5 daqiqada öqiladi

204 marta körilgan

“Agar mening rizomni tilarsen…”

“Agar mening rizomni tilarsen...”

Zahiriddin Muhammad Boburni şoh va şoir, mohir sarkarda sifatida yaxşi bilamiz. “Boburnoma”ning hijriy 935 (milodiy 1528) yil voqealari bobida Humoyunga yozilgan bir maktub matni keltiriladi. Uşbu bitikda Bobur mehribon va fidoyi ota, salohiyatli tarbiyaçi sifatida ham namoyon böladi. Valiahd öğilga aytilgan pand-nasihatlar, körsatilgan yöl-yöriqlarning köp qismi bugungi yoşlarga ham foyda berişi aniq.

Humoyunğa muştoqliklar bila soğinib salom degaç, söz ulkim, duşanba kuni rabiul avval oyining önida Bekkina bila Bayonşayx keldilar. Xatlardin va arzadoştlardin ul yuzdagi, bu yuzdagi kayfiyat va holot muşaxxas va maʼlum böldi.

Şukr, bermiş sanga Haq farzande,

Sanga farzandu manga dilbande.

Tengri taolo mundoq sevinçlarni manga va sanga hamişa rözi qilğay, omin yo rabbal olamin. Otini Alʼamon qöymişsen. Tengri muborak qilğay. Vale bovujudkim, özung bitibsen, mundin ğofil bölubsenkim, kasrati istiʼmol bila avom Alamo derlar, yo El Amon derlar, özga mundoq alif-lom otta kam bölur. Tengri otini va zotini farxunda va muborak qilğay, manga va sanga köp yillar va bisyor qarnlar Alʼamonni davlat va saodat bila tuta bergay.

Tengri taolo öz fazlu karami bila bizning işimizni yasaydur. Mundoq qopu qarnlarda topilmas. Yana seşanba kuni oyning ön birida arojif xabar keldikim, Balx eli Qurbonni tilab Balxqa kiyurmişlar.

Yana Komronğa, Kobuldaği beklarga farmon böldikim, borib, sanga qöşulub, Hisor yo Samarqand yo har soriğakim salohi davlat bölsa, yurugaysiz, Tengrining inoyati bila yoğiylarni bosib, viloyatlarni olib, döstlarni şod, duşmanlarni nigunsor qilğaysiz, inşoollohu taolo. Sizlarning jon tortib, qiliç çopmoq mahallaringizdur. Qopuda kelgan işni taqsir qilmangiz. Garonjonliq bila kohilliq podşohliq bila rost kelmas.

Jahongiri tavaqquf bar nayobad,

Jahon onro buvad kö beh şitobad,

Hama çizi zi röi kadxudoi,

Sukun meyobad illo podşohi.

Mazmuni:

(Jahongirlik töxtab turmaydi,

Kim yaxşi tirişsa, jahon öşaniki böladi.

Hayotda har bir narsa töxtaşi mumkin,

Ammo podşohlik töxtamaydi.)

Agar tengri inoyati bila Balx va Hisor viloyati muyassar va musaxxar bölsa, Hisorda sening kişing bölsun, Balxta Komronning kişisi bölsun. Agar tengri inoyati bila Samarqand ham musaxxar bölsa, Samarqandta sen ölturğil, Hisor viloyatini, inşoolloh, holisa qilğumdur. Agar Komron Balxni ozirgansa, arzadoşt qiling, inşoolloh, aning qusurini öşal viloyatlardin-öq rost qilğumizdur.

Yana sen özing bilur edingkim, doim bu qoida marʼiy edi: olti hissa sanga bölsa, beş hissa Komronğa bölur edi. Hamişa bu qoidani marʼiy tutub, mundin tajovuz qilmang. Yana ining bila yaxşi maoş qilğaysan. Uluqlar kötarimlik kerak, umidim borki, sen ham yaxşi ixtilot qilgaysan. Aning ham mutaşarriʼ va yaxşi yigit qöyubtur, ul ham mulozamat va yakjihatliqta taqsir qilmağay.

Yana sendin ozroq ginam bor, bu ikki-uç yildin beri bir kişing kelmadi. Men yiborgan kişi ham rost bir yildin söngra keldi. Mundoq bölurmu?

Yana xatlaringda yolğuzluq, yolğuzluqkim, debsen, podşohlikta aybdur, neçukkim debturlar:

Agar poy bandi rizo peş gir,

Va gar yaksuvori sari xeş gir.

Mazmuni:

(Agar oyoğing band bölsa, rizoni oldingga qöy,

Agar tanda suvora bölsang, öz boşingga bor.)

Heç qayde podşohliq qaydiça yöqtur. Podşohlik bila yolğuzluq rost kelmas. Yana men degandek, bu xatlaringni bitibsen va öqumaysen, ne uçunkim, agar öqur xayol qilsang edi, öquyolmas eding. Öquyolmagandin söng albatta tağyir berur eding. Xatingni xud taşviş bila öqusa böladur, vale asru muğlaqtur. Nasri muammo heç kişi körgan emas. Imlong yomon emas. Agarçi xeyli rost emas, “iltifot”ni “To” (ﺎﻃ) bila bitibsen. “Qulunj”ni “yo” (ﺎﻳ) bila bitibsen. Xatingni xud har tavr qilib öqusa böladur, vale bu muğlaq alfozingdin maqsud tamom mafhum bölmaydur. Ğolibo xat bitirda kohilliging ham uşbu jihattindur. Takalluf qilay deysen, ul jihattin muğlaq böladur. Bundin nari betakalluf va ravşan va pok alfoz bila biti: ham sanga taşviş ozroq bölur va ham öquğuçiğa.

Yana uluq iş ustiga borasen, iş körgan, ray va tadbirliq beklar bila kengaşib, alarning sözi bila amal qilğaysen.

Agar mening rizomni tilarsen, xilvatnişinliqni va el bila kam ixtilotliqni bartaraf qilğil. Kunda ikki navbat iningni va beklarni ixtiyorlariğa qöymay, qoşingğa çarlab, har maslahat bölsa kengaşib, bu davlatxohlarning ittifoqi bila har sözunga qaror bergaysen.

Yana Xoja Kalon mening bila gustoxona ixtilot qila örganib edi, sen doği, neçukkim Xoja Kalon bila ixtilot qilur edim, öşundoq ixtilot qilğaysen. Tengri inoyati bila ul sorilar iş ozroq bölsa, Komronğa ehtiyoj bölmasa, Komron Balxta mazbut kişilarni qöyub, özi mening qoşimğa kelsun.

Yana munça fath va zafarlar Kobulda ekanda böldi, Kobulni şugun tutubturmen, ani holisa qildim. Heç qaysingiz tamaʼ qilmağaysiz.

Yana yaxşi boribsen, Sulton Vaysning könglini olibsen, ani qoşingğa kelturub, aning raʼyi bila amal qilğaysenkim, iş bilur kişidur. Çerikni yaxşi yiğib yurgaysen. Oğiz sözlaridin Bayonşayx sohib vuqufdur, maʼlum bölğusidur, deb muştoqliqlar bila salom.

Panjşanba kuni rabiul avval oyining ön uçida bitildi.

Arzadoşt – arz qiliş, ariza tutiş.

Arojif – behuda sözlar, mişmiş gaplar.

Bovujud – şunday bölsa-da, şunday bölaturib.

Garonjonliq – oğir tabiatlilik.

Gustoxona – tortinmay, andişa qilmay.

Ixtilot – aralaşiş, bordi-keldi qiliş.

Kasrati istiʼmol – oğzaki sözlaşuvda buzib aytiş.

Kohilliq – sustlik, yalqovlik.

Mazbut – zabt etilgan, qölga olingan; berkitilgan, mustahkam.

Marʼiy – körilgan.

Mafhum bölmoq – fahmlanmoq, anglaşilmoq.

Muğlaq – çalkaş.

Musaxxar – böysungan, taslim bölgan.

Mutaşarriʼ – imonli, diyonatli.

Muşaxxas – aniq, ayon, gavdalangan.

Nasri muammo körmoq – nasrda muammo köriş; öqib, anglaşga qiynaliş.

Nigunsor – ostin-ustin, böysungan.

Tağyir bermoq – özgartirmoq.

Taqsir qilmoq – qusur körsatmoq, bir işni oxiriga yetkaza olmaslik.

Farxunda – qutluğ, saodatli.

Şugun tutmoq – yaxşi niyatlarga erişgan joy deb bilmoq.

Qarn – asr; uzoq muddat.

Qopu – omad, zafar.

Holisa qilmoq – öz ixtiyorida qoldirmoq.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (147)