(Hikoya)
Sizda ham şunday böladimi?
Deylik, tösatdan, xayolingizda allaqayoqdandir paydo bölgan, sanği bir xavotir qalqadi-da, söng könglingizda vahima uyğotadi. Tahlikaga tuşasiz. Boşingizga çippa yopişgan battol öydan qutulolmaysiz…
Tongni Peredelkinoda qarşi oldik.
Ohh, yomğir… Salqin. Havo sof, nafas olganing sari yengillaşasan. Örmon va yomğir… Tabiat “atri”dan sarxuş tortasan.
Ha, tabiatda gap köp. Seni uyğotadi. Ruhiyatingni yoritadi.
Könglimiz tong va tiriklik haqida kuylayotgan yomğir sim-simlariga çayilmoqda edi… Harholda biz şunday holatda edik: men va xotinim… Qalbimiz tabiat bilan uyğunlaşib borayotganini his qilardim: ayolimning yuz-közida balqqan minnatdorlik va quvonç hislaridan yanada könglim kötariladi. Biroq qançalik osmonda uçmang, yerning arzandasiga aylanmang, turmuşning arzimagan, mayda-çuydagina taşvişlari ham qöqqisdan sizni özingizga keltirib qöyadi.
Aytdim-ku, biz Peredelkinodamiz. Moskva şahridan yigirma beş çaqirim narida, maşhur adib-u şoirlar yaşagan joyda. Bu yerni “Yozuvçilar şaharçasi” ham deyişadi. Xullas, şu yerdagi uyçalardan biriga joylaşdik. Dunyoga dovruq solgan insonlar umrguzaronlik qilgan bu ajoyib maskanda allaqanday sokinlik va sinoat hokim edi. Uyçamizning bir qismida maşhur abxaz adibi, asarlari allaqaçon jahon böylab “oyoq olgan” Fozil Iskandar yaşagan ekan. Tasodifni qarang, tunov kuni, bu yoqqa kelişimizdan oldin men uning bir turkum hikoyalari va “Şoir” degan qissasini öqib çiqqandim. “Çegemlik Sandro” degan kitobini esa özim bilan olgandim. Oçiği, menga uning asarlarida aks etgan kinoya ruhi bilan jonlangan topqirlik, majoziylik közgusi qaʼridagi hayot haqiqatlari yoqardi. Qisqasi, adib asarlarining taʼsirida bölsa kerak, uning siymosi tasavvurimda bot-bot paydo bölib turgan pallada Moskvaga kelib, u yaşab, ijod qilgan dalahovlining bir qismiga joylaşişimiz xayolimga ham kelmagandi. Böyi bulutga yetgan daraxtlar ziç tortgan hovlidagi, göyo örmon içida qad tutgan bu ikki qavatli yoğoç uyça (daça)ning old va orqa tomonida alohida eşik bölib, ikki oilaga möljallangan edi. Yaʼni, ikki nafar adib kelib yaşab, ijod qiladi.
Men adib kirib-çiqib yurgan eşikdan köz uzmasdan ançagaça qarab qoldim. Deraza va devorlarga uning nigohlari singib ketganini his qildim. Bu nigohlar göyoki meni ham kuzatib turgandi. Könglimda izohlaşim muşkul hislar mavjlanardi. Şu payt eşik oçildi-da, semiz, kasmaldakday keladigan qora muşukni ergaştirib, qoqsuyak öris kampirşo çiqib keldi. Mening angrayib turganimni öziça va ayni tuşunib javob berdi:
– Ha, bu yerda Fozil Iskandar yaşagan. Yöq, men uning ayoli emasman. Hammang şuni söraysan. Fozil ölgandan söng, bu daçani mening erimga berişgan. Erim harbiy yozuvçi edi. – Kampir erining ismi familiyasini aytadi. Men bunday yozuvçi borligini bilmasam-da, xuddi bilgan kabi: “Ax-xa-a, bu uning daçasimi?”, deb boş silkib qöyaman. Kampiri tuşmagur endi jilmayib, menga iltifot körsatadi:
– Biror narsa kerak bölsa, tortinmay sörayvergin…
– Xöp böladi, buvijon!
… Keça Fozil Iskandarni tuşimda ham kördim. Şu uyning eşigi oldida jilmayib turibdi. Qölidagi qalin kitobni menga uzatdi. Nimalardir dedi, anglamadim. Jilmaydi. Söng burilib, hovli adoği – daraxtzor içiga kirib, ğoyib böldi. Uyğonib ketdim…
Bu yoği endi özingizga maʼlum; aytdim-ku, er-u xotin subh havosida, yomğir ostida sayr qilyapmiz. Qisqasi, maroqli, juda maroqli…
Yöl çetidagi uyçalarga havas-u hayrat ila boqamiz.
Pasternak, Çingiz Aytmatov, Yevtuşenko, Ahmadulina, Voznesenskiy, Okudjava, Simonov, Çukovskiy, Katayev kabi köplab maşhurlarning dunyoni hayratga solgan asarlari şu yoğoç uylarda yaratilganini his qilib, ularning röparasida turganimiz uçun ham könglimiz yuksak edi, desam işoning. Bir mahal, eşigi qiya oçiq uyçalarning biri yonidan ötayotganimizda xotinim tuyqus sörab qoldi:
– Anovi kiçik sumkangizni xonada qoldirib keldingizmi?
– Ha, nima edi?
– Çakki qipsiz? Olvoliş kerak edi. Içida narsa-qora bor edi-ku. Aytib bölmaydi-da…
Tuşundim: “narsa-qora” degani, bu – pul! Sumkada pul bor edi… Uning ayni xavotiri menga ham köçdi.
– Vahimaning kimga keragi bor… – dedim-u, yuragimda ğulğula qalqdi. – Yomğir gözal yoğyapti. Atrof qanday çiroyli-a. – Özimni beparvolikka oldim.
Biroq, biroq… Könglim tubida nimadir ğimirlay boşladi.
– Bu joylar ança tinç. Buyuklar yaşaşgan. Aholisi ziyoli, – deyman xayolimdagi hadikni quviş uçun.
– Ha, mayli, aytdim qöydim-da! Öylamang…
Endi xotinimning tasallisi ham teskari taʼsir qila boşladi. “Axir hamma pulimiz öşa osma sumkaçada-ku. Ehtiyotkorlik kerak…”, – degan öy miyamni tirnay boşladi.
– Qaytamiz! – dedim, nihoyat. – Sumkani olvolişimiz kerak.
Biz ortga qaytdik.
Sumkani yelkamga osib, xonadan çiqdim. Ana endi, bemalol aylansak böladi.
Peredelkinoni deyarli kezib çiqdik. Şaharça çetiga kelib qolibmiz. Bekatga avtobus keldi. Moskvaga yöl oldik.
Şahar aylandik. Dökonga kirdik. Ul-bul xarid qilgan böldik. Sotuvçi dilkaş odam ekan. Tanişdik.
– Millatim abxaz! Ismim – Fozil! – dedi u.
– Fozil Iskandarman, degin. Sizlarda Fozil ismi köp uçraydimi?
– Ohh, çindan ham Fozil Iskandarni bilasanmi? Fozil degan ism bizda juda köp.
– Albatta, bilganda qandoq! Kitob öqiydigan har bir özbek Fozil Iskandarni biladi.
– Buni qaragin-a, özbeklar ham uni yaxşi bilişadi degin.
– Nima deyapsan, oğayni, Fozil Iskandarni nafaqat özbeklar, butun dunyo biladi-ku!
– Ohh, zör! Bizning buyugimiz – u! – Sotuvçi faxr bilan körsatkiç barmoğini tepaga niqtaydi.
– U biz uçun ham buyuk!
– Ohh, zör! Sen Çegemda bölganmisan?
– Ha, ötgan yili boruvdim. Ajoyib joy!
– Qanday yaxşi! – Yana u körsatkiç barmoğini havoga niqtadi.
– Bilasanmi, biz – xotinim ikkimiz hozir Peredelkinoda, u yaşagan uyda turibmiz.
– Yaşavor, ajoyib odam ekansan. Sir bölmasa, ayt-çi, qadrdonim, özing nima iş bilan şuğullanasan?
– Yozuvçiman. Qölimdan boşqa iş kelmaydi.
– E-e-ey, buni qara-ya, şundan gapirmaysanmi?! Ma, ol, manovi pişloqni, saryoğni ol! Bu senga hadya! Fozil Iskandarning safdoşi ekansan. Olsang-çi, xafa qilma meni, pulingni çöntagingga solib qöy!
Peredelkinoga xursand bölib qaytdik. Biroz mizğib olmoqçi edim, biroq şu yaqin oradagi dökonga borişga töğri keldi. Hamma narsa olibmiz-u, kök çoy esdan çiqibdi.
– Bor bölsa, malina ham ovoling, – dedi xotinim.
– Yaxşi, sumkaçamni uzatib yubor. Narigi xonada bölsa kerak.
– Sumka yöq-ku, qayerga qöygandingiz?
Men seskanib tuşdim. Qayerga qöyardim, abxazning dökonidagi aravaça ilgagiga osib qöygandim. Xarid qilgan narsalarim haqini çöntagimdagi puldan töladim. Sumka esa… öşa dastyor aravaçada iliğlik holda qolib ketibdi.
Ançagaça angrayib turdim. Xotinim yuzimga ajabsinib qaradi.
– Biror joyda qoldirib kelibsizmi? – dedi sokin va titroq ovozda. Uning ohangidagi ökinç, nazarimda, nogahon portlagan bombadan köra kuçliroq edi…
– Dökonda, anovi oxirgi marta kirdik-ku, öşa, abxazning dökonida qolib ketibdi, – dedim va iç-içimdan zil ketib, özimni qöyarga joy topolmasdim.
– Nega sörrayib turibsiz? Ketdik. Öşa yerga boramiz.
Oradan uç soatdan köp vaqt ötdi. Sumka qolarmidi…
Çönatagimdagi pulni çamalab, taksi çaqirdim. Dökonga qaytib borgunimizga qadar bölarimça böldim. Begona joyda pulsiz qoliş çindan vahimali ekanini his qildim.
Dökonda sariqsoç, kökköz öris juvonga duç keldik. Men şoşa-pişa xaridorlar mahsulot soladigan aravaçalarni közdan keçira boşladim. Hatto kişilar sudrayotgan aravaçalarni ham qarab körardim: “Keçirasiz, kiçkina osma sumkaça körmadingizmi, rangi qora?…”
– Yöq, sumkaça yöq.
Sotuvçiga yuzlandim:
– Siz osma, kiçkina, qora sumkaça körmadingizmi? Aravaça manovi yerda turuvdi. Sumkaçani uning mana bu joyiga osib qöygandim.
Juvon beparvo boş irğadi. Ensasi qotdi:
– Men körmadim.
– Fozil qani?! Menga Fozil kerak!
– Fozil yöq. Ketgan!
– Nega ketadi? Qayoqqa ketadi?
– U mendan sörab iş qiladimi? Xohlasa, ketadi, xohlamasa, yöq! Qayoqqa ketganini men bilmayman, lekin bu hafta aniq Moskvada bölmaydi.
– Neg-a-a-a?!! – çinqirib yubordim.
– Bunça şovqin solasiz!! U özining Abxaziyasiga ketdi. Duşanba kuni keladi. Böldimi? – sotuvçi juvon teskari qaradi.
Dökondan çiqdik. Moskva juda tor, osmon yaqin, yomğir endi ezib yoğar, könglimga esa qil siğmasdi.
Peredelkinoga şomga yaqin qaytib keldik. Deraza ortiga termulib, tagi teşilgan alamzada osmonning tundligi, şarros quyayotgan yomğirning asabni zirqiratuvçi şitiri, qoraygan daraxtzor… şu yomğirda yomğirpöş tutib, bir qölida arzanda qora muşugini kötarib olgan, qoqsuyak qöşni kampir ham yuragimga battar oğriq solar, allaneçuk zimistonlik men tomonga yopirilib kelardi göyo. Ayniqsa, kampir bizga qarab jilmayib, nimalardir deb, yomğirpöşini silkitib qöyişi, ölganning ustidan tepgan böldi, xuddi bizning ustimizdan kulayotganga öxşardi.
Xotinim oşxonaga kirdi. Nimadir taraqladi. Tuyqus xayolimdan, yaxşiyam pasportlarimizni öşa lanʼati sumkaçaga solmagan ekanman, degan öy ötdi. Sumkaça yöqolgandan beri ilk taskinli öy şu edi. Oşxonadan endi yanayam qattiqroq taqillaş eşitildi. Birpasdan keyin xotinim çiqib keldi:
– Eşitmayapsizmi?
– Nimani?
– Eşik taqillayapti. Ostonada anovi qöşni kampir turibdi.
Men pastga tuşib eşikni oçdim. Qarşimda bir qölida yomğirpöş, birida qora yelim paket tutgan kampirşo paydo böldi.
– Manovini bir oğayningiz kelib, berib ketdi. Eşigingizni rosa taqillatibdi. Oçmabsizlar! Men unga er-xotin qayergadir şoşib ketişdi dedim.
Kampirşoning qölidagi paketni yulqib oldim-da, şoşib içiga qöl soldim.
– Sum… Sum… Sumka-a-a…
Kampirşo angrayib turdi. Uni mahkam quçib, yuzidan öpib oldim:
– Taşakkur, momojon!!!
Momomiz menga jilmayib qöydi:
– Darvoqe, paketning içida telefon raqami ham bor ekan, albatta, qönğiroq qilsin, deb tayinladi.
Kampirşo öz uyiga kirib ketdi. Men qöllarimni yoydim-da, qiçqirdim:
– Yaşasin yomği-i-i-i-r-r-r!!! Yaşasi-i-i-i-n Peredelkino-o-o-o!!!
Tepadagi deraza oçilib, xotinim köriniş berdi… Qölimdagi sumkaga közi tuşib, angrayib turaverdi.
Men yana qiçqirdim:
– Yaşasin yomğir!!! Yaşasin, Fozil Iskandar!!!
Iç-içimdan hayajon qaynab, nigohlarim ham xira tortganday böldi. Negaki, ayni hol dökondagi öşa sofdil abxaz öğloni Fozilning qiyofasini köz oldimda gavdalantira olmay qiynalar edim.
Qanday odam edi u? Axir hozirgina röyi çehrasi köz oldimda lip etib, namoyon böluvdi-ku?! Qani u?! Ha, u çindan ham Fozil Iskandarga öxşab ketardi.
Kim bilsin, u balki, Fozil Iskandarning özimidi?!
Qöçqor NORQOBIL,
Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist.
1968-yili tuğilgan. Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)ning jurnalistika fakultetini tamomlagan. “Daryo ortidagi yiği”, “Ön sakkizga kirmagan men bor”, “Kulib tur, azizim”, “Quyoşni kim uyğotadi?”, “Xosiyatli dunyo”, “Kaftimdagi qizğaldoq”, “Samodil”, “Uruşning birinçi kuni”, “Bu yerlarda hayot boşqaça”, “Teatrga çipta yöq” kabi kitoblari naşr etilgan.
2023/9
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


