2009~2010-yillar. Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi “Xalqlar döstligi” sanʼat saroyi qarama-qarşisidagi qora oynali binoda faoliyat yuritar edi. Bilganim şuki, jurnalistika va filologiya fakulteti talabalari dastlab bu yerga biror maşhurroq şoir yoki yozuvçini körarmikanman, degan öy bilan kelişardi. Qahramon şoir Abdulla Oripov haftada bir-ikki marta uyuşmadagi kabinetiga kelib turar, nuqul öşa xona odamlar bilan gavjum edi. Haftada bir marta böladigan adabiy tögarak esa “şoir bölaman deb kelgan bolalar” bilan andarmon bölar, tabiiyki, muşoiradan söng “Yoşlik” jurnali arxivi talabalarning böş maşqlari bilan tölib-toshib ketardi. Doim ijodiy işlarni jilmayiş va umid bağişlab olib qoladigan jurnal xodimlariga ham oson emasdi. Masalan, Özbekiston Qahramoni, xalq şoiri Erkin Vohidov asos solgan “Yoşlik” jurnaliga bitta şeʼr yoki maqolangiz çiqişi uçun ança uzoqroqdan, kamida “Matbuotçilar uyi”da joylaşgan röznomalar çiğiriğidan ötib kelişingiz kerak. Öşa paytlarda “Turkiston” (hozirgi “Yoşlar ovozi”) köplab ijodkorlarning ilk ijod namunalarini peşma-peş bosib turar edi.
Xullas, Yozuvçilar uyuşmasiga borgan har qanday ijodkor binoning 3-qavatida joylaşgan “Yoşlik” jurnali jamoasini ham bir ziyorat qilib ketar edi. Öşa vaqtlari yozuvçi Sobir Önar boşçiligidagi yoşlikçilar mağzi töq ijod namunalarini naşr etib, qaysidir maʼnoda adabiyotni “elakdan ötkazib” turişardi.
Boşqalarni bilmadim-u, kaminaning uşbu jurnal bilan boğliq öta yorqin xotiralari bor. Gapni piça avvalroqdan boşlayman. Taqdir taqozosi bilan 2012-yili Yozuvçilar uyuşmasi Yoşlar bölimida işlay boşladim.
Odatdagi iş kunlarining birida xonadagi iş telefoni jiringladi. Kötarsam: “Alo, Abdulla Oripovning xonalariga tuşib keting”, deyişdi. Tezda quyiladim. Qiya oçilgan eşik içkarisida közoynak taqqan şoir boş kötarmasdan nimalarnidir yozib ötirardi.
Menga bir köz taşladi-yu, “Kir, kelaver” işorasini berdi. Öşanda xalq şoirini juda yaqindan, tağin ommadan xoli ravişda körib turar edim. Şoir hali siyohi qurimagan yangi şeʼrini menga uzatarkan, “şuni kompyuteringda terib, ikki nusxada oq qoğozga çiqarib kel. Faqat xatosiz bölsin!”, deya uqtirib ötdi. Oyoğimni qölga olib, xonaga yugurdim. Ança böyalib, tahrir qilingan şeʼrning nomi “Sayyoh” edi. Printerdan çiqarib, tezda pastga tuşdim. Şoir şeʼrni hijjalab öqidi, “xayriyat, töğri köçiribsan”, deya jilmayib qöydi. Şoir meni piça söroqqa tutdi. “Şeʼr yozasanmi?” dedi orada savol bilan. “Ha, hozir jurnalistikaning magistraturasida öqiyman” dedim hayajonlanib. “Qani, ber-çi birorta şeʼringni”, dedi şoir kutilmaganda. “Hozir, tezda olib kelaman”, dedim-u xonaga yugurdim. 5-6 ta şeʼrimni olgan şoir ularni portfeliga joylab qöydi. Keyin hozirgina yozib tugatgan “Sayyoh” nomli şeʼrining qoralama nusxasiga dastxat qöyarkan, “xatosiz köçirganing uçun asl nusxani senga sovğa qilaman”, deb qöşib qöydi. Katta mukofot olganday xursand edim.
Ertasi kuni qandaydir tadbir içida yurgan edim, kotiba qiz: “Tezda Abdulla Oripovning xonalariga tuşing, tezroq”, deya şoşiltirib qöydi. Öziyam uçib bordim. Kirsam, ustoz ketişga şaylanib turgan ekan. Qölida mening 3-4 ta şeʼrim va bir qoralama qoğoz. “Durust ekansan-ku, yoşing neççida?” deya bir qança savollar berdi. Keyin ikki buklangan qoğozni oçib, menga atalgan “Oq yöl”ni öqiy boşladi.
Öşanda oyoq-qölim qaltirab, yutunib-yutunib katta şoirning eʼtirofini bor vujudim bilan tingladim. Şoir qöllarimni siqib, bloknotiga telefon raqamimni yozib qöyişini söradi. Keyin şeʼrlar va oq yölni qölimga tutqazib, “Buni “Yoşlik”ka eltib ber, telefon qilib qöydim”, dedi va biz xayrlaşdik.
Nihoyat, “Yoşlik”ning 2012-yil 9-sonida “Ijod masʼuliyati” sarlavhasi ostida qahramon şoirning “oq yöl”i bilan turkum şeʼrlarim çop etildi. Öşandan boşlab “Yoşlik” bilan çinakamiga yaqin bölib qoldik. Yaşirib nima qildim, öşa “Oq yöl” meni ijod olamiga, katta şoirlar davrasiga aralaştirib yubordi.
Ustozning bloknotiga telefon raqamimni bejiz yozmagan ekanman. Öşandan beri Abdulla Oripov bilan katta-katta davralarning törigaça kirib boriş nasib etdi. Ustozning saxovati va turtkisi sabab önlab öquv yurtlari, kollej va maktablardagi ijodiy uçraşuvlarga birga boriş, bir davrada şeʼr öqiş nasib qildi. Qörqmay ayta olamanki, ustozlarning katta eʼtirofi va “Yoşlik” sahifalaridagi ijodiy çiqişlar tufayli ijod yöllari yanada kengaydi.
Darvoqe, 2018-yili kamina “Yoşlik” jurnalida işlaş şarafiga ham muyassar böldim. Öşanda muharrir Nodir Jonuzoq boşçiligida jurnalni rang-barang asarlar bilan boyitişga, sara şeʼrlar va adabiy maqolalarni eʼlon qilişga, yoşlarning bir-birlari ijodini tahlil qilişga undaydigan “Maktub”larini sonma-son çiqarib bordik. Uşbu jurnal tufayli köpdan-köp ziyolilar suhbatida böliş nasib etdi, katta asar qölyozmalarining birinçi öquvçisiga aylandim. Hozir ham bu jurnal nomini köplab naşrlar içida birinçilardan bölib taniyman, ğururlanaman…
Bobur ELMURODOV
1989-yili tuğilgan. Özbekiston Milliy universitetining Jurnalistika fakultetini tamomlagan. Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi tomonidan “Birinçi kitobim” ruknida “Közlarimdagi dunyo” kitobi çop etilgan.
2022/7
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


