Onamning peşonasi
Uyquda edimmi,
qimirlabdi Yer…
Bir çiziqni kördim şiftda ajinday.
Onam taskin berib,
kuyunmagin der:
Dunyoning işlari hamişa şunday.
Nogoh ming çiziqni bir joyda kördim,
Ajinday darz ketdi içimda sözlar.
Xudodan yaşirib, nima ham qildim,
Onam peşonasi edi u, döstlar…
Kuraş
Gavjum edi bu galgi davra,
Hayqirardi tinmay olomon.
Ota kuraş tuşgan şu palla
Tomoşaga keldi yoş öğlon.
Ayyor çiqdi raqibi piça,
Kuraş derlar buning otini.
Ota nogoh olomon içra
Körib qoldi zurriyodini.
Şunda yodga oldi har doim
Farzandiga örnak bölganin.
Körib çidolmadi öğlining
Közi jiqqa yoşga tölganin.
Köp çirandi, ammo işoning,
Yetmas edi raqibga kuçi.
Öğil qarab turar – otaning
Oğriqlarga tölardi içi.
Könikolmay bu holga sira,
Bosolmasdi bir dam ğazabin.
His qilardi öğil oldida
Yiqilmoqning oğir azobin.
Axir, ayting, yengilsa, uni
Oqlarmidi bir juft qora köz.
Yerda yotgan ota holini
Izohlaşga topilarmi söz.
Yozgim kelmas heç qolganini,
Yurak sançar öşa joyida.
Axir, qulayotgan daraxtni
Köriş oğir nihol poyida.
Kimyogar
döstimning
öylari…
Sunʼiy gul yasab tongda
Biroz xayolga toldim.
Unga bol izlab kelgan
Arini körib qoldim.
Buni uzoq öyladim,
Tajribam tugagunça.
Şeʼrda ikki oğiz gap
Ilmda keng tuşunça.
Öyladim, moddalarning
Birlaşuvi bir çaqa.
Qanday birlaşgan ekan
Toşlar bilan toşbaqa.
Işonmadim, muhabbat
Köngilda yaşar, desa.
Bilmadim, sevib qoliş
Fanda qanday hodisa?
Bağritoş dedi bir qiz,
Oşib ketgandim haddan.
Tuni bilan öyladim
Könglim qaysi moddadan?
Bilmas edim ne uçun
Közimga yoş tölişin.
Bir tomçi yoş qurimay
Qayerlardan kelişin?
Mening gunohim qayda,
Qayda mening savobim.
Gul yasamayman boşqa,
Şudir mening javobim.
Sunʼiy gulga termulib
Yiğlab, öy surib qoldim.
Axir, unda jon bergan
Arini körib qoldim.
Tarbiya
Ohu yolğiz bolasi bilan
Borar edi çöqqi tomonga.
Nogoh sezdi – daraxt ortidan
Ovçi uni olar nişonga.
Bir lahza ham qimir etmay u,
Bolasiga söz qotdi şu tob:
– Qoraçiğim, biz nişondamiz,
Ötinaman, quloğingni yop.
– Siz kuyunmang, – dedi yoş ohu,
Böl degansiz hamişa botir.
Men qörqmayman öq ovozidan,
Ona, mendan olmang xavotir.
Ohu dedi: – Ey nuridiydam,
Quvontirding meni bu zamon.
Nasib qilsa, bu tösiqlardan
Birgalaşib öturmiz omon.
Ammo hozir qörqaman, garçi
Duşmanga-ku berarmiz firib.
Lek öljadan ayrilgan ovçi
Nojöya söz aytar hayqirib.
Şu söz öqdek uçib havoda,
Öqdan battar qalbimni tilar.
Bolam, sening quloqlaringni
Öşa sözdan asragim kelar.
Sabri tugab borar ovçining,
Tayyor turar u öt oçişga.
Ammo neçun ona ohuning
Ğayrati yöq sira qoçişga.
Qil ustida tursa ham bu jon,
Bir söz takror aylanar şu tob.
– Nuridiydam, mening oppoğim,
Ötinaman, quloğingni yop…
***
Şundoqqina yöl çetida
Bitta daraxt yolğiz ösar.
Sarğaytirar bargin quyoş,
Mevasini şamol uzar.
Çayqaladi daraxt oğir,
Sözlamoqqa urinadi.
Közlariga goho olov,
Goh xazonlar körinadi.
Nima qilsin, ötkinçi ham
Uzib yemas mevasini.
Daraxt sözlar, lekin heç kim
Tuşunmaydi şevasini.
***
Haydasam ham qari itimni,
Bir kun ötmay kelar edi u.
Qolmas edi özga yerlarda,
Nimanidir bilar edi u.
Şöxlik qilib qança buzsam ham,
Tark etmasdi uyasin ari.
Niş urardi sira çekinmay,
Nimanidir bilganday bari.
Öldirganman çumolilarni,
Yerga ezib bosganman mahkam.
Arz qilmasdi hatto birovi,
Nimanidir bilar ular ham.
Olislarda yurgan, ey odam,
Balki senga ayondir bari.
Bugun yana tuşdi yodimga,
Qari itim, çumoli, ari…
Bobur Elmurodov
1989-yili tuğilgan. Özbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. 2012-yili “Birinçi kitobim” loyihasida “Közlarimdagi dunyo” nomli şeʼriy töplami çop etilgan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida