4 daqiqada öqiladi

555 marta körilgan

Aql va qalb muvozanati

Mustaqillikka erişganimizdan keyin hayot haqidagi qaraşlarimiz özgardi. Xususan, farzandlarimizga eʼtibor ham bugun boşqaçaroq. Ilgarilari “Ha, endi bola degani oila davrasida, umumiy qozonda qaynab ulğayadi-da”, deyişar edi. Bugun esa oilaning, umumiy muhitning ahamiyatini rad etmagan holda, har bir farzandga alohida eʼtibor, yondaşuv zarur ekani maʼlum bölmoqda. Öxşatiş joiz bölsa, bu xuddi har bitta niholni birma-bir, tomçilab suğorişga öxşaydi. Bunday eʼtiborning bölgani yaxşi. Negaki, bu hol millatimizning azaliy fazilati – eng yaxşi narsalarni farzandlarga ravo körişning tajassumidir. Biroq şu örinda kişida bir mulohaza uyğonadi: biz ğamxörlik deganda, baʼzan faqat moddiy, jismoniy parvarişni, eʼtiborni nazarda tutib qöymayapmizmi?! Öğil-qizlarimizning ruhiy dunyosini boyitişga, ularga maʼnaviy ozuqa berişga yetarliça eʼtibor qaratyapmizmi?! Bu borada davlatimiz tomonidan olib borilayotgan keng kölamli işlarni hammamiz körib turibmiz, ammo mazkur jarayonda özimiz qay darajada iştirok etyapmiz?!

Bolamiz jismonan soğlom, egni but, orzu-havaslari muhayyo, el taʼbiri bilan aytganda, yegani oldida, yemagani ortida bölsa, buning uçun şukr deyişimiz kerak, ammo uning ehtiyojlari şu bilan tugamasligini ham unutmasligimiz lozim, deb öylayman. Farzandlarimiz qalbini, ong-şuurini özbekona ruh, maʼnaviy quvvat bilan töyin­tiriş – birinçi galdagi vazifamizdir. Zero, Yurtboşimiz aytganidek, “Kelajakda Özbekiston yuksak darajada taraqqiy etgan iqtisodiy rivojlaniş bilangina emas, balki bilimdon, maʼnaviy jihatdan yetuk farzandlari bilan ham jahonni qoyil qilişi lozim”.

Maʼnaviyat, maʼnaviy ozuqa haqida gap ketganda öz-özidan kitobxonlik masalasi esga tuşadi. Bugun yoşlarimiz eng zamonaviy axborot texnologiyalarini miridan-sirigaça biladi. Ular internet orqali dunyoning köz ilğamas ufqlarigaça yetib boriş imkoniga ega. Yoşlarimizning qiziqiş doirasi nihoyatda kengaygan. Bu quvonarli, albatta. Ammo ana şu qiziqişlar röyxatida kitob öqiş masalasi neçançi örinda turadi, degan savol bir ziyoli sifatida meni öylantiradi. Bugun bilimdon yoşlarimiz juda köp, öquvçilarimiz nafaqat respublika, hatto xalqaro fan olimpiadalarida ham ğolib bölmoqda, ularning aqliy salohiyatini körib quvonasan kişi. Şu örinda qalb xazinasini boyitadigan, ruhiy kamolot sari eltadigan badiiy adabiyot mutolaasining ahamiyati yuksakligi, uning örnini heç narsa bosolmasligini alohida taʼkidlaş zarur. Zero,  aql va qalb muvozanatiga erişgan insongina çinakamiga baxtli böladi.

Xöş, kitobxonlikka rağbat uyğotiş masalasida qaysi omil birlamçi ahamiyatga ega? Şubhasiz, bu borada biz kattalarning farzandlarga örnak bölişimiz juda muhimdir. Tan olaylik, yoşlar kam kitob öqiyapti, deb noliymiz-u, özimiz –  köpçilik ota-onalar kitob öqiş nimaligini deyarli unutib qöyganmiz. Ora-sira yengil-yelpi ruhdagi gazetalarni varaqlaşimizni aytmaganda, davriy naşrlarni kuzatib boriş, ularda çop etilgan yaxşi maqolalarni farzandlarimizga tavsiya etişni öylab körmaymiz ham. Yaqinda bir masʼ­ul vazifada işlaydigan kişi bilan suhbatlaşib qoldim. Gap asnosida sönggi vaqtlarda qanday kitob yoki gazeta-jurnal öqiganini söradim. U yengilgina kulib: “Kitob öqişga vaqt qayoqda?!”  dedi savolimdan hayron bölganday.   

“Vaqt yöq”, – bu – maʼnan erinçoq odam uçun eng oson javob, eng qulay bahona.

Töyma-töy yurişga, turli köngilxuşlik­larga topilgan “vaqt” aynan kitob öqişga kelganda topilmay qoladi. Özbekiston xalq yozuvçisi Tohir Malik yozganidek: “Bozorlarga tuşganimizda bolalarimizga qurt, pista olişni unutmaymiz, lekin kitob dökoniga kiriş xayolimizga ham kelmaydi”.

Istiqlolning eng katta yutuqlaridan biri – odamlardagi tadbirkorlik, uddaburonlik qobiliyatini yuzaga çiqarganidir. Bugun hamyurtlarimiz öz intilişlari, saʼy-harakatlari tufayli katta-katta işlarni amalga oşirmoqda. Ilgari tuşimizga ham kirmagan işlab çiqariş jarayonlari yölga qöyilmoqda. Tadbirkorlarimiz soğlom raqobat maydonida öz salohiyatlarini namoyiş qilişmoqda. Şu asnoda ham bir manzara közga taşlanyapti: yaʼni kitob öqigan, maʼnaviy dunyosi boy tadbirkor bilan omi işbilarmonning farqi sezilib qolyapti. Ong-şuuri faqat hisob-kitob bilan maşğul işbilarmonning erişgan yutuği öz töpiğidan yuqori kötarilmayotgan bir paytda maʼnaviyatli tadbirkorlarimiz dunyoga çiqmoqda, faqat özini öylamasdan, el koriga yarab, xalqning duosini ham olmoqda. Xöş, bunday ziyoli tadbirkorlarimiz köpayişi uçun nima qilişimiz kerak? Bu savolga barçamiz, ayniqsa, ziyolilar birgalikda javob izlaşimiz zarur, nazarimda.  

Xalqimizda bir-birini töldirib turadigan “savob”, “uvol” otliğ ikki tuşunça bor. Biri bizni ezgu işlarga undasa, ikkinçisi mudom yomon amallardan qaytarib turadi. Nazarimda, biz katta avlod vakillari ana şu köhna, ammo heç qaçon eskirmaydigan tuşunçalarni, hikmatlarni yoşlarimiz qalbiga har kuni har soatda singdirişga jiddu jahd qilişimiz kerak. Toki ular oltinga teng vaqtlarini behuda sarflamasin, özlarini hamişa ezgu işlarga çoğlasin. Ana şundagina yigit-qizlarimizning parvozi yanada balandroq, davomliroq böladi. Mulohazalarimiz söngida yoşlarga tilagimizni hazrat Navoiy taʼbiri bilan aytişni lozim kördik:

Agar hikmatga bölsa iltifoting,

Ki, bölsun Nuh umriça hayoting!

Abdurahmon QODIROV,

Özbekiston Respublikasi xalq taʼlimi aʼloçisi

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (112)