2 daqiqada öqiladi

682 marta körilgan

Rey Bredberi: yoş yozuvçiga 12 Maslahat

Rey Bredberi

Rey Bredberi (1920–2012) mumtoz adabiyot vakili emas. Lekin öz yönalişi – fantas­tikada mumtoz sanaladi. Fentezi, hikoyat va ertak janrlarida ham barakali ijod qilgan. Adib bir qança romanlar, yuzlab hikoyalar, önlab pyesalar, maqolalar, şeʼrlar – jami sakkiz yuzdan ortiq adabiy asar muallifi. Uning yozganlari asosida bir qança filmlar, sahna va musiqa asarlari yaratilgan. Rey Bredberi ilmiy fantas­tika va fentezi janrini ommalaştirdi.

***

“Roman yozişdan boşlamang. U juda köp vaqt oladi. Yozuvçilikka qisqa hikoyalar orqali yöl toping. Har hafta bir neça hikoya yozing. Qança köp bölsa, şunça yaxşi”.

Bredberining özi ilk romani – “Farengeyt böyiça 451 daraja”ni yozguniga qadar öttiz yil şu taxlit işlagan.

***

“Buyuk yozuvçilarga mehr qöying, ammo ularday böla olmaysiz. Ularga atay yoki beixtiyor taqlid qilişi­ngiz aniq. Öşa paytlarda şu gaplarimni esga oling”.

Yoş Bredberi Herbert Uells, Jyul Vern, Artur Konan Doyl, Laymen Frenk Baum singari adiblarning asarlarini sevib öqigan.

***

“Yaxşi hikoyalarning eʼtiborli jihatlarini tadqiq qiling”.

Rey Bredberi Roald Dal, Gi de Mopassan, Nayjel Nil, Jon Kolliyer singari adiblarning asarlarini örgangan.

***

“Kallani bilim bilan töldiring”.

Bredberi uxlaşdan oldin birorta saviyali hikoya yoki poema; arxeologiya, biologiya, zoologiya, falsafa, siyosatşunoslik yoki adabiy tanqidga oid  ilmiy tadqiqot öqişga odatlangan edi.

***

“Isteʼdodingizga işonmaydigan döstlardan qutuling”.

Bunday kişilar qobiliyatingiz yuzaga çiqişiga faqat xalal beradi. Ular bilan aloqani uzişni bir daqiqaga ham keçiktirmang.

***

“Umringiz kutubxonada ötsin, kompyuter qarşisida emas!”

Oliy maʼlumot oliş Rey Bredberiga nasib etmadi. U öz iborasi bilan aytganda oliy öquv yurtini emas, “kutubxonani tugatgan”di. Ana şunday öqiş-örganişlar natijasida yozuvçi 28 yoşida har tomonlama keng bilimga ega bölgan.

***

“Kinofilmlarni seving – qança eski bölsa, şunça yaxşi.

Har qanday filmni köraveriş umrni sovurişdan boşqa narsa emas. Vaqt sinovidan ötgan, kişiga bilim va fikr beradigan, tasavvurini boyitadigan filmlarnigina köriş zarur”.

***

Yozganda könglingiz şodlik hissini tuysin. Adabiyot – yengil yumuş. Agar asaringiz oğir mehnat singari azob-uqubat beryotgan bölsa, şu joydayoq uni axlat çelakka uloqtiring va dilingiz yayraydigan yangi bir narsani qoğozga tuşirişni boşlang.

***

“Pul dardida yurmang”.

Bredberining ayoli “qaşşoqlikdan zorlanmaslikka qasam içgan” edi. Er-xotin ön yil birga yaşaganidan keyingina avtomobil sotib olişgan.

***

“Özingiz sevadigan va yomon köradigan 20 ta narsa röyxatini tuzing. Dastlabki öntalik haqida asar yozing. Keyin qolgan öntasi ham ijodiy işingiz mavzusiga aylansin. Qörquvlaringizni ham şunday yengib öting”.

***

“Har qanday eski xotira qoğozga tuşirişga arziydi. Ijodiy çorasizlikni tinimsiz urinişlar bilan yengiş mumkin”.

***

“Doim yodingizda tursin: siz körişib qolgan payt: “Yozgan asarlaringiz menga juda yoqadi”, deydigan muxlis uçun yozyapsiz. Agar bu işning uddasidan çiqolmayotgan bölsangiz, barça urinişlaringiz “Haligi bemaza narsalarning muallifi siz ekansiz-da!” degan bahoga loyiq böladi, xolos”.

Orif Tolib

tayyorladi

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (164)