* * *
Toğay Murodga
Momosi, men Tarlonni
Osmonlarga berkitdim.
Yulduzlarning qöynida
Kişnab-kişnab yuribdi.
Momosi, men Tarlonni
Armonlarga berkitdim.
Orzularning böynida
Nişlab-nişlab yuribdi.
Momosi, men Tarlonni
Muzliklarga berkitdim.
Sovuqlarning böyida
Qişlab-qişlab yuribdi.
Momosi, men Tarlonni
Sözligimga berkitdim.
Xoinlarning boşiga
Muştlab-muştlab yuribdi.
Momosi, men Tarlonni
Özligimga berkitdim.
Ğanimlarim burnini
Tişlab-tişlab yuribdi.
* * *
Tonggi nasimlar oqar havoda,
Toğlarning soçlari misoli mayin.
Quyoşlar ortiga qaytsa mabodo,
Yulduzlar yonadi kun ötgan sayin.
Toşlar gullab yotar yobonlarimda,
Baliqlar uçadi, suzadi quşlar.
Telba-teskari bu xayollarimda
Hayotga aylanib ketadi tuşlar.
Işonib-işonmay har bir insonga,
Vujud dengizida suzadi yurak.
Közlarimga çökkan sölğin osmonga
Sudralib jönaydi yerdan kamalak.
Dalada tilaklar qiyğos gullaydi,
Pişib yorilgança yotadi söroq.
Köldan yulduzlarni yiğib olgani,
Örimga kirişib ketadi öroq.
Rassom
Devorlar siqdimi, zerikdi biroz.
Rassom nimadir çizmoqçi böldi.
Sömkaga joyladi bir öram qoğoz,
Qölda böyoq bilan şahar yöl oldi.
Baland binolarning qovoğida qor,
Ğamgin kafelarning eşiklari berk.
Şaharni bağriga bossa ham bahor,
Vagonga osilib ketib qolgan erk.
Rassom tölğonadi yuzida niqob,
Qanday rasm çizar jurʼati bilan.
U noçor qaytardi qöllaridagi
Böm-böş köçalarning surati bilan.
* * *
Yurakni yurakka tirkalab ötdim,
Bir işqni bir umr erkalab ötdim,
Dil yongan gulxanga öt qalab ötdim,
Yongina, yona-yon, yongina, yon-yon.
Toblangan xanjarni köksimga tirab,
Özimga hijron-u, senga baxt tilab,
Qara, könglim mening faqat işq talab,
Kelgina, kela-kel, kelgina, kel-kel.
Jonini ayagan nodon habibdan,
Bozorga jonlarni solgan tabibdan,
Xudodan qörqmagan ayyor raqibdan
Tongina, tona-ton, tongina, ton-ton.
Yuzsizlik, sözsizlik bu atrofim… kön,
Özni qiynaş neçun, hayot özi jön,
Könglimiz sevgidan qolganidan söng,
Çil-çila, çila-çil, çil-çila, çil-çil.
* * *
Kunni yutar ulğayolmay tun,
Yulduzlarning közi oçilar.
Goh men uçun, goh onam uçun
Kelin izlar bizga sovçilar.
Şu bahorda qilaman deb töy,
Qizli uyga borar ovçilar.
Qöşnimizning sodda-yu xuşröy,
Duduq qizin körmas sovçilar.
Unga alla aytib berar oy,
Menga alla aytib berar oy.
Bu azaliy yolğon hayotga
Haqiqatni qaytarib ber, oy!
Suvga çiqib kelar qöşni qiz,
Men onamga tökdim yurakni.
Doimgidek u olib ketar,
Hijron töla ikki çelakni.
Unga ertak aytib berar oy,
Meni ermak qilib yurar oy.
Bu ötkinçi yolğon hayotga
Muhabbatni qaytarib ber, oy!
Duduqqinam, şirin zabonim,
Kel, hijronni öldirib beray!
Yurak töla gullagan baxtga
Çelagingni töldirib beray.
Kunni yutar ulğayolmay tun,
Yulduzlarning közi oçilar.
Goh men uçun, goh onam uçun
Kelin izlab tentir sovçilar.
Elyor MUROD
1988-yili tuğilgan. toşkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi tomonidan “Birinçi kitobim” ruknida “Tiriklik qöşiği” nomli şeʼriy töplami çop etilgan.
2022/11-12
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida