Şirin taşvişlar…
Jim-m-m, qizim uxlayapti!
Kuni böyi zerikkan qizim işdan kelişim bilan: “Opane”, “Opane” deb menga talpinadi. Bu uning “meni kötaring”, degani. Qançalik horğinlik sezmay, qizimni kötarib, öynatişdan çarçamayman. Gohida yarim tungaça ham öynaymiz. Oxiri qölimda közçalarini uyqu elitadi. Bu paytda esa özim ham közga gugurtçöp tirab, uyquni arang yengib turaman.
Oşxonada idişlarning taraq-turuqi eşitiladi. Qizim közlarini oçadi. Onasining ehtiyotsizligidan jahlim qaynaydi. Yaxşilab tanbeh bergim keladi…
Yana qizimni allalaşga tuşaman. Tezroq uxlasa-yu, yostiqni quçoqlab, uyqu dengiziga çökib ketsam…
Şu payt taşqarida maşinaning signalizatsiyasi işlab ketadi. Qizim yana bezovtalanadi. Men tişlarimni ğiçirlatib, maşina egasini içimda böralab sökkan bölaman. Borib, derazani ziçlab yopaman. Şovqin tingaç, qizim yana uyquga ketadi…
“Tiq” etgan tovuş eşitilmasligiga tirişaman…
Nihoyat qizim jimitdek burunçalaridan bir maromda nafas olib, tinç uyquga ketadi…
Uning şiringina uxlaşiga qarab, xayoldan har turfa fikrlar ötadi:
Qizim! Sen bilmaysan, mening qançalar baxtiyor ota ekanimni…
Sen tuşunmaysan meni ğazablantirgan taşvişlar otalikning şirin yumuşlari ekanini…
Qizim, hozir sen bilmaysan qançalar baxtiyor ekaningni…
Quvonçim, sen hali bizdan olis yurtlarda quvonçdan yiroq odamlar, şodlikdan begona millionlab tengdoşlaring yaşaşi haqida bilmaysan…
Bilasanmi, bugun jahannam öçoğiga aylantirilgan hov uzoq yurtlarda baxtsiz otalar yaşaydi…
Bir paytlar ularning ham xuddi menikidek şirin taşvişlari bölganini, ular ham ayolining arzimas şovqinlari yoxud maşinaning ovozi farzandlari uyqusini öçirganda ğazablanganini, sen bilan tengdoş farzandlarini qöllarida kötarib uxlatganini bilmaysan-da…
Munçoğim, ular endi otang kabi şunçaki derazani yopib qöyiş bilan taşqaridagi şovqin-suronni tindira olmaydi… Bombalar ovozini öçira olmaydi…
Qizim, u yerlardagi tengdoşlaring bugun sen kabi yumşoq örindiqda, ota-onasi qöynida bexavotir, şirin allalar tinglab uxlay olmaydi.
Sen kabi qançadan-qança munçoqköz, beğubor, masʼum tengdoşlaring dengizda baliqqa aylanib, ota-onasidan uzoq-uzoqlarga suzib ketganini bilmaysan…
Sen bilmaysan: olisdagi Somali, Uganda, Çad, Mozambik, Efiopiya kabi mamlakatlar aholisining 40 foizidan köproği töyib ovqat yemaydi…
Jahon har yili 11 millionga yaqin bola beş yoşga yetmay halok bölmoqda. 10 millionga yaqin bola esa jismoniy va ruhiy bemor sifatida tabiiy rivojlanişdan töxtamoqda. Buning nima ekanini anglaşga hali aqling yetmaydi, qözim…
Dunyoning 22 mamlakatida istiqomat qiluvçi 24 million senga öxşaş bola öqiş-yozişni örgana olmayapti…
30 milliondan ortiq qoraköz tengdoşlaring turli sabablar – uruş, oçarçilik, işsizlik tufayli öz uyini taşlab, uzoqlarga ketgan, bolam…
Sen qançalar gözal, tinç-osuda va osmoni musaffo yurtda ulğayotganingni, tarixi uluğ, buguni farovon, ertasi bundan-da porloq Vatan farzandi ekaningni vaqti kelib anglab yetasan…
Osmondagi gap emas…
Ikki yil avval: iş köp. Boş qaşişga vaqt yöq. Ijodiy mehnat odami bölganim bois unça-munça zarurlarini uyda ham bitiraveraman. Ayniqsa, televideniyeda işlagan kezlarim dam olişga vaqt topmasdi. Farzandli bölişimiz haqidagi quvonçli xabardan söng esa yana ham köproq işlaşim kerakligi miyamga örnaşib qolgandi.
Bir kuni ayolim poliklinikadagi şifokor maxsus tibbiy markazga borib, qon topşiriş va tahlil natijalarini olib keliş zarurligini aytdi, deb qoldi. Men biror kun vaqt topib, birga borib kelaman, dedim. Oradan kunlar ötdi. Har kuni yodimga soladigan böldi. Men esa vaqtimni qizğanardim. Bir kuni xafa bölib: “Nega paysalga solayapsiz, dadasi? Yarim kun vaqt ajrating farzandingiz uçun. Agar öşa qon tahlili natijalarini vaqtida olib kirmasam, şifokor meni urişadi. Gap eşitaman”, dedi.
Şu gap menga qattiq taʼsir qildi. Ayolim “gap eşitişidan” çöçiyotgan bir paytda men bundan xursand böldim. Nega? Sababi oddiy va quvonçli. Şifokorning homilador ona va uning bolasi uçun qattiq turayotgani, doimiy nazoratni yölga qöygani… bu quvonçli emasmi? Ha, bu osmondagi gap emas. Bugun yurtimizdagi har bir ona va bola ana şunday eʼtiborda. “Soğlom ona va soğlom bola yili” davlat dasturi doirasida miliardlab mablağ ajratilib, xayrli işlar sarf qilinmoqda. Bir ota sifatida bu meni juda ham xursand qiladi…
Hozir ham ayolim va farzandim şifokorlarning doimiy nazoratida. U goh-gohida şifokordan "gap eşitiş"ni istamasligi haqida gapirib turadi…
Dolğali dunyo…
Internetdagi xabarlarga köz taşlarkanman, bir mamlakatdagi portlaş töğrisida öqib qoldim. Rasmlarini körib, könglim ezildi. Közida yoş bilan turgan oila, ota-onalar, keksalar, bolalar…
Ularning aybi nima edi? Tabiiy zaxiralarga boy yurtda tuğilganimi?! Yoxud eʼtiqodi buzuq, xoin va nafsi hakalak otgan insonlar bilan bir yurtda yaşayotganimi?!
Mudhiş tasvirlarni körar ekanman, peşonasi boğlangan, yuz-közida qon doğlari qotgan, bir qölida önğib, kir bölib ketgan ayiqçani kötarib olgan, quloği bomba şovqinlariga könikkan, butun dunyoni ana şunday dolğali, suronli deb tuşunadigan 3-4 yoşlar atrofidagi maʼsum qizaloqqa közim tuşdi. Böğzimga nimadir tiqildi…
Şu payt qizimning allaqanday qöşiqni öziça xirgoyi qilib kelayotgani eşitildi. Ikki yoşdan endi ötdi. Gaplarini tuşunib bölmaydi. Öziça qaysidir qöşiqlarni aytib turadi. Yaxşilab quloq solsam, televizorda, “Bolajon” tez-tez takrorlanadigan qöşiqni kuylayotgan ekan.
“Bo-ya-jon, bo-ya-jon” deb men ötirgan xonaga kirib keldi. Bir qölida özi yaxşi körgan yumşoq, kiçkina ayiqçasi, ikkinçi qölida olma bor edi….
Muslim Mirzajonov,
1984-yilda tuğilgan. Özbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro jurnalistika fakultetini tamomlagan. Şeʼr, hikoya va maqolalari matbuotda eʼlon qilingan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


