17 daqiqada öqiladi

356 marta körilgan

Bayram Aytmurod. Ikki hikoya

Bayram Aytmurod. Ikki hikoya

QÖNOQ

hikoya

Azamat allamahalda keldi, uning ustiga, özini behalovat his qilaverdi. Bir narsani unutganday, yöqotganday bölaverdi. Tomoğidan ovqat ötmadi. Ijaradoş jöralari – Nişon bilan Sardor bir-biriga qaramay, pişillab ovqatlanişardi.

– Ha jöra, mazang yöq? – dedi Sardor nafsini sal qondirib olgaç. – Nima balo, jiğildoning şişganmi? Yo bitta-yarimtasi qorningni töydirib yubordimi?

Azamat çuqur uh tortdi.

– Namunça uflamasang? Dunyoni suv bosayaptimi?

– Sevgan qizi taşlab ketgan körinadi, – gapga qöşildi Nişon kosasini non bilan sidirar ekan. – Topdimmi? Topdi-im. Şu, sening sevişinggayam qoyil qolaman-da, jöra. Bor buding bilan mubtalo bölavermasdan, sal özingni ayabroq yaxşi körsang bölmaydimi, menga öxşab? He, Majnun! Ay, öylama, jöra! Nima köp, qiz köp.

– Nimalar deyapsan-yey? Qanaqa sevgi, qanaqa qiz? – Azamatning ensasi qotdi. – Men nima xayoldaman-u, sen nima dardda!

– Ayt-da bömasam, odamning içini kuydirmay.

– Öylayapman.

– Nimani? – dedi Sardor.

– Boya mahallaga burilaverişda bir juvon turgan ekan. Yonida yoş bolasi. Sovuqda diydirabgina, közlari javdirab, har kimdan najot istab qarab turibdi. Mendan yordam söradi. “Uka, şaharga mehmonga keluvdik. Aksiga olib, qarindoşimiz çet elga ketgan ekan. Avtobuslar ham töxtagan. Ertalabgaça tunaşga joy topib berolmaysizmi?” dedi.

– Sen-çi, sen nima deding?

– Iloji yöq, deb kelaveribman-da, – yelka qisdi Azamat.

– Bekor qilibsan, jöra, – Sardor ham öşa ayolni köz oldiga keltirib, içidan bir narsa uzilganday böldi. – Bolasi bilan şu sovuqda taşlab kelganing yaxşi bömabdi.

– Menam şuni öylab ötiribman. Ha endi, kim bilsin, öğrimi, töğrimi, debman-da. Dabdurustdan oldingdan notaniş birov çiqib, tunaşga joy sörasa, xuddi kissangdagini çiqar deyotganday dovdirab qolarkansan kişi. Gapiyam sal şubhali körindi. Sarosimada juftakni rostlayveribman.

– E, olib kelavermabsan-da. Ha, tanişardik. Tonggaça suhbatlaşardik. Biz böydoq, u juvon bölsa? A, labbay! – beöxşov hazil qildi Nişon va döstlarining yalt etgan qaraşlaridan buni sezib, tilini tişladi.

– Mana şu sening iflos öyga borişingni bilib, olib kelmadim! – jazavaga tuşdi Azamat.

– Voy-vö, hazillaşdim-ku!

– Hozir hazilning örnimi? – battar tutadi. – Yöq, ayt, hazil qilişning mavridimi hozir?

– Özingni bos, jöra! Meniki bir omadi gap-da!

– Azamat, qöy şuni, nima birinçi marta körib turibsanmi? – dedi Sardor. – Nişon, senam tilingni tiy. Oğzim bor, deb har baloni laqillayverma. Xullas, nima qilamiz?

– Ketib qolmaganmikan? – taraddudlandi Azamat.

– Qaydam, balki haliyam turgandir.

– Ança vaqt ötdi-ku. Yana bilmadim. Qarab kelamizmi, yo?

– Menga qaranglar, sizlar rostdan olib kelmoqçimisizlar? – dedi Nişon. – U sen aytganday öğrimi, töğrimi, biz bilmaymiz-ku. Şantajçidir balki? Olib kelganingdan keyin, beş minutga qolmay dod-voyni solib, hammani oyoqqa turğazsa-çi? Butun mahallaga şarmanda bölamiz-ku. Özi ijarada arang sud­ralib yuribmiz. Bu yerdan ham badarğa qilişmasin, tağin.

– Vahima qilaverma! – jerkib berdi Azamat. – Turinglar, ketdik qidirib kelamiz. Bu yerga bölmasa, uyida ayoli bor birorta qöşninikiga joylarmiz.

– Men bormayman, – dedi Nişon.

– Sen qolaver, Sardor ikkimiz qarab kelamiz.

– Ertaga bir narsa bölsa, men sizlarni tanimayman, aytib qöyay!

Sardor ham ikkilanib qoldi, köngliga ğulğula tuşdi.

– Balki, ketib bölgandir, a? – dedi u işonçsiz ohangda.

Azamat jöralariga biroz hayron bölib qarab qoldi, söng qölini bir siltab, köçaga çiqib ketdi.

* * *

Ayol bolasi bilan şaharga – ota uyiga, inisining töyiga bordi. Qaynonasi töşak tortib yotibdi, eri örim-yiğimda. Ona-bola töyni tarqatib, ikkinçi kuni peşindan söng yölga tuşdi. Eridan uç-tört kunga ruxsat olib kelgan bölsa-da, juvon uyda qolgan qaynonasini, rözğorni öylab, ota-onasi, qarindoş-­uruğining gapini pisand qilmay, “Ketmasam bölmaydi”, deb turib oldi. Özi, şahar bilan tumanning orasi yaqin, avtobusda birpaslik yöl. Aksiga olib, yölda avtobus buzildi va ular tumanning öziga kun botganda zörğa kirib bordi. Bu yoği qişloqqaça yana poyu piyoda ança yuriş kerak. Tumanda qolay desa, na tanişi, na qarindoşi bor…

Ona-bola tölin oyning yoruğida ikki tomoni yulğun bosgan yolğizoyoq söqmoq böylab borayapti. Kuzning salqin havosi etlarini junjiktirar, şamol yuzlarini timdalar, ona yenglarini ğijimlab, dir-dir qaltirab, bola esa boşini çoponiga tortib, ğujinibgina borardi. Uzoq-uzoqlardan soyning şovullaşi, itlarning hurgani, eşaklarning hangragani eşitiladi. Yulğunzordan ötgandan keyin paxtazor çiqdi. Haydov bölgan ğözapoyalari navkarlardek saf tortgança vahima soladi. Dalaning bu boşi bilan u boşi kamida ikki çaqirim yöl. Çap tomonda esa jiydayu töranğil şoxlari bir-biriga çirmaşib ketgan töqayzor. Pitir-pitir, şitir-şitir, “ğiyq-ğiyq”, “pir-pi-i-ir” etadi. “Jiydaning tagida uxlab qolsa, jin çalib ketadi”, degan gapni köp eşitgani uçunmi, bolani qaltiroq tutar, qança tez yurmasin, yöl tugamaydigandek edi. Nuqul “Otam traktorida kelib, bizni olib ketsaydi”, deb aytadi.

Dalaning yarmiga ham yetmasdan yaqin atrof­da şoqol ulidi. Ona çöçib tuşdi, öğlining qölidan mahkam tutdi. Bola piqillab yiğlay boşladi. Töqayzor tomondagi saslar ham kuçayib, xuddi butalar orasidan bahaybat hayvon çiqa solib, hamla qiladigandek ikkisi ham joyida serrayib qoldi. Ona darrov öziga kelib, qöliga uzun tayoq oldi. “Qörqma bolam, men borman, sekin yuraver” – uning ovozi qaltirardi.

Bir ovulga kirib bordilar. Zim-zimiston. Milt etgan çiroq yöq. Oy yoğdusida pastqam uylar yanada yerga qapişib ketgandek tuyulardi. Ona-bolaning tinka-madori qurigan, qadam taşlaşga majoli qolmagan edi, birinçi köringan uyni qora tortib boraverdilar.

Juvon ildirib qöyilgan yoğoç irganakni oçdi. Keng hovlining öng tomonidagi qöradan eçkilarning bir-birini suzib, xunuk yötalgani eşitildi. Ayol it-piti taşlanib qolsa-ya, deya qölidagi tayoğini mahkam uşlab olgan, bolasi esa uning etagini qöyvormasdi.

“Kim bor, hu-u-v”, deb çaqirdi. Bekorga xavotirlanmagan ekan, supa yonida yotgan eşakday it vovulladi. Ona orqaga tisarilib, qattiqroq baqirdi. Bolani qaltiroq tutdi. It hurib, ular tomon yaqinlaşa boşladi. Endi qoçişga çoğlanib turişganida, uy eşigi oçilib, bir kampirning şarpasi körindi.

– Ha? – dedi kampir kaftini manglayiga tirab. – Kim u?

– Xudoyi qönoqmiz, ena.

– Kiringlar, kiraveringlar, nega iymanasan, bolam? – dedi kampir ostonadan içkariga boş­larkan. – Kelinglar-çi, qani. Voy, qulunim-ov, muzlab qolibsan-ku.

Kampir bolaga engaşib, qöllarini siladi, yuzini yuziga bosdi. Kampirning beti iliq edi, ajin bosgan manglayi, çakkalaridan körinib turgan oppoq soçi momosini eslatardi. Faqat momosi sal tölaroq, bu kampir esa jimitdekkina edi.

Momo mehmonlarni kiçik bir xonaga boşladi. Peç yoqilgan, issiqqina tafti darrov qizargan yuzlarini erita boşladi. Momo chiroqni yoqdi. Xona örtasida çoğroq xontaxta, burçakda ustiga tört-beş körpaça yiğilgan sandiqdan bölak jihoz yöq. Törda qoraçadan kelgan bola uxlab yotibdi. Momo uni turtkilab uyğotdi.

– Ğayrat, tur, bolam! Mehmon keldi.

Bola ğudranib, közini oçdi. Biroz alanglab turdi-da, notaniş odamlarni körib, momosiga norozi qarab, bir narsalar deb, çiqib ketdi.

– Ena, qöying, yotaversin edi, – dedi juvon past ovozda. – Sizlarni ham ovora qildik…

– Ovorasi bor ekanmi, bolam? Xudoyi qönoq – xudoning qönoği. Kiringlar-çi, ustingizdagini yeçib, yuqoriga ötinglar-çi…

Momo peçga şox-şabba taşladi, qora qumğonni töldirib, çoy qöydi. Juvon egnidagi paltosini, öğlining çoponini yeçib, devordagi mixga osdi. Momo xontaxta atrofiga ikki qavat qilib körpaça töşadi. Dasturxon yozib, jöxori unidan qilingan törtta zoğora, piyolalarda tolqon, jiyda, ikkita likopçada parvarda olib keldi, issiqqina çoy damladi. Juvon ham tugunini yeçib, töyning non-böğirsoğidan dasturxonga qöydi.

– Olinglar, uyalmanglar, yöl yurib çarçagandirsizlar, – dedi momo zoğoradan sindirib bolaga uzatarkan.

Bola yöl-yölakay tugundagi narsalardan çöqilab kelgan bölsa-da, juda oçiqqan edi. Zoğorani olib, apil-tapil çaynay boşladi. Qovoq qöşib yopilgani uçunmi, juda mazali tuyulib ketdi. Momo mehribonlik bilan oldiga tolqonniyam surib qöydi. Nonni yutib bölmasdan, oğziga bir qoşiq tolqon solgandi, tomoğiga yugurib, yötal tutdi. Juvon uyatdan qizarib ketdi, momoga bildirmasdan bolasini çimçilab oldi.

– Şoşmasdan yeyaver, qulunim, hammasi senga, – dedi momo jilmayib. Söng çoy quyib berayotib, yurt suriştirdi:

– Qizim, qay ovuldansan? Kimning elisan?

– Qumlitovdanmiz. Jumaboy traktorçining ayoliman.

– Jumaboy traktorçisi kim böldi ekan? Qaynota-qaynonang bormi?

– Qaynonam bor.

– Ha, şundan gapir-da, bölmasam…

– Enamizni hamma tabib deydi.

– Tabib? – kampir bir narsani eslaşga urindi, çoği, unga tikilib qoldi. – Qumlitovda kim tabib edi-ya?

Juvon öğlini turtib, “Momongning ismini ayt”, deb şivirladi. Mezbon buni sezib, bolaga yuzlandi:

– Ha, ayt-çi qani, kimning navarasisan?

– Şarifa momomning, – erkalandi bola.

– Şarifa? E, ha, boyadan beri şunday demaysanmi? Töy-maʼrakalarda köp köraman uni. Juda kayvoni ayol. Hamma maqtaydi qöli yengil, deb, – dedi mezbon.

– Ha, qişloğimizda kim kasal bölsa, enam­ning oldiga çopib kelaveradi.

– Tuzuk, tuzuk. Özi yaxşimi, öynab-kulib yuribdimi? Hov, laqillab ötirişimni qara, – deya momo juvonga çoynakni uzatib, özi qözğaldi. – Hozir sizlar çoy içib turinglar-çi, men qozonni otlantirib yuboray.

– Ena, qöying. Çoy yetadi, rahmat.

– Hov, unday dema. Çoy tomoq bölarmidi?! Issiq ovqatga nima yetsin.

– Yöq, ena, iltimos, ovora bölmang. Özi, şundoq ham tinçingizni buzganimizga xijolat bölib ötiribmiz. Hademay tong ham otadi…

Momo sal kalovlanib turdi-da, bolaning közlari yumilib ketayotganini körib, şaştidan qaytdi. Momo öziga, mehmonlarga qator joy solib, chiroqni öçirdi. Juvon bilan uzoq gaplaşib yotişdi. Ayol qayerdan kelayotgani, nega keç qolganini oqizmay-tomizmay aytib berdi. Momo ham öğli bilan kelini şaharda yaşaşi, ularning qayerda işlaşi-yu, özi qişloqda nevarasi bilan birga turişi haqida tölib-toshib gapirdi. Bola ularning gangur-gungur gaplariga quloq tutib yotib uxlab qoldi…

Tongda ayol bolasining boşidan silab uyğotdi. Bola qarasa, yonida keçagi qora bola çoy içib ötiribdi.

Közini işqalab, dahlizga yuz-qölini yuvişga çiqdi. Momo bir narsa dedi, şekilli, izidan mezbon bola keldi, obdastani olib, suv quya boşladi.

– Isming nima? – söradi u.

– Azamat.

– Meniki Ğayrat. Adaşib qoldinglarmi?

– Yöq, keçqurun qörqdik.

– He, qörqasanmi qoronğidan? – istehzoli kuldi u.

– Ha, sen-çi?

– Yöq. Heçam qörqmayman.

– Kuçli ekansan-da, a?

– Ha, qörqsam, yonimga itimni olvolaman. Keça kördingmi itimni?

– Kördim. Iting katta ekan.

– Maktabga borasanmi?

– Yöq, hali kiçkinaman. Keyingi yil boraman.

– Men uçinçi sinfda öqiyman.

– Uçinçi sinfda? Faqat uç baho olasanmi şunda?

– Yöq, beşga öqiyman men.

– Aldama. Beşinçi sinflar beşga öqiydi. Sen uçga öqiysan, – uning ustidan zavqlanib kuldi.

– Hozir qumğon bilan boşingga bir uraman! – Ğayrat obdasta uşlagan qölini Azamatning tepasida sermadi.

– Ena, qarang! Ğayrat meni urmoqçi!

– Ğayrat! Bezori! Tegma qönoq bolaga! – momoning tahdidli ovozi eşitildi.

– Özi-ku, uçga öqiysan, deb ustimdan kul­yapti, – dedi Ğayrat popugi pasayib.

– Azamat! Hozir körasan mendan, – juvon döq urdi.

Mehmon bola onasining oldiga yugurdi. Ğayrat izidan kirib, unga yeb qöygudek qaradi. Azamat onasiga biqinib ötirib, çoy içdi, qaynoqqina şörvani paqqos tuşirdi.

Momo ona-bolani ovuldan çiqaverişdagi katta ariq böyigaça kuzatib qöydi. Ariqni yoqalab yursa, katta yölga tuşişini aytib, qöllariga mayda-çuyda solingan tugunni tutqazib, uzoqlab ketguniça qöl siltab qoldi.

– Yölni bilib oldinglar, endi kelib-kelib turinglar…

Şundan keyin u uyga qaytib borişmadi, momo ham bularnikiga mehmon bölib kelmadi.

 

***

Azamat mahalla boşidan to bekatgaça bölgan oraliqni bir neça marta aylandi, juvonning iziniyam topolmay, dami çiqqan pufakday şalvirab ortiga qaytdi. Jöralari allaqaçon uxlab qolgan, xonada oğir sukunat va zulmat kezib yurardi. U joyiga yotdi, közi ilindi degunça öşa keçadagi jimitdekkina momo bilan qoraçadan kelgan nevarasi sovuqda qaltirab turganday körinaverdi.

OĞA

Ufq qontalaş bölib kelaverdi. Qumlitovning töridagi bir çeti hovuzga, bir tomoni şolizorga tutaş Qurbon qassobning hovlisida uy egalari ğimirlab, kirib-çiqib yuribdi. 

Örol göştni jiklab, palovga deganni bölak, uyda osiladigan boş qozonga deganni alohida, qönoq uylarga tarqatiladiganni bölak ajratdi, undan köz uzmay turgan Böynoqning nasibasini çetroqqa otdi. It luqma taşlangan tarafga irğib borib, köp ötmay yana dumini likkilatgança qaytib keldi. Qassob teriga tuz sepib, qöraning ustiga yoyib qöydi. Kelinlarga kalla-poyça kuydirişni topşirdi. Içak-qorinni eskiroq toğoraga soldi.

– Kenjaboy, – dedi. – bolalarga ayt, manavini Elmurod juvonmargning uyiga eltib bersin. Beçoraning bevasi jöjabirday bolalari bilan qolgan, qöli kalta-da…

– Erta-indin özimiz palovga bosmaymizmi? – dedi Kenjaboy yasama xuşçaqçaqlik bilan.

– Qöysang-çi, uka, ölib turgan joyingmi? Senlarga bu yoğiyam yetib-ortadi.

– Heç bölmasa, çarvisini şilib olaylik.

– Olganman, – jahli çiqdi Örolning. – Bir aytganda “xöp” desa-da!

U otasidan qolgan qassobpiçoq, toşqayroq, tarozi solingan xaltasini eşik yoniga qöyib, içkarilaganda uy töla odam – ertangi böladigan maʼrakaning tadorigiga yiğilganlar örnidan turdi. Törda ötirgan Rahima momo öğlining böynidan quçoqlab yiğlab berdi. Örol kampirni yupatdi. Qolganlar önğaysizlanib, qimirlab qolişdi. Kelinlar, qizlar köziga yoş oldi. Kenjaboy tişlarini ğiçirlatib, onasiga gapirmoqçi edi, Örol “indama” deganday boş çayqadi. Yiğilganlar siljib, katta akaga tördan joy berişdi. Kampirning “Endi bu oilaning boşi sensan, bolam”, deb qayta-qayta aytgani ötirganlarga eriş tuyuldi. Oraga jimlik çökdi.

– Semiz qöçqor ekan. Ellik kiloga yaqin toş bosdi. Moyining qalinligidan piçoğim yurmay qoldi-ya. Quyruğining özi bir toğora böldimi, a, Kenjaboy? – dedi Örol çoy xöplab. U doim şunday qiladi, otasidan örgangan odat. Kimningdir jonliğini çalib beradigan bölsa, uy egalaridan birortasining yonida turişini tayinlaydi. Söng erinmay hisobot beradi. “Öziga urib qolibdi”, deyişlarini istamaydi. Boya ham Kenjaboyni ataylab oldidan jildirmadi.

– Hm, – dedi Kenjaboy xuşlamaygina. U hali ham qöçqoridan ayrilganiga könikolmay ötirgandi.

– Yaxşi-ku! – yonboşladi Tilovboy. – Endi ovqatga göştni möl-köl bossa böladi.

– Kenjaboy, sen öpkalama. Bitta qözini yaxşilab semirtirsang, öğlingning sunnat tö­y­igaça hökizday qöçqor böp ketadi. Maʼrakaga tumonat odam keladi-da, serka göşti urvoq ham bölmaydi: bebaraka-da, baribir. Kimsan Qurbon qassobning bolalari otasining yilida eçki söyibdi-ya, degan gap tarqalsa, uyat böladi.

– Durust, şavla ketsa ketsin, obrö ketmasin, inim, – deya katta akaning gapini maʼqulladi Tilovboy.

Bundan ikki kun oldin Kenjaboy tumanga borganda akasining uyiga kirib ötgandi. Otasining maʼrakasiga serka söymoqçiligini aytganda, Örolboy “Nega endi, ötgan safar qöçqorni ataganding-ku”, deb tutaqib ketgandi. Kenjaboy “Qöçqorni nevarangizning sunnat töyiga olib qöysammikan deb öylab qoldim. Men ham el qatoriga qöşilib, qilayotgan birinçi töyim. Yana bozorga tuşib, qöy qidirib yuramanmi?” Akasi öşanda yo tuş­un-­­

madi, yo tuşunişni istamadi. Oyoq tirab oldi: “Agar serka deyayotgan bölsang, boşqa qassob topaqol”, dedi. Uka ilojsiz könişga majbur böldi. “Endi aybini yuvib-çayişga balo bormi, – öyladi Kenjaboy. – Bunisiyam maʼqullab ötiribdi. Özidan ketmadi-da, joni açirmidi…”

– El oğziga elak tutib bölarmidi, Örol aka? Bittadan qöçqor yetaklatib yuborsangiz ham yaxşi ot olmaysiz. Arqonini bermabdi bu qurumsoq, deb kulib ketadi, – deb uzib oldi Kenjaboy.

Inisining otini aytib çaqirgani Örolga oğir botdi.

– Men ham manovilarga aytdim! – Rahima momo bir narsa esiga tuşganday, tösatdan öğli bilan keliniga işora qildi. – Meni tinglarmidi bular? Miyasi aynigan kampir aytaveradi, deydi-da!

Rahima momoning arz qilişi ötirganlarga yoqmadi, Tilovboy tomoq qirdi. Katta kelini labini tişlab, boş çayqadi. Qizlar qoş çimirdi. Kenjaboy bilan xotini onasiga yeb qöygudek qaradi. Momo esa beparvo, yana bir narsalarni piçirlab, birda jilmayib, birda qovoğini solib ötiraverdi.

– Unday demang. Qiladi aytganingizni, qilmay qayergayam borardi? – dedi Örol miyiğida kulib, uka-singillarni zimdan kuzatdi. Ularning beparvoligidan ranjidi. Bir paytlar bir oğiz sözini qaytara olmaydigan öğil-qizlarning, bosgan izlariga poyu patak bölişga tayyor kelinlarning bugun uning göyo bor-yöqligini sezmaganday ötirişidan ğazabi keldi. Közlaringni moy bosganmi, deb bir burovga olmoqçi böldi. Şaytonga hay berdi.

 

* * *

– Sen köp ezilma, bolam, – dedi Qurbon qassob kirtaygan közlarini boladan uzmay. – Dunyo­ning işlari özi şunday. Birov Yaratganning neʼmatidan umidvor ötadi, kimdir esa berganning qadriga yetmaydi.

Quyoşning tiğidan taqir boşini bazör panalab borayotgan ön yoşlardagi bola qassobning gapini tuşunmadi. Qölidagi yarimta nonni tiş­lab, kavşandi. Qassob töriq biyaning jilovini onda-sonda sermab qöyar, biya ilkis yurişini tezlatganda bola qalqib tuşar va qöli bilan egarni mahkam uşlab qolardi. Ular kun peşindan oqqanda qişloqqa kirib bordi.

– Taniş, – dedi Qurbon dasturxonga ötirmay turib. – Endi bu ayol sening onang böladi. Körişinglar!

Eşik oldida hayrat töla nigohlarini bir eriga, bir bolaga qadab turgan Rahima istamaygina körişdi. Özi, dardini kimga aytişni bilmay yurganda bu nima qiliq? Kim böldi bu? Nega unday qiladi? Rahima içidan qaynab kelayotgan adoqsiz savollarga javob topgisi keldi. Lekin tiş yorib, biror nima deyolmadi.

Bor dardini içiga yutib, Örolni “bolam”, deya bağriga bosdi. Baʼzi-baʼzida eri uyda yöq payt­lari ota-onasini suriştirdi, tayinli javob ololmagaç, battar ezildi. Qurbon buni sezdi.

– Bekor iç-etingni tirnayapsan, xotin, – dedi bir kuni yotiş oldidan. – Gunoh yetaklab kelmadim, xotin.

Rahima izillab yiğladi. Qassob el uni “şarmanda”ga çiqarib qöyganini orqavoratdan eşitgan. El, deb bölmas, bir-ikki tiliga kuçi yetmaganlar şunday deyapti. Bu gap ayolining ham quloğiga çalingan. Ming qilsayam ojiza-da, köz oçib körganiga işonmay, köchaning gapiga ergaşib yuribdi. Öşalar kelib qassobning yuziga aytsa-ku, nima qilişni özi biladi. Qurbon çuqur uh tortdi.

Köklaga boşida kiçikroq jonliq söyib, butun ovulni çaqirdi. Yoşullilarni törga ötqazib, oldiga kalla qöydi, ilik qöydi.

– Endi, yoşullilar, mening tirigim ham, öligim ham, oçligim ham, töqligim ham şu el bilan, –­ ­çaynaldi qassob hayajonini bosişga urinib. – Ön bir yildan beri tirnoqqa zormiz. Buyam bir Xudoning sinovimi, inoyatimi – bilmadim, mulla buva. Ammo endi Örolboy mening bolam. Uning uvol-savobi mening böynimda. Lekin uni uyimga obkeganim haqida nojoiz gaplar tarqabdi. Aytib qöyay, Xudoyning oldida yuzim yoruğ.

– Biz qayerdan bilamiz? – gapini kesdi Asqar pismiq. – El oldida qasam iç.

Qurbon Asqarga ğijinib qaradi. Agar atrof­da heç kim bölmaganda kekirdagini yulib olardi. Ammo özini bosdi.

– Men qasam içmayman! Qurbon qassobning qasam içganini yo biror gapidan tonganini körganmisan? – dedi zarda bilan. – Lekin agar köngling tölmayotgan bölsa, mayli sen uçun…

– Şart emas, – dedi Eson mulla. – Asqarjon, sen qaçondan beri el nomidan gapiradigan bölding? Hali otang tirik, otangni körganlar tirik, – söng yana qassobga yuzlandi: – Davom etaver, inim.

– Agar kimda-kim bolamga yetim yo… xullas, barmoğini bigiz qiladigan bölsa, özidan öpkalasin!

– Juda maʼqul iş bölibdi, Qurbonboy! Yetim-yesirning boşini silamoq katta savob! Şunday emasmi, Eson oğa, – dedi mullaning yonida ötirgan Töliboy gapini tasdiqlatmoqçiday atrofga olazarak qarab. Mulla “ha” deganday boş irğadi. – Öğil muborak!

Hamma uni tabrikladi. Qurbon öğlini çaqirib, yoşullilar bilan köriştirdi. El duoga qöl oçdi.

Elning duosida xosiyat köp, kuç bor. Örolboyni olib kelganining keyingi yilida Qurbon qassob öğilli böldi. Unga Tilovboy deb ism qöyişdi. Keyin Nasiba, Aziza, Kenjaboy tuğildi. Uyi bola kulgusiga töldi. Örolboy uka-singillarini opiçlab, ot bölib yelkasiga mindirib katta qildi. Bolalar uni “aka” deb çaqirdi. Aka bölmiş bundan quvondi, Qurbon bilan Rahimaning esa sevinçi ortdi.

Örolboy maktab savodi bilan qoldi. Otasining yonida yurib, qassobçilikni örgandi. Uka-singillari kimi şaharda, kimi tumanda katta-kiçik öqişlarda öqidi. Otasi umrining sönggi kunlarida şuni köp takrorladi: “Seni ham öqitişim kerakmidi, bolam. Sen ham hozir ukalaringga öxşab yurarmiding. Bilmasam, şaroit bölmadimi, yo özingda iştiyoq bölmadimi. Lekin heç qaçon seni ulardan kam körmaganman”. Qassob bu gaplarni Örolboydan köra köproq öziga tasalli beriş uçun aytardi.

 

* * *

…Örol ötiraverib, böğinlarida oğriq sezdi, oyoğining çigalini yoziş uçun taşqariladi. Uyning öng tomonidagi devor ortida ğönğir-ğönğir ovoz keldi. Inilari bilan biroz gurung qiliş niyatda ular tomonga yura boşladi. Kenjaboyning alam bilan çiyillaşidan töxtab qoldi.

– Nega u özini katta tutadi? Kim u bizga?

– Akamiz-da…

– Aka?! Mening bitta akam bor, u ham bölsa siz! Bir qorindan tuşmagandan keyin, qoni qöşilmaydi-ku!

– Ha endi, otamizning istagi şu bölgan.

– Otamizning ötib ketganiga ança böldi. Boqdi, östirdi, uylantirdi, uyli-joyli qildi. Endi uning oldida qarzimiz yöq! Nega hadeb u bilan kengaşib, iş qilişimiz kerak? Nima, siz bilan menda kalla yöqmi?

Örol oxirigaça eşitolmadi, öpkasi tölib, tanasini qaltiroq bosdi. Ortiga ögirildi-yu, zilday oğir qadam taşlab nari ketdi.

 

* * *

Saharmardondan Qurbon qassobning uyiga uzoq-yaqindan kelganlar yiğila boşladi. Eşik oldidagi qölbola örindiqqa körpaça taşlab, ovul mullasi, yana beş-olti çol, aka-ukalar qator ötirişdi. Kelganlar yuziga fotiha tortib, qönoq uylariga ketişdi. Peşinga borib qassobning uyi ham, qönoq uylar ham mehmonga töldi. Öçoqboşida ovulning yoş yigitlari qozon tagiga ötin taşlab, bulkillab turgan şörvadan kosalarga quyib, non botirib yeb ötirişdi. Yalangoyoq bolalar mehmonlarning ot-eşagini suğorib, oldiga bir siqimdan haşak taşlab qöyib yo böşagan idişlarni suvga töldirib yurdi. Kelinlar qöli-qöliga tegmay, çoy qaynatib, idiş-tovoqlarni yuvdi.

Örol damba-dam köçaga çiqib, yölga köz tikdi. Öğli hayallabroq qoldi. Yarim tunda otasining qönğiroq qilib, javondagi puldan olib kelişini aytganda hayron qolgan, lekin sababini söraşga botinolmagan edi. Örol pulni olib, qassoblik anjomlari turgan xaltaga solib qöydi.

Uy egalari maʼrakani tarqatib, mehmonlarni bir-bir kuzatdi. Örol öğlining ulovida uyiga ketdi. Tördagi xonani yiğiştirayotgan Kenjaboyning xotini qaynoğasi taşlab ketgan xaltani kötarib, omborga olib çiqib qöydi. “Unutib qoldiribdi, – öyladi u. – Şu yerda turatursin, it tegarmidi. Bir kelganlarida olib ketar…”

Bayram AYTMUROD

 

1986-yili Qoraqalpoğiston Respublikasi Bözotov tumanida tuğilgan.

Özbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutida tahsil olgan.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (258)

Suv. Hikoya

– Öz oyoği bilan jildirabgina kelmagan suv suvlik qiladimi?! Ketaman bu Cahroyi kabirdan… ketama-an-n! Dilşod şunday deya örnidan sapçib turdi-yu, derazadan taşqariga termildi. U avval hovlisidagi qovjirab qolgan…

“Eynşteyn jumboği”

Dekabrning asov şamoli tun bağrida özini har yonga urib, böriday uvillaydi. Uylar ham sovuqdan junjikkanday bağridagi çiroqlarini öçirib, şamolga jör bölib, qoranği tun vajohatini yanada orttiradi. Biroq şu imoratlar…

Uluğbek Hamdam. Yöl (falsafiy roman

Men bir ojiz tomçiman, ammo yuragimda ummon soğinçi yaşaydi. Mavlono Rumiy TUŞDAN OLDINGI VOQEA Ovoz keldi! Ovo-o-oz!.. Eşityapsizmi, ğoyibdan bir ovoz keldi! Dunyolarni töldirib emas, yöq, balki yöl kabi uzun, yöl kabi…