Alla
Xalq orasida “alla” sözi “Alloh” ismidan, gödak quloğiga “Alloh” ismini singdiriş uçun şunday aytilgan, degan qaraş bor. Ammo Şavkat Rahmatullayevning “Özbek tilining etimologik luğati”da “alla”ga şunday izoh berilgan: “Bu ot qadimgi turkiy tildagi “tinçlaniş” maʼnosini bildirgan ala (ala-ala) undov sözidan ösib çiqqan (Devon I, 118); özbek tilida “a” unlilari “ä” unlilariga almaşgan, “l” undoşi qatlangan: ala-ala › alla › ällä” (Rahmatullayev Ş. ÖTEL. T.: “Universitet”, I t. 2000. 28-bet).
Çindan ham, “Devonu luğotit-turk”da “ala” sözi bor va şunday izohlangan: “لااَ ala – sekin, şoşilmay; لااَ لااَ ala-ala deydilar. Sekin-sekin, asta-asta. Bu sözga “k”, “l” qöşib ola kel ham deyiladi” (DLT.T.:1960.I.118-bet). Uşbu izohdan anglaşiladiki, “ala” sözi biror iş-harakatni sekinlaştiriş, aytaylik, şoşayotgan, ğazablanayotgan odamga nisbatan tinçlantiriş maqsadida aytilgan bölişi mumkin. Ammo uxlayotgan bolaga “ala-ala”, yaʼni “sekin-sekin” deyiş ğalizroq tuyuladi.
“Devon”da Koşğariy “alla” maʼnosida boşqa bir sözni keltiradi: وُلبَ balu-balu – onalar bolasini beşikda uxlatiş uçun qöllaydigan alla örnidagi söz” (DLT.T.:1963.III.251-bet). Agar “alla” turkiy etimologiyaga ega bölsa, aynan ana şu “balu-balu”dan keyinçalik alu-alu › alla-alla şakllariga ötgan bölişi ehtimoli köproq. Qolaversa, tatarlarning beşik jirida hozir ham mavjud bölgan “elli-belli, beu-beu, bellu-beu” kabi aytimlar – “balu-balu”dan “alla-alla”ga ötiş bosqiçini ifoda etişi mumkin.
“Balu-balu” ruslarning “bayu-bay”siga ham öxşab ketadi. Bu sözdan rus tilida “(u)bayukat”, yaʼni “alla aytiş” feʼli ham yasalgan. Maks Fasmerning “Etimologiçeskiy slovar russkogo yazika” luğatida “bayu” va “(u)bayukat” sözlariga berilgan izoh, bizningça, qoniqarli emas. Xususan, M.Fasmer mazkur sözlarni bir örinda “gapiriş” maʼnosidagi slavyança “bayat” feʼlidan desa, boşqa örinda turkiy “bay” (“boy”) bilan aloqador degan fikr bildirgan. Aslida, rusça “bayu bayuşki bayu” köproq rus kazaklariga tegişli beşik aytimidir. Maʼlumki, “kazak” ismining özi turkiy söz, “Boburnoma”da ham “qazaq” sözini köp uçratamiz, şuningdek, kazaklar orqali rus tiliga “ataman”, “yesaul” (“yasovul”), “koş”, “kuren” (“köç”, “köron”), “dombra” (“dömbira”) kabi yuzlab turkiy sözlar ötganligi maʼlum. Ehtimol, M.Fasmer “Devonu luğotit-turk”dagi “balu-balu”dan xabardor bölmagandir. Ammo “Devon”dagi uşbu söz va tatar aytimlaridagi: “elli-belli, beu-beu, bellu-beu” şakllari rusça “bayu-bay”ning turkiy özakka egaligi ehtimolini kuçaytiradi. Baʼzan bir tilda yöqotilgan söz boşqa tilda yaşab qoladi. Aytaylik, “kirpiç”(“kirpiç”), “ötүk” (“utyug”), “avya” (“ayva”) kabi köplab turkiy sözlar hozir ham rus tilida yaşab kelmoqda va “balu-balu” (“bayu-bayu”) ham, öylaymizki, şunday sözlar sirasiga kiradi.
“Alla” kalimasini aytiş bizda qaçondan urf bölganligi maʼlum emas, ammo turli xalqlarda uning turliça qöllanişiga köra hududlarga ajratiş mumkin. Aytaylik, Özbekiston va Tojikiston xalqlari örtasida aytiladigan alla (“allayo-alla, alla, bolam (baçam), alla”) deyarli bir xil (faqat Tojikistonning baʼzi hududlarida “lalayik” şakli mavjud), ammo turkmançada “alla” sözi ortidan “hu” tovuşining ham eşitilişi (“alla hu alla”) bizga “Alloh” ismini ham eslatadi. Umuman, turkiy xalqlarda onalar allani har doim ham söz bilan aytişmagan, balki köpinça allalar “hayya-huv, hiy-uv, hu-viy” kabi tovuşlar iştirokidagi musiqadan iborat bölgan. Turkmança “hu” ham şunday tovuş bölişi mumkin. Ayniqsa, boşqirdlarning beşik jirida bu tovuşlar yaqqol közga taşlanadi: “elli (h)u, elli(h)u vuuv, veliyi-veleyi vay, eveyii-eveyii vey”.
Ammo Afğoniston xalqlari, xususan, puştunlarning allasida ham “alla hu alla” sözlari takrorlanadi va “Alloh” ismiga yana ham yaqinroq talaffuz etiladi. Demak, Afğoniston, Turkmaniston hududlarini, şartli ravişda, “alla hu” hududi deb belgilaşimiz mumkin.
Qozoq va qirğizlardagi “aldi-ay, aldi” – özbekça “allayo alla”ning qozoq va qirğiz tillariga moslab qabul qilingan şakli ekanligi anglaşiladi. Aytaylik, “mulla” sözi ham qirğiz va qozoq tillariga “moldo” şaklida, ikkinçi “l” tovuşi “d”ga aylantirib qabul qilingan.
Ozarboyjonlar esa allani – “layla” deyişadi va “alla” örnida “layi-lay” deb kuylanadi, bunda eronça alla – “la-layi” taʼsiri seziladi, demak, Eron va Ozarboyjonni bir alla hududiga mansub deyiş mumkin.
Ammo turk “gödak allalari” (“bebek ninnilari”) farqli körinişga ega. Turklarda çaqaloq tilidan olingan söz – ninni – “alla” maʼnosini bildiradi, “dandini dandini danali bebek”, deb boşlanadigan turkça asosiy alla qöşiğidagi “dandini” esa fransuzça: “tebratmoq, qönğiroqni ipidan tortib harakatga keltirmoq, dangillatmoq” maʼnosidagi “dandiner” sözining turkçaga özlaşgan şaklidir. Bu esa turkça “dandini” qöşiği keyinçalik paydo bölganligidan darak beradi.
Arablarning anʼanaviy allasi: “yalla binam”, yaʼni “qani, uxla” sözlari bilan boşlanadi. Ammo undagi “yalla” sözi arabça “yo Alloh” iborasidanmi yoki “keça”, “keç böldi” maʼnosida arabça “layl” sözidan yasalganmi, bu bizga qoronğu.
Bizningça, “alla” sözi islomdan keyin paydo bölgan va “Alloh” ismi zikri bilan aloqador, degan fikr haqiqatga yaqinroq. Maʼlumki, ötmişda bolalar ölimi nihoyatda köp bölgan, şu bois farzandi soğliğini Allohdan tilagan onalar tilida “Alloh” zikri qöşiqqa aylangan bölişi mumkin. Şuningdek, “alla”ning forsça “lala”ga ham öxşaşligi, baʼzi ovröpo tillari, xususan, ingliz tilida “lalabay” (“lullaby”) deyilişi, barça holatlarda “l” tovuşining iştiroki va takrorlanib kelişi, ular qadimiy bir arxetipga borib taqalişi mumkin, degan farazga ham olib keladi.
Xullas, tilimizdagi “alla” sözining kelib çiqişida yuqorida keltirilgan dalillarning birortasi yoki hammasining qisman taʼsiri bölişi mumkin. Nima bölişidan qatʼiy nazar, xalq oğzaki ijodining bu turi juda qadim zamonlardan mavjud bölgan va bizgaça yetib kelgan eng birinçi alla – bu bundan tört ming yil avval sopolga mixxat etib öyilgan şumerlarning allasidir.
Oğa
“Oğa-ini”, “aka-uka” – maʼnodoş sözlar, yaʼni “aka” örnida baʼzan “oğa”, “uka” örnida “ini” deymiz. Tilimizda bu kabi sinonim sözlarning köpligi uning boyligini bildiradi. “Oğa” va “ini”ning qöşilgan şakli –“oğayni” (oğa+ini) esa – “birodar”, “aka-ukaday qadrdon” degan maʼnoga ega.
Ammo qadim yozuvlarda “aka” yoki “oğa” örnida “AQA” söziga duç kelamiz. Mutaxassislarga köra, “oğa” ham, “aka” ham ana şu qadimgi “AQA” ga borib taqaladi. Mana, XIV asr yodgorligi “Öğuznoma”dan bir misol: “Andin söng erta bölupta AQAlarni, INIlarni çarlap kelturdi” (Undan söng, tong otgaç, akalarni va inilarni çorlab keltirdi). Yoki XIII asrga oid uyğurça hujjatdan misol: “Men, Titsu, AQAM Arçuq bila aytiship…” (Men, Titsu, AKAM Arçuq bilan maslahatlaşib…).
“AQA”ning barça turkiy til va lahjalarga moslaşgan şakllari bor (akka, aqğa, äkä, ağa, aqqi, aqi va hk ), şuningdek, bu söz möğul, tungus-manjur tillariga ham özlaşgan, bu esa uning juda qadimiy özakka borib taqalişidan darak beradi. Mutaxassislarga köra, bu sözning eng qadimgi oltoy tillaridagi şakli – “AQQA” bölgan (qq → ğ), “aq-” özagi qadimda “katta bölmoq” maʼnosini ham bildirgan, deb taxmin qilinadi (ESTYa. I. 122).
XIII asr obidasi “Möğullarning sirli tarixi”da ham “aqa” söziga köp duç kelamiz, xususan, asarning 183-paragrafida Çingizxonning ukasi Qasar şunday deydi: “AQAMning izini (qorasini) butkul yöqotdim” (“AQA-yan qaraǰu qaraʼa їnu ǰabqaba”). Bu sözning hozirgi möğul tilidagi körinişi esa – “ax”dir.
“Oğa” va “ini” fors tillariga ham ötgan. Baʼzi mutaxassislar ularni fors tiliga özlaşgan turkiy sözlar, baʼzilar esa möğulça sözlar sirasiga kiritgan. Umuman, “aqa” sözi turkiy yozma yodgorliklarida XIII asrdan boşlab uçraydi. Şu bois olmoniyalik olim G.Dyorfer “aqa” sözi möğullar zamonida möğul tillaridan turkiy tillarga özlaşgan bölişi mumkin, degan fikr bildirgan.
Bizningça, “oğa-ini” möğulça degan qaraş töğri emas, çunki “oğa-ini” – “katta-kiçik” singari egizak sözlar, yaʼni biri ikkinçisini taqozo etadi. Agar “oğa” (“aqa”) möğulça bölsa, “ini” ham möğulça bölişi kerak. Ammo “ini” sözi etimologiyasini möğul tillaridan çiqariş qiyin. Qolaversa, XI asr obidasi –“Devonu luğotit-turk”da Koşğariy bobomiz “ini”ni turkiy söz sifatida darj etib ketgan. Xususan, “Devon”ning I tomida bu söz şunday izohlangan: “ini – ini, kiçik birodar, uka” (DLT. T.1960.119).
“Etimologiçeskiy slovar tyurkskix yazikov” luğatida “ini” qadimgi turkiydagi “tuğ(il)moq” maʼnosidagi “in” özagidan hosil bölgan, degan fikrga köproq moyillik bildirilgan (ESTYa. I.362). Biz esa uşbu örinda “in”ning – “quyi tuşmoq” (“inmoq”) maʼnosini “ini” sözining özagi sifatida tadqiq etib körmoqçimiz.
“Devonu luğotit-turk”ning III tomida: “in – quyilik” deb izohlangan (DLT. III.T.1963.9). Yana “Devon”dan misol: “tağdїn inildi – toğdan quyi tuşildi”(DLT.II.T.1961.149). Yaʼni, “ini” (uka) va “in” (quyi) ham şakl, ham semantik jihatdan yaqin.
Modomiki, “ini” – “quyi” maʼnosidagi “in”dan hosil bölgan, desak, “oğa” (“aqa”) mantiqan “in”ga zid, yaʼni antonim bölgan özakdan yasalgan bölişi kerak. Hozirgi tilimizda “inmoq”ning ziddi – “kötarilmoq” (toğdan iniş-toqqa kötariliş). Ammo qadimgi turkiyda “kötarilmoq” feʼli örnida “a:ğmaq” feʼli işlatilgan. Xususan, “Devonu luğotit-turk”da “a:ğmaq” feʼliga şunday izoh beriladi: “a:ğdi – çiqdi, kötarildi: ol tağqa a:ğdi – u toqqa kötarildi” (DLT.1960.I.184). Demak, qadimda “in” özagi “quyi” bölsa, “a:ğ” özagi – “yuqori” maʼnosini bildirgan. Yusuf Xos Hojibning “Qutadğu bilig” asarida ham bu sözlarga köp duç kelamiz. Xususan, bir örinda şunday deyiladi:
“Ağişqa iniş-ul әðizkә batiğ”, –
Maʼnosi: “Kötarilişning inişi (bor), balandlikning pastligi” (QB.T.1971.214).
“A:ğ” özagidan yasalgan yana bir söz – “ağїr”– “hurmatlaş, uluğ, qimmatbaho” kabi maʼnolarni bildirgan. “Qutadğu bilig”dan bir misol: “Sөzi birlә yangluq AĞЇR qildi өz”, – maʼnosi: “Sözi bilan inson özini ULUĞ qildi” (QB.T.1971.92). Yoki mazkur asarning boşqa örnida: “AĞЇRLADI hajib orun berdi tөr”, – yaʼni, “Hojib (uni) HURMATLADI va tördan örin berdi”, – deyiladi (QB.T.1971.142). “Ağїrlїq – hurmatlilik” (DLT.I.137), “ağїrlїğ er – hurmatli, sevimli kişi” (DLT.I.163). Xullas, qadimgi “a:ğ” arxetipi – hurmatlilik, balandlik, yuksaklik, uluğlik kabi maʼnolarni qamrab olgan. Hozir ham “oğir” sözini – “bosiq, vazmin, sipo” maʼnolarida qöllaymiz.
Bizningça, “Etimologiçeskiy slovar tyurkskix yazikov” luğatida “aqqa”ning özagi sifatida keltirilgan “aq” va “a:ğ” bitta narsa, faqat şu özak atrofida paydo bölgan sözlar baʼzi lahjalarda “q”, baʼzilarida “ğ” orqali talaffuz qilingan.
Hozirda “oğa” va “aka” maʼnodoş, hatto, yuqorida keltirilganidek, ular bir söz – “aqa”dan ösib çiqqan deb bilamiz. Ammo bu sözlarning baʼzi öziga xos jihatlari ham bor. Aytaylik, “oğa” sözi ötmişda köproq mansab, lavozim maʼnosida qöllangan: Xorazmda “eşik oğaboşisi” – saroy mulozimi, Usmonli davlatida “oğa” – yeniçerilar boşliği, haram oğasi – haram qöriqçisi va hokazo. Qadimda uyğur xonadonlarida keksa ayolga nisbatan – “oğaça” deyilganligi, yaʼni “oğa”ning ayollarga nisbatan ham işlatilganligi uning qadimiyligidan darak beradi. Şuningdek, qadimda “ipak kiyimlik, xazina” maʼnosida – “aği”, “xazinaçi” maʼnosida – “ağiçi” sözlari qöllangan. Bu sözlar ham “a:ğ” özagiga şakl va semantik jihatidan yaqin.
“Aka” esa negadir lavozim, mansab maʼnosida emas, köproq qarindoşlik, hurmatlaş atamasi sifatida işlatiladi, bu esa uning “oğa” bilan bir özakka borib taqalişini ham biroz şubha ostiga qöyadi. “Aka”ga antonim sifatida har doim – “uka”ni (kamdan-kam hollarda – “ini”ni) qöllaymiz.
“Uka”ning qadimgi turkiy tildagi shakli “öke” bölgan (ESTYa.I.519) va u ham qiz, ham öğil bolaga nisbatan ishlatilgan. Bu narsa hozir ham saqlanib qolgan: kichik yoshlarda qiz bolaga nisbatan ham “uka” deyiladi (misol: “ukangga qara” – “singlingga qara” emas, faqat kattaroq yoshdan “singil” ishlatila boshlaydi). Bu söz möğul tillariga ham “ökin” shaklida özlashgan bölib (hozirgi möğulchada – “oxin”), faqat “qiz” maʼnosiga ega. “Möğullarning sirli tarixi”da ham “ökin” söziga köp duch kelamiz, xususan, 146-paragrafda: “Sorqan-šїra-yїn ÖKIN bї Qadaʼan närätäi”, yaʼni “Men Sorqan Shiraning Qadaʼan ismli QIZIman”, – deyiladi. Turkiy tillarda “uka” asosan öğil bola, erkak kishiga nisbatan ishlatiladi, ammo qiz bolaga nisbatan ham qöllanishi, yaʼni ham muzakkar, ham muannas maʼnoga egaligi, uning qadimiyligini bildiradi. Möğul tillariga esa bu söz faqat “qiz” maʼnosida ötgan.
“Aka” söziga oid shu paytgacha hali biror bir tilshunos eʼtibor qaratmagan yana bir dalil bor. Koshğariy bobomiz “Devonu luğotit-turk”da: “ökälädi” sözini ham keltiradi va: “aka deb yuritdi”, – deb izohlaydi. “Devon”da bu söz shaklan “aka”dan köra “uka”ga yaqinroq yozilgan, ammo XI asr yodgorligida “akalamoq” maʼnosidagi söz “q” tovushi emas, “k” orqali yozilgan. Mana ösha sözga keltirilgan misol: “ol anї ökälädi – u uni aka, yaʼni yurt kattasi deb yuritdi (ökälär, ökälämäk)” (DLT.I.302). Shuningdek, “Devon”da: “ӭkälädi – opa deb yuritdi”, “analadї – onaladi, ona dedi” (ösha bet), kabi sözlar ham keltirilgan.
“Devon”da “akalamoq” feʼlining keltirilishi esa XIII asr yodgorliklarida uchraydigan “aqa”- dan ham oldin “aka” maʼnosidagi “ökä” shakli bölganligidan dalolat beradi.
Egaçi
“Özbek xalq şevalari luğati”da yozilişiça, baʼzi şevalarda “egaçi” (“әkәji”, “egәç”) deb akaning xotini, yaʼni yangaga nisbatan aytiladi. Ammo adabiy tilda, şuningdek, baʼzi şevalarda “egaçi” deganda “opa” tuşuniladi, “egaçi-singil” – “opa-singil” demak.
Bu söz “ega” sözidan yasalmagan, “Devonu luğotit-turk”da “ӭkā” sözi bor va şunday izohlangan: “ӭkā – opa. Öğuzlar ӭzā deydilar”. Baʼzi özbek şevalarida bu söz “aça”, “eja”, qirğizlar ham “opa”ni – “eja” deydilar. “Boburnoma”da Bobur bu sözni “aka” şaklida qöllaydi, ammo “Möğullarning sirli tarixi” asarida “ākā” sözi “ona” maʼnosida qöllangan.
“Özbek tilining etimologik luğati”da Şavkat Rahmatullayev “egaçi” sözini: “akaning xotini, yoşi katta xotinga ayol kişining murojaat sözi. Bu söz qadimgi turkiy tildagi “opa” maʼnosidagi “ӭkā” sözidan eʼzozlaş maʼnosini ifodalovçi “-çi” qöşimçasi bilan hosil qilingan”, deb izohlaydi. Ammo “Devonu luğotit-turk”da “ӭkāç” şakli ham bor va şunday izohlangan: “ӭkāç – özining ortiq ziyrakligi bilan odamlarga xuddi öz singlisidek tuyuluvçi yoş qiz; bu söz yoş qizlarni seviş, erkalaş uçun qöllanadi” (DLT.I t.1960.86-b.). Bu izohdan “-ç” qöşimçasining kiçraytiriş, erkalaş maʼnosi ham borligi anglaşiladi.
“Möğullarning sirli tarixi” obidasida turkiy sözlarning köpligi haqida avvalgi maqolalarda ham aytgan edik, asarda “opa” maʼnosida bir neça örinda aynan “egaçi” (āgāči) sözi işlatilganini köriş mumkin. Xususan, Çingizxon tatarlar ustidan ğalaba qozonib, tatar Yeke-Çeren (Yākā Čārān) ning qizi Yesugan xatun (Yāsügān qatun) ga uylanmoqçi böladi. Şunda Yesugan Çingizxonga: “mening Yesuy ismli opam bor (āgāči Yāsui), xon mendan oldin opamga uylansa…”, deb opasini ham xonga taklif etadi. Asarning hozirgi möğul tiliga qilingan tabdilida asliyatdagi: “mening egaçim Yesuy” – “miniy egç Yesuy”, deb ögirilgan, yaʼni hozirgi möğul tilida ham turkiy “egaçi” – “opa” maʼnosida “egç” şaklida qöllanadi.
Alqissa, “egaçi” – “opa”ning sinonimi, “-çi” qöşimçasi eʼzozlaş, erkalaş maʼnosida, baʼzi şevalarda akaning xotiniga nisbatan ham “egaçi” deb aytilişini esa hurmat yuzasidan deb tuşuniş mumkin.
Tus toğa
“Falonçi bizga tus toğa böladi”, “tus amma”, “tus jiyan”… – bu iboralar kimgadir yaxşi taniş, baʼzi şevalarda unutilgan. Xöş, mazkur söz birikmasidagi “tus” qanday maʼno bildiradi?
“Özbek xalq şevalari luğati”da bu söz uçramaydi, şu bois uning qaysi şeva va hududlarda qöllanişi haqida aniq fikr aytiş qiyin. Jizzax, Samarqand, Qaşqadaryo, Surxondaryo şevalarida
uning işlatilişi maʼlum. “Tus toğa/jiyan/amma/xola…” kabi söz birikmalarida u: “tuğişgan, asl, haqiqiy, töğridan-töğri” kabi maʼnolarni bildiradi.
Aynan “tus” şaklida bu söz Alişer Navoiy yoki Zahriddin Muhammad Bobur asarlarida uçramaydi. Ammo qadimgi möğul tilida bitilgan “Möğullarning sirli tarixi” asarida uning aynan şu şakl va maʼnoda işlatilganini köriş mumkin. Şu örinda bu asarning turkiy sözga nima aloqasi bor, degan savol tuğilişi mumkin. Gap şundaki, bu asarda turkiy sözlar şu qadar köpki, unga baʼzan qadimgi turkiy tilga daxldor manba sifatida ham murojaat etiş mumkin.
“Möğullarning sirli tarixi” asarining §188-paragrafida Kokochu axtachining xoinlik qilgani töğrisidagi ibratli voqea hikoya qilinadi. Kerayitlar mağlub bölgach, qochishga yuz tutgan Öngxon (Töğril) öldiriladi, shundan söng Öngxonning öğli Sanggum xizmatkori Kokochu axtachi va uning xotini bilan qochib bepoyon chölga yuzlanadi. “Axtachi”ning maʼnosi “otboqar”, möğullar jamiyatida axtachi xonga yaqin lavozim hisoblangan, Kokochu axtachini esa Sanggum özining eng sodiq navkarlaridan deb bilgan. Suvsiz chölda chanqagan Sanggum otidan tushib, suv istab, oldilaridan chiqqan qulonlar podasi tomon yuradi. Paytdan foydalangan Kokochu axtachi mağlub xonidan yuz ögirib, uning otini ham oldiga solib, ortga qaytishga taraddudlanadi. Shunda unga xotini: “Ey Kokochu, xon seni yedirib-ichirdi, hurmat qildi, qiyin ahvolga tushganda sen uni tashlab ketasanmi?” – qabilida sözlaydi. Chingizxon huzuriga bosh urib kelgan Kokochu – Sanggumni chölda suvsiz, ulovsiz, yolğiz qoldirgani uchun Chingizxon undan mamnun böladi va uni mukofotlaydi, degan gumon bilan – voqeani xonga gapirib beradi. Chingizxon ösha zahoti Kokochuni ölimga hukm etadi, uning xotiniga esa izzat-ikrom körsatilishini buyuradi va shunday deydi: “Bu Kokochu axtachi TUS XONini sotib, mening huzurimga keldi, endi uning sodiqligiga kim ishonadi?” – Bu jumla asliyatida shunday sözlar bor: “… mün Kököčü aqtačї-yї TUS QAN-їyan …”, yaʼni asliyatda aynan: “tus qan”, deb yozilgan bölib, bu “asl xon” maʼnosini bildiradi. Bu möğulcha söz emas, shu bois asarning hozirgi möğul tiliga qilingan tabdilida “tus qan” – “xan eznee”, yaʼni “öz xoniga”, deb, ruscha S.A.Kozin tarjimasida: “svoego prirodnogo xana”, deb ögirilgan.
Aslida, bu sözning qadimgi turkiy şakli “tus” emas, “töz” bölgan va “Devonu luğotit-turk”da u şunday izohlangan: “töz – asl, tag, asos. Äning tÿbi, tÿzi kim – uning tagi, asli kim. Kimga borib taqaladi” (DLT.T.:Fan.1963.III-t.135-bet). Şuningdek, “töz” sözining: “töğri, tekis (yer)” kabi maʼnolari ham bor. Zamondoş adibimiz Erkin Aʼzamning bir hikoyasida: “Eşitgandirsiz, jiyan, bölangiz TUS qirning boşiga qasr qurdi!” – jumlasi bor. Bu jumlada adib “tus”ning “tekis”, “töğri” kabi maʼnolarini közda tutgan bölişi mumkin.
“Qutadğu bilig”da ham bu sözni “töz” şaklida köp uçratamiz (“Kөni yol үzә tүz tuta ter meni”, – yaʼni, “meni töğri yöl uzra töğri tuta ber”). Ergaş Fozilov ham “Starouzbekskiy yazik xorezmiyskie pamyatniki XIV veka” kitobida “töz” söziga köplab misollar keltirgan. Bu esa Xorazmda ham bu söz faol isteʼmolda bölganligidan darak beradi. Navoiy, Bobur asarlarida ham bu söz “tuz” şaklida uçraydi.
Alqissa, “tus” qadimgi turkiydagi “asl, tag, asos” maʼnolaridagi “töz” sözining talaffuzga moslaşgan, ehtimol, qipçoqlaşgan körinişidir. “Tus toğa”, “tus jiyan” kabi iboralar: “asl (ögay emas) toğa”, “haqiqiy, tuğişgan jiyan” maʼnolarini bildiradi.
Opoqi
“Opoqi” deb Farğonada bobo, Toşkentda yoşi katta ayolga nisbatan aytiladi. Şuningdek, şevalarda: opoyi, opoğoyi, opoğaça, opoğdada kabi şakllari ham bölib, ular: xola, amma, yanga, opa, buvi, bobo kabi maʼnolarga ega. Xöş, bu tizimdagi atamalar nega ham erkak, ham ayol qarindoşlarga nisbatan işlatiladi? Ularni umumlaştiruvçi “opo(ğ)-” qöşimçasi nimani bildiradi?
“Özbek tilining etimologik luğati”da “opoğoyi//opoyi//opoqi” sözlariga umumiy qilib bir izoh keltirilgan, yaʼni bu atamalar: “āpāq” sifati va “āyi” otidan tuzilgan birikmaning bir sözga birlaşuvidan yuzaga kelgan”, – deyiladi luğatda (ÖTEL. I t. 255-bet). Uşbu iqtibosda keltirilgan “āpāq” – hozirgi tilimizdagi “oppoq” bölib, Koşğariy bobomiz “Devonu luğotit-turk”da bu sözni: “āp” – taʼkid va kuçaytiriş kömakçisining “āq” (“oq”) söziga qöşilişidan yasalgan va “ap-aq” (oppoq) – “judayam oq” maʼnosini bildiradi, deb tuşuntiradi (DLT.I t.1960.70).
Töğri, keksa kişilarga nisbatan “oqsoqol”, “möysafid”, “nuroniy” deymiz, ammo “judayam oq” maʼnosidagi “oppoq” sözini yoşlar va ayollarga nisbatan ham qöllanişi ğaliz tuyuladi. Qolaversa, “oppoq” ötmişda heç qaçon izzat-hurmat maʼnosini taşimagan. Mayli, “opoğ oyi”, “opoğ dada”, “opoğ aça” kabi söz birikmalari “oppoq” iştirokida yasalgan deb faraz qilaylik, ammo “opoqi”ni qanday tuşuntiriş mumkin?
Bizningça, bu atamalarning rangni bildiruvçi “oppoq” söziga mutlaqo aloqasi yöq va “Özbek tilining etimologik luğati”da ularga berilgan izoh töğri emas. Bu atamalar, şuningdek hozirgi tilimizdagi “opa” sözi ham, qadimgi turkiydagi bir özakka – “aba//apa” arxetipiga borib taqaladi.
“Devonu luğotit-turk”da “aba” sözi şunday izohlanadi: “اَبا aba – ona (öğuzça). Qarluq turkmanlari qattiq پ bilan اَپا apa deydilar” (DLT.I t.1960.113). Şuningdek, “Devon”ning öşa betida “aba”ning ikkinçi maʼnosi ham keltiriladi: “اَبا aba – ota (tubutlar tilida). Bu arab tilining izi bölsa kerak. Çunki tubutlar Yamandan qoçib, turklar şahriga kelib, bola-çaqa qilib qolgan bir kişidan tarqaganlar. Ular Banu Sobitning avlodlaridir”.
Töğri, arab tilida “ab”, – “ota”, uning köpligi esa – “aba” yoki “obo”, yaʼni “otalar” maʼnosida, ammo turkiy “aba//apa” arxetipining Islomdan oldin ham mavjud bölganligi va “ota”, “bobo”, “ajdod” maʼnolarini bildirganligi uning arabça “obo”ga aloqasi yöqligini bildiradi. Arabça “obo”ni yozma adabiyotda baʼzan uçratiş mumkin, xususan, Navoiy “Saddi Iskandariy”da: “Çu oboğa bu navʼ berding sifot” [“Otalar (yaʼni, yetti qat osmon) ga şunday sifatlar berding”], – deb yozganda arabça “otalar” maʼnosidagi “obo”ni qöllagan.
Arabça “ab”, turkiy “aba” kabi sözlarning ham şakl, ham maʼno jihatidan öxşaşligining boşqa sababi bor. Gap şundaki, köpgina tillarda ota, ona va boşqa qon-qarindoşlik atamalari bir-biriga öxşab ketadi. Buning sababini şunday tuşuntiriş mumkin: odatda, gödaklar kattalardan söz örganadi, ammo ota, ona kabi qon qarindoşlik atamalarining kelib çiqişi, mutaxassislarga köra, aksinça, yaʼni aba, apa, appa, ava, ana, ama kabi sözlar gödaklarga taqlidan, gödak tilidan olingandir, şu bois ular muştarak tuyuladi.
“Etimologiçeskiy slovar tyurkskix yazikov” (ESTYa) luğatida turkiy “aba” dan “apa” (“appa”) şakli qadimiyroq, degan fikr aytiladi. “Apa” qadimda “ota”, “bobo”, “ajdod” maʼnosida işlatilgan. Xususan, VIII asr yodgorligi – Kultegin bitiktoşida “yečü apa” birikmasi – “ajdodlar” maʼnosiga ega. Şuningdek, mazkur luğatda “aba//apa” arxetipi qadimgi turkiydagi “yoşi katta bölmoq” maʼnosidagi “ab-” feʼlidan kelib çiqqan bölişi mumkin, degan fikr ham aytiladi. Yaʼni, “apa//aba” deb yoşi katta qarindoşga nisbatan işlatilgan. “Apa” sözi qadimda baʼzi unvonlarga ham qöşib aytilgan, xususan “apa tarqan” (“katta tarxon”), “apa tutuq” (“katta harbiy voliy”) kabi atamalarda “apa” qarindoşlikni emas, balki unvon darajasini bildirib kelgan.
Yusuf Xos Hojibning “Qutadğu bilig” asarida “apa oğlani” söz birikmasiga köp duç kelamiz, bu ibora “odam bolasi”, “bani odam” maʼnosiga ega: “APA OĞLANI kөrsә arqiş sani”, – maʼnosi: “ODAM BOLASINI, körsang, karvon sana (hisobla)”. Yaʼni, uşbu örinda “apa” – “odam, eng qadimgi ajdod, Odam Ato” maʼnosida kelgan.
“Etimologiçeskiy slovar tyurkskix yazikov” luğatida yozilişiça, “apa//aba” arxetipi turkiy tillarda keyinçalik ikki yönalişda: ham erkak, ham ayol qarindoşlik atamalari tizimi yönalişlarida rivojlangan. Mazkur arxetipdan ösib çiqqan atamalar hozir ham baʼzi turkiy til va lahjalarda: ota, bobo, amaki, aka kabi maʼnolarni bildirsa, baʼzilarida: ona, opa, buvi, singil kabi maʼnolarda işlatiladi.
Alqissa, hozirgi özbek tilidagi “opa” sözi ham aynan şu özakdan. “Opoqi”ning “bobo” maʼnosi esa, “apa//aba” arxetipi “ota”, “bobo” maʼnosida qöllanadigan turkiy lahjalar orqali tilimizga köçgan. “Yoşi katta ayol” maʼnosidagi “opoqi” esa mazkur sözni muannas şaklida qöllovçi şevalarda paydo bölgan. “Apa+q” şaklidagi “-q” qöşimçasi, “ESTYa”da yozilişiça, kiçraytiriş, erkalaş maʼnosini taşiydi. “Devonu luğotit-turk”da şu usulda yasalgan boşqa bir söz – “ataqi”ga şunday izoh beriladi: “ataqї – otaginam, otajonim maʼnosida mehribonlikni bildiruvçi söz” (DLT.I t.1960.155). “Bobo” maʼnosidagi “opoqi” ham aynan şu şaklda yasalgandir.
Bösağa
Bösağa – aynan uy eşigining pastki qismi, kiriş, forsiydan tilimizga özlaşgan “ostona” sözining maʼnodoşi. “Bösağa” deyarli barça turk tillari va lahjalarida ayni maʼnoda mavjud. E.V.Sevortyanning “Etimologiçeskiy slovar tyurkskix yazikov” luğatida bu sözning kelib çiqişi borasida ikki xil: möğulça va turkça etimologiyaga ega, degan nuqtayi nazar borligi aytiladi. Turkça deb hisoblovçi mutaxassislar uni qadimgi turkiy “ba:s” özagi, yaʼni hozirgi tilimizdagi “bosmoq” feʼlidan yasalgan, deydi. “Bosmoq” feʼlining “qadam bosmoq”, “kuç bilan bosib siqmoq, ezmoq” (rusça: “davit”), bosim ötkaziş, “(biror mamlakatni) bosib olmoq” kabi önlab maʼnolari bor.
“Bösağa”ning kelib çiqişi möğulça deguvçilar esa uni: “haqoratlaş”, “sökiş”, “kamsitiş” maʼnosidagi möğulça: “bas-u” feʼlidan deb hisoblaydi. Ammo “Etimologiçeskiy slovar tyurkskix yazikov” luğatida yozilişiça, “bos”ning qadimgi turkiydagi arxetipi “ba:s”ning birlamçi luğaviy maʼnosi – “kuç bilan bosiş” (rusça: “davit”) bölgan. Şu nuqtayi nazardan, möğulça “basu”ning “kamsitiş”, “tahqirlaş” maʼnolari – turkiy “ba:s”ning mazkur birlamçi maʼnosiga yaqin.
“Bösağa” sözi “Möğullarning sirli tarixi” yodgorligida ham “BOSOQA” şaklida uçraydi, xususan, asarning 37-bölimida jurkinlardan bölgan Guun-Uva (Güʼün-uʼa) ikki öğli Muqali va Buqani Çingizxonga topşirar ekan, şunday deydi: “(Bular) sening BÖSAĞAngda qul bölsin” (Asliyatda: “BOSOQA-yїn činu böol boltugai”. P.Pelleo transkripsiyasi). Asarni hozirgi möğul tiliga qilingan tabdili bilan qiyoslaganda hozirgi möğul tilida “bosoqa” – “bosgo” (“bosğo”) ekanligini köriş mumkin. Yaʼni, “Möğullarning sirli tarixi” asliyatidagi “bosoqa” şaklan turkiy tillardagi “bösağa”ga yaqinroq tuyuladi. Bundan taşqari, möğul tilining boşqa bir tomiri – tungus-manjur tillarida ham “bösağa” – “basurga” şaklida mavjudligi aytiladi. Ammo tungus-manjur, sanbiy (va hk) tillari ham Oltoy oilasiga mansub. Şu bois örtada umumiy sözlar bölişi tabiiy.
Bizningça, “bösağa” sözi zamirida qadim turkiy “ba:s” (baʼzi mutaxassislarga köra, “pa:s”) arxetipi yotadi, degan fikr töğriroq. Bösağada ötiriş qadimgi möğul jamiyatida haqoratli hisoblangan va möğulça “basu” sözining “kamsitiş”, “tahqirlaş” maʼnolari şuning taʼsirida keyinçalik paydo bölgan. Aytaylik, ilgari eʼtiborli şaxslar har doim uy yoki ötovning törida ötirişgan bölsa, hamma bosib ötadigan bösağadan xizmatkorlar yoki quyi tabaqa vakillari joy olişgan. Qadim turkiyda bösağa maʼnosida, şuningdek, “eşik”, “il” sözlari ham qöllangan. Yusuf Xos Hojibning “Qutadğu bilig” asaridan olingan uşbu baytda esa inson qadr-qimmati uning qayerda ötirişiga qarab emas, balki bilimiga qarab belgilanişi aytiladi:
“Biligsizkә TӨRdә orun bolsa kөr,
Bu TӨR ILkә sandi ILig boldi TӨR, –
Mazmuni: “Bilimsizga törda örin bölsa, körgin, bu tör poyga sanaladi, poyga esa tör” (Qayum Karimov tabdili. Yusuf Xos Hojib. Qutadğu bilig. T.:Fan. 1971. 100-bet).
P.S. Yana “hovli” haqida
Bundan oldingi maqolada “Boburnoma”ga tayanib “hovli” sözi arabiy etimologiyaga ega degan fikr bildirilgan edi. Ammo izohlarda: “hovli” sof turkça “evli” sözidan: evli – avli – havli qabilida yuzaga kelgan bölişi mumkin, bu nuqtayi nazarni ham örganib köriş kerak, degan maslahat bildirildi. Buning uçun hurmatli ustoz va döstlarga öz minnatdorçiligimni bildiraman (Jahongir Muhammad, Xaytbay Abdisodikov, Baxodir Ubaydulloöğli, Otamurod Poyon). Çunki bunday maslahatlar mavzuni atrofliça, turli qirralardan muşohada etiş, bir tomonlama bölib qolmasligi uçun nihoyatda foydali. Baʼzan siz köra olmagan nuqtani boşqa bir kişi yaxşiroq körib turgan, örgangan bölişi mumkin.
Birdirilgan mulohazalardan, ayniqsa, “ev+oli” menga jozibaliroq tuyuldi. Çindan ham qadim turkiy özak söz “al” Navoiy davrida ham “ol” şaklida “old” maʼnosida işlatilgan. Tatar tilida “hovli” – “eşik oldi” deyiladi, nafaqat tatar tili, aslida özbek tili şevalarida ham “hovli” örnida “eşik oldi” deyiladi. Hatto xalq oğzaki ijodidayam bor: “eşik oldi gul hovuz, gul tergani kelganmiz”. Yoki qişloqlarda köp quloqqa çalinadigan gap: eşik oldiga suv sepmoq = hovliga suv sepmoq.
Aslida, “eşik”ning özi ilgari “hovli”ni ham bildirgan. Xususan, Yusuf Xos Hojibning “Qutadğu bilig” asarida “eşik” sözi köpinça – “parda”, “bösağa”, “hovli” maʼnolarida kelib, “eşik” (rusça: “dver”) maʼnosida esa – “qapuğ” sözi qöllanilgan. Hozir ham şevalarda: “eşikka çiqiş” deganda – “hovliga, uydan taşqariga çiqiş” anglaşiladi.
Aytmoqçimanki, “eşik oldi” mavjud ekan, demak, “ev+oli” bölişi ham mantiqqa zid emas. Ammo “hovli” sözi Koşğariy zamonida bölmagan, Navoiy zamonidan paydo böla boşlagan, deyiş mumkin. Navoiy asarlarida “ev” (yaʼni “uy”) qisqa “a” orqali “av” deb emas, “e+y+v” tarzida yozilgan. Agar “hovli” sözi Navoiy zamoni va undan keyingi davrlarda mazkur “eyv” va “oli” sözlari qöşilişi bilan yasalgan bölsa, “eyvoli” şaklida bölişi, yaʼni örtadagi “y” tovuşi ham saqlanişi lozim edi. Aytaylik, yozma asarlarda yoki şevalarda, misol uçun, “h+eyv+oli” – “heyvli” kabi oraliq, ötiş şakllari ham uçraşi kerak edi. Bahodir Ubaydulloöğli öz izohida “turkiy asarlarda “evli” şakli bor”, deb yozibdi. Agar çindan ham şunday bölsa, bunga dalillar keltirilsa, “hovli” sözi etimologiyasi şu nuqtayi nazardan ham tadqiq etilsa, yaxşi bölar edi.
“Hovli” haqidagi maqolada men “hovli”ning birlamçi şakli “havoli” bölgan va bu söz, “Navoiy asarlari luğati”da izohlangani kabi, “uyning atrofi” maʼnosini bildirgan va arabça “havila” feʼlidan yasalgan, degan fikr bildirgan edim. Maʼlumki, “hovli” deganda faqat uyning oldi emas, balki uy atrofidagi devor bilan öralgan hudud tuşuniladi. X.K.Baranovning
“Arabsko-russkiy slovar” luğatida “havila” feʼli juda köp maʼnolarga ega ekanligini, feʼlning birinçi bobidagi “havlun”, “huvʼulun” şakllarining “xalaqit bermoq”, “tösiq qöymoq” maʼnolari bor ekanligini köriş mumkin. Şu feʼldan yasalgan “havoil” sözi esa luğatda şunday izohlangan: prepona, pregrada, prepyatstviye” (203-bet), yaʼni, tösiq, ğov, biror obyektni tösiq, devor bilan örab olinişi. “Hovli” deganda biz aynan uyning devor yoki tösiq bilan öralgan taşqari qismini tuşunamiz.
Abduvohid HAYIT,
filologiya fanlari nomzodi.
1967-yili tuğilgan.
Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)ning Jurnalistika fakultetini tamomlagan.
“Jon quşi” nomli şeʼriy kitobi çop etilgan.
2023/9
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

