Bu galgi luğatimiz Ğijduvon tumani şevasiga xos sözlardan tuzilgan.
Inak
– sigir. Masalan: “Bizning hovlimizda törtta mol bor. Şulardan ikkitasi inak”.
Yazna
– poçça, opaning eri. Masalan: “Yaznam uyga kelganda opamning oyoği olti, qöli yetti böladi”.
Dommot
– kuyov. Masalan: “Dommotlar muborak, hamsoya”.
Biyi
– ota(ona)ning buvisi. Masalan: “Biz biyimning pand-nasihatlarini eşitib katta bölganmiz”.
Jilop
– paypoq. Masalan: “Jilopingni kiyib çiq. Köça sovuq”.
Yangaça
– kelinoyi. Masalan:
“Bodring, dring-dring,
Yangaça, uyga kiring.
Amakim keloptilar,
Egilib salom bering”.
Nana
– ona, aya. Masalan: “Nana, nanajon! Qarang, akam koptogimni olib qöydi”.
Ibi
– voy. Masalan: “Ibi, egaçi, ha endi, qizi borning nozi bor. Kutamiz. Siz masalahatlaşib oling”.
Barra
– yangi tuğilgan qöziçoq. Masalan: “Anvar yangi tuğilgan barraçani tomoşa qiliş uçun yugurib keldi”.
Özbekiston Milliy
universititeti talabasi
Sitora Sharopova
tayyorladi.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

