Atoqli şoir Miraziz AʼZAM bilan suhbat
– Ustoz, yaqinda bergan intervyularingizning birida “Yozadigan şeʼrlarimni yozib böldim, hozir döstlarim haqida xotiralar yozyapman”, deb aytgan edingiz. Adabiyot insonga maʼrifat ulaşibgina qolmay, bebaho döstlarni ham berişi turgan gap. Sizning adabiyotdagi eng yaqin döstingiz kim?
– Ha, köplab döstlarim haqida xotiralar yozganman. Har bir yaqin döstim bilan bölgan voqeani qoğozga tuşirganman. Bizning adabiy davra bölardi: Oybek, Ğafur Ğulom, Mirkarim Osimlar qatorida yoşlardan – Rauf Parfi, Maʼruf Jalil, Asqar Qosim hamda Şuhrat Abduraşid degan rassom. Birga-birga ötirib, adabiy suhbatlar qilardik, dardlaşardik…
Avvalboşda Rauf Parfi şunday ötirişlarga kelganda heç qança ötirmasdan tez xayrlaşib ketardi. Keyinçalik teskarisiga özgardi. Hammadan köproq, oxirigaça ötiradigan bölib qoldi. Köp siqilardi negadir. Lekin ajoyib şoir edi. Xudo haqiqiy isteʼdodni ato etgan edi. Soddagina, ayriça tabiatli şoir… Rauf Parfi maişiy mavzularni unça yoqtirmasdi. Öziga noqulay bölgan davralarda sira ötirolmas edi. Öziga xos xarakteri bor edi-da.
Maʼruf Jalil – mendan bor yöği uç-tört oyga kiçik, şunga qaramay, meni Miraziz aka deb çaqirardi. Hamma bilan döstlaşib ketadigan samimiy odam, olovqalb şoir edi. Angliyada Şekspirdan keyin turadigan dramaturgning Amir Temur haqidagi kitobini özbek tiliga tarjima qilgan. Uzoq yillar davomida “Muştum” jurnalida işlagan. Göring nurga tölgur “yaramas” degan sözni köp işlatardi. Birov bilan tortişib qolgudek bölsa, “Yaramas” deb qöya qolar, boşqa gapga ötmas edi. Bir voqea heç yodimdan çiqmaydi: Maʼruf “Muştum” jurnalida işlab yurgan yillari boşqa işga ötişi kerak bölib qoldi. Jurnaldan böşadi. Buni eşitgan onasi: “Öğlim, endi sen şoirlikdan böşadingmi, endi şeʼr yozmaysanmi?” deb kuyinib gapirgan ekan. Özi ham, onasi ham juda kamtarin, sodda, yaxşi odamlar edi. Men Maʼrufning, ayniqsa, “Baxtimga sen borsan” nomli şeʼriy töplamini yaxşi körardim, hozirgaça varaqlab, ötgan kunlarni eslab turaman.
Asqar Qosimov mendan, adaşmasam, ön yoşlar kiçkina edi. Lekin bizni davraga köp aralaşib yurardi. Isyonkor şoirlardan edi. Bir gal Yozuvçilar uyuşmasida “Furqat monologi” degan şeʼrini öqiganda aksar tinglovçilar qörqib taşqariga çiqib ketgani esimda. Asqar Abdulla Oripov bilan ham yaqin edi. Ikkalasi köp hasratlaşardi, köp şeʼrlaşardi. Asqarning şeʼrlarida haqiqiy isyon, yoniq söz bor edi! Içida dard köp ekanmi, siğdirolmadi – boyaqiş, afsuski, ruhiy şifoxonalarda azob tortib, mana şu dorilomon kunlargaça yetib kelolmadi. Garçi şunday esa-da, Asqar döstimni yuragining tub-tubidan joy olgan vatan tuyğusi uni bezovta qilardi, bu tuyğu uning qon-qoniga, şeʼrlariga singib ketgandi. Mana bu şeʼrini bir eşitib köring-a:
Jöra bölsam bevafolarga,
Yurtga xizmat qilmasam, yana
Öxşab qolsam bedavolarga,
Kulgilarga ötgatgan ona –
Şu kun menga yiğlaşni örgat!
Ha, endi rahmatlining şörolar istibdodiga qarşi yozganlarida ham nafosat, ham ijtimoiy, falsafiy tafakkur bor-da.
Qolaversa, Asqar dunyo adabiyoti xazinasidan yaxşigina xabardor bölgan mohir tarjimon ham edi. Qadim yunon ijodkorlari Apuleyning “Evrilişlar yoxud Oltin xötik”, Yevripidning “Medeya”, Esxilning “Qabr oldidagi qurbonlik” asarlarini ona tilimizga inja satrlar ila tarjima qilgan.
Aslini olganda, döstlarimning qariyb hammasi tarjima sanʼati bilan şuğullanişgan, bemalol aytiş mumkinki, ularning har bir tarjimasi madaniy hayotimizda ayriça voqea sifatida eʼtirof etilgan.
Maʼruf Jalil esa sil bölib olamdan ötdi, Şuhrat Abduraşidni esa maşina urib ketdi… Ana şunaqa, yaqin döstlarim birin-ketin oramizdan öçdi. Ammo ularning yorqin xotiralari mana bu yerimda, yuragimdan öçmaydi.
Ha, darvoqe, yana bir döstimni tilga olmabman-ku. Maşrab Boboyev! Ana ijodkor-u, mana ijodkor! Maşrab içimizda eng serqirramiz desam adaşmayman. Isteʼdodli yozuvçi, nafis şoir edi, sahna asarlarini ham yozişni kanda qilmasdi, keyinçalik televideniye uçun ham qator ssenariylar bitgandi jöram. Mahoratli tarjimon edi, Valentin Katayevning “Xayol çeçaklari”ni şunaqangi kiftini keltirib tarjima qilganki, asti söramang. Şu kitobning oxirida mana bunday gap bor: “Ты, сердце, полное огня и аромата, не забывай о ней. До черноты сгори”. Maşrab esa buni şunday ögirgan: “Xuşböy, serotaş yurak, yurak bölsang sen agar, unutma uni. Yongin kuyib ketganing qadar”. Buni qarang endi. Başarti, boşqa odam tarjima qilganda, nafosatini berolmasmidi deyman-da, “Sen, ey yurak, olov va muattar hidga töla yurak, agar yurak bölsang, uni unutma, qorayib ketguningça yon” qabilida ögirarmidi… Şunday. Samimiy, qalami ötkir, fikri teran, tafakkuri yoruğ inson edi Maşrab. Faqat töğrisini yozardi. Bizning davra ijodkorlarining yagona şiori – faqat haqiqatni yoziş edi. Böyamasdan, bezamasdan, borini yozardik…
– Bilamizki, siz kattalar şeʼriyati qatorida bolalar şeʼriyatida ham samarali ijod qilgansiz. Şunday ekan, bolalarning içki olami, dunyoqaraşi ham sizga begona emas. Ustoz, bolalardagi qaysi xislat kattalarda yetişmaydi, bolalardan biz kattalar nimani örganişimiz kerak, deb öylaysiz?
– Men ijodni, avvalo, bolalar şeʼriyatidan boşlaganman. Keyinçalik kattalar şeʼriyatiga ötganman. Bilasizmi, bolalarda samimiylik juda kuçli. Töğrisini aytadi-qöyadi. Kattalarga öxşab nimadandir hayiqib, qörqib turmaydi. Yolğon gapirmaydi. Şu bilan birga, bolalar juda quvnoq bölişadi. Ularda beğuborlik bor. Aynan şu xislatlar kattalarda yetişmaydi. Beğubor insonning qalbida kiri bölmaydi. Dunyoni çiroyli nigoh bilan köradi. Men şuning uçun ham bolalarni yaxşi köraman. Ular bilan suhbat qilsam, bola bölib qolgim keladi. Bolalikda eşitgan-körganlari insonning xotirida bir umr öçmay qolar ekan. Öşa eşitgan, körganlaring keyinçalik biror munosabat bilan xayolingda jonlanadi. Ularni hayotda sodir bölayotgan şunga öxşaş voqea-hodisalar bilan taqqoslaysan. Axir, bola böliş ham bir baxt. Ehtimol, şuning uçun ham avvalboşda yuragimda bolalar şoiri böliş istagi tuğilgandir. Aslida, bolalar adabiyotiga jiddiy qaraş kerak, deb hisoblayman. Bolalar adabiyotining biron tarmoği oqsar ekan, bunda bolalar adabiyoti tanqidçiligining ham aybi bor, deb qaramoq lozim. Sirasini aytganda, bugungi kunda bolalar adabiyoti tanqidçiligi juda susayib ketdi. Afsuski, naşr etilayotgan kitoblar öz vaqtida tanqidçilar tomonidan munosib baholarini olayotgani yöq.
– Maşhur turk şoiri Mehmet Akif Ersöyning “Safahot” nomli kitobini özbek tiliga tarjima qilganingiz adabiyotimizdagi tarixiy voqea böldi, deya baralla aytiş mumkin. Boşqa tarjimalaringiz qatorida bu asar ham kitobxonlarimiz orasida iliqlik bilan qarşi olindi. Tarjima asarlar, aslida, millatlarni boğlaydi, döstlik riştalarini mustahkamlaydi. “Safahot”ni tarjima qiliş fikri sizda qanday tuğildi? Bu orqali turkiy xalqlarni umumlaştirib turadigan qanday muştarak xususiyatlarni kaşf qildingiz?
– Esimda, 90-yillarning boşida Yozuvçilar uyuşmasida işlardim. U paytlari oltmiş yoşda nafaqaga çiqilardi. Men oltmiş yoşga tölganimning ertasi kunidayoq nafaqaga çiqiş haqida ariza yozganman. Bu davrda Yozuvçilar uyuşmasiga Odil Yoqubov raislik qilar edi. Bir gal ijodiy taʼtil olib Moskvaga dam olişga ketganimda ham, qönğiroq qilib çaqirib olişgan edi. Qisqasi, qança “hay-hay”laşmasin, baribir nafaqaga çiqdim. Endi işdan böşab bemalol yozaman, kitoblar içiga şönğiyman, deb turgan paytimda, Turkiya bilan Özbekiston hamkorligida çiqadigan bir gazetaga bölim boşliği sifatida işlaşga çaqirib qolişdi. Tarjimon zarurligini, bormasam bölmasligini aytişdi. Bu gazetaning yarmi turk, yarmi özbekçada bosilardi. Öşa yerda işlab yurganimda men haqiqiy turk adabiyoti bilan tanişa boşladim. Ayniqsa, Ersöyning ijodi meni öziga qattiq tortdi. Şunda törtta şeʼrini tarjima qilib, gazetaga berdim. Bu yoğini sörasangiz, “Safahot”ning tarjimasini xuddi şu yerda boşladim.
Men “Sahafot”ni tarjima uçun tasodifiy tanlamadim. Tarjimonlik faoliyatimning ilk davrlaridan boşlab turk adabiyotiga qiziqqanman. Özimga yoqqan asarlarini özbek kitobxonlariga yetkazişni burçim deb bilganman. Turk adabiyotining sara asarlarini tarjima qilgan Mirzakalon Ismoiliy, Miad Hakimov kabi yozuvçilarimiz qatori Örxon Kamolning “El qizi”, Nozim Hikmatning “Soçlari somon sariği, közlari moviy”, Örxon Pomuqning “Istanbul. Şahar va xotiralar” kabi asarlarini, Doğlarja, keyinçalik Mehmet Döğon, Ali Oqboş kabi bir neça yozuvçi, şoirlarning ijodi bilan öquvçilarimizni taniştirganman. Ammo “Sahafot”ga ayriça mehrim tuşdi. Avvaliga bir-ikki sahifasini tarjima qildim. Lekin asarda qöyilgan ğoya meni tinç qöymadi. Qayta-qayta bu kitobga qaytaverdim. Har doim “Agar “Sahafot”ni töla özbekçalaştirişga umrim yetsa, bu mening ijodimdagi eng yaxşi işim böladi”, deb aytar edim. Ammo xastalik pand berdi. Şunga qaramay, salomatligim sal yaxşilandi, degunça “Sahafot”ga yopişardim. Alqissa, bu asar tarjimasi uzoq çözildi. Yurganimda ham, yotganimda ham, baʼzan betob holimda ham tarjima qilişdan töxtamadim. Buni qarangki, nihoyat yigirma yil deganda asar tarjimasi yakunlandi. Endi turkiy xalqlarning umumiy tomonlariga keladigan bölsak, bizning, avvalo, ildizimiz bitta! Faqat şunisi borki, oxirgi yillarda yaqin Şarq davlatlarining dunyoning boşqa rivojlangan mamalakatlaridan orqada qolib ketgani meni qayğuga soladi. Bunga, birinçi navbatda, maʼrifatsizlik sabab böldi, deb öylayman. Ilmsizlik, axloqsizlik hamda dunyoviy bilimlardan bexabarlik natijasida xonliklarimiz razolatga yuz tutdi, ğanimlarga yengildi. Qolgani özingizga maʼlum.
“Sahafot”ni mutolaa qilişda ham, tarjima qilişda ham asarda, muallifda hasratlar içida yaşab ötgan jadid bobolarimiz oğriqlariga yaqinlik sezdim. Bizning Behbudiy, Fitrat, Abdulla Qodiriy, Çölpon, Isʼhoqxon Töra Ibrat kabi yuzlab bobokalonlarimiz istibdod tufayli tobora jaholat botqoğiga botib borayotgan xalqimizni maʼrifat bilan yuksaltiriş uçun, yuraklarida hurriyatga, ozodlikka soğinç uyğotiş uçun astoydil harakatlar qilganlar. Bu ğoya ularning faoliyatlarida ham, yozgan asarlarida ham aks etgan.
Azaldan şunday. Uyğoqlikka, yuksalişga intilişga hamişa ehtiyojimiz bor. Şunday ekan, biz uçun Çölpon şeʼrlari, Behbudiy, Fitrat dramalari ğoyalari qançalik maʼnaviy ehtiyoj bölsa, “Safahot” ham xuddi şunday ehtiyoj. Men turk tilini mustaqil örganganman, hamon luğat bilan işlaşdan erinmayman. Mana, bugun yoşlarimiz maxsus kurslar, alohida ustozlardan örganişmoqda. Yana mamlakatimizda yoşlarning intellektual salohiyatini kötariş uçun olib borilayotgan tizimli özgarişlar tufayli bugungi avlodning barça sohalar, jumladan, tarjima sohasida ham imkonlari katta. Men işonamanki, bu milliy doston singari yana köplab asarlar tarjima qilinadi.
– Şeʼrlaringizdan birida “Uşalgusi butun armonlar, yuraklarda uxlagan orzu” deya bitgan edingiz. Ustoz, ayting-çi, bugun Miraziz Aʼzam ortga qarab nelarni xayoldan keçiradi?
– Men hayotga haqiqat közi bilan qarayman. Unday-munday orzu va armon qilib yurmayman. Dilimga tuggan reja-yu niyatlarimni amalga oşiriş uçun kuraşaman. Şu kunlarda yozgan barça asarlarimni yiğib 12 jildli majmua tayyorlayapman. Xuddi “Kulliyot”ga öxşagan. Kitoblarim juda köp. Albatta, bu maqtanadigan gap emas, muhimi, ularning mazmun-mohiyati toş bosmoği lozim. Tarjima kitoblarimning özi ançagina. Bolalar adabiyotiga bağişlangan katta saylanmalarim, tarjimalarim, “Kuzgi yaproqlar” nomli devonim hamda xotira kitoblarim bor. Endi şularning hammasini yiğib kelgusi avlodga qoldirsam deyman. Hozirgi niyatim şu işni baholi qudrat röyobga çiqariş.
Axir, özingiz öylang, ijodkor uçun kitoblaridan, yozganlaridan qadrliroq narsa bormi?! Ijodkorning yozgan asari oddiy odamlarning: xoh u dala zahmatkaşlari haqida bölsin, xoh olimlar va ziyolilar hayotidan yozilgan bölsin, xoh bolalar haqida bölsin, agar u öşa asarda iştirok etayotgan qahramon va personajlarning dard-u hasratlarini, içki keçinmalarini çin maʼnoda tahlil qilib, öquvçilar köz öngida gavdalantirolgan bölsa, bu asarlarning umri uzoq böladi. Armonga kelsak, Miraziz Aʼzamning bu dunyoda armoni yöq. Çunki, men vatan mustaqilligini kördim. Bobolarimiz, jadidlarimiz orzu qilgan ozod mamlakatda yaşayapman.
– Ustoz, maroqli suhbatingiz uçun taşakkur. Sizni ham toliqtirib qöymaylik-da, söz yakunida adabiyotga endi kirib kelayotgan yoş ijodkorlarga tavsiyalaringiz, nasihatlaringizni ulaşsangiz.
– Hozirgi ijodkor yoşlar meni xursand qiladi. Yaxşi ovozlar çiqib kelyapti. Adabiyotda bitta muhim narsa bor. Bu – şaxs! Men har doim şaxsni birinçi öringa qöyaman. Ijodkor, avvalo, şaxs bölişi kerak. Faqat haqiqatni yozsin! Heç kimdan, heç narsadan qörqmasdan yozsin! Biz qaçonlardir Turkiston deb atalgan zaminning farzandlarimiz! Ota-bobolarga, jadidlarga munosib avlod bölmoğimiz lozim. Millatni himoya qilib, vatan manfaatlaridan kelib çiqib yozmoq lozim. Yozayotgan har bir asarimizda vatan uçun oğriyotgan qalb sezilib turişi kerak. Zero, vatan muqaddas, ona suti kabi haloldir.
Hali yozişimiz kerak bölgan köp haqiqatlar bor, adabiyotda qilişimiz kerak bölgan işlar talaygina. Şijoat, matonat va sönmas iroda bilangina közlagan maqsadlarimizga erişa olişimiz mumkin. Har qanday iş fidoyilikni, mehnatni talab qiladi. Dangasa, ertasiga befarq odam, alaloqibat, heç kimga kerak bölmay qoladi. Adabiyot ham xuddi şunday: iqtidor bilan bir qatorda tinimsiz mehnatni talab qiladi. Yozayotganlarimiz, eng avvalo, toza bölişi kerak. Şundagina haqiqiy ijodkor nomiga munosib böla oliş mumkin. Zotan, mudom haqiqatni ayta oladigan odamgina tirikdir.
“Yoşlik” / 2024 / 7
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


