9 daqiqada öqiladi

377 marta körilgan

Ketmon yuzidagi oy. Hikoya

Ketmon yuzidagi oy. Hikoya

Taniqli yozuvçi Aşurali Jörayev qalamiga mansub bölgan va  uşbu sonda eʼtiboringizga havola etilayotgan ikki hikoya uslub jihatidan farq qiladi: “Ğussa” anʼanaviy yöldagi, “Ketmon yuzidagi oy” esa ramziy-timsoliy hikoya. Lekin ikki hikoyaning ham öq tomiri bitta mavzu, ğoyadan suv içgan – yozuvçi şöro davrida insonning, inson bölganda ham, mehnatkaş insonning qadr-qimmati qançalik oyoqosti bölganiga eʼtibor qaratadi.

“Ğussa” hikoyasining qahramoni – Rohila, eri qamalib, jöjabirday bolalari bilan qolgan ayol. Ramaqijon sigiriyu bir neça tovuğiga suyanib qolgan jabrdiyda. Hatto dardini eşitadigan, tasalli beradigan kişi ham yöq: noilojlikdan sigiri va tovuqlariga hasrat qiladi. Asarning ğoyasi, qamrovi ana şu jonivorlarga qilingan hasrat davomida oçib beriladi. “Hovlidagi buğdoy ekilgan joyni buzib, paxta ek!” degan buyruqqa böysinmagani uçun Rohilaning eri qamoqqa tuşgan.  Köz oldimizda Mustaqillikkaça yurtimizda hukm surgan paxta yakkahokimligi tufayli zabun bölgan aybsiz hamyurtlarimizning aççiq qismati gavdalanadi.

Ikkinçi hikoyaning boş qahramoni esa – Ketmon. U yil böyi, keçasiyu kunduzi tinim bilmaydi. Ammo qadrlaşga kelganda, muallif tili bilan aytsak, “hosil töylariga ketmonni taklif qilişni unutib qöyadilar”. Hatto u bir gal ilğor ketmonlarning umumiy yiğilişida minbarga çiqmoqçi bölganida, majlisxonaga yaqin ham yölatişmaydi. Eşikdayoq siltab, irğitib yuborişadi.  Qaytaga, dastasi darz ketgani qoladi.

Bu bitiklarni öqib, yoşi katta öquvçilarimiz tasavvurida ötgan asrning 70-80 yillaridagi sunʼiy dabdabalaru xalqimizga qilingan adolatsizliklar jonlanişi aniq. Ikki hikoyada aks etgan holatlar bilan tanişib, yoş öquvçilarimiz ajablanişi, nahotki şunday bölgan bölsa, deyişi mumkin. Ha, afsuski, bölgan. Şukrki, bugun mutlaqo boşqa davr, özgaça muhitda yaşayapmiz. Ammo bu kunlarning qadriga yetişimiz uçun baʼzan ortimizga bir qayrilib qöyişimiz, keçagi kunlardan saboq çiqarişimiz lozim.   Bu mavzularda bitilgan badiiy asarlar esa  bizni hamişa uyğoqlikka, erkin-hur hayotning qadriga yetişga çorlab turadi.

Tahririyat 

Ketmonning yuziga oyning aksi tuşmay qöydi. Yuzi kiçrayib, xira tortib, zang bosib borayotgan ketmon esa oyni soğingan edi. Oy uning eski dildoşi, darddoşi va uşalib-uşalmagan orzu, armonlari edi. Afsuski, ketmon tuş körmaydi. Boşi band, xotirasi yoğoçga aylangan. Agar u tuş körganda bormi, tuşiga nuqul oy kirardi, tölin oy!.. Va u mazza qilib oy bilan armonlaşardi. Öşanda ketmon yoş edi. Ğayrati jöş urib heç qayerga siğmasdi. Har gal yer bilan uçraşganida uning damidan öt çiqardi. Bu öt tuproqni jizillatardi. Ketmonning olovi yerni yondirmoqçi bölardi.

Yer bunday dami ötkir haroratli ketmonlarni köp körgani uçun ham ularga zarraça parvo qilmas edi. Yerning bağri yerday keng va bepoyon edi.

Ketmonning oy bilan sirlaşgan daqiqalari umrining eng baxtli lahzalari edi. Oy aksi uning kaftday yuzlariga qöngan oydin tunlar lazzatini heç qaçon unutib bölmaydi.

Oy oydan-da gözal, ketmon ketmondan-da haroratli va qudratli edi. Aslida oyning hasrati ham ketmonnikidan aslo kam emasdi. Ular bir-birlariga mahliyo bölib, hatto hasratlaşişni ham unutib qöyardilar. Bunday paytda hasratga balo bormi?..

Endi yer uning jon-jonini suğurib olgan edi. Ne-ne dami ötkir ketmonlar kabi bu şörlik ketmon ham yerning azaliy va ilohiy quvvatiga doş berolmadi. Yer qançalar yumşoq, qançalar metin bölgani bilan baribir yer edi. Abad-azal şu: temirçilar zör berib, yuksak mahorat bilan ketmon yasayveradilar, yer esa ketmonlarning damini asta-sekin pasaytirib, jasoratini söndirib boraveradi. Ming harakat qilgani bilan ketmon oxir-oqibat  holdan toyadi. Holdan qoliş esa azob. Söngra ortiqça buyum singari heç kimga kerak bölmay qoladi. Yoningga yoş va zabardast ketmonlar kelib qöşiladi. Ular ham oxir-oqibatini öylamay, zavq-şavq bilan tunu kun yer çopgani-çopgan… Eh, şunday paytda ketmonning jasoratiga, şijoatiga na taʼrif, na taraf yöq. U ertasini va kelajagini öylamay, yer bilan ğayrati jöşib kuraşgani kuraşgan. Ketmon odam bilan yerni boğlab turuvçi faqat mehnat vositasi emas, balki tiriklik manbayi hisoblanadi. Vositaçilik muşkul vazifa. Avvalo,  ketmonning qanday qöllarga tuşişiga ham boğliq. Agar u haqiqiy mehnatkaş dehqon qöli bilan oşno bölsa, yaʼni öz qölini topsa, bu ketmon uçun bayram, möl-köl xirmon uçun hosil qöşiği yangraydi. Bunday paytda ketmon ketmon bölib yaralganiga şukr qiladi, tinimsiz yer chopadi. Uning tanida ham, yuzida ham armon qolmaydi.

Endi işyoqmas, dangasa qölga tuşgan ketmon armonda ketadi, şaşti sönadi, hamma dardi içida böladi. Egri qöllarga tuşgan ketmon esa faqat begonaning tomorqasi uçun işlaydi, umri sargardonlikda ötadi. Begona egatlarda sandiroqlaydi.

Ketmon egasining yoşi ham bir joyga borib qolgan, endi uning gursillatib, qarsillatib ketmon urişga quvvati kelmasdi. Ketmon uning quvvatini uzum donasini sörganday sörib olgan.

Bir vaqtlar egasining kuç-ğayrat tölib-toshib yotgan bilaklari dastaga tegişi bilan ketmonning bağriga öt tuşardi. Işga bir şönğib ketildimi, tamom, ilhomlangan qöllarning ketmondan, ketmonning pörsildoq yerdan uzilgisi kelmasdi. Tuproq elanib-elanib, titilib-titilib, uşoq-uşoq bölib ketardi.

Yerning ham mehri jöşib, ketmon tuşgan tuproqlar elanib, maydalanib borardi. Ketmon qançalar bağrini tilka-pora qilmasin, yer özini yayrab-yayrab hosilga tayyorlardi. Ketmon yengil-yengil botsa, yer ham yayraydi, yer ham huzur qiladi. Yer köpçiydi. Uruğni uyğotib, uning niş urgan ildiziga bağrini oçadi. Hosil böliqlaşadi.

Ketmon yer bilan uruğning qöşilişiga makon yaratib beradi. Lekin ketmon qançalik kuyib-pişib mehnat qilmasin, hosil qöşiğini eşitiş baxtiga muyassar bölolmaydi. Ketmonning qoq peşonasiga şu körgiliklar yozilgan bölsa, u şörlik nima ham qilsin? Mehnatni ketmon qiladi-yu, uning huzurini öroq köradi. Hatto hosil töylariga ketmonni taklif qilişni unutib qöyadilar. Törda töralar ötiradi. Ketmon uşlamaganlar yo qadah, yo mikrafon uşlaydi. Abjir şoirlar ketmon haqida şeʼr öqiydi. Qöliga ketmon uşlamagan bittasi “Ketmon” degan doston yozibdi.

Ketmon beçora qaçon işlab, qaçon dam olganini bilmaydi.

Qişda ariq-zovurni tozalaydi, şöri yuviladigan dalaning çelini tortadi, söng şör yuvadi.

Bahorda köçat ötqazadi, uruğ ekadi, nihollarni zavq bilan çopiq qiladi.

Yozda mehnat qaynaydi, ketmon qanday yumuşlarni bajarganini eslab sanoğiga yetolmaydi, oftobning tiğida terga botib mehnat qilgani-qilgan. Saratonda sarğayib-sarğayib ketadi ketmon. Oğir-oğir nafas oladi ketmon. Yerning taftidan çuqur-çuqur hansiraydi ketmon. Ketmonni qora ter bosadi. Bu marjon-marjon terdan baʼzan yer ham şörlaydi.

Kuzda hosilni yiğib-terib olişda ketmonning örni, vazifalari borki, buni ketmondan boşqa birorta texnikasi eplolmaydi.

Ketmonning yotoği yil ön ikki oy dala. Bunday ayvon peştoğida yoki sayisxonaning bir qoronği puçmoğida durustroq dam olganini eslolmaydi.

Endi, hamma ketmon ham öz egasidan rozi bölavermaydi. Birovlar xuddi öz farzandiday ketmonni asrab avaylaydi. Toşga, temirga urib olişdan ehtiyot böladi. Agar ketmonning tiği biror qattiq narsaga tegib uçsa yoki jiddiy lat yesa, egasining ham yuragi oğriydi, vujudi azob çekadi. Axir, ketmon mehnat quroli-ku!

Berahm, beşafqat qöllarga tuşgan ketmonning holiga voy! U ketmon bölib yaralganiga ming-ming puşaymonlar yeydi, umri ozor bilan ötadi, alami, dardi özi bilan ketadi. Bunday ketmon tezda safdan çiqadi, uning ketmonlik siyohi qolmaydi. Ketmon öz-özidan holdan toyib, kasallikka yöliqadi, adoyi tamom böladi. Bir kuni egasi işdan qaytgaç, odatdagiday ketmonni hovli etagiga uloqtirdi. Uloqtiriş jarayonida jahl bilan “He, onang­­ni…” deb haqorat qildi. Ketmon onasi bor-yöqligini bilmaydi. Lekin bu haqorat uning temir tanasini zirqiratib yubordi. Axir, eng oğir haqorat onani sökiş-ku! Qaysi kuni dalaga kelgan uç-törtta yöğon kişi ham uning egasini boplab haqorat qildi. Biri qöyib, biri olib, nuqul onadan keldi. Beçora dehqon, şörlik dehqon toş yutganday miq etmasdan, boşini ketmonday egib, mutelarça yerga termulib turdi. Uning alamdan butun vujudi titrayotganini ketmon dastasini tutgan  qöllarining titrayotganidan seziş mumkin. Agar zamoni kötarsa, onangni, degan bu haromxörlarni ketmon bilan tillarini chopardi. Şunda hammayoqni çopilgan tillar bosib ketardi.   

Hikoyamizga qaytaylik. Ketmon ketmonligini unutmasdan oldin eʼzozlangan paytlari ham bölgan.

Uning egasi ança bamaʼni odam. Daladan qayt­gaç, ketmonni hovli etagidagi ariqda erinmay tozalab, qavarib ketgan kaftlari bilan işqalab yuvadi. Kaftlarining qavargan joylari ketmonning qitiğini keltiradi. Bunday iltifotdan ketmon xijolat böladi. Uning qöllari qavarib-qavarib, barmoqlari yorilib-yorilib ketganidan uyaladi. Baʼzan yuvib bölgaç, ketmon dastasini olma şoxiga qistiradi, baʼzan ayvonning burçagiga egib qöyadi. Gohida yuvib bölib, hovli örtasida qoldirib ketadi. Şunda ketmon rosa yayrab hordiq oladi. Ayniqsa, tölin oy ketmon yuzida paydo bölsa quvonadi, oy bilan sirlaşgisi keladi. Lekin uning yuzida oy bilan sirlaşadigan na harorat, na iliqlik bor. Dardlaşay desa, dardi oyga yetib bormaydi. Oyning ham dardi köp, hasrati möl bölsa kerakki, ketmonga yetib kelmaydi.

Ketmon endi ketmon-da, yuziga oy aksi tuşişi bilan mudraydi, mudrab tuş köradi. Tuşida ham mehnat, jon-jahdi bilan berilib yer chopadi. Ketmondan oldin dastasi terlaydi, dastadan oldin qöllar, qöllardan oldin barmoqlardan ter sizib çiqadi. Baʼzan manglaydan, yuzlardan oqayotgan şör, taxir ter ketmon yuziga ham tuşadi. Ketmon tuşida ham terdan tamşanadi, terdan tomoği açişadi. Ming yildirki, ketmondan ter hidi anqiydi. Ming yildirki, ketmondan dala hidi, tuproq hidi keladi.

Bu yil ketmonning öttizinçi bahor dalaga çiqişi. Öttiz yilki bajaradigan yumuşlari aniq. Tinim bilmay yer chopadi, ariq qazadi, nihol ötqazadi, tomorqani çopiq qiladi, loyhandaqni tekislaydi, loy qoradi, zambilni öşa loy bilan töldiradi. Baʼzan esa qöşni görkov uni ijaraga olib turadi. Bunday payt­­da u maʼyus tortadi, töyib-töyib yiğlagisi keladi-yu, lekin yoş oqadigan közlari yöq… Oyoği yöqki, qoçsa, qöli yöqki, talab qilsa, tili yöqki, dardu hasratini aytsa?.. Beçora ketmonga bunday imkon berilmagan. Berilganda ham nuqul mehnatdan gapiraverib quloqlarni qomatga keltirardi. “Şarafli mehnatimiz…”, “Şonli mehnatimiz…” deb tinkani quritardi. Öşanda ham ter tökib, asl mehnat qiladigan ketmon miq etmasdan işlayverardi. Mahmadona ketmonlardan xudo asrasin…

Ketmon qaçon, qaysi ustaxonada toblanib tayyorlanganini bilmaydi. Işlayverib xotirasi ham kesakka aylanib ketgan. Allaqaçon eslaş qobiliyatini yöqotgan. Ketmon şörlikning bilgani dala bilan hovli. Egasi ham qiziq odam: bir gal uni eʼzozlab yelkasiga taşlab yuradi, boşqa safar eşakka minib dastasini taqimiga bosib oladi. Baʼzan daladan qaytişda eşakka ortilgan ötning orasiga qöyib boğlaydi. Şunda ketmon ança ozor çekadi. Bularga çidasa böladi. Lekin baʼzan tinib-tinçimagur egasi tunda tomorqasiga suv qöyadi. Şunda ketmonga rosa alam qiladi-da! Kuni bilan yer çopgani yetmagandek, yarim keçgaça dahana boğlab, dahana oçadi. Keçasi ketmonning oromi buziladi, xayoli tarqaydi, halovati yöqoladi. Oy bilan sirlaşolmaydi.

Şu zayil ketmon eskirib, zang­lab adoyi tamom bölib borardi. Uni yasagan temirçi ustasini bilmasa ham, bozorda bölgan savdoni oz-moz eslaydi. Yaxşi işlangani, yuzlari keng-möl, ança yengil bölgani uçun ham tez sotilgan edi. Egasi uni xurjunga solib olib kelgan. Söng toldan qilingan dastani teşigidan, yaʼni zöğatadan zör berib ötkazganini biladi. Hatto dastani yorib kiçik pona ham urgandi. Dasta ğirvon bilan jipslaşib ketdi. Söngra bir keça suvga solib qöygandi. Dasta özidan-özi şişib, zöğataga çippa yopişdi. Şu yopişgunça qimir etmaydi.

Tong saharda dalaga çiqib ketgani, dalaga muhabbat qöygani… Şu-şu, dala bilan boğlanib, yer bilan oşno tutindi. U bir safar ilğor ketmonlarning umumiy yiğilişida minbarga çiqmoqçi bölib rosa harakat qildi. Lekin uni majlisxonaga yaqin ham yölatişmadi. Eşikdayoq siltab-siltab irğitib yuborişdi. Öşanda dastasi qarsillab yerga tegib, biroz darz ketgandi. Şu-şu, qaytib majlisga bormaydigan böldi. Keyinçalik gilos daraxtidan  qilingan dasta örnatişdi. Zanglamasligi uçun tez-tez ot yoği surişardi. Ke­­yinçalik otlar ozib ketib, yoğ bermay qöydi. Ketmondan har urganda duvullab zang tökiladigan bölib qoldi.

Hademay handaq yoki axlat öraga taşlab yuboriladigan ketmonning bir armoni bor: ketmonlar qaçon öz mehnatining huzurini köradi. Qaçon?

… Ketmon yaroqsiz holga kelib qolgaç, uni temir-tersakka topşirib yuborişdan oldin egasi yangi ketmon xarid qildi. Lekin yangi ketmon eskisiga parvo ham qilmadi, qayrilib qaramadi ham.

Yap-yangi ketmon dalaga talpinadi, tezroq yer bilan diydorlaşgisi, diydorlaşib muhabbat izhor qilgisi keladi. Yangi ketmon ham oy bilan sirlaşişga taşna. Oyning oyday aksi uning yuziga tuşişini istaydi. Yer bilan boşlanadigan ötli işq oldidan ketmonga pirlari hazrati Dovud alayhissalom madad bersinlar. Ötgan barça katta-kiçik ketmonlarning dami qöllasin.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (258)

Suv. Hikoya

– Öz oyoği bilan jildirabgina kelmagan suv suvlik qiladimi?! Ketaman bu Cahroyi kabirdan… ketama-an-n! Dilşod şunday deya örnidan sapçib turdi-yu, derazadan taşqariga termildi. U avval hovlisidagi qovjirab qolgan…

“Eynşteyn jumboği”

Dekabrning asov şamoli tun bağrida özini har yonga urib, böriday uvillaydi. Uylar ham sovuqdan junjikkanday bağridagi çiroqlarini öçirib, şamolga jör bölib, qoranği tun vajohatini yanada orttiradi. Biroq şu imoratlar…

Uluğbek Hamdam. Yöl (falsafiy roman

Men bir ojiz tomçiman, ammo yuragimda ummon soğinçi yaşaydi. Mavlono Rumiy TUŞDAN OLDINGI VOQEA Ovoz keldi! Ovo-o-oz!.. Eşityapsizmi, ğoyibdan bir ovoz keldi! Dunyolarni töldirib emas, yöq, balki yöl kabi uzun, yöl kabi…