10 daqiqada öqiladi

443 marta körilgan

Minnatli non. Hikoya

Aleksandr Kuprin

– Sudlanuvçi, sizga qonunga binoan oxirgi söz beriladi, – dedi sud raisi toliqqan közlarini arang oçib, loqayd bir ohangda, – öz qilmişingizga oydinlik kiritiş yoki özingizni oqlaş uçun yana nimalarni qöşimça qila olasiz?

Ayblanuvçi bu murojaatdan söng bexos örnidan sapçib turdi va asabiy bir holatda ingiçka, uzun barmoqlari bilan sudlanuvçi kursisini tösib turgan panjarani mahkam uşlab oldi. U körimsizgina, ozğin kişi edi, hadiksirar, közlarida aks etayotgan qörquvni yaşirişga harakat qilardi. Oq oralab qolgan siyrak soç-soqoli va oppoq kiprigi bözdek oqargan rangini xuddi kamqonlik kasaliga çalingan bemor kabi yanada xastahol qilib qöygan edi…

U uzoq qarindoşi graf Vensepolskiyning uyida yaşab, 23 yanvardan 24 yanvarga ötar keçasi oldindan öylangan reja asosida uning xonadoniga qasddan öt qöyganlikda ayblanmoqda edi. Tibbiy ekspertiza ayblanuvçining aqliy va ruhiy holatini örganib, normal deb xulosa çiqardi. Şuning

dek, uning asab tizimidagi baʼzi özgarişlar, yaʼni içki hissiyotlarini tutib turiş holatining zaifligi, kutilmaganda köz yoş qilişga moyilligi borligi kabi jihatlar qayd etilgan edi.

Ayblanuvçi şu paytgaça davom etayotgan ayblov işining muhokamasiga aralaşolmay, beparvo, xuddi bu jarayonda iştirok ham etmayotgandek jim ötirgan edi. Öta rasmiy tarzda olib borilayotgan sud yiğilişidagi dabdabali vaziyat, sudyalarning öziga xos liboslari, sudya stolining tilla popukli qizil movuti, ikki xil rangda tantanavor bezatilgan keng, issiq zal va uning devorlariga osib qöyilgan mahobatli portretlar, sud zaliga yiğilganlarning maxsus tösiq orqasini töldirib ötirişlari, hovliqma nozirlar, kiborli sud maslahatçilari, sovuqqon prokurorning salobati, himoya çining bemazmun qiliqlari – bularning barça-barçasi ayblanuvçini yanada esankiratib qöygan edi. U göyo bahaybat, qörqinçli maşinaning tişlari orasida qolib ketgan-u, bu maxluqni bir nafas bölsa-da töxtatişga biror-bir inson va biror-bir kuç qodir emasdek edi.

U himoyaçisi nutq sözlayotgan paytda bir neça bor şart örnidan turib: “Janobi advokat, siz umuman boşqa narsa haqida gapiryapsiz. Voqea aslida unday bölgan emas. Menga imkon bering, qilgan aybim haqida özim gapirib beray”, deyişga çoğlandi, ammo aytolmadi. Unga söz berib qolişlarini ham kutdi. Mabodo söz berilsa, şu zahoti barça voqeani, özining öşa paytdagi ruhiy iztiroblari, öy-xayollari, boşqa birov tasavvur qilişi qiyin bölgan barça içki keçinmalarini aniq va tuşunarli qilib sözlab bermoqçi böldi. Lekin harakatga tuşib ketgan bu beayov maşinaning tinimsiz, befarq aylanayotgan ğildiraklarini töxtatişga uning jurʼati yetmadi.

Sud raisining kutilmaganda aytgan oxirgi gapi umidsizlik holatidan uyğotib, unga ğayrioddiy dadillik baxş etdi. Şu payt özini tutişi xuddi ölimga mahkum etilgan kimsaning ölimi oldidan jallod kundasiga boş qöyiş yoki ölim sirtmoğini böyniga solişga qarşilik körsatib, jazavaga tuşayotgan holatini eslatib yubordi.

U birdan, yalinganga öxşaş baland ovozda:

– Ha, janobi rais!.. Xudo haqqi, meni eşiting… Hamma narsani özim gapirib, tuşuntirib berişimga ruxsat eting!.. – dedi.

Uni eşitgan sud maslahatçilarining qiyofasi xuddi diqqat-eʼtiborini unga qaratgandek özgardi, sudyalar birin-ketin oldidagi varaqlarga engaşdilar, yiğilganlar esa uning nima deyişini kutib, diqqat bilan jimib qolişdi. Ayblanuvçi sözlay boşladi:

– Men ötgan yilning boşida bu şaharga kelganimda kelajak hayotim borasida biror-bir rejam yöq edi. Çunki men bu dunyoga faqat omadsizlik uçun kelgan bölsam kerak, degan fikrda edim. Aslida ham şunday, hayotim davomida menga heç qaçon heç narsada omad kulib boqmagan. Hattoki hozir ham qirq yoşga kirganimga qaramay, xuddi yoşligimdagi kabi notavon va tajribasizligimça qolib ketganimga aslo şubham yöq.

Öşanda Graf Vensepolskiydan joy topişimda yordam berişini söradim. Çunki u kişi marhuma onamning uzoq qarindoşi edi. Saxiy, oçiqqöl, özgalardan yordamini ayamaydigan graf esa negadir öşa paytda meni heç qayerga joylaştira olmadi, ammo biror qulay şaroit tuğilib qolguniça özining uyida yaşab turişimni taklif qildi. Men uning uyiga köçib keldim. Dastlab u menga qandaydir eʼtibor körsatgandek böldi. Ammo tezda uning köngliga urdim, şekilli, bormanmi-yöqmanmi-parvo ham qilmay qöydi. Hatto baʼzan mendan umuman xijolat ham bölmasdi. Uyida yurganimga şunçalar tez könikdiki, nazarimda, meni buyum qatorida sanay boşladi. Aynan öşa payt dan boşlab mening noçor, aççiq va qayğuli, siğindilikda toptalgan hayotim boşlandi. Itoatgöylarça sözlaş va iljayib turişdan boşqa ilojim yöq edi.

Öşa paytdagi azobli keçmişimni öz tanidan ötkazmagan inson tuşuna olmaydi. Öziga töq, mağrur insonlar toifasi noçorlar, ularning tili bilan aytganda “tekinxör, siğindilar” haqoratlardan yiğlaganini, tahqirlardan titraganidagi zaifligini körib, bularni istagança xörlaş, toptaş mumkin, ular könikib ketaveradi, deb öylaydilar. Ammo, işoning, tekinxör yoki siğindi ekanimni kinoya qilişganida men mutlaqo könikolmadim, aksinça, bunday sözlardan juda yomon taʼsirlanganman, ularni öta oğir olganman. Öşa kezlar bunday munosabatlardan mening qalbim qançalar toptalganini bilsangiz edi. Har bir aytilayotgan söz, muomala qalbimni battar ezar, yaralar, xuddi qizdirilgan temir kabi jizillatib kuydirardi, taʼriflaşga bundan ortiq söz topolmayman. Ammo vaqt ötgani sayin bunday xörliklardan qutulişimga işonmay qöydim, çunki kuçim yetmasligini sezardim, öta noçor va qörqoq ekanimni bilib turardim. Grafning uyidagi töq hayot va undagi men tuşib qolgan muhit meni butkul böşang qilib qöygandi, u irodamning qolganini ham xuddi zang kabi kemirib, yeb bitirdi. Baʼzi paytlar uyquga ketişdan oldin kunduzi xörlanganim alam qilib, ğazabim qaynar, şundan söng öz-özimga: “Yöq, böldi yetar, ertaga bularning barçasiga çek qöyaman! Ketaman, Grafning surbetligiyu qöpolligini yuziga aytib, ketaman. Bunday pastkaşlarça kun körgandan köra yupun ki­­yimda bölsa-da, sovuqda, oçlikda qolib bölsa-da, erkin yaşagan afzal”, derdim.

Ammo men aytgan öşa “ertaga” ham kelar, qarorim öz-özidan sönardi. Labimni majburan qiyşaytirib, iljayib körinişga harakat qilardim. Har kungidek hijolatdan özimni önglay olmasdim, rejalaştirganim kabi tuşlik paytida stolga qölimni şart qöyib, içimdagini tökib-sololmasdim. Uning örniga ahvolim öta noçor va ayançli ekanidan yana ozor çekardim, xolos.

Bir kuni garfga uning meni qayergadir joylaştirib qöyişni vaʼda qilganini eslatmoqçi bölganimda, doimgiday qattiq nigoh qadab eʼtiroz bildirdi:

– Qayerga şoşilyapsiz, azizim?.. Mening uyimda yomon kun keçiryapsizmi?.. Hozirça tura turing-çi, keyin bir öylab körarmiz…

Uning bu javobidan keyin men yana jim bölib qoldim. Irodamni bukib, itoatkorlik qilişga şunçalar majbur edimki, graf birorta eski kiyimini sovğa qilganida, kiyimlari menga katta va keng kelsa-da, heç qanday eʼtiroz bildira olmay kiyar edim. Bir kuni grafning uyiga kelgan mehmonlardan biri egnimdagi köylagim toğavaççamniki bilan bir xil ekanini aytib qoldi. Buni eşitgan bir isqirt va surbet janob, uni muttaham deyişar edi, mendan bezbetlarça söradi:

– Fedorov, yanglişmasak, siz liboslari­ngizni graf bilan bitta tikuvçiga buyurtma qilsangiz kerak?

Ularning birortasi meni Falonçi Pistonçayeviç deb çaqirmasdilar. Graf esa meni taniştirişni har doim yodidan çiqarib qöyardi. Aslini olganda, yiğilganlarning köp­çligi tekinxör va siğindilardan boşqa heç heç kim emas edi. Ammo ular surbetlarça grafning atrofida girdikapalak bölişar, unga özlarini teng qilib körsatişga, özlarini unga yaqin va munosib sanaşga harakat qilişar edi. Men esa ulardan farqli ölaroq, özimni çetga olardim, jurʼatsiz va itoatgöy edim. Ular menga şunday ötkir nafrat bilan qarardiki, bunday yomon köriş xöjayinning mehri uçun kuraşadigan odamlar orasidagina böladi, xolos.

Grafning xizmatkori ham şu kasb egalari singari kalondimoğlik bilan surbetlarça muomala qilardi. Menga atab ham dasturxonga oş-ovqat, içimlik keltirişga odatlanişgan bölsa-da, ularning malaylarga xos sözlari va qaraşlaridan menga nisbatan tekinxör xizmatçiga qaragan kabi ijirğanişlarini sezar edim. Men turarjoyim, körpa-töşaklarimni özim yiğiştirar va kiyimlarimni ham özim tozalar edim.

Keçalari baʼzan garfning uyida “vint” degan karta öyini taşkil qilinar edi. Öyinga şerik yetişmay qolgan paytlar, graf menga ham karta uzatar edi. Men esa har doim pulsiz, ammo har gal yutiş töğrisidagi katta istak bilan öyinga kirişar edim. Har doim, baʼzan esa iç-içimdan Xudoga iltijo qilar, yutişimni sörab, iştiyoq bilan öyinar edim. Ammo men har doimgidek yutqazib qöyardim.

Öyin tugab, şeriklar özaro bir-birlari bilan hisoblaşayotgan paytda uyatdan boşimni kötarolmay, ölguday qizarib, titrab, barmoğimni qayirib ötirardim. Bu holat uzoq davom etaversa, çidolmay, özimning xijolatimni bildiriş uçun ğöldirab:

– Iltimos… Graf… Hozirça pul masalasida qiynalib turganimdan xabaringiz bor. Mening yutqazganimni özingiz tölab turing… Men sizga ertaga qaytaraman… – derdim.

Albatta, bu vaʼdani yolğon emas, çindan berardim. Ammo bu qarzimni ertaga ham, indinga ham qaytara olmasligim hammaga ayon edi.

Bir kuni keçasi garf va uning uyiga yiğilgan mehmonlar avval restoranga, keyin esa ayollar bilan uçraşuvga bormoqçi bölişdi. Meni ham şunçaki til uçida taklif qilişdi. Men albatta rad javobini bermoqçi böldim. Çunki “yöq” degan javobim ularning hammasiga juda maʼqul tuşişini bilar edim. Ammo, Xudo haqqi, hanuzgaça tuşunolmayman, öşanda qandaydir bir kuç meni paltomni şoşa-pişa kiyib olişga va ularga qöşilib jönashga majbur qilgan edi.

Restoranda ovqat payti hamma yayrab, özaro hazil-huzul qilib ötirdi. Men esa xuddi örgatilgan kuçuk kabi tinmay qiyqirib kular edimki, bu menga behisob huzur baxş etardi. Ammo xayolimga biror-bir qiziq yoki kulgili fikr kelib qolsa, men uni aytib beray desam, heç kim menga eʼtibor qilmasdi. Men qançalik oğiz juftlaşga urinmay, şu zahotiyoq sözimni bölişar edi. Bir sözni öninçi bor aytişga harakat qilib, hamsuhbatlarimning közlariga birin-ketin qarar ekanman, birortasining ham nigohi nigohimga qadalmasdi…

Ayniqsa, menga keçasi dahşatliroq edi. Xuddi koridorga öxşaş, hamma kirib-çiqadigan tor xonada uxlar edim. Töşagim prujinalari çökib, örtasi qiyşayib qolgan, tolasi titilib, taşqariga çiqib yotgan eski uzun kursi – kuşetka edi. Oldindagi ikki oyoğining yöqligi uçun örniga çamadonimni qöyib olgandim. Bu örindiqni qançalik yomon körişimni tasavvur ham qilolmaysiz! Uni hatto duşmanimga ham ravo körmayman. Eski narsalarga öta öç bölgan aşaddiy eskifuruş ham bunday rasvo, eski narsaning bahridan allaqaçon keçgan bölar edi. Navbatdagi uzun keçalar har kuni takrorlanar, çidab bölmas azobli, uyqusiz tun öz bağriga çorlar edi. Nihoyat men öşa keç ham joyimga yotdim. Yotoq kursining bukçaygan qiyşiq joyi yelkamga botib, qaddimni tobora buka boşladi. Çiqib turgan prujinalar ikki yonimdan tanimga botar, yostiğim juda kiçkina bölgani uçun boşimda turmay, surilib ketaverar edi. Beş daqiqa vaqt ötgaç, har doimgidek belim va yelkamda oğriq sezdim. Boşim qizib, beçora miyamda turli öy-xayollar aylanib, göyoki talvasa öpqonida çarx ura boşladim… Şunda aql bovar qilmaydigan, heç qaçon röyobga çiqmaydigan, uşalmaydigan rejalar birma-bir miyamga kela boşladi. Negadir tunda bu kabi xayoliy rejalarga işonardim, ammo tong yorişişi bilan ular meni xuddi isitma aralaş alahsiraş kabi dahşatga solardi.

Kunduzgi hodisalarning taassurotlari, özim va boşqalarning aytgan sözlari, keçgan har bir dilsiyohlik, kamsitiş va haqoratlar qayta-qayta xotiramda jonlanardi. Meni qiynoqqa solib, birin-ketin yodimga tuşayotgan bu kabi dahşatli keçinmalar, iztiroblar içida borliğimni jizillatib kuydirguvçi azoblardan yonib, kul bölardim. Bu holatimni faqatgina yolğizlikka mahkum va xörlangan insongina tasavvur qilişi mumkin, xolos. Bunday yaramas öylarni xayolga keltirar ekanman, göyo qalbimning tub-tubidan jirkanç balçiq kavlab olayotganday his etardim özimni… Yöq… bunday narsalar haqida sud zalida, hatto özing ni himoya qiliş uçun ham gapirib bölmaydi…

Garfning döstlari men yotgan qiyşiq kursining yonidan ötaverişda masxara qilişni yoqtirardi. Ular kuşetkamni “qiynoq kursisi” deb atardilar.

Öşa men jinoyat sodir etgan kunim grafning tanişlaridan biri janob Lbov barça ulfatlarni restoranga taklif qilgan edi. Çunki u merosga ega bölgandi. Men ham kiyina boşladim. Zinaga çiqayotgan paytda janob Lbovga noxos turtinib ketdim va darhol uzr söradim. U esa:

– Heçqisi yöq, ahamiyat bermang… – dedi. Söng tösatdan qöşib qöydi: – Ha, aytgança, Fedorov, bekorga ovora bölyapsiz, sizni heç kim taklif qilgani yöq.

Bu ayovsiz sözlardan dovdirab, nima qilişimni bilmay, pillapoyada töxtab qoldim. Mehmonlar şovqin solib, birin-ketin eşikka çiqayotgan edilar. Ulardan kimdir menga qarab:

– Bora qoling, özingizning öşa qiynoq kursingizga, – deya qiçqirdi.

Uning gapini boşqasi ilib ketdi:

– Rohatijon kursingizga, desa­ngiz-çi!

Ular yayrab kulişgança, restoranga jönab ketişdi. Men qaytib kelib, örnimga çözildim. Iç-içimda esa nimagadir damba-dam “Ular aytgan gaplaridan afsuslanişadi, meni olib ketiş uçun kimnidir yuborişadi”, degan xayol ötardi. Ammo heç kim kelmadi. Şundan söng noiloj, alamimdan ikki-uç soatça aççiq közyoş tökdim. “Rohatijon kursi”ning azblari ustiga ustak böldi. Sekin örnimdan turdim. Yuragim ana şu kursiga nisbatan nafrat bilan tölgandi. Şlyapamdan bir neça bölak karton suğurib oldim, uni eski gazetaga örab, kerosinga botirdim va kursining tagiga qöyib, öt yoqdim. Öşa paytda mening huşim, ixtiyorim umuman özimda emas edi.

Özimga kelganimda butun xona olov içida edi. Qilgan işimdan qattiq dahşatga tuşdim va odamlarni yordamga çaqirdim. Qolgan gap sizga maʼlum, janob sud maslahatçilari…

Aleksandr Kuprin

 (1870–1938)

“Oydin keçada”, “Oq momiq”, “Botqoq”, “Ot öğrilari” hikoyalarida olijanob, mard, sadoqatli insonlarga xos yuksak fazilatlar mehr bilan tasvirlanadi. “Olesya”, “Sulamif”, “Yoqut közli bilaguzuk”, “Yuzma-yuz” qissalari yozuvçiga şuhrat keltirgan. Asarlari köplab tillarga tarjima qilingan.

Rus tilidan

Dilorom Murodova tarjimasi

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (164)