(Hikoya)
Uning ismi Alyoşa emas, u Kostya Valikov edi, lekin qişloqda hamma uni Alyoşa Tajang deb çaqirardi. Nega uni şunday ataşardi: bizning kunimizda kamdan-kam uçraydigan masʼuliyatsizligi-yu beboşligi uçun. Şunday bölsa-da, uni batamom masʼuliyatsiz deb bölmasdi: haftada beş kun u böyin tovlamas işçi edi, kamiga, serhafsala, uquvli ham (yozda kolxoz sigirlarini ötlatar, qişda ham molboqarlik qilardi – fermada gölaxlik qilar, tuyqus tunda tuqqan sigirlarga doyalik ham qilardi), lekin şanba kelişi bilanoq, tamom: Alyoşaning tuşovi yeçilardi. Ikki kun: şanba va yakşanbada u kolxozda sira qora mehnat qilmasdi. Qaçon öziga bunday ajabtovur tartib-qoidani örnatib olgani ham unutildi, zohid Alyoşa deganlari “onasining qornidan tuşganidan” buyon şunaqa – şanba va yakşanba kunlari işlamasligini hamma biladi. Bir neça marta taʼsir ötkazişga urinib körişdi, biroq bari bekor ketdi. Unga açinişardi: beş nafar çurvaqasi bor, faqat tönğiçi öninçi sinfga ötdi, qolgan dumbullari hali ikkinçi, uçinçi, beşinçi sinf partalarida ötirardi… Xullas, undan qölni yuvib, qöltiqqa artişdi. Boşqa nimayam qilişardi? Tomoğing yirtilguday bölib tuşuntirasanmi-yöqmi, baribir tuşunmaydi. Közini pirpiratib turaveradi… “Xöş, uqdingmi, Alyoşa?” – deb söraşadi undan. “Nimani?” – “Özingga ep körayotgan bunaqangi narsalarni yiğiştiriş kerak! Fabrikada işlamaysan-ku, qişloq xöjaligida işlaysan! Bu qanaqasi? A?” – “Nima?” – “Özingni göllikka solma! Sendan, axir, rus tilida söralyapti: şanba kuni işlaysanmi?” – “Yöq. Qolaversa, göllikka kelsak, meniyam qölimdan keladi… peşanangni bir urib qaşqasini çiqarib qöyaman, buning uçun sen menga heç qanaqangi modda-podda topib berolmaysan. Biz ham qonunni bilamiz. Sen meni haqorat qilding, men esa peşonangga tuşirdim: bir-u bir”. Ana şunaqa, gaplaşib böpsan u bilan. Şanba kuni qilinsa, hatto majlisgayam borib ötirmaydi.
Xöş, şanbada nima qiladi?
Şu kuni hammomni yoqadi. Böldi, tamom. Boşqa heç nima. Yaxşilab qizitib, ustidan bir suv quyib olardi-da, parlanişni boşlardi. Parlangandayam heç kimga öxşamay, xuddi parovozday – naq beş soat parlanardi. Dam olib, albatta, tutatvolib… Lekin baribir aqlga siğmaydi – buning uçun qanaqangi tanaga ega böliş kerag-a?! Otnikidaymi?
Şanba kuni uyqudan turiboq, darrov bugun şanba ekani yodiga kelardi. Köngliga muloyim şodlik inardi. Hatto yuzi yal-yal yona boşlardi. Yuvinmasdanoq, darhol hovliga – ötin yorgani oşiqardi.
Hammomni isitişda özining tutumi bor edi. Masalan, hammomga qayin ötinlarini yoqardi, laqqa çöğ bölib ançagaça isitadi. U ötinni bahuzur, jo-bajo qilib yorardi…
Mana, aytaylik, öşanday şanba kunlarining biri.
Havo erinçoq edi – etjunjiktirar, rutubatli, şamol esib turibdi – haytovur, oktabrning oxiri. Bunday maʼsuma kuzak havosi Alyoşaning jon-dili edi. U tundayoq yomğir sevalab ötganini – oğir-bosiqlik bilan derazaga tasira-tusur urilib, birdan tinib qolganini eşitgandi. Keyin esa qaçon qarama ğuvillab turadigan şamol tomning öng burçida uvillay boşladi. Deraza tabaqalari taraqlab ketdi. Keyin tinib qoldi, lekin tongda yana esişga tuşdi – qor uçqunlari aralaş sovuq şamol turdi.
Alyoşa qölida bolta bilan hovliga çiqdi va qayin ğölalarini tanlay boşladi. Izğirin fufayka içiga ham kirdi… Biroq Alyoşa bolta bilan silkinib-silkinib, qizib oldi.
U sarjindan yöğonroq ğölalarni tanlab oladi… Tanlab-tanlab, çöçqaçadek qöliga oladi va xarrakka olib boradi.
– Buni qarang, qanday-a, – deb erkalatardi u ğölani. – Ataman-a, ataman… – Ana şu “ataman”ni kenggina tönkaga qöyib, töqillatişga tuşadi.
Haş-paş degunça kattagina ğaram qilib qöyadi… Ğaramga qarab turib qoladi. Bu ğölalarning oqligini, hali nami qoçmay bejirim turganini aytmaysizmi, ulardan dimoqqa urilayotgan yoğoç isi-çi – hali buzilmagan, sal hovuri kötarilgan, örmon hidi anqib turibdi…
Alyoşa ularni hammomga taşiydi, toş yoniga avaylab taxlaydi. Hali fursati keladi – gurullatib yoqiş ham köngilni iydiradigan maşğulot. Alyoşa hatto öt yoqqanda hayajonga tuşardi. Özi umuman olov yoqiş Alyoşaning jon huzuri.
Lekin hali suv ham taşiş kerak. Köp ham yoqimli iş emas-u, ammo zerikarli ham emas. Alyoşa tezroq taşib qöyişga çiranardi. Suv töla paqirni obkaşda eltayotganda, şunday bedana yuriş qilib, tökib yubormaslik uçun daroz qaddini şunday dol qilardiki, körib kulgisi qistaydi odamning. Quduq yonidagi xotin-xalaj köz uzmay qarab turişardi. Özaro luqma taşlab ham olişadi.
– Sen bir qaragin, naq prujina-ya! Dorboz!
– Bir tomçiyam tökmaydi-ya!
– Qayoqqa opketyapti özi?
– Qayoqqa bölardi, hammomni isitgani-da.
– Hali vaqtli-ku!
– Kun böyi boşi bilan şönğiydi hammomga. Tajang deganlariçayam bor-da… bu Alyoşani.
Alyoşa mörçatoş ustidagi qozonni töldiradi, yoğoç kadini ham, yana ön beş yil avval özi sotib olgan, jujuqlarining hammasini galma-gal çömiltiradigan rux qoplangan vannani ham. Endi vannani hammomga moslab olgan. Biram yaxşiki! Supaning bir çetiga qöyilgan, köp joy egallamaydi – parlanişga xalal bermaydi – qöl uzatsang, bas, suv yoningda. Alyoşa supada lohas bölib, soçlari çirsillay boşlaganda, boşini ana şu vannadagi suvga pişib-pişib olardi.
Alyoşa suvni taşib bölib, çekib oliş uçun pösaxonaga ötiradi. Buyam bir laziz daqiqalar-da – tutati-i-ib ötiriş. Şu damda Alyoşa hammom kiyimxonasi va hammomga taqab qurilgan qaznoğidagi aşqol-daşqollarini közdan keçirişni yoqtirardi. Yöq narsaning özi yöğ-a bu yerda! Dastasiz eski çalğilar, almisoqdan qolgan xaskaş, panşaxa… Dastgohçayam topiladi, tuppa-tuzuk asbob-uskunalar ham: randa, dastarra, iskana… Bular yakşanba kunga, ertaga şu yerda timirskilanadi.
Hammom hali nim qoronği, isimagan, lekin uning çuçuk, muzday isi qayin taraşalari hidi bilan aralaşib ketgan – sezilar-sezilmas bilinadi – bu hademay yuz beradigan huzur-halovatdan darak. Alyoşaning yuragi turib-turib şodlikka töladi, “Ho-ozir”, deb öylaydi. Hali hammomni yuvib çiqişi kerak: hatto mana şu işni ham xotiniga işonmaydi. Supurgi, bankaçada qum tayyorlab qöygan… Alyoşa fufaykasini yeçdi, köylagining yenglarini şimarib, içkarini yoğ tuşsa, yalaguday qilib tozalaşga kirişdi. Hamma yoqni yuvib çiqdi, supurib-sidirdi, toza suv sepib, lattada artdi. Lattani çayqab, zarang daraxtining şoxiga ilib qöydi. Zarang hammom yonida kökka böy çözgandi. Ana endi suv töldirsa ham böladi. Alyoşa tağin bir tutatib oldi… Qovoğidan qor yoğib turgan osmonga, olis maʼyus ufqqa, qişloqqa köz tikdi… Heç kimnikida hammom yoqilmagan. Keyinroq yoqişadi, oqşom mahali, tezgina çömilib olişadi, “paş-paş” qilib… Aççiq tutunni içlariga yutib, badanlariga hammomsupurgi urib terlab-pişib ötirişadi. Obdon buğlanişadimi-yöqmi, karavotga arang yetib kelib, jasadlarini tappa taşlaşadi-da, manavini hammom desa böladi, deb öylaşadi. Heh, örgildim!.. Alyoşa tamaki qoldiğini yerga taşlab, etigi bilan nam joyda yaxşilab ezğiladi va hammomga suv töldirgani ketdi.
Ğölalarni hamma qatori mörçatoşga terib çiqdi: ikkitasini bunaqasiga, bittasini unaqasiga, köndalangiga, keyin ustidan. Olov tili hosil böladigan yerga tutantiriq, qoğoz-poğoz qöyişadi, hozir yermoyi ham quyişadigan bölişibdi. Alyoşa esa heç nima taxlab ötirmaydi: köndalangiga qöygan ğölani örtasidan yorib taraşa qilib maydalab qöyadi, ana şu taraşalarni yoqsa böldi – lov etib öt oladi-qöyadi. Mana gurullab yona boşlaşi zap hayajonli lahza-da. Oh, oromijon! Alyoşa mörçatoş qarşisiga çökkaladi-da, olov avvaliga lipillab-lipillab, keyin esa dilga öt solib, gurullab ketganiga köz uzmay qarab ötirdi. Alyoşa hamişa olovga tikilib köp öyga tolardi. Masalan: “Mana, sizlar, hamma odamlar bir xil yaşaşini xohlaysizlar… Ikkita taraşa bir xil yonmaydi-ku, sizlar bölsa odamlar teng yaşasin, deysizlar!” Yoki öziça bir yangilik ham öylab topadi: odam ölim töşagida yotganda, ittifoqo, yaşagisi kelib ketadi, şunday umid qiladiki, biron-bir malhamdori topilişidan suyunib ketadiki!.. Bu-ku maʼlum. Biroq har qanday çöp-xas ham şunday: birdan gur etib öt oladi, şunday yorişib yonadiki, hayron qolasan kişi: qayoqdan paydo bölarkin bunaqa oxirgi şiddat?
Ötin risoladagiday yona boşladi, endi borib çoy-poy içsayam böladi.
Alyoşa qölyuvgiçda yuvinib oldi, artinib, köngli yorişib uyga kirib ketdi.
U hammomga unnagunça, bolalari birin-ketin maktabga jönaşdi. Alyoşa eşik oçilib-yopilganini, darvoza ğiyqillaganini eşitib turdi. Alyoşa bolalarni yaxşi körardi, lekin heç kim Alyoşani bolalarga bunçalik mehri tovlanadi, deb öylamasdi: şunçaki mehrini körsatmasdi. Gohida bitta-yarimta çurvaqaga qarab turardi-da, yuragi mehr-muhabbatdan zirqirab ketardi. Turib-turib, falakning gardişiga hayron qolardi: inson nimadan yaralgan-a özi?! Qariyb yöqdan bor bölgan, zarraning zarrasidan yaralgan. Bolalarni, ayniqsa, jujuqliklarida, norasidaliklarida köproq yaxşi körardi. Mana, yoşgina nihol: qani, bor kuçing bilan yopiş, tirmaş. Hali hammasi oldinda – heç qanaqa aql-paql bilan ulğayib qolmaysan. Mana, örmalab-emaklab katta bölişyapti. Alyoşaning qölida bölganda-ku, yana beştasini yasab olardi, lekin xotini çarçagan.
Çoy ustida xotini bilan gurunglaşib oldi.
– Sovuq tuşdi-ya. Qara, qor ham yoğvoradi-yov, – dedi xotini.
– Yoğadiyam. Mayli-yu, lekin höl yerga yoğsa, baharnav edi.
– Isitdingmi?
– Isitdim.
– Kuzmovna kelgandi… Qarz olgani.
– Xöş? Berdingmi?
– Berdim. Çorşanbagaça, deydi, keyinroq kartoşka puli olarkan…
– Ha, mayli. – Alyoşaga ularning, masalan, pul qarz olişlari yoqardi – odamlarning köziga bemalol masrurlik bilan qaraysan-da. “Tajang, Tajang”, deyişlari tillaridan tuşmay qolgandi özi. Ahmoqlar.
– Ön beş rubl. Çorşanbada kartoşka puli olamiz, deydi…
– Böpti-da. Borib, davom ettiray-çi.
Xotini indamadi, böpti, boraver yoki şunga öxşaş gap ham qilmadi. Ilgarilari bobillab berardi, iş janjalgaça yetib borardi: hali uni, hali buni qiliş kerak – uzzukun hammom isitmaysan-ku! Alyoşa şundayam ziğirça-da yon bermasdi: şanba kuni faqat hammom. Gap tamom, vassalom. Menga desa, yonib ketmaydimi! Qurib ketsin hammasi! “Nima, mingta jonim bormi?!” deb baqirardi Alyoşa ğayriixtiyoriy ravişda. Taisya – xotini mana şundan qörqardi. Gap şundaki, Alyoşaning akasi Ivan şu tarzda özini otib qöygan. Bunga uning xotini sababçi bölgandi: ikkovi nimaningdir ustida adi-badi aytişib qolişgan, alaloqibat, qöydi-çiqdi şungaça yetib borganki, akasi Ivan boşini devorga gurs-gurs urib: “Qaçongaça azob çekaman?! Qaçongaça?! Qaçongaça-a?!” deb nolişga tuşgan. Befahm xotini esa uni tinçlantiriş örniga ustidan kula boşlagan: “Qani, böl… Kuçliroq ur! Qani, köraylik-çi, peşonang qattiqmikin yoki devormi?” Ivan miltiqni çangallab oladi… Xotini huşidan ketib, gursillab yiqiladi, Ivan esa köksiga qurol tiraydi. Ikki norasida bolasi çirqillab qolaveradi. Öşanda Taisyani ogohlantirişgandi: “Qara lekin… bularning qonida bölmasin tağin”. Şundan keyin Taisya pisib qolgandi.
Çoy içib bölib, Alyoşa issiqqina peçka yonida çekdi va yana-tağin hammomga qarab ketdi.
Hammom tölibdi.
Eşikdan bir tekis, şiddat bilan, xuddi daryo özanini boşqa yoqqa burayotgandek, tutun kökka örlaydi. Boşida şunaqa böladi özi, keyin, mörçatoşda qaynoq harorat yiğilib qolgaç, tutun kamayadi. Vaqtida qalab ham turiş darkor: çöğni burçakka itarmaslik ham kerak, tiqiştirib taşlamaslik ham kerak – olov yayrab-yayrab yonişi lozim. Emin-erkin, möl-köl bölib, hamma burçaklarda birdaniga yonişi kerak. Alyoşa tutun tagidan mörçatoş yoniga borib, polga ötirdi va birmunça fursat lanğillama olovdan köz uzmay qoldi. Pol oz-moz qizibdi; yuzi va tizzalariga issiq tegyapti, biron narsa bilan yopinib oliş kerak. Hozir bu yerda ötirmaganiyam maʼqul: bilib-bilmay is gazi yutib yuborişi mumkin. Alyoşa uquv bilan söxtalarni siljitib, hammomdan çiqdi. Hali iş köp: hammomsupurgi tayyorlaşi, fonarga yermoyi quyişi, qarağay şoxlarini şay qilib qöyişi kerak… Nimanidir sözsiz, dimoğida xirgoyi qilgança, Alyoşa hammomsupadan tuşdi, poyasi qalinroq hammomsupurgini tanladi, söngra kundaga qarağay şoxlarini qöyib butab çiqdi – tekis qilib, butoqlarsiz. Bir quçoq qilib xarrakka taxladi. Xöş, bunisi tayyor. Yana nima? Fonar!.. Alyoşa tağin tutun içiga kirdi, fonarni olib çiqdi, çayqatib kördi – töldiriş kerak. Yermoyi oz-moz bor-u, lekin… keyin boş qotirmaslik uçun quyib qöyiş kerak-da. Alyoşa xirgoyisini davom ettirdi… Köngli biram xotirjamki, e Xudoyim! Bolalari soppa-soğ, heç kim bilan sen-menga bormadi, hatto qarz ham olişdi… Umr deganlarining eng asosiy damlari qaçon-a özi? Uruşdami? Alyoşa jang qilgan, yarador bölgan, soğaygan, yana qaytib jangga kirgan. Keyinçalik Alyoşa umr böyi uruşni nafrat bilan esladi. Uruş haqida bironta ham kinofilm körmadi – köngli ağdarilib tuşardi. Odamlargayam hayron qolasan – ö-ö-ötirib köraverişadi! Begona quloq eşitsa, işonmaydi-yu, ammo-lekin Alyoşa hayot haqida jiddiy, çuqur mulohaza qiladi: uning siri nimada, suyib-ardoqlaş kerakmi, masalan, yoki qiladigan işim qolmadi, deb, tinçgina oyoqni uzatvorgan maʼqulmikin? Hatto tasavvuriga ham zör berib kördi: baland-baland uçarmiş, yuqoridan yerga qararmiş… Lekin baribir anglab yetmadi: oğilxonadagi sigirlarini tasavvur qilib kördi – qumursqadek mayda… Odamlar, ularning hayoti borasida ham yalt etgan fikr bölmadi. Xöş, şunday ekan, hayotni seviş kerakmi yoki yöqmi? Keyinroq, oxirgi damlarda undoq yaşamadim, bundoq işlarni qilmadim, deb ökinib qolsang-çi? Yoki bunday bölmasmikin? Boşqalar tinç-osoyişta jon berişadi-ku, osmon uzilib, yerga tuşmaydi-ku. Töğri, açinasan, noxuş holat: baribir yomon emas-da. Alyoşa xayoliga ana şu “baribir yomon emas-da”, degan fikr kelib qolganda, hayotida bölib ötgan bir voqeani esga olardi. Xullas, bunday bölgandi. Uruşdan qaytardi… Manzil uzoq – qariyb butun mamlakatni bosib ötiş kerak. Lekin taraqa-turuq qilib ketişardi. Qaysidir kiçikroq stansiyada, Örolga yetişmagandi, perronda Alyoşaning oldiga bir juvon keldi va elanişga tuşdi:
– Quloq sol, askar, meni özing bilan olib ket – axir, opang qatoriman… Sen bilan şu yerda körişgandayman. Zudlik bilan jönab ketişim kerak, lekin heç ketolmayapman.
Front ortida mehnat qilganga öxşaydi, tölaçadan kelgan, böynida xoli bor ekan, lablarini böyab olibdi… Durustgina kiyingan. Lablari kiçkina, tepa labining ustini hat bosgan. Möltirab qaragança, Alyoşaga barmoqlari bilan teginadi, silab qöyadi. Sal-pal uyalganday böladi, lekin baribir nozlanib köz qadagan. Alyoşa uruşda bironta ham ayolga yaqinlaşmagandi… Uruşgaça ham maqtansa arzigulik iş qilmagandi: faqat bazm-keçalarda qizlar bilan oğiz-burun uriştirgandi. Şu, xolos. Mana bunisi esa ğalati qarab turibdi… Alyoşaning yuragi hapriqib ketdi, şunday hayajonlandiki, quloği tom bitdi, oğzi oçilib qoldi.
Lekin baribir birga ketişdi.
Vagondagi askarlar ham tinçlarini yöqotişdi, ammo manavi tannoz Alyoşaga çippa yopişib oldiki, ortiqça yaqinlaşib ham bölmaydi, xijolat tortadi odam. Boradigan manzili uzoq emas ekan: ikki stansiyadan keyin tuşadigan böldi. Voqea oqşom mahali yuz berayotgandi. Juvon maʼyuslanib bunday dedi:
– Stansiyadan sal narida turaman. Lekin bir özim ketişga qörqyapman. Boşim qotdi, nima qilsam ekan…
– Uyda kimdir bormi? – beixtiyor oğzidan çiqib ketdi Alyoşaning.
– Heç kim yöq, yolğiz özimman.
– Mayli, kuzatib qöyaman, – dedi Alyoşa.
– Özing nima qilasan keyin? – hayron bölib, sevinib ketdi juvon.
– Ertaga boşqa eşelonda ketarman… Qurib ketmagan-ku!
– Ha, har kuni ötadi… – deya tasdiqladi juvon.
Ikkovlaşib juvonnikiga yöl olişdi. Alyoşa uyga olib ketayotganlari qölida edi: ikki juft zobitça etik, xuddi şunday zobitça gimnastyorka, nemis gilami. Juvonnikiga olib boruvçi yölni, öşa gunohga botgan tunni Alyoşa goh-goh eslab turardi. To öşa nozanin bilan ketişarkan, Alyoşaning butun badani qizib, gung-gurs bölib, dahşat qamrab olaverdi… Yuriş biram holdan toydiradigan va oğir böldiki, xuddi kun davomida qizib turgan iyun osmoni yerga tuşganday edi. Alyoşa zil-zambil oyoqlarini arang sudrar, oğir-oğir nafas olar, göyo miyasini qatiği çiqib ketayotganday tuyilar edi. Hozir ham ikir-çikirigaça eslaydi. Alya – juvonning ismi şunday edi – uni qöltiğidan uşlab oldi… Alyoşa uning dağal krepdeşin köylak ostidagi qöli qanday yumşoq, issiqqina ekanini yaxşi eslaydi. Egnidagi köylagining rangi yodida yöğ-u, biroq ana öşa krepdeşinning uçli-uçli tikanaklari, issiq ğadir-budurini hozirgaça yodidan çiqarmagan. Öşa krepdeşin allatovur ham tikanakli, ham silliq edi. Qölidagi möjazgina soatça ham esida – ingiçka tasmasi qölini qisib turardi. Ana öşanda, juvonning özi unga mayl bildirib, qöltiğidan olib, keyin qaynoq biqini bilan asta teginganda, Alyoşa karaxt bölib qolgandi… Qölining tafti ham xotirasidan kötarilmagan. Ha-a… Xullas, tunda arqonlar bir yeçildi-da. Tongda Alyoşa na juvonni, na özining laş-luşlarini topoldi. Keyinroq, vagonda ketayotganda (hujjatlariga tegmabdi), juvon eşelonlarni kutib olib, anqovroq askarlarni tanlaşini anglab yetdi. Lekin ertalab: Alyoşa, nemis gilamingni ber, gimnatyorskangniyam ber, maylimi, etiklaringniyam bera qol, deb söraganda, hammasini qöşqöllab uzatgan bölardi. Balki bir juft etikni öziga olib qolarmidi.
Öşa krepdeşin köylakli Alyani eslab qolardi goho. Özi bilan özi qolganda, Alyoşa miyiğida kulib qöyardi. Bu voqeani heç kimga, heç qaçon aytmagandi, unga, Alyaga esa köngli tuşib qolgandi. Ana şunaqa.
Ötinlar yonib böldi… Tilla, qaynoq çöğ uyumi tin olar, harorat çiqarar edi. Dam-badam kökiş alanga lipillab ham qoladi… Ana senga öt-alanga. Qani, hammasi – devor, pol, hammomsupa qizib, çöğ bölsin-çi… Keyin qöl tekkizib böpsan.
Alyoşa polga qarağay şoxlarini taşladi – naq örmondagi jazirama Toşkentga aylanadi, bu şoxlardan şunaqangi ifor, kişini sarmast qiluvçi xuşböy is taraladiki, e-e, jin çalib ketsin-ey, maza böladi! Alyoşa har doim oxirgi daqiqalarda behalovat bölişni istamasdi, lekin heç uddasidan çiqolmasdi. Hovlida timirskilanib, bolta-moltalarni yiğiştirib qöyardi… Yana-tağin hammomga kirdi – ha, yöq, hali bor.
Alyoşa uyga kirdi.
– Içkiyim uzatvor, – buyurdi xotiniga, şodligini yaşirişga urinib. Negadir uning şanba kungi şodligi hammaning ğaşiga tegardi. Heç tuşunib bölmaydi-da bu odamlarni: özlari tentaklik ustiga tentaklik qilişadi, boşlari nomaʼqulçilikdan çiqmaydi-yu, yana ensa qotirib, tönğillaganlariga ölasanmi, tuşunişmaydi-da.
Xotini Taisya miq etmay sandiqni oçdi, qopqoği tagiga boşini suqdi… Bu Alyoşaning ikkinçi xotini. Birinçisi, Sonya Polosuxina qazo qilgan. Undan bola körmagan. Alyoşa ikkalasi haqida: Sonya haqida ham, Taisya haqida ham kamroq öylardi. Alyoşa beligaça yeçinib, kursiga ötirdi. Yalang oyoqlarini öziga tortdi, allatovur huzurni tuydi. Yana bitta tutatib olsa… Lekin bolalari tuğilganidan beri uyda çekiş odatini taşlagan.
– Kuzmovnaga pul nega kerak böp qopti? – söradi Alyoşa.
– Qaydam. Sob bölgandir-da, şunga zarur bölgandir. Nonni, axir, şimildiriqqa sotib olişmaydi-ku.
– Kartoşkani köp topşirişiptimi?
– Ikki arava… Yigirma qopça.
– Pulni kuraklab olişarkan-da!
– Ha, kuraklab olişadi. Hamma şunaqa deyapti… Ular hisob-kitob daftariga yozilmagan, deb öylaysanmi?
– Qanaqasiga yozilmagan bölsin! Masalan, Solovyovlar yozilmagan.
– Iştonni issiqroğidan beraymi? Yo paxtaligidanmi?
– Paxtaligidan bera qol, hozirça sovuq suyak-suyakka ötgani yöğ-u.
– Ma, ol.
Alyoşa toza iştonni olib, tizzasiga qöydi. Hammomni öylab, birpas ötirdi.
– Ha… mayli.
– Kolkaning tağin anginasi oğrib qolibdi.
– Nega maktabga jönatding bölmasa?
– Qaydam… – Taisya öğlini nega maktabga yuborganini özi ham bilmasdi. – Dars qoldirib nima qiladi?! Şundoğam boraymi-bormaymi deb öqiyapti.
– Ha… – Qiziq, Alyoşa bolalarini kasal bölişi borasida, hatto qattiq oğrib qolganlarida ham jiddiy öylab körmagan ekan – şunçaki yomon narsalarni öylamaslikka tirişardi. Xayoligayam kelmagan ekan.
Şukurki, birontasiyam ölmadi. Ammo-lekin Alyoşa bolalari taʼlim olib, katta şaharga ketib, hurmat-ehtiromga erişişlarini biram istardiki. Yozda esa bu yoqqa, qişloqqa kelişarmidi, Alyoşa ularning yonida – kelinlarining, kuyovlarining, nevaralarining yonida kuymalanarmidi… Axir, Alyoşaning qançalik mehribon, jonkuyar ekanini birov bilmaydi, şaharliklar esa darrov payqagan bölişardi. Nevaralari hovlida çopqillab yurişardi… Yöq, yaşaşdan baribir maʼno bor. Har doim ham yaşaşni eplolmasligimiz, endi, bu boşqa gap. Ayniqsa, qişloq tönkalari – voy, şunaqangi ör xalqki bular! Özimizdan çiqqan öqigan odamlarni olaylik – agronomlar, öqituvçilar, masalan: şaharda öqib, yana qişloqqa qaytgan qişloqidan köra dimoği şişganroğini topolmaysan-ey. Gerdayib yurişini-çi, birovni nazar-pisand qilmaydi-ya! Böyi bir qariç bölgani bilan, hammaga yuqoridan qaraşiga ölasanmi! Şaharliklar esa köppaklarini, madaniyatlarini körsatişni bilişadi va heç kimni tahqirlaşmaydi. Şaharlik, aksinça, birinçi bölib özi senga salom beradi.
– Xöş… Mayli-da, – dedi Alyoşa. – Boray-çi.
Şunday qilib, Alyoşa hammomga qarab ketdi. U uydan hammomga mana şunaqa ob-havoda, sovuq va namgarçilikda borişni yoqtirardi. Birgina iştonda, sovqotiş uçun, atay sekin borardi. Yöl-yölakay bitta-yarimta bahona ham topib olardi: itning zanjirini yeçadi, sal nariroqqa yurib, darvozani yaxşilab yopadi. Muzlab qoliş uçun şunaqa qiladi.
Xarrakda Alyoşa qip-yalanğoç bölib yeçindi, öziga bir köz yugurtirib oldi, hali zuvalasi pişiq. Yuragi bir simillab qöydi – hammomda ötirişni istayapti. Alyoşa özining betoqatlanayotganiga kulib qöydi. Yana birpas xarrakka ötirdi… Eti junjikib, xuddi öşa krepdeşinday, ğuddalar paydo böldi, heh… Dard ustiga çipqon, hayotda nimalar bölmaydi! Alyoşa şanbani şuning uçun ham yaxşi körardiki, şu kuni u köp mulohaza qilar, xotirlar, öylar edi. Xöş, qanday buyuk qadriyatlar uçun şanbani tortiq qilişi kerak ekan sizlarga? A?
Yeturman, yeturman,
Habibaga yeturman!..
deb kuyladi Alyoşa asta va eşikni oçib, hammomga kirdi.
Eh, hayot!.. Qişloqda umumiy hammom bölardi. Alyoşa bir marta kirib körgan. Kulgi-yu, gunoh! Ayni lölilar çömilayotganda kiribdi. Ular çömilmasdi, asosan pivo içib ötirişardi. Erkaklar ularga javraşadi, ular ham qolişmaydi: “Hammom nimaligini bilmaysizmi?” Bilişadi! Umumiy hammomda ötirvolib, pivo içişni bilişadi, xolos. Hammom emas, qandaydir mojaro. Yaxşiyamki, şanba kuni bormabdi; şanbada özinikini yoqib, isitib, umumiy hammom haqidagi barça xotiralarini yuvib taşladi.
…Ana, hayot boşlandi – aniq-tiniq, ammo baribir tuşuniksiz – aziz va qadrdon. Alyoşa toğora, paqirni işga soldi – kiçkina Toşkentni sozlaşga tuşdi. Har qanday zararli zöriqişlar Alyoşani tark etdi, mayda fikrlar yöqoldi, qalbga barqarorlik, yaxlitlik, şaffoflik indi – hayot ravşanlaşdi. Yaʼni hayot deganlari yonginasida, hammom darçasi ortida-yu, lekin Alyoşa undan, uning ğalvalaridan, battolliklaridan uzoqlaşdi, endi Alyoşa yuksaldi, muruvvatliroq bölib qoldi.
Huzurlanganidan jöşib ketgan Alyoşa badanidan duv-duv ter oqmagunça kuylaşni juda-juda yaxşi körardi. Toğoraga suv quyayotib, jildir-jildir oqişiga quloq tutgança, beixtiyor past ovozda kuylay boşlardi. Özi köp ham qöşiq bilavermasdi: bitta-yarimta qişloq termalari-yu, bolalari kuylab yuradigan qöşiqlarni uzuq-yuluq yodlab olardi. Hammomda öşa termalardan xirgoyi qilişni yoqtirardi.
Atrofga boqaman,
Jonim yöq
deya kuyladi Alyoşa, suv hovuçlab olgança.
Voroşilovniki kabi
Paxxamayma jingalak kokil.
Yana suv hovuçlab oldi-da, yana kuylaşda davom etdi:
Hammomga öt yoqqan onam
Parlanişga qistar meni, eh!
Onajon, hammomki na kerak,
Jonajonim töyi bölar, oh!
Toğoraga suv töldirdi… Qaynoq suv töla toğoraga esa hammomsupurgini yumşatişga solib qöydi. Çömilişga tuşdi… Töxtab-töxtab, tanaffus bilan işqalandi. Issiq polga, şoxlar ustiga ötirdi, suvni şapillatdi va minğirlab kuylab ham qöydi tağin:
Yolğiz yöldan keturman,
Xayolim har tomonda.
Bekor, jonim, maqtangansan,
Ortimdan ergaşur, deb.
U xuddi issiqqina daryoda ğalati tarzda, ötirib olgança ravon suzib ketayotgandek edi. Issiq-issiq suv naq yuragiga oqib kirayotgandek.
Söngra Alyoşa supaga çiqib yotdi. Nogoh, bir kun kelib mana şunday holatda oyoqni uzativorsam-çi, deb öyladi… Alyoşa hatto qöllarini köksiga qovuştirgança, birpas yotib kördi. Özini tobut içida tasavvur qilişga urinib, ölikka öxşaşga çirandi. Köz oldida nimalardir gavdalana boşladi – boşining izi qolgan yostiq, yangi pidjak… Lekin yuragi doş bermadi, Alyoşa örnidan turdi va taʼbi xira bölib, ustidan suv quydi. Ruhini tetiklaştiriş uçun yana xirgoyiga ötdi:
Yeturman, yeturman,
Habibaga yeturman!
E, jin çalsin! Kelsa kelaveradi-da, nega vaqtidan ilgari maşq qilişi kerak ekan?! Şunisi ğalatiki, Alyoşa uruşda ölim haqida umuman öylamasdi ham, qörqmasdi ham. Yöq, albatta, ajaldan özini imkon qadar panaga olardi, ammo bunaqangi tafsilotlarga berilib ötirmasdi. Şayton olsin ajalni! Vaqti-soati keladi baribir, qayoqqayam qoçib qutulardi. Gap bunda emas. Gap şundaki, yer yuzidagi bu bayram – umuman bayram emas, uni bayram deb ham tuşunmaslik kerak, kutiş ham kerak emas, şunçaki xotirjamgina qabul qiliş va “mijoz oldida tipirçilamaslik” kerak. Alyoşa yaqinda bir latifa eşitgandi: emişki, bir qöşmaçi islovotxonada qizlariga: “Asosiysi, mijozlar oldida tipirçilab qolmanglar”, deb örgatibdi. Alyoşaning labiga tabassum yugurib: “Töğri, mijoz qarşisida ortiqça tipirçilaymiz”, deb öyladi. Yerda yaşaş baribir yaxşi, oyoqni qölga olib hovliqişga balo bormi? Qolaversa, kutilmaganda kelgan şod-xurramlik şirinroq böladi. Şanba – bu boşqa gap, şanbani bir hafta kutadi. Şunday damlar böladiki, ertalabdan xunobing oşgan, köngling çiroq yoqsa, yorişmaydi. Sigirlarni haydab qişloq çetiga çiqasan, oftob boş kötarib kelaveradi, unda-bunda butalar tepasidan boşlab olovrangga kira boşlaydi… Şunda tuyqus kutilmagan şodlik qalbingga iliqlik olib kiradi, ahvoli ruhiyang şunday kötariladiki, e yöq, be yöq tirjayayotganingni özing ham payqamaysan. Oxirgi paytlarda Alyoşa ongli ravişda mubtalo bölayotganini sezib qoldi. Öylab körsa, qişloq ortidagi çöl, şafaq, yoz kunlari jon-dili ekan… Yaʼni u mehr-muhabbati jöşayotganini anglab turardi. Qalbiga tinçlik-osoyiştalik eşik qoqib keldi – mehr-muhabbati allaqaçon kurtak yozgandi. Odamlarga mehr qöyiş qiyinroq, lekin bolalar va çölni esa, masalan, u hammasidan köproq yaxşi körardi.
Şunday öy-xayollarga borardi Alyoşa, ungaça esa qöli iş bilan band bölardi. Muattar hid taratayotgan hammomsupurgini toğoradan oldi, bir çayqab olib, ustidan sovuq suv quydi… Keyin doşqozondan çömiçda qaynoq suv oldi-da, mörçatoşga sepdi – birinçisi, sinaşta. Mörçatoş vişilladi, pağa-pağa buğ kötarildi. Harorat quloqlariga urildi, tomoğigaça kirib bordi… Alyoşa ötirdi, hovuri bosilişini kutdi, keyin esa lip etib supaga çiqib oldi. Supaning taxtalari biqini va belini kuydirmasligi uçun toğorada suv sepdi. Hammomsupurgi bilan badaniga sekin-sekin urdi. Boşqalarning xatosi şundaki, ular darrov bor kuçlari bilan hammomsupurgida şuvullatib ura ketadilar. Yöq, bunaqasi ketmaydi, avvaliga hammomsupurgida tanani, yelkalarni, biqinni, qöllarni, oyoqlarni qitiqlaş kerak… Sekin-sekin, sal-sal, bir çimdim, bir çimdim. Alyoşa bu işni qotirardi: sekin-astalik bilan badaniga hammomsupurgini silkib-silkib uradi, mayda yaproqçalari, göyo jajji, qaynoq kaftdek, terisiga tegadi, maylini oşiradi, birdaniga savalaniş istagini qözğaydi. Lekin Alyoşa bunday qilmaydi. Çayinib olib, yotdi… Mörçatoşga yana yarim çömiç suv sepdi, hammomsupurgini mörçatoşga, buğga tutdi va tizzasining orqasi, beliga qöydi… Supadan tuşdi-yu, eşikni oçib qöydi va tamaki buruqsitiş uçun örindiqqa ötirdi. Endi unda-bunda qolgan is gazi buğ bilan çiqib ketadi. Mörçatoş quriydi, toşlar qiziydi, ana şunda hadiksiramay, miriqib parlaniş mumkin. Ana şunaqa, qadrdonlar.
…Alyoşa qoş qoraya boşlaganda hammomdan çiqdi. Onadan yangi tuğilganday, butun badanidan buğ çiqib turardi. Pösaxonaga kalişini yeçib, oyoqartgiçdan yurib, mehmonxonaga ötdi. Karavotga çözildi. Endi vujudiga quloq solmasdi, tevarak-atrof gir-gir aylanardi.
Mehmonxonada tönğiçi Boris kitob öqib ötirardi.
– Quşday yengil böling! – dedi Boris.
– Mayli, mayli, – dedi Alyoşa közini bir nuqtadan uzmay. – Hammomga kir.
– Hozir boraman.
Öğli Boris ançadan beri otasi molboqar, podaçi ekanidan uyaladigan, özini önğaysiz sezadigan bölib qolgan. Alyoşa buni payqagan bölsa ham, indamasdi. Avvalboşda köngli ranjidi, ammo keyin öylab körib, öğlidagi özgarişni bilmaganga oldi. Yoş-da hali, oyni benarvon uraman, deydi. Mayli. Lekin yigitça böyçan, xuşröy bölib ösyapti, Xudo beraridan qismasin, esli-huşli er-yigitga aylanadi. Yaxşi böladi. Qarang-a, otasi chöpon ekanidan uyaladi… Eh, dilbandim-a! Qani, nişonni balandroq ol, osilsang, baland dorga osil. Öqişi durust. Onasi qaysidir qizni kuzatib qöyayotganini aytib qoldi qay bir kuni… Hammasi yaxşi. Hayron qolasan kişi, lekin baribir yaxşi.
– Kira qolsang-çi hammomga, – buyurdi Alyoşa.
– Qaynoqmi?
– Qaynoqligi qoptimi!.. Bir navi. Agar issiq bölsa, tuynukni oçib qöy.
Alyoşa öğillarini hammom qilişga heç örgatolmadi-da – istaşmaydi. Onasiga tortgan, Korostilyovlarga. Öğli hammomga qarab ketdi, Alyoşa esa qilt etmay yotaverdi.
Xotini kirib, sandiqqa boş suqdi – öğliga kerakli narsalarni olmoqqa egildi.
– Esingdami, – dedi Alyoşa, – Manyamiz kiçkinaligida şeʼr töqigandi:
Oq qayin
Sel ostida,
Ustida kök qariqiz,
Bunda qayin sovqotmas heçam.
Xotini sandiqdan boş kötarib, Alyoşaga qaradi… Birmunça vaqt erining gaplariga öylanib qoldi, heç vaqo tuşunmadi, miq etmay, yana-tağin kuyadori hidi ufurib turgan sandiqqa boş suqdi. Iştonni olib, dahlizga çiqdi. Pösaxonada bir dam töxtab, eriga ögirildi.
– Xöş? – deb söradi.
– Nima “xöş”?
– Şeʼr töqipti… Xöş, nimani nazarda tutding?
– Biram kulgili edi. Şeʼrni aytyapman.
Xotini ketmoqçi böldi, bekorçi gaplarga vaqtini behuda sovurişni istamadi, biroq nimadir esiga tuşib, yana ögirildi.
– Borovişka sigirimizni içkariga qamab, yemini beriş kerak – tert aralaştirib qöyganman. Men borib, bolalarni çömiltiray. Nafasingni rostlab, qarab qöyarsan.
– Mayli.
Hammom tugadi. Şanba esa hali nihoyasiga yetgani yöq, lekin hammom allaqaçon tugadi.
Vasiliy ŞUKŞIN (1929–1974)
Taniqli rus yozuvçisi, kinorejissori, senaristi. Uning dastlabki hikoyalar töplami “Qişloq odamlari”. Yozuvçining “Lyubavinlar” romani maşhur bölib, uşbu roman asosida
“Lyubavinlarning tugatilişi” filmi işlangan.
Rus tilidan Saidjalol SAIDMURODOV tarjimasi
2022/6
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


