Jak Iv Kusto hikmatlaridan
Imkonsiz tuyulgan işlarni uddalaşni muvaffaqiyat deyiş mumkin.
Agar mantiqqa boğlanib qolganimizda, kelajak bizga afsus-nadomatlar olib kelardi. Mantiqdan muhimroq narsalar bor. Biz odamlarmiz. Eʼtiqod va umidga egamiz, mehnat qila olamiz.
Birinçi qadamni taşlaşga qiziquvçanlik turtki beradi, uning ortidan esa ilm ergaşadi.
Haqiqiy boylik – hayotning özi va qizğin faoliyatdir.
Suvda yoki quruqlikda bajarayotgan amallarimizning qadr-qiymati boylikka intiliş bilan emas, insonga hurmat körsatiş bilan baholanişi kerak. Dengiz ustida ham, tubida ham asosiy taşvişimiz insoniyatning kelajagi bölişi zarur.
Bolalik – umrning eng mazmunli davri.
Baliqning xatti-harakatlarini kuzatişning eng yaxşi yöli – baliq böliş.
Girdob va hayot bir narsa ekanini unutib qöydik.
Yer inson qölidan butun tarixiga nisbatan XX asrda köproq aziyat çekdi.
Odam ahmoqlik qilişni istaganidagina aqlidan foydalana boşlaydi.
Dengiz – odamzotning yagona ilinji. Bu fikr har doimgidan köra bugun öz tasdiğini topyapti – çunki barçamiz bitta qayiqdamiz.
Men bir safar okean kasal, lekin heç qaçon ölim töşagida bölmagan, degan edim. Okeanda ölik joy yöq – unda hamişa hayot hukmron. Lekin u yildan yilga kuçsizlanib boryapti.
Agar tanlagan yölimizdan ketaversak, bizni oçközlik adoyi tamom qiladi. Yönalişni özgartira olmasak, tez orada Yer yuzidan yöqolamiz, örnimizni qurt-qumursqalar egallaydi.
Qançalik keng bölmasin, biror-bir akvarium, biror-bir sunʼiy suv havzasi dengizdagi tabiiy şaroitni yarata olmaydi.
Orif Tolib
tarjimasi
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


