8 daqiqada öqiladi

1 245 marta körilgan

“Uliss” kitob javonimizda

Ibrohim Ğafurov

Birinçi jahon uruşining insoniyat boşiga yoğdirgan kulfat va talofatlari, “proletar inqilobi”ning ğalabasi Yevropani parokandalikka olib keldi. Adabiyot va sanʼatda gegemon hisoblangan romantizm va realizm oqimlari maydondan çiqib ketdi. Ötgan asrning yigirmançi yillarida poeziyada syurrealizm (Giyom Apolliner va uning izdoşlari), prozada modernizm (Marsel Prust va boşqalar) oqimlari yetakçilikni qölga oldilar. Prustdan keyin Yevropa modern adabiyotining şakl-şamoyilini, uslubiy yönalişlarini F.Kafka, J.Joys, T.Mann, V.Vulf kabi romannavislar davom ettirib, takomillaştirdilar. Ular qalamiga mansub “Jarayon”, “Uliss”, “Doktor Faustus”, “Missis Dellouey” romanlari XX asr modernizm prozasining rivojiga katta taʼsir körsatdi, turli modernistik oqimlarning yuzaga kelişiga zamin yaratdi.

Irlandiyalik yozuvçi Jeyms Joys (James Joyce, 1882–1941)ijodi, ayniqsa, uning “Uliss” (Ulysses, 1921) romani jahon adabiy jamoatçiligida katta şov-şuvga sabab böldi. Ötgan yillar davomida roman haqida köplab maqola va tadqiqotlar yaratilgan bölsa-da, adabiy tanqidçilikda u haqda hanuzgaça yakdil bir fikrga kelingani yöq, töğrisi, bir töxtamga keliş ham amri mahol. Sababi, muallifning özi roman haqida “… şunçalik köp boşqotirma va topişmoqlarni yiğdimki, asrlar böyi olimlar ularni yeça olmay boş qotirsinlar, bu mening abadiy ölmas bölişimga kafolatdir”, deya yozgan edi.

Ha, Joys taʼkidlaganidek, “Uliss” romanining matni boşqotirmalardan iborat, “ingliz adabiy tilida yozilmagan, umuman yozilmagan… u faqat köriş va eşitişga möljallangan” (Semyuel Bekket) matndir. Şu bois asar yaratilgandan keyin fransuz va italyan tillariga töliq tarjima qilingan bölsa-da, Yevropadagi boşqa tillarga tarjima qilinmadi. Undan ayrim parçalarni rus va gruzin tarjimonlari öz tillariga ögirişga muvaffaq böldilar. Sotsrealizm qolipidagi sovet adabiyotşunosligi romanni “XX asrning eng maʼyus, pessimistik ruhdagi asarlardan biri – “Uliss” romanida özining töliq ifodasini topgan Joysning nigilizmi (har qanday meʼyor, prinsip va qonunlarni inkor etiş – M.X.) modernizm “yevangeliye”siga aylandi (V.Ivaşeva)”, deya subyektiv tarzda baholab, uni tarjima qilişga şoşilmadi. Faqat ötgan asrning 80-yillari oxirida adabiyot va sanʼatda röy bergan “qayta quriş”, demokratik özgarişlar yuzaga kela boşlagan paytda M.Prust, J.Joys, F.Kafka ijodini örganiş, asarlarini tarjima qilişga kirişildi. Nihoyat, “Inostrannaya literatura” jurnalining 1989-yil sonlarida “Uliss” romanining rusça tarjimasi bosildi. Tarjimonlar V.Xinkis va S.Xorujiyning uzoq yillar olib borgan maşaqqatli mehnatlari öz samarasini berdi. Oradan qariyb yigirma yil ötib, “Uliss” romanining özbekça tarjimasi yaratildi va “Jahon adabiyoti” jurnalining 2008-yil sonlarida bosildi.

Fursat kelganda, “Uliss” tarjimoni Ibrohim Ğafurovning “Unutilmas Ozod Şarafiddinov özbek kitobxoni Joysni orzulagan va Nitsşe, Markes va Joysni (“Zardöşt tavallosi”, “Buzrukning kuzi”, “Uliss”) tarjima qilişni bizning zimmamizga yuklagan edi”, degan sözlarini keltirib ötiş örinlidir. Ibrohim Ğafurov ustoz Ozod Şarafiddinov yuklagan uç vazifaning uddasidan çiqdi, uç asar tarjimasini özbek kitobxoniga tortiq qildi. Darvoqe, tarjima haqida matbuotda ijobiy fikrlar bildirildi, şuningdek, ayrim mulohazalar ham aytib ötildi. Bugun “Uliss” romanining sözboşi (professor. Akmal Saidov), söngsöz va izohlar bilan taʼminlangan, çiroyli jildli tarjimasi kitob javonimizdan örin oldi*.

“Uliss”dek qomusiy xarakterga ega yirik asar tarjimasi haqida atrofliça fikr yuritiş, uni töğri baholaş bir maqola hajmiga siğmaydi. Qolaversa, tarjimani töliq tahlil qiliş yirik monografik tadqiqotni talab etadi. Biz uşbu taqrizimizda Joys uslubi bilan boğliq ayrim holatlarning tarjimada qay tarzda berilişi xususida fikr yuritmoqçimiz.

“Uliss”ning aksariyat qismi impressionistik ruhdagi stenogramma şaklida yozilgan bölib, bu asosan matnda “ong oqimi”ni aks ettiriş niyatida qöllanilgan. Romandan olingan quyidagi parçaga eʼtibor qarataylik: “Ostonada u (Blum – M.X.) şimining orqa çöntagini urib kördi, taşqi eşikning kaliti turibdimikin? Yöq-ku. Anavi yeçib qoldirgan şimda, şekilli. Uni oliş kerak. Kartoşkamiz bor. Javon ğiçirlayapti. Uni (Mollini – M.X.) uyğotib yubormay. Hozirgina töşakda u yoqdan-bu yoqqa ağdarildi. U nihoyatda ehtiyotkorlik bilan eşikni yopdi. Uni ostonagaça taqab qöymadi. Taşqaridan yopiqqa öxşab körinadi. To kelgunimça heç narsa qilmaydi” (“Uliss sarguzaştlari”, 87-bet).

Joys şarhlovçilari muallifning uşbu uslub vositasida ötmiş adabiyotidan foydalanib, misollar axtarişni öziga xos öyinga, ermakka aylantirgan, degan fikrga boradilar. Joys öz uslubi va yozuv texnikasini fransuz adibi E.Dyujarden (Édouard Dujardin, 1861–1949) ning “Lavr yaproqlari kesildi” (Les lauriers sont coupés”, 1888) romani taʼsirida kaşf qilganini inkor etmaydi. Aslida esa köçirma gapni birinçi şaxs nomidan hikoya qiliş orqali hayotni tasvirlaşga uringan yozuvçiga içki monologning u yoki bu şakliga murojaat qilişiga töğri kelgan. Joys romanda uşbu uslubdan keng foydalangani uçun ham (“Uliss”ning oxirgi 18 epizodi bundan mustasno – M.X.) matn diqqat-eʼtiborimizni öziga jalb etadi. Ayni paytda, muallif uşbu uslubni qöllaşga harakat qilgan boşqa yozuvçilardan alohida ajralib turadi.

Bu yerda ikki jihatga eʼtiborimizni qaratmoğimiz lozim. Birinçidan, stenogramma uslubidan foydalaniş Joysning fikr doirasini çeklab qöymaydi, aniqroği, u tasvirlayotgan manzarani jimjimador hoşiyaga solmaydi, aytmoqçi bölganini bitta konkret personaj bilan çegaralamaydi. Buni biz yuqorida keltirilgan misolda ham kuzatişimiz mumkin. Yozuvçi hayotni faqat Blum közlari orqali körsatişga harakat qilmaydi. Blum taassurotlaridan voqelikni obyektiv tasvirlaş va uşbu tasvirni boyitiş uçun  foydalanadi desak töğriroq böladi. Şuning uçun uçinçi şaxs orqali ifodalangan obyektiv fikr (“Ostonada u şimining orqa çöntagini urib kördi, taşqi eşikning kaliti turibdimikin?”) aytilmagan monolog (“Anavi yeçib qoldirgan şimda”) bilan ketma-ket keladi. Ikkinçidan, ruhiy jarayonni batafsil qayd etişdan yorqin taassurotni tuğdirişga bölgan harakat Joys uslubida “ilmiy” emas, balki impressionistik xarakterga ega. Joys boşqa yozuvçilardan farqli ölaroq, aytilmagan fikrlar uçun aniq sözni yoxud muqobilini topişga harakat qiladi va buning uddasidan çiqadi. Masalan, yuqoridagi parçadan olingan “Kartoşka şu yerda” jumlasi bu maqsadga xizmat qilişi mumkin. Qahramon hayolida oqib ötgan: “Çöntagimda kartoşkadek teşik bor” qabilidagi fikr şunday bir şaklda ifodalanganki, özining ğayrioddiyligi bilan ruhiy jarayonning illyuziyasini yaratadi. Lekin Joysda uning haqiqiy maʼno-mazmuni qöşimça fikr, ahamiyatsiz ovoz sifatida xizmat qilgani va qilayotganida mujassam bölgan. Blum kiriş eşigida kalitni axtarganida ham (umuman olganda, kalit “Uliss”da muhim ramziy maʼnoga ega – M.X.), öz turmuş örtoği bilan bölgan örtadagi murakkab munosabatlarni taʼriflaşda ham bu şakl takrorlanadi. Deyarli beş yuz sahifadan söng öqiymiz (izoh: Blum fohişaxonaga borib, u yerdagi ayol Zoedan kartoşkani qaytarib berişni söraydi):

“Blum: S ney svyazana pamyat. Я хотел бы иметь её.

Стивен: Иметь или не иметь, вот в чём вопрос.

Зоэ: Вот она (поднимает оборку комбинации, обнажая ляжку, и вытаскивает кортофелину из-под чулка). Tot, kto pryaçet, znayet, gde nayti”.

Tarjimada:

“Blum: Uni körib eslab yuraman. Yonimda yursa deyman.

Stiven: Bölsin bölmasin, şudir masala.

Zoya: Ol ana. (Etagini kötarib, sonlarini oçadi, paypoğining yoqasiga örab qöyilgan kartoşkani olib uzatadi.) Kim yaşirsa, öşa topadi”.

Dialogning özbekça tarjimasi biroz erkin tarzda berilgani şundoqqina sezilib turibdi. Blum aslida: “Xotiram u bilan boğliq. U menda bölsa deyman” demoqçi. Stiven esa kinoyaviy ohangda Hamlet monologidagi “To be, or not to be: that is the question” (“Tirik qolmoq yo ölmoq. Şudir masala!” – M. Şayhzoda tarjimasi) jumlasiga taqlidan: “Bölsin bölmasin, şudir masala”, deya luqma taşlaydi.

Uşbu kiçik epizod qaysidir jihatdan Joys metodini yaqqol namoyon qiladi, qançalik u rang-barang tagmaʼnodan foydalanganini körsatadi. Birinçidan, bu epizod farsga öxşab ketişi, fahşga tölaligi, siyqasi çiqqanligi, köp maʼnoga egaligi bilan ajralib turadi va, eng muhimi, muallif unga katta ahamiyat qaratganligidan dalolat beradi.

“Uni körib eslab yuraman (S ney svyazana pamyat)” aslida, siyqasi çiqqan ibora, qolipga aylangan jumla bölib, ayni paytda köp maʼno ham anglatadi. Öquvçi ongida heç narsaga arzimaydigan sentimentallik, yurakni ezuvçi hissiyotga berilganlik, obyektiv voqelik, real vaziyatdan uzoqlaştiruvçi vaqtiçoğlikning alomatlari uyğonadi – biroz ötib Zoe kankan raqsiga tuşadi. Bir qator içki assotsiatsiyalar vositasida fohişaxonaning ruhiy iqlimi tiklanadi. Blum – uşbu sözning mavhum maʼnosida mustahkam odam emas. U ortiq darajada hissiyotga berilgan, köngli böş,  tez taʼsirlanuvçan,  yiğloqi kişi. “Yonimda yursa deyman. (Я хотел бы иметь её)” jumlasi nafaqat kartoşkaga, balki turmuş örtoğiga ham taalluqli. Stiven Hamletga taqlid qilgani esa takror aytilgan “… bölsin bölmasin” (Imet ili ne imet) sözlarida diqqatimizni uşlab qolişga va u bildirgan assotsiatsiyalarga töxtalişga undaydi. Tagmaʼnoda Hamlet monologining butun teranligi, sermaʼnoligi oqib ötarkan, biz şu zahotiyoq fikr va harakat örtasidagi özaro boğliqlik, murakkab aloqaga (“Makbet”dagi ledi Makbet sözlari: “Tvoyo “xoçu” slabey “ne smeyu” (Yu. Korneyev tarjimasi) – “Istaysanu betlamaydi lekin yuraging?” (J. Kamol tarjimasi), şu bilan birga, tabiatdagi ikki jins örtasidagi munosabatlarda mavjud kuçli hissiyot va şaxsiy mulkka qaraşdek oppozitsiyaga eʼtibor beramiz. Mazkur assotsiativ uslubda qöpollik va balandparvozlik yöq.

“Uliss”ning oxirgi 18 epizodi (“Uliss sarguzaştlari”, 768–831 bet) mutlaqo boşqa xarakterga ega. Unda muallif, tiniş belgilardan voz keçarkan, haqiqiy “ong oqimi”ni asliday tiklaşga, aniq körsatib berişga harakat qiladi. Oqayotgan fikrlar uçinçi şaxs nomidan berilgan fikrlar bilan bölinmaydi. Ular ongi uyqu elitguniça, bir-biriga urilib, töqnaşib ohista oqib boraveradi. Şuni ham yodda tutiş kerakki, uşbu epizodda uçinçi şaxs nomidan berilgan birorta mulohaza, izoh yöqligi Joys tanlab olgan ongning öziga xos momenti tufayli oq qoğozga tuşiriş imkonini beradi. Molli Blum fikrlari tiniş belgilariga ehtiyoj sezmaydi, çunki u xobgohda, öz töşagida yotibdi va uning tarafidan birorta harakat bajarilmaydi. Fikr va harakatlarning ğayriixtiyoriy “qorişma”si, bir-biriga ulanib (qöşilib) ketişini yetkaziş aniq izohlanişga ehtiyoj sezmaydi.

Xulosa qilib aytganda, “Uliss”ning rus va özbek tillaridagi tarjimalarini qiyosiy tahlil qilarkanmiz, asliyat matnidagi şu jihatlarga alohida eʼtibor berişimiz lozim. Ibrohim Ğafurov tarjimasi asliyat va rusça tarjimalarga şu jihatdan mos keladi. Sababi, tarjimon “Uliss”ga qöl urişdan avval katta tajriba orttirgan, Mopassan, Dostoyevskiy, Heminguey, Nitsşe, Markes kabi jahon adabiyoti salaflarini özbek tilida sözlatgan mohir söz ustasidir. Undan “Uliss”ni asliyatga aynan monand tarjima qilişni talab qiliş, ayrim söz va iboralarni tarjimada notöğri beribsiz, deya tanqid qiliş adolatdan emas. Hatto ingliz tilini mukammal örgangan tarjimon ham Ibrohim Ğafurov tarjimasidan ustunroq tarjima yaratolmaydi. Ibrohim Ğafurovning özbek tarjimaçiligi rivojiga qöşgan hissasi uni “Uliss”dek dunyo adabiyotining şohasari bilan boyitdi, özbek kitobxoniga uni tortiq qildi.

Sözimizning söngida Ibrohim Ğafurov “Mangu latofat” kitobida “Umrda şunday bir palla keladi: donişmandlik pallasi. Aql çiroği ravşan tortib, ravşan yonib, ravşan, işonçli ziyo taratadigan palladir”, deb yozarkan, biz ham uning aql çiroği yanada ravşan tortib, hamişa kitobxon ahliga ziyo taratib turişiga tilakdoşmiz.

* Jeyms Joys. Uliss sarguzaştlari. Rus tilidan Ibrohim Ğafurov tarjimasi. – Toşkent: “Özbekiston”, 2013. – 838 bet.

Muhammadjon Xolbekov,

filologiya fanlari doktori, professor.

1950-yili tuğilgan. Samarqand davlat universitetining roman-german filologiya fakultetini tamomlagan.

Ikki yuzdan ortiq risola, öquv qöllanma va ilmiy maqolalar eʼlon qilgan.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (195)