11 daqiqada öqiladi

425 marta körilgan

Döngkalla. Hikoya

Döngkalla. Hikoya

Qovun-tarvuz paykalining yassi qirga tutaş qismida Normat qoraning çaylasi qönqaymagunga qadar jonsarak dala siçqon – Döngkalla öziça quv, öziça baxtiyor edi. Quvligi şundaki, kökdagi va yerdagi turli ğanimlarni öz vaqtida payqab, hamişa yaşin tezligida bekina bilar, söng esa göyo ularni boplab doğda qoldira olganidan quvongandek, raqibining qorasi öçişi bilan ohistagina çiyillab qöyardi. Baxtiyorligiga kelsak, sertarmoq yölak va yölakçalardan iborat möjazgina hududi daştning ovloq kunjagida, yaʼni podatuyoqlardan xoli yerda joylaşgan: bir tomoni tik jarlik, bir tarafi baland tepalik, qolgan qismi esa har yili qovun-tarvuz ekiladigan keng lalmi daştga tutaş bölib, makonini toptaydigan poda tugul, adaşgan-­uloqqan eçki-uloq ham doriy olmasdi bu yoqqa.

Döngkalla, çivindek joniga qaramay, favqulodda tirişqoq, hayratli darajada mehnatkaş. U har tong yovvoyi ösimliklar oralab, çor-tarafga çözilib, tarmoqlanib ketgan katta-kiçik yölaklarini birin-sirin közdan keçirib, öta hafsala bilan sariştalab çiqadi. Albatta, uning bu qadar jonbozligi bejiz emas, negaki, sariştalik bu turdagi jonivorlar uçun hayot-mamot masalasi bölib, biror yot jismning yölakda turib qolişi muqarrar ölim demakdir, yaʼnikim kökdan yoxud yerdan kutilmaganda hamla qilgan ğanimdan qoçiş paytida uşbu “tösiq” tufayli osongina öljaga aylanişi mumkin. Şuning uçun Döngkalla nöxatdek toşu kesakni ham yölakda qoldirmaslikka urinadi.   

Bu seryölak hudud unga ona siçqondan meros bölib qolgan. Darvoqe, onasidan xiyla erta judo bölgan Döngkalla tirik qolişning xilma-xil sir-sinoatlarini qismangina onasidan örgangan, qolganlarini esa daşt siçqonlariga xos bölmagan döng manglayini ming bir toşga urib-urib, sekin-astalik bilan özi özlaştira borgan. Şuning uçunmi, hududida pişiq-puxta himoya tizimi – yölaklarni yaratiş borasida onasidan köra omilkorroq çiqdi. Onasi tirik­lik paytida ehtiyot inlar sanoqli bölganidek, yölaklar tarmoği ham u qadar serob emasdi. Döngkalla, mustaqil hayotga qadam qöygaç, zahiradagi inlar sonini oşirib, ularni qöşimça yölak hamda töynuklar bilan taʼminlabgina qolmay, tevarakdagi qoyatoş uyumlarini ham öz tasarrufiga oldi. Masalan, ilgari janub tomonga çözilgan asosiy yölaklardan biri kavrak ostidagi ehtiyot in oğzida nihoyalanardi. Ammo Döngkalla bunga qanoat etmay, in töridan qöşimça töynuk oçib, mazkur yölakni naridagi toşqalamaga qadar çözdi. Boisi, qoyatoşlar orasidagi çalkaş tirqişlar har qanday holatda ham uning joniga ora kira oladi-da. Keyin u avvaliga kovul ostidan, söngra toşqalama poyidan ikki yonga yangi yölaklar, yaʼni tutaştiruvçi yölakçalar tizimini bunyod etdi. Xullas, endilikda uning hududi xuddi örgamçik töridek sertarmoq yölaklardan iborat bölib, onasi yoxud boşqa turdoşlari ikki dunyoda ham bu xildagi murakkab tizimni yarata olmasligi mumkin edi.      

Döngkalla elburutdan voyaga yetib, allaqaçon mustaqil yaşaş könikmasiga ega bölgan esa-da, hali-hanuz onasini qumsaydi. Boisi, ona siçqon haddan ziyod ğamxör edi. Jigargöşasini aksariyat hollarda qöziquloq tubidagi iliq inida saqlab, uni tezroq qatorga kiritiş öyida tinmay parvarişlardi. U onasining serhadik xatti-harakatlaridan yer yuzasi u qadar osoyişta emasligi-yu, ğanimlari bisyor ekanligini öşa paytdayoq idrok etişga ulgurgandi. Tabiatan xuddi onasidek öta ziyrak, öta ehtiyotkor edi. Biroq, şu xususiyatlarga ega bölişiga qaramay, onasi kunlardan birida baribir tulkiga yem böldi. Onasi ğanim çangalida qay tarzda ölim topdi, buni tasavvur etmoqqa Döngkalla juda ojiz. Negaki, mazkur fojea haqida uning birdan-bir bilgani şu – öşa kuni onasi, damingni çiqarmay, tek ötir, deya tulkini çalğitiş niyatida yölak böylab çopqilab ketdi-yu, şu bilan boşqa qaytib kelmadi. 

U onasini ikki kun kutdi.

Oxiri oçlikka çiday olmay, har safargidek, astagina tişga möraladi. Tumşuqçasini oldinga çözib, bir maydon hid oldi, yaʼni öziça taşqi olamdan boxabar bölgan böldi. Söng öpka-gina va soğinç qorişiq ohangda çiyillab, onasini yöqladi. Halizamon onasi yugurib kelib qoladigandek, öt-ölanlar oralab ketgan yölakka umidvor tikildi. Ammo zor-intizor kutişlari besamar ketdi – har qança çorlasa-da, onasidan darak bölmadi. Bu orada közi qöziquloq yaproqlaridan biriga qönib turgan yaşil tusdagi haşoratga tuşib qolib, ortiq oçlikka toqat qilolmay, jon halpida unga taşlandi.

Bu uning birinçi ovi, ilk öljasi edi.

Birinçi ölja çap içagiga ham yuq bölmagaç, yemak ilinjida, ming bir hadik va qiziqişda ona meros mulkini sekin-asta közdan keçirmoqqa tuşdi. Uning uçun taşqi dunyo ham zavqli, ham ğoyatda xatarli edi. Hozirça biror xavfni ilğamayotgan esa-da, ammo har qadamda xavotir his etgan köyi ğoyatda sergaklik bilan harakatlanar ekan, turgan gap, bu narsa yölakka tökilgan ösimlik uruğlari va boşqa don-dunlarni paqqos tuşirmoqqa aslo monelik qilmasdi. 

Kökda qirğiy kölankasi paydo bölganda, u ikkinçi yölak muyulişiga yetib qolgandi. Quşning bejo qanot qoqişidan xavflanib, ura qoçarkan, azbaroyi hovliqqanidan, yölakka köndalang tuşib yotgan söligan qöziquloq yaproğiga töqnaşib, umbaloq oşib ketdi. Holbuki, salgina burun uning ustidan bemalol yurib ötgan, tevaragida soçilib yotgan uç-tört donni tergilab yegandi. Uşbu qoqiliş asnosida yölakni toza tutiş lozimligini, aks holda, oqibati juda xunuk bölişini yaşin tezligida idrok etarkan, onasi yölakda bu xil yot narsalarning yotmoğiga sira izn bermasligi yalt etib yodiga tuşdi. Bu paytda u onasidan yodgorlik bölib qolgan qöşimça inlardan biriga biqinişga ulgurgan, tumşuğini xiyol oldinga çözgança, quloqlarini ding qilib turardi.

U xavfning nari ketganiga töla işonç hosil qilgaç, tağin inidan boş çiqardi. Bu safar yölakdagi yaproqqa adovat-la nazar taşladi, uni zudlik bilan yöldan olib taşlaş çorasini öyladi. Biroq hali bandi uzilmagan yaproq juda qayişqoq çiqib qoldi. Avval tumşuqçasi bilan turtkilab, söngra tortqilab kördi – bölmadi. Ana şunda uning birdan fahmi işlab qoldi va yaproq bandiga özgaça bir jahd bilan oğiz soldi. “Qaysar” yaproq uning ötkir tişçalariga bardoş berolmay, çirt uzilib tuşdi. U bundan battar ruhlanib, bargni yölak çetiga surib taşladi. Keyin tozalangan yölak böylab nari-beri yurib va yugurgilab körarkan, iç-içidan mamnunlik hisini tuydi.

Şu-şu, yölaklarni saronjam-sarişta tutiş uning asosiy yumuşiga, özi esa kenggina seryölak hudud egasiga aylandi. Onasi hamda özining saʼy-harakatlari tufayli yuzaga kelgan qator inlar hamda çalkaş yölaklar uni turli balo-qazolardan asrabgina qolmay, tinçligini taʼmin etib kelardi. Afsuski, paykal boşiga tusi uçgan kajavali mototsiklini tarillatib Normat qora köçib keldi-yu, uning tinçiga putur yetdi. Sirasini aytganda, uning halovatiga Normat qora emas, uning ön bir yaşar kamgap, közlari öyçan nevarasi minib kelgan kulbet eşak raxna soldi.

Bu xil şalpangquloq jonivorni umrida körmagan Döngkalla dastlab uni dahşatli ğanim fahmlab, inlaridan biriga biqinib oldi. Uning tezroq daf bölişini toqatla kutdi. Boisi, onda-sonda tepalik yoqalab kelib qoladigan malla tulkiyam, quyidagi dönglik bağrini makon tutgan tipratikanlar oilasi ham, ahyon-ahyonda bir köriniş beradigan yovuz eçkiemar ham, gohida kimgadir nimadir demoqçiday orqa oyoği bilan yer tepinib qoladigan qöşni kulrang quyon ham, hattoki sustkaş toşbaqalar ham, odatda, bu manzilda ortiq darajada hayallab qolmas, aksariyati qanday kelgan bölsa, şunday qorasini öçirardi-da. Ammo, mana, kun yarimlayaptiki, manavi yaramas şalpangquloq heç ketay demasdi.

Oxiri Döngkallaning sabr-bardoşi tugab, inidan sirğalib çiqdi-da, har lahzada qoçmoqqa şay holda, eşakka yaqinroq keldi. Köp ötmay şuni fahmlab yetdiki, dam-badam baland ovozda hangrab qöyadigan bu bahaybat jonivorning ğanimlik siyohi yöq, kelganidan beri yerdan boş kötarmay, xas-xaşakni kart-kurtlatib çimdigani-çimdigan. Şunga qaramay, aniqlik kiritmasdan turib, biror xulosa çiqariş qiyin. U, odati böyiça, huşyorlikni aslo unutmagan köyi, avval asta, söng bor ovozda ataydan çiyillab kördi. Biroq eşak deganlari unga qayrilib ham qaramadi. Bundan yanada dadil tortib, tağin yaqinroq bordi. Möylovini qimirlatib, qöşimça yölak böylab nari-beri borib keldi. Ammo şunça urinsa-da, baribir “ğanim” diqqatini öziga jalb eta olmadi. Eşak uni yerda yotgan toş örnida ham körmadi. Bundan u xiylagina botirlanib, xuddi beozor toşbaqa yoxud hurkak çumçuqlar galasidan çöçimaganidek, ortiq undan hayiqmay qöydi.    

U eşak bilan andarmon bölib, narida öziga hayrat-la tikilib turgan bolaga köpda eʼtibor bermadi. Bolaga kelsak, “dala siçqoni” deb atalmiş bu jonivor özining uzunçoq tumşuği, töqjigarrang boşi, oçsariq tusi hamda  özi körgan va bilgan uy siçqonlariga nisbatan uç baravar kattaligi  bilan juda qiziqtirib qöygandi uni. Şu bois bolalarga xos qitmirligi qözib, uni biroz çöçitib qöygisi keldi. Biroq bu tur jonivorlar, tabiatan, odam bolasidan köpda hayi­qavermaydi, agar indamasang, göyo mazax qilganday, köz uzmay tikilib turaveradi. Ammo qölingni salgina bejo sermaşing bilan, xuddi yerga kirganday, birdan yöq bölib qoladi.

Bola öng oyoğini yerga tap-tap urdi.

Siçqon qilt etmadi.

Bola egilib yerdan kesak oldi.

Siçqon holatini özgartirmadi.

Bola qölidagi kesakni otmoq bölib quloçini yozdi.

Siçqon bir zumda közdan ğoyib böldi.

Bola uni qayta körmoq istadi.

U boya siçqonga közi tuşişi bilan kavşanişni unutgan qölidagi bodringdan ozgina uşatib, siçqon kirib ketgan in yaqiniga taşladi.

Siçqon köp kuttirmadi.

U inidan möralaş asnosida uzunçoq tumşuği bilan havoni hidlab kördi-da, söng xörak yoniga dadil yugurib keldi. Uni panjalari orasiga olib, xuddi olmaxonday çönqaygan köyi, jağlarini kulgili qimirlatgança, kirt-kirt yeyişga kirişdi.

Jonivorning bu qiliği bolani butunlay lol qilib qöydi. Qarşisida dala siçqoni emas, haqiqiy olmaxon turganday, unga mahliyo bölib qoldi. Qani endi, bu jonivorni tutib olsa-yu, uyiga olib ketsa, qafasda saqlab, jöralariga köz-köz qilsa! Ammo bu osonlikça tutqiç beradigan jonzodga öxşamaydi. Bu yoqda esa bobosi, qani, uyingga jöna, deya qistalang qilib turibdi. Bola siçqondan köngil uzib-uzolmay, noiloj eşagini mindi-da, ovuli tomon jönadi.

U ketgaç, Döngkalla alamdan çiyillab yubordi. Buni qarangki, hududining öndan bir qismini yaramas şalpangquloq butunlay yakson qilib taşlabdi.

Bu ne bedodlik!

Butunlay sarosimada qolgan Döngkalla bir neça muddat uzun-qisqa çiyillab turdi-da, söng taqdiriga tan berganday, eşak tuyoqlari ostida ayovsiz toptalgan yölaklarni qaytadan sariştalaşga tuşdi. Boşda işi biroz durust köçgandek esa-da, ammo yölaklarni töldirgan göng uyumlariga röparö kelgaç, ne qilarini bilmay şörlikning boşi qotdi. Bir öyi tezaklar uyumini özidek tinib-tinçimas göng­qönğizlar ixtiyoriga qoldirmoqçi ham böldi. Biroq qönğizlar qaçon paydo böladi-yu, qaçon göngni yumaloqlaydi. Agar uning örnida boşqa jonzot bölganida bormi, bu tarzda alamnok çiyillab turmagan, hududining butun qolgan qismi bilan qanoatlanib qöya qolardi. Biroq u osonlikça jon beradigan jonivor emasdi. Hatto yaqinginada hududiga ega çiqmoqçi bölgan zöravon bir turdoşiga ham osonlikça böy bermagan, olişa-olişa uni jar tomonga surib taşlagan edi. Şu bois u mehnatdan qoçmadi, çoği va kuçi yetgança hududining yakson bölgan qismini epaqaga keltirişga kirişdi.    

Biroq oradan ikki kun ötib, bola tağin eşagini minib keldi-yu, barça qilgan mehnatlarining kökka sovurilişi xavfi tuğildi. Ustiga ustak, bu gal bola xas-xaşakning mölligini közda tutib, eşagining qoziğini yanada içkariroqqa – Döngkalla hududining qoq markaziga qoqdi. Ammo çayla tomonga bir neça odim yurişga ulgurmay, bezovta çiy-çiydan xayoli bölinib, ortiga ögirildi. Qarasaki, keçagi ğaroyib siçqon kavrak ortidan böynini çözgança, eşagiga norozi, öta norozi boqib turibdi. Ana, u joyida tek turolmay, kavrakning bu tomoniga ötdi-da, yanada balandroq ovozda çiyilladi. Qani endi, çoği yetsa-yu, eşakka hamla qilsa, uni yeridan haydab solsa. Tabiiy, bu safar ham bola heç narsaga tuşunmadi va buning sababini bobosidan söraşga majbur böldi.   

– Eşagingni uning yeriga qantaribsan-da, – dedi Normat qora odatiga xos beparvo yösinda, – şundan norozi u.

– Iya, siçqonlarning ham yeri böladimi? – bu bola uçun kutilmagan  yangilik edi.     

– Tirik jon borki, barining öz yeri, özi mulki böladi.

– Nima qilay unda? – dedi bola eşagini boşqa yerga jildirişni nazarda tutib.

– Heç narsa, özi tinib, özi tinçib qoladi.

Bola jonivorning çorasiz va jonsarak holatini qayta köz oldiga keltirarkan, bu fikrga qöşilmoqni istamadi. U yölga hozirlanayotgan bobo könglida siçqonga nisbatan andakkina bölsa-da, iliqlik uyğotiş umidida dedi:

– Lekin özini tutişi xuddi olmaxonga öxşab ketarkan…

– Öxşamay ketsin, – deya tönğilladi Normat qora, – hademay paykal oralab, qovun-tarvuzlarni teşib, toza garang qiladi bizni u.

– Odamga xuddi tuşunganday tikilib turarkan… – dedi bola böş kelgisi kelmay. 

– Unda bir-biringga tikilib ötiravering­lar…  

Normat qora mototsiklini tarillatib, ensiz yöldan quyiga enib ketgaç, bola eşagi yoniga qaytdi. Şörlik siçqonni öşa-öşa besaronjam holatda körib, piça öyga botib turdi-da, söng içki bir undovga böysinib, eşakni joyidan jildirib, toşqalama ortidagi çoğroq sayhonlikka oborib qantardi. Keyin özi sekin iziga qaytib, böylangança, jonivorning xatti-harakatlarini qiziqiş-la kuzatmoqqa tuşdi. Köp ötmay hayratdan oğzi lang oçilib qoldi. Boisi, uning qarşisida ğaroyib bir olam yuz oçgan bölib, ötgan safar olmaxonga öxşaşligi bilan eʼtiborini tortgan bu möjazgina olam egasi endilikda favqulodda işçanligi va tirişqoqligi bilan uning aqlini şoşirib qöygandi. Bola oldi-ortiga qaramay, ğoyatda epçilik bilan yölak tozalayotgan jonivorning öziga xos çapdast xatti-harakatlarini hang-mang kuzatarkan, beixtiyor piçirladi: “Vuy, közingdan, buyam iş qilişni bilarkan-a!”

Keyingi safar bola eşagini quyiga qantarib keldi.

Eskigan çakki xaltani don-dunga töldirib olgandi.

– Bu nimasi? – Normat qora hayron böldi.

– Bundan keyin u sizning qovun-tarvuzingizga tegmaydi, – dedi bola xaltani çayla kunjagiga joylaştirib.

– Dorilanganmi?

– Yöq.

– Unda qanaqasiga?..

– Men… u bilan kelişib oldim.

Normat qora, hazil qilayaptimi bu, degan maʼnoda u tomon ögirildi.  Yöq, kamgap nevara, odatdagidek, juda jiddiy edi.

U saldan söng çöntagiga bir çimdim don solgança, Döngkalla  hududi tomon jildi. Normat qora esa bolakayning izidan hayron termulib qoldi.   

2016-yil

 

Hormurod NORQOBILOV

 1953-yili tuğilgan. Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)ning jurnalistika fakultetini tugatgan. “Zangori köl”, “Unutilgan qöşiq”, “Yuzma-yuz”, “Paxmoq”, “Bekatdagi oq uyça”, “Jöşqin daryo”, “Ovul oralagan böri”, “Böron qöpkan kun” kabi qissa va hikoyalardan iborat töplamlari, “Daştu dalalarda” romani naşr etilgan.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (258)

Suv. Hikoya

– Öz oyoği bilan jildirabgina kelmagan suv suvlik qiladimi?! Ketaman bu Cahroyi kabirdan… ketama-an-n! Dilşod şunday deya örnidan sapçib turdi-yu, derazadan taşqariga termildi. U avval hovlisidagi qovjirab qolgan…

“Eynşteyn jumboği”

Dekabrning asov şamoli tun bağrida özini har yonga urib, böriday uvillaydi. Uylar ham sovuqdan junjikkanday bağridagi çiroqlarini öçirib, şamolga jör bölib, qoranği tun vajohatini yanada orttiradi. Biroq şu imoratlar…

Uluğbek Hamdam. Yöl (falsafiy roman

Men bir ojiz tomçiman, ammo yuragimda ummon soğinçi yaşaydi. Mavlono Rumiy TUŞDAN OLDINGI VOQEA Ovoz keldi! Ovo-o-oz!.. Eşityapsizmi, ğoyibdan bir ovoz keldi! Dunyolarni töldirib emas, yöq, balki yöl kabi uzun, yöl kabi…