…Ayolning köz yoşini körib rektorning ham köngli yumşadi. Bölmasa-ku, şunça vaqt darslarda qatnaşmagan talabani heç qaçon keçirmagan bölardi. Muştiparning yurakni ezib yuboruvçi hasratu nolalaridan keyin fakultet dekanini koyidi – talabasining holidan xabar olmaganim uçun. Axir beçora tört oydan buyon oğir ahvolda yotgan bemor otasiga qaraş bilan ovora ekan. Oilasi ham noçorligini bilişmabdi. Muhokamayu munozara ança çözilib ketdi. Yigit qayta-qayta tavba qildi. Onaizor yiğisini töxtatolmay hiqillab-hiqillab duo qilgan böldi. Bu orada kotiba qiz kirib rektorga qöşni viloyatdan kelgan bir kişi uçraşmoqçiligini va biroz şoşilayotganini aytdi. Rektor “Mehmon kiraversin”, deb muhokamaga qisqa yakun yasadi.
Ayol taşqariga çiqişi bilan mehmon kirdi. Rektorning şogirdlaridan bölgan bu odam içkari kiriboq yigitga közi tuşib:
– Iye, Sodiq, sen ham şu yerdamiding? – deb söradi.
Talaba yarq etib mehmonga qaradi, sarosimaga tuşib rangi oqarib ketdi. Nimadir demoqçi böldi. Biroq tili kalimaga kelmadi. Xiyol boş silkib, şoşgança çiqib ketdi.
Rektor salom-alikdan keyin hayron bölib söradi:
– Nima, siz bu talaba yigitni taniysizmi?
– Ha, toğamning öğli-ku!
– Şundaymi? Toğangiz tuzukmilar, işqilib?
– E, zör. Toğamni taniysiz, qöşma korxona direktori.
– A-a?.. Haligi çiqib ketgan ayol kelinoyingiz ekan-da.
– Yöğ-e, u ayolni tanimayman.
Rektor hayratdan qotib qoldi.
– Axir, u ayol bir soatdan buyon beçora bolasining oğir ahvolda yotgan bemor otasiga qarab, darslarga kelolmaganini, eri ölib ölolmay, tuzalib tuzalolmay behuş yotganini, özi ham qiynalib adoyi tamom bölganini aytib yiğladi-ku!
– Yöğ-e!… Toğam keça Yaponiyaga uçib ketdi. Xorijlik hamkorlar bilan şartnoma imzolaşi kerak ekan. Bir aylanib kelsin deb kelinoyimni ham olib ketdi.
Tezda yigitni va ayolni topib qaytarib kelişga buyruq böldi. Yigitni “yollangan ona”si bilan qahvaxonada çaq-çaqlaşib ötirgan yeridan topişdi va har ikkisini zinğillatib institutga olib kelişdi.
Jiddiy suriştiruv çoğida sir oçilgaç, ayol yana köziga yoş oldi. Yigitning iltimosini rad etolmaganini, köngli böşligini, vaqtinça “ona”si bölib turişga rozilik berib xato qilganini aytib yiğladi. Lekin bu gal yiğisi işonçsizroq çiqdi.
Talaba yigit esa töqlikka şöxligi bois peşonasi devorga urilganini angladi, endi hammasi tamom bölganini tuşunib, butunlay boşini kötarolmadi.
Qiziği şundaki, bu hol birinçisi emas ekan. Muayyan haq evaziga “muştipar ona”, “beçora ota” rolini öynaydiganlar, öynatadiganlar onda-sonda bölsa-da uçrab turarkan.
Şundan keyin hangomatalab talabalar va öqituvçilar orasida buyurtmalar qabul qilinayotgani haqida hazilomuz eʼlonlar tarqaldi: “vaqtinçalik ona” har soati – 50 ming söm”, “vaqtinçalik ota” har soati – 100 ming söm”.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


