5 daqiqada öqiladi

222 marta körilgan

Buyuk matonat

Buyuk matonat

Sohibqiron Amir Temur bobomizning “Yaratganning mening birlan qiladurğon uluğvor işlari bor” degan buyuk hikmatlari kelgan.

Gap mazmuniga qaraganda, uluğ bobokalonimiz uşbu ölmas hikmatni ayni kuç-qudratga tölgan yovqur navqironlik çoğlari, bölajak fathu zafarlariyu muzaffar yurişlarini yurak-yurakdan his etib, bu yoruğ olamda Tang­­ri taolo tomonidan özlariga buyurilgan Buyuk Burç va Buyuk Mavqeni butun buyukligiyu betimsolligi, tamomi uluğvorligi va mahobati bilan köz oldiga keltirgan holda keng va nopisand dunyoga narra şer misoli boqib turib aytgan bölsalar kerak.

Temur bobo bir jilmaysa – yetti iqlimda bayram bölgan, olampanoh bir qahr qilsa agar – yetti mamlakat larzaga tuşgan, deyişadi. Rivoyatday tuyulsa-da, har holda, bu naqllar xalqda kelgan, xalq oğzida hanuzga qadar yaşab kelayotgani bejiz bölmasa kerak.

Oqsaroy peştoqlarida naqş qilingan bitiklardan birida “Podşohlarning sözlari  – sözlarning podşohidir” deyiladi. Bu bezavol hikmat ham Temur bobomizga tegişli. Özlari yozdirgan, özlarining muborak nazarlari tuşgan…

XIX-XX asrlarga kelib, özbek xalqi öz boşidan keçirgan, jon-joniyu suyak-suyagidan ötkazgan ikki mustabid tuzum – birinçisi öta qattol va muttaham, ikkinçisi – zulmu zolimlikda birinçisidan qolişmaydigan ğirrom va zöravon, ğaddor va nomard davrlarni öz içiga olgan 130-yillik istibdod zamonlarini kun va soatlarga bölib çiqsa agar, 47 ming 482 kun bilan çeksiz-çeksiz, dilgir-dilgir tuganmas intihosiz soatlar paydo böladi.

47 ming 482 kundan iborat xorlik va zorlik.

47 ming 482 kunni öz içiga olgan qaramlik va mutelik.

Xalq uçun 130-yillik zulmkor maxluq, oğziyu burunlaridan öt-olov purkab, jon talvasasida pişqirib, çinqirib turgan ikki boşli bahaybat ajdahoga qörqmay çang soladigan, röyi rost panja uradigan haqiqiy şerdil, arslonyurak Rahnamoga, xalqning öz iborasi bilan aytganda, heç narsadan hayiqmaydigan şerimard Yölboşçiga tarixiy ehtiyoj pişib yetilgan edi.

Bino bölgan kunidan boşlab butun faoliyati boşdan-oyoq xalqning maʼnaviy tomirlarini qirqib quritişdan iborat bölgan nobakor şöro tuzumi, dunyo nazarida, olam ahli oldida şarmisor bölib qolayotgan, yolğon va soxtaligi öziga ham bilinib qolgan kommunistik mafkura tanazzulga yuz tutgan qaltis va sertahlika, xavf-xatarga töluğ alğov-dalğov bir zamonda xaloskor şamşir yangliğ yarq etib bir Buyuk Xitob yangradi:

“…Biz endi bunday yaşolmaymiz va bunday yaşaşga zamonning özi yöl qöymaydi!..”

  Jafokaş özbek xalqi bu najotkor xitobni 130-yil muttasil – 47 ming 482 kun keçayu kunduz qon bölib kutdi.

Mustaqillik aslida şu Buyuk şijoatdan, 1989-yilning 24 iyunida Vatan va xalq taqdirini yelkaga olib aytilgan şu Buyuk matonatdan boşlangan edi.

Oradan heç qança vaqt ötmay, 1991-yilning 31 avgustida – Prezident Islom Karimov Özbekiston mustaqilligini eʼlon qilgandan söng ön-ön beş kun ötar-ötmay, 1991-yilning 14 sentyabrdagi sonida “Izvestiya” gazetasi “Ajratilgan vagon” (“Отцепленный vagon”) sarlavhali piçing va iddaolar töla gij-gijlovçi maqolasi bilan ilk hujumlarni boşlab berdi. U ğaddor va fitnakor maqola şunday iddaoli sözlar bilan boşlanar edi: “Yangilanayotgan federatsiyaning butunittifoq temir yöllarida röy berayotgan halokatli holatlar oqibatida 31-avgust kuni SSSR degan poyezd tarkibidan yana bir vagon uzilib, ajratilib olindi: Özbekis­ton özining davlat mustaqilligini eʼlon qildi”.

Bir yildan keyin “Vek”  (“Asr”) gazetasi muxbirining savollariga javob berarkan, markaziy matbuotda ketma-ket çop etilayotgan, maqoladan köra köproq mağzavaga, talvasaga öxşaydigan şunday çiqişlarni nazarda tutib Özbekiston Prezidenti Islom Karimov gapning  pöstkallasini aytib qöyaqolgan edi: “Axir, faqatgina bu yerda, Özbekistonda bir million olti yuz ming rus, ikki million yuz ming rusizabon aholi bor, nega siz ular haqida öylamaysiz? Sizlar faqat ularni “Maçitlar fonidagi ruslar” körinişidagi maqola va körsatuvlaringiz bilan gij-gijlaysizlar, xolos. Özaro xavfsizlik şartnomasi şaklidagi hujjatni taklif qilişganida esa, sizlar javob topolmay qolasizlar…”.

Yodingizda saqlang: bu gaplar 1992-yilning oktyabrida aytilgan edi. Orada butun boşli asrlar, ming yilliklar almaşinib ketdi. Biz hozir XXI asrning ikkinçi önyilligini yakunlaşga qarab bormoqdamiz. Ikki asr – yigirma beş yil. Istiqlolning çorak asri içida biz ikki asrlik orzu-armonlarimizning röyobini kördik. Ming yilliklar taqdirini bor-yöği yigirma beş yilning özida hal qilganday böldik. Buyuk xaloskorimiz, Buyuk Meʼmorimiz, Özbekistonning Birinçi Prezidenti Islom Karimovning neçoğlik haq ekani oyma-oy, yilma-yil tobora ravnaq topib borayotgan, olamga öz qaddu bastini ozod nomoyon eta olgan ozod va obod Özbekistonimiz timsolida körinib turibdi.

Yigirma beş yilni kunma-kun köpaytirib çiqsa agar, 9 ming 125 kun hosil bölar ekan. Ön ming ham emas, bor yöği 9125 kun! Olloh bilguvçidir. Nihoni ham, pinhoni ham Xudo­yimning Öziga ayon.

…Butun xalqimiz özining buyuk farzandi, matonatli Yölboşçisi Islom Karimovga motam tutgan musibatli, oğir va sinovli kunlarda Özbekiston televideniyesi köp tarixiy va takrorlanmas lavhalar qatorida Birinçi Prezidentimizning minbarda turib aytgan bir gaplari bilan qiyofalarini qayta-qayta körsatib turdi. Vatan va xalq taqdiri, kelajagi haqida gapirar ekan, Prezidentning har gal “Olloh umr bersa…” degan ibora bilan minbarni tark etişlariyu nimjilmayiş bilan qaragan siymolari ekranda bot-bot töxtalib körsatib turildi. Şubhasiz, bu nurli siymo qalblarimizda mangu yaşaydi.

* * *

Dunyo ravon, dunyo ravon,

        dunyo ravon yölida,

Bir qölida qurol, yana

        kabutar bir qölida.

Yarmi buzğun, yarmi quzğun,

        yarmi qaşqir dunyoda,

Qöyib bersang bir-birini

        ğajib taşir dunyoda –

Egni yupun, holi zabun,

        böyni egik, notavon,

Özbeklarni töfonlardan

        kim saqladi soğ-omon?

Qay uluğ zot bu millatga

        nomus berdi, or berdi,

Kökragini osmon qilib

        burgut berdi, sor berdi?

Ay Vatanim, ay onajon,

        u haqsiz zamonlaring,

Avliyoyu azizlaring –

        toptalgan makonlaring!

Dunyo ravon, dunyo ravon –

        gohi töq, goh oç taraf,

Yarmi hilol taraf bölsa,

        yarmi esa xoç taraf.

Arslon bölib istibdodga

        qörqmay panja soldi kim?

Millat yukin, Vatan yukin

        yelkasiga oldi kim?

Qay uluğ zot xalos aylab

        tuhmatu jazolardan,

Qutqaroldi öz xalqini

        baloyu qazolardan?

Temurxonning naslidan deb

        farzga olsam arzigay,

Öz bobomdan şu kalomni

        qarzga olsam arzigay.

Ay onajon, ay bolajon,

        ay jonga jon, otajon,

Özbekiston Vatan böldi,

        Özbekiston, onajon!..

…Qaram bölmas bundan buyon

        har yovu har yotga yurt,

Özbekiston – ona yurtdir,

        Özbekiston – ota yurt.

Dunyo garçi qalqib yotar –

        töq taraf ham, oç taraf,

Elim deya, yurtim deya

        yongan zotlarga şaraf!..

…Butun umri, bor hayoti –

        daxldorlik, qarzdorlik,

Buyuklarga – ozod Vatan,

        obod Vatan yodgorlik…

Sirojiddin SAYYID,

Özbekiston xalq şoiri

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (112)