Neʼmat aka gardişli darvoza yoniga kelib, nafasini rostladi. Oxirgi paytlarda mana şunday köp yursa çarçab qolyapti. Qarilikning alomatidir-da bu ham. Birpas eşik oldidagi örindiqda dam olgaç, qiya oçiq darvozadan asta böyladi:
– Kim bor? Davlatboy! – deya içkariga bir-bir odimladi. Qudasi körinmadi, doim hovlini boşiga kötaruvçi bola-baqradan ham darak yöq. Bir zum hovlining örtasida hayron bölib turdi-da, söng qölidagi xaltalarni devorga suyab, tomorqaga ötdi. Ikki tup yonğoq soyasida bolakaylar yonğoq çaqib, yeb ötirişar, Hilolaxon esa tandirga non yopardi.
– Assalomu alaykum! Hormang, qizim. Yaxşimisizlar? – dedi Neʼmat aka. Kelin unga bir qarab qöydi-da, qizarib ketgan yuzini yengiga artib, turgan joyida:
– Ha, yaxşimisiz, kiravering, içkaridalar, – deya işida davom etdi.
– Mayli-mayli, qizim. Ovora bölmang, men özim, – dedi Neʼmat aka, göyo mezbonni ovora qilgandek, asta özi hovliga ötarkan.
Tavba, u qaçon bu uyga kelsa, kelin mulozamat bilan kutib olar, işini qöyib, joy tayyorlaşga unnardi, bugun nima böldiykin? Neʼmat aka pişib yotgan şiğil uzumlarga qarab, şularni öylarkan, yo bemavrid keldimmikan, dedi öziga özi. Keyin ikkilanib, qizi tuşgan uyning eşigini tortdi. Eşik içkaridan qulflangan edi. Uning hayronligi yanada ortib, atrofga alangladi. Şu payt unga begonasirab qarab turgan boyagi ikki bolaga közi tuşdi-yu, birdan jilmaydi.
– Qani, bu yoqqa kelinglar-çi, – dedi u bolalarga imlab. Ular bir-biriga qarab olişdi-da, çolning yuzidagi samimiyat, közidagi quvnoqlikni körib, avval kiçigi, keyin kattasi unga yaqinlaşdi. Neʼmat aka engaşib, ularning peşonasidan öparkan, devorga suyab qöyilgan xaltasidan şirinliklar olib uzatdi. Boyadan beri közlarini katta-katta oçib yotsirab turgan bolakaylar endi Neʼmat akaga qarab jilmayişardi. Beş yoşlar çamasidagi qizça esa saxiy mehmonga rahmat aytdi. Qariya bolalar bir-biriga maqtanib konfet yeyayotganini maroqlanib kuzatarkan:
– Şirin ekanmi, ha, barakalla, – dedi ularning oldiga çökkalab.
– Kelinoying qani, nega eşigi qulf? – deb qizçani gapga tutdi. Qizaloq esa muhim narsa esiga tuşgandek bijirlab:
– Bilasizmi, oyim bilan kelinoyim urişib qoldila, keyin kelnoyimla uylariga kirib ketdila. Keyin-çi, bizzi kirmasin deb eşiklarini bekitib ham oldila, – dedi bilağonlik qilib.
– Hm, şunaqami, – dedi Neʼmat aka katta kelinning boyagi qoş-qovoğini eslab.
– Ha, mayli. Bor, kelinoyingni çaqir, bobom keldilar, degin, xöpmi? – dedi va özi uç yoşlar çamasidagi Sunnatjonni kötarib, hovli sathini asta keza boşladi. Qizaloq esa çopqillagança deraza tomonga yugurdi.
Madina römolini töğrilab eşikni oçganda, otasi ovsinining öğlini kökka otib öynatar, bolakay “qiqir-qiqir” qilib kular, bir qaraşda ular bobo-nabiraning özi edi.
– Voy, dada, özizmisiz?! Assalomu alaykum. Nimaga bu yerda turibsiz, uyga kirmaysizmi? – dedi u otasiga. Neʼmat aka, eşiging yopiq ekan, demadi-da:
– Qöyaver, biz mana bu toyçoq bilan öynab turgandik, şundaymi? – dedi Sunnatjonning yuzidan öpib pastga tuşirarkan.
Madina otasining yelkasidan olib salomlaşarkan, oğziga birinçi kelgan bahonani aytdi:
– Ha, nevarangizni uxlatayotgandim, muşuk kirmasin deb eşikni yopib qöyuvdim-da, – dedi va supaga şoşa-pişa dasturxon tuzatdi. Söng otasidan hol-ahvol sörab, tandir tarafga bir qarab qöyarkan, otasining yonida ötirib, dasturxonga talpinayotgan Sunnatni şart kötardi-da, opasining oldiga qöyib:
– Qarang ukangizga, – deb jerkidi, keyin otasining kuzatib turganini sezib, qöliga ul-bul şirinliklardan oldi-da, muloyimlaşib:
– Mana bularni olinglar-da, öynanglar. Mehmon kelganda bolalar bunday ötirsa, uyat böladi, – dedi. Neʼmat aka qizi keltirgan issiq çoydan höplarkan:
– Qaynotang qani? – dedi öğlining öyinçoqlariga tegayotgan ovsinining bolalariga qarayotgan qiziga.
– Oğaynilarining tuğilgan kuni ekan, şunga oyim bilan Böstonliqqa ketişuvdi. Keçgaça kelib qolişsa kerak, – dedi otasining ser solib ötirganiga hayron bölib. Söng: – Ha, dada, nima gap, boşqaçasiz yo uyda nimadir böldimi? – dedi Madina xavotirlanib.
– Biz yaxşimiz, heç xavotir olma. Özingiz qalaysiz, tinçmisizlar? – dedi tandirdan non uzayotgan katta kelinga işora qilib.
Madina otasining sinçkovligini bilardi, payqabdi-da, deb öyladi, lekin nima deyarini bilmay, biroz kalovlandi.
– Tinçlik. Ha endi uy içida böladi-da, xavotir olmang, dada, – dedi şaşti tuşib.
– Şunday degin. Bir kungina öz holingga qolsang, şu ekan-da. Qaynota-qaynonang eşitsa, ranjimaydimi, axir?
Madina javob uçun söz topolmadi. Neʼmat aka çuqur tuşgan ajinlarini tekislamoqçi bölganday kaftini manglayi uzra yurgizib, ohista uf tortdi. Söng sal hovuridan tuşdi-da, röparasida boşini quyi solib ötirgan qiziga nasihat qildi:
– Rözğorda nimalar bölmaydi. Sen kiçiksan, bolam, bir gapdan qol. Şunday qilsang, kam bölmaysan. Könglingni, feʼlingni keng qil. Baraka topasan, qizim, – dedi vazminlik bilan.
Madina voyaga yetgan xonadonda ota sözi ikki bölmagan. Oilada nima maşvarat bölsa, eng sönggi xulosani ota aytgan. Şu bois uning gapini ikki qilişga odatlanmagan Madina bu safar ham indamadi. Tomoğiga tiqilib kelayotgan allanima kipriklarida yoş bölib yaltiradi. Bir paytlar öqimişli, hammaning eʼtiborida bölgan bu qiz bugun turmuşga çiqib, ilojsizligidan, arzimagan oilaviy “dedi-dedi”larga ezilib ötirganidan xörligi keldi.
Neʼmat aka esa yerga qarab sukut saqlab turarkan, ikkita issiq nonni kötarib kelgan boyagi bijildoğ qizçani yoniga ötqazdi-da, asta gap boşladi:
– Men ota-onamdan yetim qolganimda hali bola edim. Bir qaraganda, bola edig-u, ammo qora rözğorning taşvişi bizni ertaroq ulğaytirib qöygandi. Pirmat amaking endi uylangan mahali biz olti opa-uka, jami sakkiz jon katalakdek uyda yaşardik. Bilasanmi, bizni öşa maşʼum oçarçilik, qahatçilik yillaridan asragan narsa nima? Qora qozonda qaynagan yovğongina emas, balki özaro mehr-oqibat, insof-diyonat edi, bolam. Eslasam, nafaqat jigarlar, balki qöni-qöşni, mahalla-köy ham bir-birimizga birodar, qardoş bölgan ekanmiz. Mabodo qöşninikida oş pişadigan bölsa, bizni ham çaqirişar, çiqolmaganlarga devordan albatta bir kosa ovqat uzatib yuborişardi. Endi öylasam, u paytlar odamlarning qorni oç bölsa ham, köngli töq bölgan ekan, qizim.
Madina otasini yaxşi biladi. U farzandlari xatoga yöl qöysa, baqir-çaqir qilib urişmaydi, buning örniga öz hayotidan biror voqea yoki taʼsirli rivoyatni aytib, mağzini özing çaqib ol, deganday böladi. Bu hikoyalarning xulosasi baʼzan şunday aççiq bölardiki, bundan köra urişgani yaxşiydi, deb öylaşardi ular.
Çol çoydan bir höplab, gapida davom etdi:
– Akamning xotini, rahmatli Sarvi yangam hali yoş bölsa-da, biz yetimlarni öz bolasidek qabul qilgandi. Oçiqköngil, sarişta, saxovatli ayol edi, göri nurga tölsin, iloyim. Menimça, u ayolga har qança taʼrif kamlik qilsa kerak. Meni Kenja deb atardi. Boşqalardan köra köproq erkalatar, kiçkina deb könglimga qarardi. Şirinsöz bölgani uçunmi, oş qilsa kapgir, kaşta tiksa igna-ip kötarib yangamning ortidan qolmasdim. Akam bilan yangam biz uka-singillarning boşimizni silab voyaga yetkazişdi, öqitib, uyli-joyli qilişdi. Ajratiş, qizğaniş, kamsitiş nimaligini bilmay ösdik. Şu sabab bizning rözğor tutumimizda bunday narsalar bölmagan. To hovli-joy qilgunimizça bir uyda inoq yaşaganmiz. Buni özing ham eslarsan. Hozir atrofdagilarga qarab turib, totuvlik bizning turmuş tarzimizga singib ketgan ekan, deyman-da, – dedi oğir xörsiniş bilan mehmon. Söng jim eşitib ötirgan qiziga qarab:
– Bugun yaşayman desang, hamma narsa bor, lekin goho şu köngil qurğur torayib ketyaptimi deyman-da, bolam? Kengga dunyo ham keng, köngilni keng qil, – dedi qariya, boyadan beri ertak eşitayotgandek angrayib qolgan qizçaning soçini silab. Keyin joyidan asta qözğalib, yuziga fotiha tortdi. Qizining “Qoling, ovqatga unnayman”, deyişiga ham qaramay, ketişga çoğlandi.
Neʼmat aka darvoza oldiga yetganda oşxona tomonga qarab:
– Mayli, qizim. Siz ham yaxşi qoling. Uyingizdagilarni ham sörab qöying. Ötinglar biznikiga ham, xursand bölamiz, – dedi.
Halitdan beri ota-bolaning gapiga quloq solib turgan Hilolaxon mehmonni kuzatişga çiqib, közlarini yerdan uzmay:
– Kelganingiz uçun rahmat, qudabuva. Kelib turing, biz ham xursand bölamiz, – dedi siniq jilmayib.
Madina otasini kuzatib eşikni yoparkan, şu tobda negadir özini yengil his etdi, dili allaneçuk ravşan tortgandek böldi. Supaga yaqinlaşarkan, uni körib dasturxondan şartta qölini tortgan ovsinining bolalariga qarab, jilmaydi-da:
– Olaveringlar, mehmon bobongiz sizlar uçun olib kelibdi bu şirinliklarni, – deya Sunnatjonning yuzidan öpib qöydi. Söng ortiga qarab:
– Kelinoyi, keling, birga çoy içamiz, – dedi mehrli ovozda.
– Hozir, boryapman, – dedi oşxonadan qöllarini soçiqqa surtgança ovsini yoniga şoşib kelayotgan Hilolaxon.
Nargiza Asadova
1984-yili tuğilgan.
Özbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutini tamomlagan.
“Yuragimning sarhadlari”, “Nastarin” şeʼriy töplamlari çop etilgan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


