12 daqiqada öqiladi

169 marta körilgan

Adabiyot – sodiq yöldoş

Guljamol Asqarova

– Dunyoni ehtiyojlar boşqarib tursa, ehtimol. Ilmga ehtiyoj, iymonga ehtiyoj, baxtga ehtiyoj, keraklilik ehtiyoji… Keling, ana şu ehtiyoj haqida fikrlaşsak. Ijodkorning yozişga bölgan ehtiyoji ortida nimalar yotadi?

Guljamol Asqarova: – Yaşaşga arzirli boğliqlik. Meni hayotga boğlab turadigan, atrofimdagi absurd va saroblar içida har qalay rost va bor xilqatim. Köp narsa ötkinçi, lekin ijodda nimagadir erişsang, odamlar qalbida uzoqroq yaşaş imkoning böladi. Abadiyat qayğusi sehrlaganki, odam uçun ijod bu – xonumon, ijod bu – borliq, ijod bu – hamma va hamma narsa.

Ibrohim Ğafurovning “Özimni bir lahza ham söz azobidan foriğ körmadim”, degan sözlarini eslasam, yaşaşga arzirli vosita, yaʼni ijod odami ekanimdan faxrlanaman… Söz, ijod qadrsizlangan, xaltura ustuvor bölgan holatlarni körib, xafa bölaman.

Iroda Umarova: – Içimda istak uyğongandagina yozaman va boşqalar eʼtiboriga havola qilaman. Bu, menimça, mening sözlaşdagi bir uslubim. Lekin bu – hamma narsani yozaveriş yoki har yozganini boşqalarga havola etaveriş degani emas. Özing bölib yoz, özga bölib öqib kör. Tişimning oğriganini ham şeʼr qilib aytsam, kimga qiziği bor! Ijodkorni köplar nomidan, köplar içida sözlaş vakolatiga ega şaxs deb faraz qilsak, u bunda özining şaxsiyatini birlamçi qöyişi kerakmas, şusiz ham şaxsiyati uslubiga singgan böladi. Meni ijod orqali öquvçilarga şunçaki sözlaş emas, ularga qandaydir ozuqa bera oliş ehtiyoji köproq öylantiradi!

Nargiza Odinayeva: – Bu savolga javob berişdan oldin “halovat” tuşunçasiga töxtalsam, çunki har bir ijodkor uçun yoziş – halovat. “Qaysi jihati bilan halovat bölsin?” degan savolga, halovat insonning özi uçun yetmagan moddiy va ruhiy unsurlarni qabul qilişi hamda ortiqçasini çiqarib yuborişi, deb javob beriş mumkin.

Dabdurustdan yozişga ötiriş qorin ovqat istamagan payti dasturxon yozişdek gap. Kuzatgan bölsangiz, oçiqib ovqatlangan odam maʼlum darajada halovat topadi, aksinça, töq qorin bilan dasturxonga ötirgan odamning taomlanişida hafsalasizlik yaqqol körinib turadi. Yozişdan oldin, taʼbir joiz bölsa, “madda” töplanadi (qöpolroq öxşatiş, bu holni boşqaça nomlayolmadim). Öşa madda meʼyoriga yetib pişgaç, yoriladi: şu paytda odam közi çaraqlab oçilganini his qiladi. Men uçun ehtiyoj ana şu daqiqadagi holat. Mabodo, öşa “madda” töplanmasa-çi? Unda yozişdan halovat ham, maʼno ham yöq.

Muyassar Tilovova: – Men uçun yoziş yoki ijod kasb emas. Bu holat şunçaki kayfiyat, köngil mayli bilan sodir böladi. Nazarimda, bu işni kasb yoki tirikçilik manbayiga aylantirib oliş ijodkorning fojiasi. Çunki yaxşi asar, original mavzu doim ham tuğilavermaydi. Bu yiğilib-yiğilib maʼlum vaqtda portlaydi. Nasrdagi ijodimni talabalik yillarimda, universitetdagi muhit taʼsirida boşlaganman. Ungaça prozada yozişga biroz uquvim kelişini öylab ham körmaganman.

Inson har doim yaxşi suhbatdoşga ehtiyoj sezadi. Adabiyot mana şunday tirik dardlarni bağriga olgan suhbatdoş. Tirik dardlar esa tirik odamlarni har doim ikki dunyo orasidagi muvozanatda uşlab turadi. Men uçun mana şu tirik dardlar ehtiyoj bölsa, Adabiyot – sodiq yöldoş.

– Yaratiş va aks ettiriş örtasidagi boğliqlikni biz badiiy ijod jarayonida köra­miz. Sizningça ham, adabiyot hayotning inʼikosimi?

Guljamol Asqarova: – Adabiyot hayotning inʼikosi ham, aynan özi ham emas. Adabiyot hayot bilan omixta, uyğun, şu bilan birga, ilohiy va ruhoniy olam bilan boğliq deb öylayman. Yaşalgan tuyğular, fojialar, zamiriga başariy bir iztirob singigan quvonçlar va ruhiy larzalardan adabiyot yaraladi.

Adabiyot hayot qanday bölişligi yoki bölmasligi kerakligi haqida ham, yetişib bölmas hayot haqida ham söz ayta oladi. Men adabiyot­ni hayotning ilohiy bir qöşiği deb öylayman.

Iroda Umarova: – Ha, şunday. Hayot adabiyotda, adabiyot hayotda aks etadi. Xalq amaliy bezak sanʼatida naqş elementlari degan tuşunça bor – bitta predmetni naqşlarda turliça tasvirlaş. Şunga köra olsak – hayot predmet, asar esa element. Buğdoy alaloqibat nonga, sut pişloqqa aylangani kabi, adabiyot ham hayotdan olingan mahsulotdir. Hayotda bölmagan, bölişi aqlga siğmaydigan fantaziyalar, aslida, odam ongi-şuurining “arteriya”si bölmiş xayol mahsuli. Odamzod bor ekan – söz bor, söz bor ekan – adabiyot bor.

Nargiza Odinayeva: – Asarni bunyod etişda: yozasiz, öçirasiz, qayta işlaysiz, (köproq nasrni nazarda tutyapman) kimlardandir maslahat olasiz. Alaloqibat, birovga taqdim etsa böladigan bir qoralama tayyor böladi. Lekin şugina narsa hayotning inʼikosimi? Agar u çinakam asar darajasiga kötarilgan bölsa – ha! Har bir badiiy asar, – u qanday janrda yaratilganidan qatʼi nazar, – hayotning kiçik yoki katta, ahamiyatli yoki ahamiyatsiz bir haqiqatini oçib berişi kerak. Masalan, Erix Maria Remarkning har bir qahramoni muayyan hayot haqiqatini öz qaraşlari bilan körsatib beradi. Murod Muhammad Döst real manzaralarni tasvirlaş orqali bu vazifani bajaradi. Nazar Eşon­qul motiv, ramz, voqeani omixtalaştirib, yakunda xulosa çiqarişni öquvçining öziga qoldiradi: öquvçi esa kaşf etgan hikmatidan “dod” deb yuboradi. Şeʼriyatda ham şunday. Yaxşi şeʼrxon könglidagiday şeʼrni öqiyotib, örnidan sakrab turganini körganman. Endi bir öylab köraylik: odam qaçon noodatiy harakat sodir etadi? Nasrni öqib “dod” degan yoki Usmon Azimning şeʼrini tugatib, örnidan sakrab turib ketgan odam har doim şunday harakat namoyon qiladimi? Menim­ça,­­ odamning jon tomiriga tekkan paykongina şunday kuçli taʼsirlaniş­ni keltirib çiqaradi. Inson özi axtarib yurgan, lekin ifodalaşga qiynalgan haqiqatni kaşf etgandagina şu ahvolga tuşadi. Insonni şu holga sola olgan adabiyot hayotning inʼikosimi-yöqmi, bilmadim, ammo hayot haqiqatla­rining kaşşofi ekanligi aniq.

Muyassar Tilovova: – Bu savol adabiyotşunoslarni ham doim öylantirgan. Inʼikosi desak, unga öxşamaydi, bunday emas deb hisoblasak, badiiy asar mohiyati hayotga muqobil keladi. Menimça, badiiy ijod borliqdagi hodisalar taʼsirida şakllangan ijodkor şaxsiyati, fenomeni bilan boğliq. Muallif ongida materiyani faqat özigagina xos tarzda sintezlaydi, tasavvurida pişitgan hodisalarini badiiylaştirib matnga aylantiradi. Matn esa badiiy asar darajasini oliş uçun öquvçi hamda vaqt çiğiriğidan ötadi.

– Ijodkor bir qadam oldinda yurib, bir poğona yuqorida turib fikrlamasa, öquvçiga heç narsa berolmaydi. Uni şunday yuksaklikka olib çiqadigan vosita nima deb öylaysiz?

Guljamol Asqarova: – Ruhingizni haqoratlaydigan har qanday narsadan keça oliş, özini bunyod qiliş iştiyoqi, ezgulik ğoyasi va mardlik.

Iroda Umarova: – Intiliş va izlaniş. Har holda, bitta zör asar bilan qolib ketgandan köra, bir neçta zör asar qoldirib ketgan maʼqul. “Bir foiz qobiliyat, töqson töqqiz foiz mehnat”, degan gap bejiz emas. Öqib-örganmagan, intilib-tirişmagan qobiliyat şunçaki qolipga aylanadi. Ijodkor muallimday gap – örgatadi ham, örganadi ham.

Nargiza Odinayeva: – Jahon adabiyoti “as”larining hayotiga qaraydigan bölsak, bir ğalati mantiqsizlikni köramiz. Buyuklarning hammasi ham şaxs sifatida yetuk bölmagan. Masalan, kimdir aşaddiy qimorboz, birov josus, birov qulfuruş, birovi beqaror odam, heçsa, içkilikka ruju qöygan kişi bölganligi maʼlum. Umuman, har qanday adibga nedir bir insoniy zaiflik xos. Unday bölsa, buyuklikning siri nimada?

Yaqingaça ijodkor şaxs sifatida ham butun bölişi kerak deb hisoblardim. Bu şart bilan qaralsa, sanoqning barakasi bölmasligi mayli, öquvçilik zavqi ham yarimjon bölib qolarkan. Benazir, beozor, haqiqatparvar, halol ijodkor inson sifatida köklarga kötarilişi mumkin, ammo adibni öquvçi nazarida yuksaltiradigan xususiyati uning şaxsiy fazilatlari emas. Öz asarini “hayotning inʼikosi”ga, “hayot haqiqatlarining kaşşofi”ga aylantiradigan adibni – u qanday şaxs bölişidan qatʼi nazar – zamonlar, davrlar köklarga kötaradi.

Muyassar Tilovova: – Ijodkorni yuksaltiradigan narsa eʼtirof etiliş va örinli tanqid. Inson fitratida “men”lik bor. Menimça, hamma öz “men”ini yuqoriroq qöyadi. Men ustozlardan tanqidiy fikrlar eşitganman, öz ustimda işlaşga harakat qilganman, lekin bir oğiz iliq fikr kezi kelganida qanot bergan. Ijodkor köp öqişi kerak. Badiiy adabiyotlar ongda mudrab yotgan yopiq xotira eşiklarini oçişga yordam beradi.

– Har kimning öz tafakkur kengligida turib, maromida tahlil qiladigan, talqin etadigan, kerak vaqtda esa, öz-özi bilan yuzlaştiradigan, köngil qulfida asrab yurgan asarlar böladi…

Guljamol Asqarova: – Ançagina bor bunday asarlar. Masalan, mumtoz adabiyotimiz durdonalari, Qodiriyning “Ötkan kunlar”i, Ibrohim Ğafurovning “Hayo xaloskor”i kabi kitoblarni uzoq sanaş mumkin, yana kinofilmlar va bir qator qöşiqlar. Bularning barçasi asarlar. Dunyo katta kitob javoni, aslida va şukrki, öqisang, ruhing töladigan asarlar köp. Aynan bitta asarni aytsam, töla bölmaydi, hammasini sanaşning esa imkoni yöq.

Iroda Umarova: – Kayfiyatimizga mos tuşgan har qanday asarni zör deyişimiz mumkin. Kayfiyat esa özgaruvçan. Bizning özimiz bilib-bilmaydigan bir odatimiz bor – boşqalar zör deb aytgan asarni “Nimasi zör ekan?” deya tanqid-tahlil közi bilan öqiymiz. Aynan şuning uçun ham köpinça “zör” deyilgan asarlar yoqmaydi. Fikrlovçi kitobxon öjar böladi, boşqalarning emas, özining fikriga tayanişni xohlaydi, aksiga olib, öqiyotgan asari boşqalar tomonidan tahlil etib qöyilgan, mutolaa jarayonida öşa “begona” fikrlar baribir miyasiga taqillatib turadi. Hali heç kimdan tavsifini eşitmasdan oldin öqiganimizda boşqaça bölar… Xullas, kitob javonimdan bittasini aytaman: “Judolik diyori”. Syujet, til va boşqa jihatlardan öziga xos, beşta kitobdan iborat bu asar muallifi Murod Mansur, bu nomni köpçilik kitobxonlar bilişmasa ham kerak? Maşhur asarlardan “Mening Doğistonim”ni misol qilişim mumkin.

Zör asarlar köp, zör öquvçilar kam, masala şunda.

Nargiza Odinayeva: – Menda doim qiziq bir hissiyot böladi: kimning asarini öqiyotgan bölsam, öşa adib közimga “eng” bölib körinadi. Masalan, şeʼriy kitoblarni “öqib tugatdim” degan töxtamlarni töğri deb bilmayman. Şeʼriy kitobni öqib tugatib bölmaydi: u har safar qayta anglab öqiladi – “Tanovar”ni tinglagaç, “men uni tinglab böldim” demaganimizdek. Yana çalinsa yoki kayfiyatimiz talab etsa, birinçi marta eşitayotgandek tinglaşda davom etamiz. Şu qatorda, könglingiz tusaydigan şeʼrlar ham borki, har gal yangi tuyğu, manzara kaşf etib öqiyverasiz. Şuning uçun şeʼriy asarlar haqida gapirganda “eng” nominatsiyasi ortiqça.

Nasriy asarlarni tasniflaş mumkindir. Baribir men özim yoqtirgan top 10 ta kitobni sanab bera olmagan bölardim. Bu xuddi şirinlik dökoniga kirgan bolaning tanlovda qiynali­şiday bir holat. Agar bolaga dökondagi yuzlab turdagi şirinliklardan faqat bittasini tanlaysan, deyilsa, u butun kun davomida andarmon bölişi aniq.

Muyassar Tilovova: – Yomondir, yax­şidir bir odatim qölimga tuşgan kitobni öqib ketavermayman. Saralab öqiyman. Ammo Çingiz Aytmatov kitoblariga takror-takror murojaat qilaman. Har safar bitta asarning yangi qirrasini kaşf qilaman. Özbek adabiyotini ham köp mutolaa qilaman.

– Vaqtning har bir jarayonga öz xulosasini bera oliş imkoni bor. U ijod namunalariga ham şunday hukm çiqarişi mumkin. Bunga adabiyot tarixi dalildir. Şu maʼnoda, vaqt çiğiriğidan ötib kelayotgan adabiyot…

Guljamol Asqarova: – Yolğon va xiyonatni keçirmaydi.

Iroda Umarova: – Adabiyot bunaqa xususiyatga ega emas. Aksinça, keçirimli. Masalan, tarix yolğon yoki buzib yozilgan, lekin badiiy tili yaxşi asarlar yaşab kelyapti. Adabiyotşunoslar, “oqsuyak” kitobxonlar “sariq” yoki “xontaxta” deb ataydigan asarlar bor – kimlargadir yoqadi. Kafkadan tortib, siz yoki men eng sayoz hisoblaydigan ijodkorgaça öz öquvçilari bor. Aslida, bu yaxşimas… Lekin odamlarni asl adabiyotga yoppasiga örgatişning iloji bormi?.. Har aslning bir neça soxtasi böladi… Har holda, adabiyot şu paytgaça keçirib kelyapti… Lekin adabiyot saralaydi. Asarlar va muştariylar saralanadi. Bu hami­şa bölgan va endi ham davom etaversa kerak. Odamzodga boğliq boşqalar kabi adabiyotning ham bölari şu.

Nargiza Odinayeva: – Agar men bu savolga “yolğonni keçirmaydi” deb javob bersam, anʼanaviy va sodda, şu bilan birga, töğri javobni bergan bölaman. Avvalo, “adabiyotning keçirmasligi” haqidagi hukmga oydinlik kiritib oliş kerak. Adabiyot keçirmay, nima qila oli­şi mumkin? Noşud yozuvçining dorga osilgani, boşi çopilgani, surgun qilingani haqida heç qayerda heç narsa öqimaganman. Aksinça, bor körgulikni daho adiblar körgan va davrlarning kaltagi ham zörlarning boşida singan. Adabiyotning keçirmasligi bu zöraki ijodkorning dargohdan “haydalişi”, asarlari va nomining butkul unut bölişi, xolos. Biz “har qanday asarning bahosini vaqt beradi”, degan fikrga örganib qolganmiz va maʼlum maʼnoda buning unçalik töğri emasligini iç-içimizdan his qilamiz. Masalan, “özimiz sudrab yurgan” asarlar oz deysizmi? Köplab asarlarni (arzimasligini bila turib) “tadqiq qilamiz”, “örganamiz”, “tarğib qilamiz” va ularni adabiyotimizning mulki deb ataymiz (Bunday “asarlar” tuğilişi hamma zamonda ham davom etadi). Adabiyotimizda “adabiy tanqidçilik” örnini reklama sanoati egallay boşlagan bu davrda savolingizga sal noanʼanaviy javob beraman. Adabiyot tijorat maqsadidagi reklama bilan çiqişa olmaydi va uni keçirmaydi ham. Adabiyotni rivojlantiruvçi soha, yaʼni adabiy tanqidçilikka “qayta jon ato et”ilgaç, adabiyotning yana nimalarni keçirmasligi masalasiga qaytsak bölar.

Muyassar Tilovova: – Adabiyot maddoh ijodkorni, yolğon asarni keçirmaydi. Ammo adabiyot qozi yoki hakam emas. Şunçaki qabul qilmaydi. Vaqt va öquvçi singari quroli bilan unutilişga, eʼtirof etilmaslikka mahkum qiladi. Eʼtirof etilmagan, yillar ötib ham mutolaa qilinmagan asar bir inson umrining zoye ketişidir.

– Yolğonçilik ayrim odamlarning axloq darajasini, badiiy ijodda esa yozuvçining eʼtiqodini körsatadi. Asarlaringizda yolğon yozganmisiz?

Guljamol Asqarova: – Asar deb aytiş mumkin bölganlarida yolğon yozmaganman. (Yolğon aralaşgani esa asar deyişga arzimaydi).

Iroda Umarova: – Bilmadim, yang­­­­li­ş­­­­­­­­ganman desam töğriroq bölsa kerak. Eng rost yozganing qaysi, desangiz töğriroq bölar? Bunga javoban ona qişloğim Garaşa haqidagi şeʼrlarni körsatgan bölardim. Çunki u şeʼrlarda odamlar yöq yoki kam. Odamlar aralaşgan neki bor – ozmi-köpmi yolğoni böladi. Mubolağa öz yöliga, aynan yolğonni közda tutyapman. Aslida adabiyotda yolğon borki – ertak, fantastika… Lekin çuqurlaşsangiz, yolğonlarga qandaydir haqiqat asos böladi. Har qanday negiz haqiqatdir.

Nargiza Odinayeva: – Men yirik hajmdagi asar yozmaganman. “Yolğon işlatiş”ning qanday bölişini hali bilmayman. Lekin bili­şimça, ijodkor özi işonmagan narsalar haqida yoza boşlaşini “yolğon” deb bölmaydi. Oddiy misol. Şoir mustaqillikka bağişlangan katta hajmli şeʼr yozdi. Unda Vatanga xitob qilib, “Sen uçun jon beriş – şaraf” deya minbarni muştlaydi. Va şu joyda u yolğon gapirmadi: çindan ham “Vatan uçun jon beriş – şaraf”. Biroq şoir xuddi şu talab bilan turganda, unga jon talab qiladigan top­şiriq berişsa, işonçim komil: “Janob boşliq, men askar emasman, bu topşiriqni harbiylarga bering”, deya özini olib qoçadi.

Özimga kelsak, şeʼrlarimda könglimdan ötgan, ötayotgan, özim işongan, sinalgan tuyğularni qoğozga tuşiraman. Köpinça, yozişdan özimni olib qoçib yuraman: yozmaslikning iloji qolmagandagina yozaman. Yolğon söz, yolğon taşbeh safni buzib turgan askarday gap: darrov “közga taşlanadi”. Işonçim komilki, katta nasriy asarlarda ham şu hol yuz beradi. Adib özi işonmagan narsalar haqida yoza boşlaşi bilan lanj, tuturiqsiz, ğaliz jumlalar qoğozga tuşaveradi. Boya aytganimdek, ijodkor işonmagan hamma narsa ham yolğon emas. Faqat mantiqsizlikdan qoçiş kerak, böldi.

Muyassar Tilovova: – Yolğon yozmaslikka doim harakat qilganman. Iloji boriça qahramon holatini özimda his qilişga, öşa obraz psixologiyasiga kirişga intilganman. Lekin beş yil yoki ön yil oldingi hikoyamni öqisam, baʼzan xijolat bölaman. Bugun çinakamiga his qilganlarimni hikoyada tölaqonli yoritib berolmaganimni anglayman. Baʼzi örinda tajriba, baʼzida yoş xususiyatlari bilan boğliq kamçiliklar, oçiqroq aytsam, yolğonlar ketgan. Ijodkorda ozgina Xudo yuqtirgan talant bölsa, qolgani öqiş-örganiş, tajriba töplaş, mehnat bilan böladi. Banda mukammal bölolmaydi, faqat şunga intilib yaşaydi.

 

2023/3

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (73)

Şeʼr ham, şoir ham millat uçun oyna

XX asr özbek şeʼriyatidagi mavzularning turfaligi, taşbehlarning ohorli ekannida ustoz şoirlarning çuqur bilim va saviyasi körinib turadi. Bu şeʼriyat tarixiy voqealarga, uluğ şaxslarga murojaat etdi, şuning barobarida…