Bu galgi luğatimiz Muzrabot tumani şevasi asosida tuzildi.
Hayot
– tomorqa. Masalan: Singlim hayotdan olma terib keldi.
Uşoqmol
– qöy, eçki. Masalan: Amirboyning uşoqmoliga böri oralabdi.
Börta
– kökiş-malla. Masalan: Sodiq boboning börta sigiri bor.
Guppiça
– qalin paxtali nimça. Masalan: Onam singlimga guppiça tikib berdi.
Jona
– toğ yonbağri. Masalan: Huv anavi toğ jonasidagi uy toğamlarniki.
Nontöşama
– nonpalov. Masalan: Qotgan nonni uvol qilmay, nontöşama pişirsangiz, yoşu qarining oğziga yoqadi.
Basalqa
– tengqur. Masalan: Basalqalar bir yiğilib, bolalikni esladik.
Kunçi
– raşkçi, baxil. Masalan: Qöşning kunçi bölsa, kun yöq.
Sonsiz
– tayinsiz. Masalan: Toşpölatning xotini sonsiz çiqdi-da.
Elyor MUROD
tayyorladi.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

