El xazinasidan

0
206
marta ko‘rilgan.

Adavur

 Baxmal, G‘allaorol, Bulung‘ur tumanlari shevasida “ancha”, “xiyla”, “talay” degan ma’nolarda ishlatiladi.

Masalan: “Uning yoshi adavur katta ekan”.

 

Arja

Xorazm viloyati shevasida “sandiq” degan ma’noni ifodalaydi.

Masalan: “U nima topsa arjaga tiqardi”.

 

Dussa

Buxoro viloyatining ayrim tumanlari shevasida “tutun” ma’nosida ishlatiladi.

Masalan: “Bu paytda tandir dusab yotardi”.

 

Lamma

Buxoro viloyati shevasida ishni tez bajarmaydigan, bemalolxo‘ja, boqibeg‘am, tepsa-tebranmas ayollarga nisbatan ishlatiladi.

Masalan: “Kampir doim kelini Saida lammaning yurish-turishidan noliydi”.

 

Lapa

Xorazm shevasida uchraydigan bu so‘z “konvert” degan ma’noni anglatadi.

Masalan: “Agar pochtachi lapa tashlab ketmaganida bundan bexabar qolardik”. 

 

Soyavur

Namanganning ayrim qishloqlari shevasida “siyrak”, “sanjob” ma’nolarida ishlatiladi.

Masalan: “Bugun ertalab bozorda odam soyavur edi”.

 

Chilg‘ay

Samarqand viloyatining ayrim tumanlarida ishlatiladigan bu so‘z “umuman”, “butkul” degan ma’nolarni anglatadi.

Masalan: “Qarasam, qop bo‘shab, chilg‘ay bug‘doy qolmabdi”. 

 

Hundi

Yakkabog‘ tumani shevasida “odamovi” degan ma’noda ishlatiladi.

Masalan: “Panjiboy deganlari shu bo‘lsa, hundi bir kas ekanda-a?!”

 

Jasur Jamirov to‘pladi.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.