El xazinasidan

0
170
marta ko‘rilgan.

Bu galgi so‘zlar Buxoroning Olot tumani  shevasidan tanlandi. Olot Turkmaniston Respublikasi va Xorazm viloyati bilan chegaradosh.  Shu bois  aholisi asosan o‘g‘uz lahjasiga yaqin tilda so‘zlashadi. Bu hududdagi ko‘pgina so‘zlar sof turkiy hisoblanadi. Ishonmasangiz, «Devonu lug‘atit-turk»ni varaqlang.  
G‘ulva – ariqdan ekinzorga suv o‘tadigan uzun quvur.
Gechchi – echki.  Gechchini tutib kel.
Nova – tarnov. Tomga yangi nova qo‘ydik.
Mattiq – bema’ni, huda-behudaga gapiradigan odam. Shu odam juda mattiq-da!
Jo‘rob – supurgi.
Bilgashli – atayin, jo‘rttaga. U bilgashli shunday dedi.
So‘vsalamoq – biror narsaning ilinjida gapni uzoqdan boshlamoq. Bekorga kelmagansan, ochig‘ini ayt, so‘vsalama!
Qayish – kattaligi kaftdek kesilgan xamirli ovqat; beshbarmoq. Bugun kechki ovqatga qayish pishirildi.
Ho‘kki – bukri, yelkalari turtib chiqqan. Gulshan momo ho‘kki bo‘lib qolibdi.
Jilop yoki julop – paypoq.
Mo‘kki – jundan to‘qilgan qishki paypoq.
Ho‘jak – sigirning bolasi.
Jirriq – tug‘ilganiga besh-o‘n kun bo‘lgan  qo‘zichoq.
Inak – sigir.  Bizning inagimiz juda qari edi.
Vag‘ir – shovqin, baqiriq ovoz; to‘polon. Bolalar hovlida vag‘ir qilishardi.
Ho‘piqmoq – cho‘kmoq, suv tagida havo yetmaslik. Cho‘milgani borgandim, ho‘piqishdan qo‘rqib cho‘milmadim.
Majji – sergap, ezma odam. Shukur chol borgan sari majji bo‘lyapti.
No‘vqon – g‘alla o‘rimidan keyin dalada qolgan arpa yoki bug‘doy boshog‘i.
Tursh – nordon, taxir. Qatiq juda tursh ekan.
Po‘rsi – badbo‘y, yoqimsiz hid.
Mijona – sho‘rdanak. To‘yga mijona ham qo‘yiladimi?
Shona – yelka, kift.
Sayisxona –  somon, xashak solinadigan yoxud qishning ayozli kunlarida qoramollar saqlanadigan katta ayvon, og‘ilxona.
G‘o‘lagir – uy tomiga xas-xashak yopilgach, birinchi bor qilinadigan loysuvoq. Bugun yangi uyni g‘o‘lagir qilamiz.
Zomi – handalak. Daladan zomi uzib kel, o‘g‘lim.
Salqi yoki salqa – bo‘sh, mahkam qilinmagan. Sigirning ipi salqi bog‘langan ekan.

 

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.