11 daqiqada öqiladi

365 marta körilgan

Tarxi toza publitsistika

Erkin Aʼzam

Erkin Aʼzamning “Ertalabki xayollar” kitobi Özbekis­ton Yozuvçilar uyuşmasi badiiy publitsistika kengaşining yillik yiğilişida yakdil eʼtirof etildi. “Özbekiston” naşriyotining annotatsiyasida adibning çorak asr davomida matbuotda bosilgan tarxi toza publitsistik asarlari jamlanmasiga dolzarbligi, ohorini yöqotmagan maqola, fiqra, suhbat, esse va oçerklari saralab olingani, jonsarak muallif olamni, odamni tökis köriş istagida kuyinib-koyinib qalam tebratib, öquvçini fikr mudroqligidan fikr uyğoqligiga daʼvat etişi taʼkidlanadiki, kitobni öqib çiqqan kişi bu xulosa-bahoga töliq qöşiladi.

Erkin Aʼzam şu çoqqaça bizni avval gazeta-jurnallarda çop etilgan, keyin alohida kitoblar holida naşr qilingan hikoya va qissalari bilan xuşnud etib kelayotgan bölsa, maqola, fiqra, intervyu, esse, oçerklarini matbuotda öqigan, radioda eşitganimizni aytmasak, kitob holida körmagan va körişni juda-juda xohlagan edik.

Erkin Aʼzamning badiiyati bilan publitsistikasi orasida muştarak va farqli jihatlar darhol közga taşlanadi: hikoya, qissa, roman, ssenariylaridagi aniq va quyma tasvir, tiniq va börtiq xarakter, jozibali va ohorli obraz, rostgöy badiiy töqima; maqola, suhbat, esselariga xos dolzarb mavzuga tezkor munosabat, mantiqiy muhokama va obrazli tafakkur birligi, mutanosibligi, dangallik, çörtkesarlik, töğri gap kelganda tuqqanini, hatto özini ham ayamaslik, burama jimjimadorlik va rasmiylikdan xolilik…

Va barça turdagi katta-kiçik bitiklariga xos sirli, sehrli antiqa sarlavha-oçqiçlar topiş, emin-erkin, röy-rost, mardona fikrlaş, dilda borini oqizmay-tomizmay tilga çiqariş, Surxon koloritining milliy ruhga vobastaligi, heç kimnikiga öxşamaydigan, goh murç taʼmini beradigan yoqimli, totimli yumor, goh qalampirnamo ötkir, açituvçi hajv, sözni nozik his etiş va hokazo.

Qarang, kitobning nomi “Ertalabki xayollar”. Nega endi ertalabki, keçki yo tungi xayollar emas? Savolga muqovaning törtinçi betidagi “Çiqiş sözi”da hazil-çin ohangda javob beradi: “Ertalabdan negadir çirsillab turaman… Bu vaqtda olamning bor ğamu taşvişi göyo kaminada: muşkul muammolar, haqsizlik­lar, norasoliklar. Köngilda şularga qarşi ti­­yiqsiz isyon jöş uradi. Bugunoq borib, şu masalani hal qilmasam! Bugunoq borib, şu gaplarni şartta-şartta aytib solmasam! Böldi şunça zamon musiçaga öxşab yurganim, çidab kelganim yetar! Bu nima bedodlik, axir!

Ammo çoşgohga yaqinlaşganda bor şijoat öz-özidan sönadi. Boyagi şaştdan qaytiladi. Yana bir muddat kutaylik-çi, zora, hal bölib qolsa, örniga tuşib ketsa… Dunyoda boşqalar ham bordir, qarab turişmas! Ana şunday oğir-bosiq, serandişa, xullas, el qatori “yaxşi odam”ga aylanib qolaman. Lekin uşbu töplamdagi gaplar mening “yomon odam”lik paytimda tuğilgan fikr-mulohazalardan iborat desa böladi”. Oxirida maqolalar toza köngil, xolis niyat bilan yozilganini eslatadi. Ammo bu taʼkidlaşsiz ham öquvçi muallifga töliq işonadi.

“Gapni özimdan boşlasam” otliq sözboşisida “yozuvçi mardum özidan ortganda, köng­lidagini oşiğiç izhor etiş ehtiyoji paydo bölganda publitsistikaga qöl uradi”, deya taʼkidlagan. Bitiklariga köpda tutilmagan, jumboqnamo sarlavha-oçqiçlar (“Quroq dasturxon”ga taklif”, “Şoşmasdan şoşiling”, “Köz-köz qilmang, köz tegar”, “Yalaş boşqa, siylaş boşqa”, “Gar-garçilik”, “Hoziriylar”, “Özim öqimaganman, lekin zör”, “Zar yamoqlar”, “Qaçon özbekça gapiramiz?”, “Butunlarning butuni”, “Piçirlaşni bilmagan odam”, “Nosoz arava qaçon yuradi?” va hokazo) qöygani muallifning mavzuga nisbatan yengilroq yondaşganidan emas, aksinça, özlarini tuproqqa, xasga meng­zagan uluğ ustozlardan ulgu olib, kamtarlik qilib, ijodi, isteʼdodini kamtarin çoğlagani, jiddiy masala, oğriqli muammolarni goh keskin, goh hazil libosiga burkab, jamoatçilik fikrini qözğatgani dalolatidir.

Erkin Aʼzam adib, jurnalist, kinossenarist sifatida yurt kezişni yaxşi köradi, Surxondaryoga, tuğilib ösgan Boysuniga tez-tez borib turadi, çet mamlakatlarda bölgan. Keziş, kuzatiş, seziş, işonç hosil qiliş sinçkov muallifga siyosat, ijtimoiyat haqida bilib, körib taqqoslab yoziş, Vatan mustaqilligini teran his etiş, çeksiz ğurur, iftixor tuyğusiga tölib-toshib, könglidagini qoğozga tuşiriş imkonini beradi. XX asr adoğida, mustaqillikning ilk yillarida yozilgan maqola, safarnomalar adib ijodining yetuk, mazmundor, maroqli publitsistik naqşlaridir.

Mustaqilligimiz bir yilligi tantanasida madhiya yangrab, hamma örnidan turib ketganda tuyqus közidan tirqirab yoş çiqqanini, köz yoşlarini artmaganini, Vatanni öşa lahzalarda çinakam his etganini eslab yozadi: “Vatan – istiqlolga, istiqbolga eş bir tuyğu ekan. Mening birovga qöşilib kulişim, birovga qöşilib yiğlaşim qiyinroq. Yiğlasam – özim yiğlayman, kulsam – özim kulaman. Xudo bergan feʼl. Özgartirolmadim. Öşa lahzalarda kim quvonçdan kulgan bölsa kulgandir, mening yiğlaganim rost! Har qalay, kulgidan yiği çinroq degan fikrdaman”.

Ha, odam nafaqat kuyganida, balki haddan ziyod quvonganida ham tabassum pardasini közyoşlari yuva boşlaydi. Ayniqsa, bir asrdan ziyod davom etgan umummilliy xörlikka çek qöygan Mustaqillik mujdasi taralgan lahzada bu hissiyot yuz çandon kuçliroq böladi.

“Tilda emas, dilda bölsin”, “Insoniylik mezoni”, “Hokim, holva, ğurur va andişa”, “Işq boşqa, havas boşqa”, “Mantiq lozim, meʼyor lozim” maqolalarida mustaqillikning ilk yillarida duç kelingan muammo va qiyinçiliklar, Prezidentimiz, hukumatimizning maşaqqatlarni yengiş yölidagi saʼy-harakatlari, moddiyat bilan maʼnaviyat, qorin töqligi va köngil töqligi mutanosibligi, şaʼn, ğurur, insoniylik, mehr-oqibat, axloq masalalari, mol-mulkka, hoyu havasga hirs qöyib özidan ketgan boyvaççalar, xolis va şifobaxş, ğarazli va barbod qiluvçi tanqid va şu kabi muammolar dadil örtaga qöyiladi, öjar dalil va misollar keltiriladi. Bir misol. Töy-haşamlarda ortiqça dabdaba, isrofgarçilik, özini körsatişga, qoyil qoldirişga moyillik, odamlar vaqti, holati bilan hisoblaşmaslik haqida köp gapirildi, yozildi, hali yana aytilajak, yozilajak. Har qalay, nahor oşlarini soat yettidan oldin ötkazmaslik, bazmlar vaqtini çeklaş lozimligi borasidagi çiqişlarning foydasi böldi, jumladan, bunda Erkin Aʼzamning “Mantiq lozim, meʼyor lozim” maqolasi ham muayyan hissa qöşdi, deb öylaymiz.

“Tafakkur” jurnaliga peşlavha sifatida yozilgan qirqdan ortiq fiqralari hajman qisqa (bir bet atrofida) bölsa-da, har birida dolzarb muammoga jiddiy yondaşilgani bilan eʼtiborga loyiq. Muallif fiqralarida bir mavzu, bir-ikki misol bilan çeklanadi, aslida mölroq misol keltirişi, köproq fikr bildirişi mumkin edi, lekin öquvçini, sizu bizni ijodiy hamkorlikka, tahlilni davom ettirişga, jamoatçilik fikrini qözğotişga taklif etganday böladiki, közlagan asl muddao ham şu edi, nazarimizda. Munosabat, daʼvat, baho antiqa, ğaroyib topildiq – sarlavha, işoraning özidan boşlanadi: “Zarçapon”, “Andişasiz andişalar”, “Adabiyot “öz öziga xizmat”mi?”, “Öxşaydi, öxşaydi, öxşaydi”. Jumboqnamo tuyilgan baʼzi sarlavhalar maʼnosi matn öqilgandan keyin anglaşiladi.

“Hoziriylar”. Şunday söz bor ekanmi? Bölmasa – bölar. Luğatga kirmagan gap köp-ku. Faqat ötayotgan kunning, hozirning bandalari, yöq, bandilarini “hoziriy” demay nima deysiz? Kiçik fiqrada katta masala kötariladi: “Bugunni körib tursang-çi, ertaga bir gap bölar” naqliga amal qilib, ertani, oqibatni, oxiratni paqqos unutib, yakkaş şu kun, şu damni deb, daqiqaning quli bölib qolayotganlar, şubhali yöllar bilan mol-mulk orttirib, bir dumalab boy bölib, oxirida sinib ahvoli voy bölayotganlar taqdiri qalamga olinadi. “Gar-garçilik” fiqrasi loygarçilik, isrofgarçilik, arzongarçilik, hiylagarçilik, soxtagarçilik, yasamagarçilik­lar haqida. Baʼzilariga izoh ham beriladi, masalan, arzongarçilikka: yozmasdan turib kitob çiqariş, çala-çulpa tajriba orttirib kinofilm yaratiş, ovoz-povoz bölmasa-da “yulduz”likka daʼvogarlik… “Namkaşlik” adabiyotda kim haqdadir nimadir de­­yilsa, darhol öziga olib, nam tortib, qarşi çora qöllaş payida bölguvçilar, “Zar yamoqlar” töy-pöylarga borib yuradigan, lekin reklama orqali özini maşhur qilib körsatişga intiladigan ommabop, hammabop yallaçi kimsalar, jaydari yulduzlardan bahs etadi.

Şunday antiqa, ohori tökilmagan mavzu, muammoga işora qiluvçi fiqralar jamlangan katta bölimga qöyilgan “Şap-şap degunça…” sarlavhasini, rost gap, hazm qilişim qiyin böldi. Yurt, odamlar taqdiriga daxldor jiddiy, hayotiy masalalar qalamga olingan bölimga vazminroq, siporoq nom tanlansa bölarmidi… Sarlavha asar darvozasi ekanligini muallif hammadan ham köra yaxşiroq biladi.

Kitobning “Yöl-yölakay” (adabiy qaydlar), “Yondoş­lar, zamondoşlar” (portret va xotiralar), “Menimça…Menimça…” (suhbatlar) bölimlaridan joy olgan turfa bitiklar Erkin Aʼzamning tajribali jurnalist, ötkir publitsist, bilimdon kinoşunos, nuktadon munaqqidligidan dalolat berib turibdi. Töğri, muallif asosiy maşğuloti adiblik ekanini, boşqa iş qölidan kelmasligini, maqolanavislik bilan jiddiy şuğullanmaganini, kino sanoatiga şunçaki, ssenarist sifatidagina yaqinligini eslatib tursa-da (kamoli kamtarinligidan, albatta – S.U.), fiqra, maqola, oçerk, esse, suhbatlari buning inkoridir. Jurnalistlikka öqigan, umr böyi, özi aytganiday, “röznomaxör” bölib, naşriyotu tahririyatlarda işlab, katta-kiçik, yaxşi-­yomon qölyozmalarni tahrirdan, tahlildan ötkazib kelayotgan bölsa, xizmati, vijdoni zamon dardiga aylangan masalalarga tezkor munosabat bildirişni taqozo etsa, qanday qilib bu soha bilan jiddiy şuğullanmasin. “Erkinlikning şarti”, “Demokratiya nadir?”, “Tilda emas, dilda bölsin”, “Tanqiddan munça qörqamiz?”, “Bir arbobga savollar”, “Tarqoq dard”, “Qaçon özbekça gapiramiz?”, “Bilib gapirganga nima yetsin”, “Ozod, mustaqil vatandan uluğ asar yöq”, “Axborot qirolligida”, “Aldangan avlodning andişalari” kabi maqola, suhbatlarida matbuot qozonida qaynab kelayotgan ijodkorning uşbu soha holati, muammolari, oğriqli nuqtalaridan yaxşi xabardorligi körinib turibdi.

“Töymas” afsus-nadomat bilan keskin yozilgan, qon bosimi baland maqola. Çet eldan köp pul bilan kelgan bir banda bir neça kvartira sotib olgani, zör joylar qilib, qöşa-qöşa imoratlar qurgani, bir zum tinim bilmagani, lekin odamga öxşab bemalol, bahuzur yaşamagani, bir keçada ajal olib ketgani, bu umrdan savollar qolganini taassuf bilan yozadi: “Ölibgina ketar ekansan, şunça dahmaza kimga kerak edi? Odamzod bir burda non bilan ham töyadi-ku! Yaşayman deganga odmiroq bir boşpana ham kifoya qiladi-ku!”. Muallif köplar kuzatgan bunday misollar, könglidan keçgan fikrlar, tuğilgan savollarga şunday javob beradi: “Köz töymaydi, köz! Bitta hovlim ikkita bölsin deydi, ikkita maşinasi törtta bölişini xohlaydi”. Publitsist “boşqalar ölsa ölar, men hali-veri ölmasligim kerak deb öylaydigan, muqarrar ajal bilan şartnoma tuzmoqçi bölgan” nafs bandalari fojiasiga töxtalib, bunday noxuş holatlarga zamon bergan erkinlikni birgina nafs erkinligi deb biliş sabab bölyapti, deb öquvçini huşyorlikka çaqiradi.

Erkin Aʼzam qisqa yozişga intilişi, sergaplikka – “söz bötqasi”ga tobi yöqligi, fikrni önta gapdan köra bitta jumlada ifodalaşga harakat qilişini bot-bot taʼkidlab turadiki, fiqralari, ixçam maqolalari buning dalili. Kitobning “Menimça… Menimça…” bölimidagi suhbatlarning bir qançasi “uningça…uningça”ning savollari, mulohazalari hisobiga ança keng çiqqan, lekin qiziqib öqiladi, hatto yana davom etişini xohlab qolasiz. Intervyu, suhbat qöş muallif, qöş masʼuliyat mahsuli. “Intervyu olding, özing nima berding?” savoli bejiz emas. Köp narsa jurnalistning biloğonligi, topoğonligi, respondentni qiziqtira bilişi, dilidagilarini suğurib olişiga boğliq. “Aldangan avlodning andişalari”, “Dunyoning özi şunday – savol”, “Özingizga işoning, boşqasi bekor”, “Qalamdan boşqa qurolim yöq”, “Qalbi bedor qahramonlar”, “Jaydari sözlarimdan xijolatda emasman”, “Yozuvçining qismati, Nobel mukofoti va boy berilgan fursat haqida” va boşqa suhbatlar bir qadar uzoq va maroqli keçganiga sarlavhalari ham işora qilib turibdi.

Adabiyotşunoslik, sanʼatşunoslikka aloqasiz, tanqidçilik bilan şuğullanmaydigan yozuvçi yöq hisobi, kimdir köproq, kimdir kamroq deganday. Erkin Aʼzam bu sohalarga daʼvo qilmagan holda, mazmundor maqola, taqriz, portret, xotiralar bitadi, maroqli suhbatlar beradi. Hikoya-qissalar yoza, kitoblar çiqara, qölyozmalarni tahrir qila boşlagan kezlaridanoq janrlar tabiatiga oid tadqiqotlarni öqib boriş bilan birga, özi ham ança-munça narsalar yozib qöygan ekan. Adabiy janrlar xususida yozgan maqolalari, özi kamtarona etyud deb hisoblasa-da, qiziqib öqiladi. Hajman sanjobligi, ifoda kölami, qahramonlar doirasining çeklanganligi, tasvir, bayonning siqiqligi, löndaligi, yozmoq uçun insoniy did va isteʼdod kerakligi hikoyaga; bir yoki bir neça qahramonning muayyan bir hayotiy muammo atrofida boşidan ötgan voqealar silsilasi qissaga; söz, harakat, ehtiroslar birligi sahna asarlariga; laxtak-laxtak yaxlit manzara, montaj esa kinoga xos asosiy xususiyatlar ekanligi aytiladi, misollar keltiriladi. “Ildizidan uzilmay…” maqolasida (1985) öşa kezlarda yoş yozuvçi hisoblangan teng­qurlarining jahon adabiyoti ilğor anʼanalaridan ijodiy foydalanayotganini maʼqullagan holda, boy milliy merosimiz, ustozlar tajribasiga mahkam suyanib iş körişayotganini taʼkidlaydi, Toğaydagi şoirona ruh, xalq dostonlariga xos baxşiyona ohang­lar, Xayriddindagi tiyran hayajonga töliq insoniy dard tasviri, özbaki lafz jarangi, Murodga xos yaxşi maʼnodagi uslubiy beboşlik, göl-muğombirona qoçiriqlarni dalil sifatida  keltiradi. Öşa kezlarda yozilgan boşqa maqolasida asarda maqsad maʼlum bir nuqtaga yönaltirilişi, suratkaş ham köpçilikni suratga olganda uskuna­sini hammaga baravar emas, markazda turganlarga qarab töğrilaşi, bunda, tabiiyki, kimlardir suratda xiraroq çiqişi mumkinligini qayd etadi. Adib tanqidçilarni bamisoli bir boğbon, muayyan badiiy asarning duogöyi, tarğibotçisi, botiniy maʼnolarni kaşf etuvçi, kitobxonga, muallifning öziga-da şarhlab beruvçi zukko bir çaroğbon, sinçi, ilhom parisi deya ardoqlaşi bunday xolis maqtovlarni kam eşitadigan soha mutaxassislariga xuş yoqsa, ne ajab. Şuhrat Rizayevning “Iztirob sanʼati” kitobiga, Muhammad Şarifning ilk töplami “Tolköprik”ka iliq taqrizlar bağişlagani fikrimiz dalilidir.

Erkin Aʼzam portret, esse, xotiralar yozişning havosini olganlardan. Yigirmadan ortiq yondoşlari, zamondoşlari haqida mehr-ixlos bilan bitgan inşolari kitobidan joy olgan. Yöl-yölakay bir-ikki çizgi, detal bilan taʼrif-tavsif etilgan ijodkorlar esa ança. Adib özi yaxşi bilgan, vaqtida suhbatlarini köp olgan, işlab, hamkorlik qilib xöp sinagan, eʼtiqod qöygan insonlar haqida mehr bilan qalam surgan. Baʼzilari (masalan, Abdulla Qahhor, Ozod Şarafiddinov, Şukur Xolmirzayev)ga bir emas, ikki, uç publitsistik qasida bağişlaydi. Portretlarning sarlavhasiyoq kimga bağişlanganiga işora qilib turadi.

Erkin Aʼzam badiiyati singari publitsistikasining ham sir-sinoati, ohanrabosi, jozibadorligi köp, şulardan biri va, eng asosiysi, boy tilida, maftunkor sözida, soz uslubida. Adib nomiga yaraşiq erkin, xalqona, özbekona yozadi, dilida bori tiliga çiqadi, çiroyli, yaltiroq iboralar qidirmaydi, yurakka yetib boradigan taʼsirli sözlar topadi. Muallifning qatʼiy imon-işonçiça, har qanday vazminlikni adabiy mohirlik bilan ifoda etiş, qalovini topib qorni yondiriş mumkin. Kuyinçak adib til, uslub masalalariga doimo eʼtibor berib keladi: “Kamroq yoziş yölini axtarayapman… Yoziş sanʼat bölgani kabi sukut saqlaş, jim turiş ham bir sanʼat. Bemavrid oğiz juftlayveriş obrö keltirmaydi”. “Yana ğaşga tegadigan olmoş bor – öz… U öz xotiniga qaradi…” (1996). “Adabiy matn bir qaynovda tayyor böladigan qiyom emas” (2012). Adib söz bilan sözlaşişni, ayrim kalomlarning özbekça muqobilini topişni xuş köradi, “mentalitet” örnida “zehniyat”, “pragmatik” örniga “naqdparast”ni işlatadi. Bunday misollar köp.

Aziz öquvçi, bamisoli gid singari men sizni “Ertalabki xayollar” kitobi sahifalariga sayohatga çorlamoqçi, adib publitsistikasidagi eʼtiborimni tortgan örinlar va özimning ayrim mulohazalarim bilan taniştirmoqçi, töplamni öqişga rağbat uyğotmoqçi böldim. Yaxşisi, kitobni özingiz mutolaa qiling, zavq oling, fikr yuriting.

Saydi UMIROV,

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi

1938-yili tuğilgan. Samarqand davlat universitetining filologiya fakultetini tamomlagan.

“Milliy adabiyotlar rivojida tanqidçilikning roli”, “Sanʼatning sehrli kaliti”, “Daʼvatkor söz”, “Sollanib oqayotgan daryo”, “Dorilfununlar taqdirimda”, “Tolibnoma”, “Ziyobaxş umr sahifalari” (keyingi ikkisi hammualliflikda), “Maʼnaviyat mulkiga sayohat” kitobi çop etilgan.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (195)