar,

Bilmasangiz sizga kim kerak.

Meni eslang, meni unutmang…

Çirpiragan bargdek uçaman,

На сохтаман ва на аслман.

Sizni savdoyidek quçaman,

Axir, siz istagan faslman.

Meni eslang, meni unutmang…

***

Bilmadim, bu yurak meniki emas,

Xuddi ğijimlangan qoğozdek – ğijim.

Faqat hapqiradi, biror söz demas,

Begona yurakka töladek içim.

Bu yurak meniki emas, bilmadim,

Kimsasiz – egasi köçib ketganday.

Qadimiy bitikka öxşar bu yurak,

Sarğayib, sözlari öçib ketganday.

Meniki emas bu, bilmadim, yurak

Şubha-gumonlarga tölib qolganday.

Hadik bilan boqar har ötgan kasga,

Bir oqşomda qörqoq bölib qolganday.

Emas, bilmadim, bu yurak meniki,

Çönqayib ötirar hissiz, sözsiz jim.

Axir, kimniki bu, biror kas bormi,

Qayerlarda qoldi mening yuragim?!

***

Bilaman, yuraging soğinayapti,

Aqlingga böysinmay asov tulporday.

Göyo ğururingga doğ inayapti,

Xuddi soğinişning bir aybi borday.

Hali maromiga yetmadi, Gulim,

Sabr qil, soğinmay yaşamoq – ölim.

Köksing kunjagida bir his pitirlar,

Nenidir yöqotgan kabi dilgirsan.

Xotiralaringni bir is qitiqlar,

Göyoki hammaga oşkora sirsan.

Hali maromiga yetmadi, Gulim,

Sabr qil, soğinmay yaşamoq – ölim.

Közguga söylaysan hasbi holingni,

Közingda yiltillar anglamsiz bir mung.

Tortib olişgandek göyo molingni,

Böğzingga tiqilar oğriqli bir un.

Hali maromiga yetmadi, Gulim,

Sabr qil, soğinmay yaşamoq – ölim.

Rangin yöqotganday atrof-javonib,

Sezmaysan özga bir isni, iforni.

Kunduzlari mudrab, tunda uyğonib,

Bağringga bosasan öşal ozorni.

Hali maromiga yetmadi, Gulim,

Sabr qil, soğinmay yaşamoq – ölim.

Yoningda şarpalar aylanar göyo,

Jilmayib boqasan, quloq solganday.

Közingga hammasi körinar röyo,

Dunyoda faqat sen yolğiz qolganday.

Hali maromiga yetmadi, Gulim,

Sabr qil, soğinmay yaşamoq – ölim.

Yurasan. Töxtaysan. Nega, noayon,

Ortingga qaytasan – qaroring sinmas.

Göyo oyoqlaring qilganday isyon,

Aqling qaroriga sira böysunmas.

Hali maromiga yetmadi, Gulim,

Sabr qil, soğinmay yaşamoq – ölim.

Ehtimol, adaşdim – tusmolim budir,

Eşigingga ming bor bordim-u – qaytdim.

Seni bilmayman, lek ahvolim şudir,

Ismim sörasalar ismingni aytdim.

Soğinç maromiga yetdi-ku, Gulim,

Angladim: soğinmay yaşamoq – ölim…

Vohid LUQMON

1974-yili tuğilgan. Samarqand davlat universitetining jurnalistika bölimini tamomlagan. Bir neça şeʼriy töplamlari çop etilgan. Ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-maʼrifiy mavzudagi publitsistik maqolalari bilan matbuotda qatnaşib keladi.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (325)

Ayol

Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan çekkanda yohu,
Uning ham panohi qaytmadi jangdan,
Ön töqqiz yoşida beva qoldi u.