Navoiy va Bobur…
Bu ikki uluğ ajdodimizdan biri tilga olinsa, beixtiyor ikkinçisi ham yodga tuşadi. Garçi ularning qismati özaro kesişmagan, taqdir yölida bir qator farq bölsa-da.
Baʼzan kişiga şunday tuyuladi: aslida bu ikki buyuk zot hamnafas bölib yaşaşlari lozim bölgan-u, ammo qismat qalamining oniy “kajravligi” tufayli ular tuğilgan zamon va makonda arzimas tafovut yuzaga kelgan va şu bois bir-birlarini topolmay ötişgan.
Navoiy qalbidagi ezgu ğoyalarni jamiyatga töla tatbiq etişi uçun Boburdek dilovar, mardona va el-ulus ğamini yeydigan podşoh kerak edi. Bobur mirzo ham bir umr Navoiydek oqil maslahatgöyga – ijtimoiy, ruhoniy, adabiy mavzularda yöl körsata oladigan piru murşidga ehtiyoj tuyib yaşagan.
“Boburnoma”ni varaqlarkanmiz, Navoiy şaxsiyatiga nisbatan ehtiromu havasni bot-bot his qilamiz. Kim bölişidan qatʼi nazar, har qanday şaxsga oçiq oyna tutgan, andişani çetga surib har bir kişining taʼrifu tavsifini röy-rost qalamga olgan Bobur çizgilarida ham Navoiy qiyofasi yuksak maqomda gavdalanadi.
Hijriy 912 (1506–1507) yil voqealarini bayon qilarkan, Bobur Xurosonda qişlaşga töğri kelganini va Boği Navga joylaşganini yozadi. “Boği Navda bir keça böldum, ani munosib körmay, Alişerbekning uylarini tayin qildilar. Hiriydin çiqqunça Alişerbekning uylarida edim”. Uşbu bitiklardagi içki faxrni, garçi taʼkidlamasak ham, albatta sezib turibsiz. Şubhasiz, Bobur mirzoni hazrat Navoiy uyiga joylaştirganlari ham bejiz bölmagan. Bu ikki şaxs örtasidagi tugal muvofiqlikni zamondoşlari ham his qilgan.
Bobur bir umr Navoiy asarlarida ilgari surilgan ğoyalardan oziqlanib, ularga tayanib yaşagan. Heç şubhasiz, hazratning devonlari hamişa yonida bölgan. Hijriy 915-yilning zulhijja oyi voqealarini bitarkan, oyning yigirma uçinçisida, juma kuni Alişerbekning tört devonidan bahrlar, vaznlar tartibi bilan ğazal va baytlarini saylab olayotgan edim – yakuniga yetdi, degan mazmunda yozadi. Yaʼni, bugungi til bilan aytganda, boşi jangu jadallardan çiqmagan, turli ixtilofu ziddiyatlar içidagi Bobur özi uçun Navoiyning “Saylanma”sini yaratadi!
Ming şukrki, bugun biz Navoiy asarlarini “kesib-qirqmasdan”, Boburning şohligi va şoirligi örtasiga “devor” tiklamasdan – bor böyiça, töla holida örganiş imkoniga egamiz. Faqat, mulohaza şuki, endi bu buyuk ajdodlarimizga munosib avlod böliş uçun ularning muborak nomlarini aytib faxrlanişimiz, hatto ularning beqiyos asarlarini öqib zavq tuyişimiz ham kifoya qilmaydi. Qaçonki, özimizda Navoiyga, Boburga xos fazilatlarni qisman bölsa-da şakllantira olsak, ana şundagina, biz şunday mötabar insonlarning avlodimiz, deb faxr tuysak yaraşadi.
Bu – nafaqat şonli tariximizning, balki bugungi kunning ham talabidir!
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

