Izlaniş
Bugunman keçaning qölidan tutgan,
Dunyoman odamlar huşidan yiroq.
Daraxtman şoxiga har quş in qurgan,
Ovçiman – yurakka zaharli tuzoq.
Şafaqman kamalak qilmayman pisand,
Kenglikman kuçim bor barin yutişga.
Tuproqman oxirim yöqlikka monand,
Bir yölman odamlar tayyor ketişga.
Uzoqman bölibon kiprik tagida,
Yaqinman adaşsa soniya sözlar.
Devorman yöqolib yillar ortida,
Kiçik bir quyunman kezar besamar.
Men özi kimman va mavjudman qayda?!
Bu barça “man”lar ham mendan uluğroq.
Dafman-ku hattoki özim qalbimda,
Kundan kun kimgadir bölyapman yöqroq.
Ahvol
Toğlarga tirmaşib tong otar mudom,
Şu mudom könglimda özdan xavotir.
Xavotir – ne qilay tongtuman baxtim,
Baxtim – mağriblarga intilgan xotir.
Tanimda qamoğliq jonim jonsarak,
Haqqa bir yetmoqqa iymon izlagan.
Sinovlar tortqilab sitilar bardoş,
Qadrim sabrlardan najot istagan.
Könglimni keng qildim kimga tor qilib,
Torgina çiqmadi köngillardan joy.
Bu umid uzilgan hu qaçonlar u,
Könglim-da, şu könglim, şu köngil gadoy.
Işq deyman,
dil deyman,
bor deyman (gumon),
Ne deyin yana, xöş, boşqasi hissiz.
Bilmayman qalbimda baayni kimlar,
Lek bilgum böşaydi birgina kimsiz.
* * *
Dardim qözğab, tinib ketdi şamollar,
Özimni ham yomon qildi yomonlar,
Kimlar ketdi, oçiq qoldi tomonlar,
Ketolmadim şu kulbai dardimdan.
Könglim qarab yolğon sözlar aytişdi,
Aytişdi-yu takror-takror qaytişdi,
Yana takror yuzsiz bölib qaytişdi,
Qaytolmadim özga bergan vaʼdamdan.
Kimlar ketdi kunlarini qöltiqlab,
Ötib ketdi intizorim qöl siltab,
Ketaverdi ayrilmoqdan xuş istab,
Ketolmadim qörqib ayro özimdan.
Tangri bildi, bilgan bildi holimni,
Bevaqti köp inson degan zolimni,
Bilgani ham olaverdi jonimni,
Bilolmadim sörab özdan – holimdan.
Şahobiddin Luqmon
2000-yili tuğilgan.
denov tadbirkorlik va pedagogika institutining talabasi
2021/5
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida