6 daqiqada öqiladi

799 marta körilgan

Sönggi saboq

Öşa kuni ertalab maktabga juda ham keç qolayotgan edim; muallimdan tanbeh eşitişimni öylasam, yuragim orqaga tortib ketardi. Ustiga ustak, mosye Amel bizdan avvalgi dars mavzusini – sifatdoşlarni söramoqçi edi. Men esa yarimta söz ham yodlamaganman. Bir zum xayolimga darsga kirmasdan sayr qilib yuriş fikri keldi.

Havo juda oçiq va iliq edi…

Örmon çetida sayroqi qorayaloqlarning kuylayotgani, taxta yöniş zavodi ortidagi River ötloğida nemislarning safda yuriş maşğulotlarini bajarayotgani eşitilib turardi. Bularning bari meni darsdagi sifatdoş qoidalaridan köra köproq öziga jalb qilardi, lekin özimni qölga olib, maktabga yugurdim.

Meriya1 yonidan ötayotib eʼlonlar taxtasi oldida töplanib turgan odamlarga közim tuşdi. Sönggi ikki yil içida biz u yerda faqat köngilsizlikdan xabardor bölar edik: boy berilgan janglar, rekvizitsiyalar, kommendant buyruqlari; öylanib qoldim: yana qanday noxuşlik bölişi mumkin?

Şu payt şogirdi bilan eʼlonlarni öqib turgan temirçi Vaxter meni çaqirib qoldi:

– Şoşma, bolakay, ulgurasan öşa maktabing­ga.

U ustimdan kulyapti deb öyladim va halloslagança mosye Amelning uyi oldidagi gulzor tomonga yugurdim.

Odatda dars boşida köçaga eşitilarli darajada şovqin kötarilardi – bolalar quloqlarini qöllari bilan yopgança ötilgan mavzularni ğönğillab takrorlaşar, partani çildirma qilib çalişar, muallimimiz esa çizğiçi bilan tinçlantirişga urinardi:

– Sekinroq, sekinroq, bolalar!

Men mana şu şovqin-suron ostida joyimga sezdirmasdan ötirişni möljallagandim, ammo şu bugun yakşanba tongidek jimjit edi.

Oçiq oynadan örtoqlarim allaqaçon joy-joylarida ötirganini, mosye Amel esa vahimali çizğiçini qöltiqlagança u yoqdan bu yoqqa borib kelayotganini kördim. Qanday qilib bu jimjitlikda eşikni oçib kirsam ekan? Qörquvdan qançalik qizarib, qaltirayotganimni tasavvur qilib köring.

Xavotirim örinsiz ekan: mosye Amel menga muloyim qaradi va erkalab dedi:

– Qani, Frans öğlim, kiraqol. Biz sensiz darsni boşlamoqçi bölib turgandik.

Men stulni hatlab ötib, öz joyimni egalladim. Şundagina, qörquvim bosilganidan keyin muallimning egnidagi dabdabali yaşil syurtuk, burama galstuk va boşidagi qora ipak taqyani kördim; u faqat inspektor taşrif buyurganda yoki mukofotlar taqdim etilayotganda şunday kiyinardi. Butun sinf közimga ajib va dabdabali bölib körindi. Ammo meni boşqa holat hayron qoldirdi: köpinça böş turadigan orqa örindiqlarda qölida uçburçak musiqa asbobi bilan qariya Xauzer, uning yonida sobiq mer, poçtaçi va boşqa qişloq kişilari ötirardi. Ularning yuzi ğamgin; Xauzerning tizzasida çetlari titilgan eski alifbe, uning ustida esa katta közoynak turardi.

Mosye Amel avvalgiday muloyim, lekin jiddiy ohangda hammamizga murojaat qildi:

– Bolalar, bugun sizlar bilan sönggi bor dars ötişimiz. Berlindan Elzas va Lotaringiya maktablarida faqat nemis tili öqitilişi haqida buyruq berildi… Yangi öqituvçi ertaga keladi. Bugun fransuz tilidan oxirgi maşğulotimiz. Iltimos, eʼtiborliroq böling­lar!

Mana şu ikki oğizgina söz meni larzaga soldi. Ah, razillar! Meriya devoriga ilingan eʼlon nima haqida ekanligiga endi tuşundim.

Sönggi fransuz tili darsi!..

Men bölsam zörğa yoza olardim! Demak, endi yozişni yaxşi örganolmayman! Butun umr savodsiz bölib qolaman! Darsga kiriş örniga quş uyasini axtarib yurganim, muzlagan Saara köli ustida sirpançiq uçib yöqotgan vaqtimga şunçalar açinib ketdimki! Biroz oldin zerikarli bölgan kitoblar endi men uçun qadrdon döstlardek bölib tuyuldi. Ulardan ajraliş men uçun oğir edi. Mosye Amel-çi?! Xayolimda uni boşqa körolmaydigandek edim; uning tanbehlari, çizğiç bilan jazolaşlarini ham bir lahzada unutdim.

Beçora! U oxirgi dars şarafiga özining bayramona liboslarini kiygandi; orqa örindiqlardagi qişloq odamlarining nima uçun bu yerga töplanişganini endi tuşundim. Ular maktabga tez-tez kelib turmaganliklaridan afsusda edilar. Yuz-közlaridan muallimning qirq yillik halol xizmati uçun minnatdorlik bildirayotganga öxşab körinişardi…

Ism-familiyam yangraganini eşitib, xayolim bölindi. Javob beriş navbati meniki edi. Qaniydi, sifatdoş qoidalarini baland ovozda, tutilmasdan, dona-dona qilib gapirib bera olsam. Biroq men hammasini çalkaştirib yubordim, oğirligimni u oyoğimdan bu oyoğimga taşlab, közimni yerdan uzolmay turaverdim. Mosye Amel menga tikilgança sözlay boşladi:

– Men seni koyimayman, Frans öğlim, şundoq ham jazolanganingni bilsang kerak… Har safar, qayoqqa ham şoşildim, ertaga yodlayman, deb öylaysan. Oqibati nima böldi? Biz elzas­liklar öqişni doimo ortga suramiz – fojeamiz ham ana şunda. Sizlar özingizni fransuz deb bilasiz, vaholanki, öz ona tilingizda töğri gapirişni ham, yozişni ham eplay olmaysiz. Bunda sening aybing boşqalarnikidan kam emas, Frans öğlim. Biz özimizdan öpkalaşimiz kerak. Ota-onalarimiz öqişlarimiz haqida köp ham qayğuravermaydi. Maktabga jönatiş örniga qöşimça aqça maqsadida sizlarni dalaga yoki fabrikaga işlaş uçun yuborişadi. Men özim-çi? Men emasmi sizlarga bilim beriş örniga boğdagi gullarni parvarişlaşni zimmangizga yuklagan?! Men emasmi baliq ovlagim kelib qolganda sizlarni darsdan ozod qilgan?!

Şundan söng mosye Amel fransuz tili dunyodagi eng ajoyib til ekanligini, bu tilni asraşimiz lozimligini, çunki mustamlaka xalq öz ona tili yordamidagina yoruğlikka çiqa olişini uqtirdi… Söngra muallim grammatikadan maʼruza öqidi. Darsni yaxşi tuşunayotganimdan özim ham hayratda edim. Mosye Amel mavzuni juda ravon tuşuntirardi. Avvallari, darsni bunçalik diqqat bilan tinglamagandim. Muallimimiz ketiş oldidan bor bilimini bizga qoldirmoqçidek edi, göyo.

Grammatikadan söng yozuvga ötdik. Mosye Amel namuna sifatida doskaga çiroyli husni­xat bilan quyidagi sözlarni yozib qöydi: “Fransiya, Elzas. Fransiya, Elzas”.

Sinf suv quygandek jimjit, faqat qoğoz ustida yugurayotgan qalamlarning qitirlaşigina eşitilardi…

Maktab tomida kaptarlarning ğuv-ğuvlagani quloğimga çalindi. Öylanib qoldim: “Hali ularni ham nemisça kuylaşga majburlaş kerakdir?”

Közimni daftardan uzganimda mosye Amelning maktab bilan qayta körişolmaydigandek har bir narsaga sinçiklab qarayotganini payqadim. Öylab köring-a, u qirq yillik umrini şu maktab­ga baxşida etdi. Eski stul va partalar kirlanib yaltirar, hovlidagi kaştan daraxtlari osmon qadar böy çözgan, ularning tagiga ekilgan xmel butun derazani tösib turardi. Uning uçun bularning hammasi bilan xayrlaşiş oğir edi. Axir, u ertaga bu yerlarni butunlay tark etadi.

Mosye Amel darsni oxirigaça yetkazişga özida kuç topa oldi.

Yozuv-çizuvdan söng tarix darsiga ötdik; keyin barçamiz jörovoz bölib harflarni qaytardik: ba, be, bi, bo, bu. Orqa örindiqdagi qariya Xauzar ham közoynagini taqib, alifbeni qölida tutgança bizga qöşildi: ovozi hayajondan titrab çiqardi; uni eşitib yiğlaşni ham, kulişni ham bilmasdik. O, yöq! Bu dars sira ham yodimdan kötarilmaydi…

Tösatdan çerkov soati kun yarim bölganini, ibodatga şoşiliş kerakligini eslatgandek bong ura boşladi. Şu onda deraza tagidan maşğulotdan qaytayotgan pruss askarlarining trubalari jarangladi. Mosye Amelning rangi bözdek oqardi va örnidan turdi.

– Döstlarim, – dedi u, – döstlarim, men, men…

Uning böğziga nimadir tiqilganday böldi. Qöliga börni olib, katta harflar bilan kuçining boriça quyidagi sözlarni yozdi:

“Yaşasin Fransiya!”

Keyin boşini eggança stulga ötirib qotib qoldi va qöli bilan bizga işora qildi:

“Endi tamom… Ketinglar”.

Alfons Dode

(1840–1897)

 

1840-yili Fransiyaning Nim şahrida tuğilgan. Ilk kitobi – “Tegirmonimdan xatlar” (1869). “Kiçkintoy”, “Taraskonlik Tartarenning ğaroyib sarguzaştlari”, “Kiçik Fromon va katta Risler”, “Nabob”, “Numa Rumestan”, “Ölmas”, “Roza va Ninetta”, “Oilaning tirgagi” kabi romanlar muallifi. 1897-yili Parijda vafot etgan.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (164)