* * *
Qaydan köçdi zulmatga bu rang,
Tun köksiga yulduzlar insin.
Tonglarimning quyoşi qoçgan,
Xayr dema, xayringni bersin.
Eng ötli söz sukunatniki –
Ovoz pardalarga siğmagan.
Sen jim turib sözlagin, mayli,
Va jim turib tinglayman men ham.
Yarim baxtdan butun dard yaxşi,
Tökislikni etasan-da his.
Ammo yarim yölda qoldirmoq…
Puşaymonga çökib qöyma tiz.
Yöq, mumkinmas bundayin yakun,
Taşrifingning söngi dard bilan?!
Muhabbatdan buyukroq söz top,
Ketolmaysan törtta harf bilan!
Xayr dema, xayringni bersin.
* * *
Nigohimdan tomçilaydi tun,
(Istabmidim? Taqdirning işi!)
Qadab borar umrimga beun
Zimiston ham tobora tişin.
Tuşun, deyman, tuşunmovçilik
Simirmasdan hislarimizni.
Nima qipti, loy dunyosida
Qoldirmasak izlarimizni.
Taqdir oçköz, bizlar benasib,
Baxtli yakunlarni yeb bölgan.
Oyoqlari osmonda yerning,
Yo osmonning boşi “yer” bölgan.
Boqma, kaftlaridan duomas,
Közlaringga saçraydi qarsak.
Oyoqyalang ruhimizni ham
Poşnalari ezar, qarasak!
Yöq, bölmaydi, qani, tut mahkam,
Qarmoqlari bu safar kalta.
Dunyosiga qöllarimizni
Silkitmaymiz, ketamiz siltab!
Yur, könglim!!!
Zarnigorxon ABDUOLIMOVA
2000-yili tuğilgan.
Guliston davlat universiteti talabasi. Respublika yoş ijodkorlarining Zomin seminari iştirokçisi (2021). “Birinçi kitobim” loyihasida “Xayr dema” nomli ilk töplami çop etilgan (2022).
2022/11-12
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida