Abduvali adabiyotimizda yangi deb atalgan şeʼriyatni boşlaganlardan edi. Yangilik şakllarda ham, mazmun-mundarijani ifodalaşda ham, leksika va sintaksisda ham, şeʼriy vositalardan foydalanişda ham aniq közga taşlanardi.
Ibrohim Ğofurov
Abduvali şeʼriyati dunyoni obrazli idrok etişning ajoyib namunasidir. U borliqni yalanğoç tasavvur qila olmaydi. Qalbida har bir lahzani, voqea va hodisani his qilib, kamalakdek jilo beradi.
Rauf Parfi
Abduvali Qutbiddin biz kutgan boğlaniş yölidan emas, balki zid – kutilmagan tomondan keladi: har bir satr alohida, har bir taşbeh mustaqil holda öziga va unsiz sözlayotgan qandaydir botiniy mazmunga quloq tutgan.
Ahmad Aʼzam
Şoirning şeʼrlarida dunyo ötkinçi, hamma vaqt hamma narsa ötadi–ketadi, ammo poklik, muhabbat, yaxşilik, mehr kabi buyuk tuyğular qoladi, degan xulosa balqib turadi.
Xurşid Davron
Abduvali Qutbiddinga taqlid qiladigan kişining özini rasvo qilişdan boşqa çorasi yöq. Abduvali şeʼriyati ruh jilvalaridir. Uluğ Naqşbandiylar maʼrifatining nurlaridir.
Mirzo Kenjabek
Abduvali Qutbiddin Şarq donişmandligini Ğarbning öziga xos körinişlari, jilolari, gözalliklari bilan uyğunlaştira olgan ijodkorlarimizdan biridir.
Abdusaid Köçimov
Abduvalining dunyoni köradigan öz dunyosi, öxşaşi yöq taşbehlar dunyosi bor edi. Şoir dunyoni uning mutlaq boşqa tomonidan turib kuzatardi. Muhimi, u sözga jununvor jon kirita olardi. Şuning uçun ham uning şe’rlarida özgaçalik yaqqol közga taşlanib turadi.
Ötkir Rahmat
U heç kimni takrorlamadi va şuni aytiş kerakki, heç kim uni takrorlay olmaydi. Bu butunlikni Abduvalining şaxsiyatida ham, şeʼriyatida ham aniq köriş mumkin.
Eşqobil Şukur
Abduvali Qutbiddin köngil va ruh qutbidan çiqqan, valiylarga munosib izdoş bölolgan, tarbiyali, toza va maʼnaviy aslzoda şoir edi. U yolğon yozmasdi va yozolmasdi. Abduvali mayda gap–sözlardan adabiyotni hamişa yuqori qöyib kelgan ijodkor.
Sirojiddin Sayyid
Abduvalining şeʼrlarini öqir ekansiz, baʼzan taşbeh va istioralarni tasavvuringizga siğdirolmay hapriqib qolasiz. Mutolaa davomida nurli bir zavq yuragingizni töldiradi, oyoğingiz ostida yerni his qilmay qolasiz, butun dunyoni, şaxsiy öy-xayollaringizni unutib sirli tasavvurlar va manzaralar olamiga parvoz qilasiz. Asosiysi, u göyo sizning orzu-armonlaringizni, quvonç va hasratingizni, xayollaringizni kuylayotgandek böladi.
Aziz Said
Abduvali özi yaşab turgan makon va zamonni, jamiyat va şaxsni yurakning tub-tubidan his qilardi. Nimani his qilsa, şuni yozardi.U dunyoni köngil közi bilan körardi. Xayol otiga minib, dunyoning eng tepasiga, koinotga çiqib olib, siz-u biz yaşayotgan zaminga nazar taşlar edi. Öşanda bizning dolzarb tuyğularimiz unga juda mayda körinib, atrofimizda biz hozirça körmayotgan, körolmayotgan dolğalar ösib, vahşatli girdobga aylanib borayotganini sezib, azoblanardi. Öşa yuksaklikdan turib bizga özimizni taʼriflab berardi.
Baʼzida u köngil qaʼriga sayohat qilardi. Öşa yerdagi tuşuniksiz tuyğularning suvratini çizardi. Sözga aylangan voqelikni esa tuşuniş oson. Öz könglini tuşungan odam özgalarni ham oson tuşunadi.
Musulmon Namoz
2022/7
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


