319 marta körilgan

Qişloğimning nafis iforin tuydim

Mohinur Qodirova

Savol

Yana bir kun ötar xayolingiz-la,

Termulib turaman suratga qarab.

Mening hayotimdan ketib bölgansiz,

Özim olisdaman, dil diydor talab.

Taqdir ham, hayot ham – bari murakkab,

Men çiqib bölganman yodingizdan yo.

Sovigan könglingiz taftini alqab,

Közimda teskari aylanar dunyo.

Bilolmaysiz mening tuyğularimni,

Heç nedan bexabar xursand yuribsiz,

Qöllarimni qöyib yuborgansiz-u,

Nega yuragimni uşlab turibsiz!?

Qişloğim

Xayolot darçasin oçsam ohista,

Bepoyon qişloqni köradi közim.

Ketarkanman öşa oq avtobusda,

Yurakda qandaydir soğinçni sezdim.

Ey, otamday suyuk purqivor toğim,

Bolaligim ötgan, ey, ona qişloq,

Huvillamay turib yuragim boği,

Onamning bağriga yetsaydim tezroq.

Ana, huv toğterak ösibdi çunon,

Köpayibdi qirda suluv lolalar.

Quşlarning ajoyib navosi şu on

Men sevgan qöşiqni yodimga solar.

Avtobus töxtadi, taniş köçada

Qişloğimning nafis iforin tuydim,

Özgarib ketgan bu aziz göşada

Men çindan özimni yöqotib qöydim.

Çiqmoğim kerak-da xayoldan tezroq,

Va ortga qaytaman endi könmasdan,

Men uçun suyukli, bu möjaz qişloq –

Meni mehri bilan ulğaytgan Vatan!

Mohinur Qodirova

1997-yili tuğilgan. Özbekiston davlat jahon tillari universitetinining xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi. “Yurt kelajagi 2014” körik-tanlovi, “Isteʼdod maktabi” yoş ijodkorlar seminari respublika bosqiçi iştirokçisi. 2013-yili “Bir ğunça oçilgunça” şeʼriy töplami çop etilgan.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar (1)

  1. Döstbek

    Assalom men sizni bu şerlaringgizni 2 yil oldin öqigandim lekin tez -tez eslab turaman tasodifan yana öqiyapman juda xursantman omat

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (325)

Ayol

Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan çekkanda yohu,
Uning ham panohi qaytmadi jangdan,
Ön töqqiz yoşida beva qoldi u.