Bu galgi luğatimiz Xorazm viloyati şevasi asosida tuzildi. Yoqtu Xorazm şevasida uşbu söz “yoruğ” maʼnosini ifodalaydi. Mumtoz adabiyot namunalarida ham undan keng foydalanilgan. Masalan: Iki yoqtu guhar olamga bergan, Muhabbat ganjini odamğa bergan. (“Muhabbatnoma”dan). Diğiriq Uşbu söz vohaning asosan Urganç, Xiva, Xonqa tumanlarida “tor köça”, “jin köça”, “boşi berk köça” maʼnolarida keladi. Masalan: “Diğiriqdan u yoğiga yöl yöq edi”. Xaraz Bu söz “tegirmon” maʼnosida qöllanilib, vohaning barça tumanlari uçun xarakterlidir. Masalan: “Otanazar kun peşinlab un torttirgani xarazga ketdi”. Seça Asosan öğuz şevasiga xos bölib, “çumçuq” maʼnosida keladi. Vohaning Urganç, Xonqa, Xiva, Yangiariq, Qöşköpir tumanlarida bu söz keng qöllaniladi. Masalan: “Bola qöliga toş olib ulgurmay, şoxdagi seçalar pir etib uçib ketdi”. Uçak Vohada bu söz “tom” maʼnosida qöllaniladi. Gurlan, Yangibozor tumanlarida esa uning muqobili sifatida “tambaş” sözidan foydalaniladi. Masalan: “Dovul oğa somon taşlaş uçun uçakka çiqdi”. Qarinja Xorazm vohasida hozir ham qöllanib kelinadigan bu söz “çumoli” maʼnosini ifodalaydi. Masalan: “U qölida örmalab ketayotgan qarinjani puflab taşladi”. Rabğuziyda “qarinja” – “qarinçqa” tarzida uçraydi: “Qarinçqalarning uluği oqsoq erdi”. (“Qisasi Rabğuziy”dan) Akmal JUMAMURODOV tayyorladi.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

