10 daqiqada öqiladi

1 044 marta körilgan

Hayot falsafasining öziga xos talqini

Ijod insonning tiriklik mazmun-mohiyatini ang­laş yölidagi urinişlari hosilasidir. Insonning hayotdagi örni, maqomi, maqsadi, munosabati kabi masalalar qadimdan dunyo ziyolilarini qiziqtirib kelgan. Ijod insonning öz “men”ini ifoda qiliş yölida olib borgan aqliy faoliyat turidir. Ijod nafs bilan boğliq falsafiy-estetik kategoriya sanalib, inson özligini, yaʼni nafsini qondiriş istagida badiiy sanʼat va sözga, timsol va ramzlarga murojaat qiladi.

Muallif ijod jarayonida tarjimayi holida aytilmagan sirlarini ongli va ongsiz ravişda badiiy matnga joylaydi. Binobarin, ijodkor şaxsiyatidagi mavjud belgili xususiyatlar maʼlum maʼnoda uning badiiy asari va qahramoniga köçib ötişi tabiiy hol. Şunday ekan, badiiy qahramon ijodkor siyratidagi “holat”, “holi”dan olingan ulgi. Hayot falsafasi Abdulla Qodiriy nazdida islomiy-maʼrifat va ezgu amallar timsolida böy körsatadi. Dunyo ötkinçi, Özi va özligiga sodiq qoliş, xiyonatdan saqlaniş kabi falsafiy tuşun­çalar adib hayotida mezon bölib, bu uning ijodida turli körinişda aks etgan.

Muallif “men”i va qahramon orasidagi içki boğliqlikni örganişda biografik yondaşuv eng muhim usul bölib xizmat qiladi. Abdulla Qodiriy asarlarida hayot falsafasini anglaş, mağzini çaqişga intiliş, öziga xos tarzda talqin etilib, bu, ayniqsa, qahramonning ölim bilan yuzma-yuz kelişi tasvirlangan epizodlarda yaqqol közga taşlanadi. Şuning uçun mazkur epizod orqali qahramon ruhiyati va uning dunyoga munosabatini kuzatişga harakat qilamiz. Binobarin, kiçik sahnada roman umumruhiyati aks ettirilgan. Zero, butunni bölaklar asosida örganiş adabiyotşunoslikdagi samarali usullardan biridir.

“Ötkan kunlar” romanida Homidning “ça­­­­­q­u­v”­i natijasida Otabekning ölim bilan yuzlaşiş sahnasi mavjud. Aynan mana şu epizodda qahramon tafakkuri va falsafiy idrokining öziga xos kölami yuksak darajada talqin etilgan. Ölimga mahkum etilgan Otabek va Qutidorning dor ostiga olib ketilişi şunday tasvirlanadi. “Otabek garangsigan sumol devorga suyangan, mundagi allaqanday maʼnolarni anglatqan taxt, toj, xon, bek kabi laş-luşlar uning köz öngida qora pullik qadr-qimmatsiz… Töğrisi ul ajib bir tabiʼatka kirgan, uning vujudi quruq va hissiz… Faqat… faqat şu turmuşdagi birovgina uning könglidan tezroq yuvilmas va yuvilişi ham qiyindek… Nihoyat bundan ham qutulgandek. Nima… ammo söng nafasida uning bilan vidolaşsa, böğoziga xanjar botar ekan, uning yuziga qarabqina közi nursiz­lansa… Uning hamma orzusi şu edi hozir”. Voqelikka mantiq közi bilan qaralsa, Otabek ölim bilan röpara kelib turibdi. Unda jon talvasasi yöq, qörquv xavotir yöq. Otabek uçun “taxt, toj, xon, bek kabi laş-luşlar uning köz öngida qora pullik qadr qimmatsiz”. Dunyo havaslari, mol-mulk uning uçun ahamiyatsiz, rangsiz va tussiz. Aslida, Otabek vujudida nafs taʼmalarining yöli kesilib ayni şu örinda “hissiz” odamga aylangan. Holbuki, Otabek hissiz emas, “uning hamma orzusi” “birovgina”ning diydori. Otabek dunyo havaslari va laş-luşlari oldida “hissiz”, “bezraygan” odam. Otabekning dunyo haqida şaxsiy qaraşi mazkur uçlikda jamlangan. Dunyo falsafasining tiriklik formulasi aks etgan mana şu uçlik asosida Borliq harakatlanadi, mavjudlik mohiyatini özida jamlaydi. Ölimni his qilgan Otabek ruhiyatidagi qörquv örnini kuçli işonç hissi egallagan. Işonçning ildizlari Şarq-musulmon madaniyatiga borib taqaladi. Ölimni anglaş orqali tiriklik anglanadi. Ölim – hikmat, ibrat, haq, Yaratganning amri. Ğazzoliyda şunday fikr bor: “Men dunyoda bölmasam ham, oldin dunyo bor edi, dunyo ötaveradi, lekin men bir kun kelib unda bölmayman va yaşamayman. Dunyodan tiyil va oxiratda iftor qil. Zero, dunyo sarmoyasi va havoyi nafsning oxiri – foydasi dözaxdir”. Qodiriyning dunyo haqidagi falsafasi Otabekning uluğvorligi va Yusufbek hojining taqvosida yanayam teranlaşadi. Ölim bilan yuzlaşuv Otabek qalbini tölqinlantirsa-da, “uning yuzini” köriş havasi inson sifatida unga begona emas. Otabekdagi fozillik va oqillik yetakçi fazilat sanalsa-da, muhabbat masalasida u çin oşiq. Ammo oşiqlik havasi, yaʼni nafs talvasalari uning ikkilantirmaydi.

“Ötkan kunlar” romanidagi “Jonsöz bir xabar va qörqinç bir keç” deb nomlangan fasl romanning tub buriliş nuqtasini belgilaşda muhim ahamiyat kasb etadi. S.Meli “Samoviy miqyos: “Ötkan kunlar” va “Qirol Lir” maqolasida mazkur faslga alohida töxtalib, “Xöja Maʼoz roman simvolikasidagi markaziy örin, avval aytgandek, asarning ramziy modelidir”, deydi. Olim semantik qatlam sathlarini keng kölamda çuqur va asosli tahlil qilib, qabriston tasviri bilan boğliq fasl asar ramziy poetikasida alohida örin tutişini taʼkidlaydi.

Romanda Homid uyuştirgan soxta maktublar tufayli hiyla-nayrang kuçayib, ayriliqning uzayib ketişi va munosabatlarning hadsiz murakkablaşuvi sabab voqelik eng yuqori pallasiga kötariladi. Romanning şu nuqtasigaça obdon pişib yetilgan voqelik, yaʼni tugun yeçilmoği lozim. Faslning kiriş qismida badiiy şartlilik yetakçi poetik mazmun kasb etadi. Qahramon öz yölini tanlaşi şart holati sifatida tasvirlanadi. Otabek “yölning ayrilişiğa borib töxtağan edi”. Uning ruhiyatida “ikkilaniş” alomati. Eʼtibor bering, qahramon ruhiyatidagi ziddiyat va murakkablikni yozuvçi yöl ayirmasidagi ikkilaniş holati orqali körsatadi. Birinçi yöl “poyabzal rastasi”, ikkinçisi “töğri yöl”. Otabek qaysi yölni tanlaydi, javobi oldindan aniq bölsa-da, yozuvçi yöl ayrimasini atayin qistirib ötadi. “Poyabzal” rastasi köçasida uning sevgilisi Kumuş xonadoni joylaşgan. Asarning boşlanişida Otabek “poyabzal” rastasidagi xonadonlarning biriga tahorat oliş uçun kirganda Kumuşni uçratgan edi. Bugun yana şu köçaga, “tilsimlik darboza” tomon burilişga qaror berdi. Röparadagi keyingi “töğri yöl” Otabek yöli emas, u oxiri aniq bölmasa-da “poyabzal” rastasidan köngil uzmaydi. Eşikka yaqinlaşgan Otabek “jonsöz xabar”ni eşitib qoladi. Kumuşni uning javobisiz özgaga turmuşga bermoqçilar. Homidning nayrang firibi – soxta “taloq xat”idan be­xabar Otabek huşidan ayriliş darajasida. Çunki “Jonsöz“ sözi roman matnida bir neça marta takror qöllangan. Bu xabar uning uçun göyo ustidan “bir çelak qaynağan suvni ağdargan edilar-da, butun terisi oyoğiga sidirilib tuşkan edi”. “Jonsöz” xabari faqatgina uning jonini olmaydi, balki tanasiga azob berib, ruhga taʼsir qiladi. Sözning taʼsir maydoni şunçalik kattaki, uning çegarasi, haddi yöq. Bu xabar taʼsir kuçi insonning tanadan joni çiqmay turib, terisi “sidirilib” tuşadigan qiyomat azoblariga öxşatiladi. Demak, xabarning taʼsir kuçi Otabekka dözax azobi bilan barobar. Yozuv­çi qahramon ruhiyatini ifodalaşda hassos ruh­şunos sifatida yondaşadi, inson zotining evrilişlari­ni nazardan qoçirmaydi. “Jonsöz” xabar uning tirikligi bilan teng qiymatga ega.

Otabekning “Xöja Maʼoz” mozorida bir neça marta tunagani avvalgi fasllarda eʼtiborni tortmaydigan darajada şunçaki qistirib ötiladi. Demak, Otabek uçun bu qabriston doimiy ziyoratgoh. Aynan qahramon ruhiyatini oçişda mana şu tungi qabriston ziyorati bir vosita örnida xizmat qiladi. Mazkur fasldagi bayon uslubidagi mavhumlik va murakkablik, Abdulla Qodiriyning “Jinlar bazmi” hikoyasida qöllagan uslubni esga soladi. Xöja Maʼoz makoniy çegara sifatida Otabek ong-u şuuriga köçib ötadi. Muallif Otabek ongida yuz berayotgan ruhiy holatlarni tabiat hodisasi bilan qori­şiq holda tasivirlaydi.

Tunda yuz bergan kuçli “yel” tasviri bilan boğliq epizod roman ruhoniyatiga jiddiy taʼsir ötkazgan. Adib böron, dovul, kuçli şamol taʼsiriga ega tabiat hodisasini yel sözi orqali ifodalaşni maʼqul köradi. Bir lahzada kötarilgan kuçli “yel”, katta çinorlardan birini “yerni titratib” yiqitib, olovning ya­nayam kuçayişiga xizmat qildi. Kuçli şamol – inson botinida yuz berayotgan ruhiy jarayon maromi va yangilanişni ifodalovçi timsol. Olov kuçaygan paytda atrofdagi qar­ğa va zoğçalar bayram qilişdi. “Oç qolgan şerdek” mozorni titratgan olov asta-sekin pasaydi va öçdi. Butun roman voqeligi kuçli yel yonişini tezlatgan olov kabi şiddatli tus olgan edi. Olovning tezligi köngilga xavotir soladi. Ammo olov ham, şamol ham muqim emas, ötkinçi. Qoronğilikni bir dam yoritadi, ammo bu uzoq davom etmaydi. Qarğalardan söng navbat boyquşlarga tegdi. Bu yerda Otabek haqida deyarli söz aytilmaydi, butun nigoh uning ruhoniyatida yuz berayotgan ğalayon pörtanalariga qaratilgan. Kuçli yel va olov voqeasi tugagandan söng bayon usuli özgaradi. Bayon uslubidagi şiddat maromi yangilanadi. Masjid minorasidan “ruhoniyat yoğdirib munglik azon tovuşi” uyqu quçoğida yotqan tabiat uyğonib javob bergan kabi jonğirab ketdi. “Allohu akbar”ning sönggi takrorida Otabek “tahorat olib namozga yuzlandi”, yaʼni Yaratgan bilan uçraşuvga çoğlandi. Dunyo ötkinçi, uning ğam-qayğu, şodlik, boyligi ötkinçi, ibtido va intiho yagona ekanligi roman ruhiyatiga singib ketgan.

Fasl sarlavhasi ikki qismdan iborat. Birinçisi, “Jonsöz bir xabar” nima ekanligi va bu Otabekka qanday taʼsir etgani haqida imkon doirasida töxtaldik. Ikkinçisi, “qörqinç bir keç” deb nomlanadi. Yozuvçi bir jumlada “bir xabar”, “bir keç” deya “bir” sözini ikki marta takrorlaydi. Nega takror? Nega “qörqinç”? Maʼno urğusi qaysi sözga qaratilgan? Bir yagona, yolğiz. Tunlar köp, xabarlar köp, ammo bu yerda u inson hayot-mamoti bilan teng qiymatga egaligi uçun “bir” sözi qöllangan. Qabriston Otabek uçun qörqinçli joymi? Yöq, Otabek bu tungaça mozorga bir neça bora kelganligi avval aytib ötildi.

Otabek ruhoniyati qaysidir maʼnoda dunyoning qoronğiligiga qarşi olov yoqayotgan devona ruhiyati bilan özaro kesişadi. Bunday munosabat şakli adib ruhoniyatiga borib taqaladi. Yozuvçi tarjimayi holi bilan boğliq manbalarda qabriston ziyorati bilan boğliq xotiralar mavjud. Qabriston – tiriklar bilan öliklar örtasidagi çegara. Inson köngli halovat istaganda, ötganlarni yodga oliş asnosida öz “men”i bilan qaytadan yuzlaşadi, öz-özini tergaydi. Savollarga javob topa olmay qolganda odam qabristondan javob izlaydi. Qabriston badiiy makon sifatida bejiz roman xronotopidan joy olmagan. H.Qodiriyning “Otamdan xotira” xotira-qissasida şunday yoziladi: “Dadam köpinça bahor kezlari ana şu Xöjaaʼlambardor qabristoniga yolğiz borib, negadir uzoq-uzoq ötirib qaytardilar. Hatto bunday hollarni goho men tunlarda ham sezardim. Unutmayman, bir gal dadam keçki payt mazkur qabristonga meni ham birga olib bordilar. Atrofda heç kimsa yöq, men gul terib dadam oldiga taxlayman, u kişi esa öz xayoli bilan band… Bora-bora asta qoronği ham tuşa boşlaydi, men ham gul terişdan zerikdim. Nihoyat, negadir mening könglimga bir qörquv tuşdi-da, dadam yelkasiga suyanib yiğlab yubordim”. Yana bir örinda “dadamning hammahallasi Muhsin amaki şunday hikoya qiladi: Abdulla çamasi “Ötkan kunlar”ni yozib yurardi. Bir kuni Abdulla qayoqdandir kelib men bilan körişdi va uydan pöstakmi, körpaçami çiqarib berişni söradi. Men ajablanib körpaça çiqarib berdim. U qöltiqlab qabriston içiga qarab ketdi-da, salqin bir yerga körpaçani töşab, ötirib-ötirib, bir narsa yozdimi, yöqmi – bilmadim, bir vaqt qaytib çiqdi va körpaçani topşirib, xayrlaşib, indamay yöliga keta boşladi. Men uning nega bunday yurişini unça-munça fahmlasam ham jörttaga: – Şoşma, Abdulla! – dedim. U töxtadi. – Mozorda ötirib nima iş qilding? Abdulla yölida parvosiz ketarkan, kuldi: – Öliklar bilan gaplaşdim!”. Manbalarda yozuvçining “Xöjamaʼoz” qabristonida şaxsan özi keçalari tunab qolganligi qayd etilgan. Bular nimani anglatadi? Donişmandlar “ölimni anglaş tiriklik­ning hikmatidir”, deb bejiz aytişmaydi. Aslida, imon yölida yaşagan inson uçun qabriston qörqinçli makon emas, balki tiriklik hikmatining moddiy dunyo vositasida körinişidir. Hadisda aytiladi: “Men sizlarni qabrlar ziyoratidan qaytargan edim. Endi ularni ziyorat qilave­ringlar! Çunki u oxiratni eslatadi, sizlarga ölimni esga soladi. Ey, ziyorat qilaveringlar. Çunki u qalbni yumşatadi, közni yoşlantiradi. Çunki sizlarga unda ibrat bor. U dunyoda parhezkor qilib qöyadi” ( Imom Muslim, Termiziy, Abu Dovud, Ibn Moja, Hokim, Tabaroniy ri­voyatlari). Demak, yuqoridagi mazkur hadisi şarifdan qabrlarni ziyorat qilişda asosan ikkita foyda borligi maʼlum böladi: Birinçisi, inson ziyoratga borib, özini önglaydi, dunyoning ötkinçi ekanli­gini faqatgina ezgu amallar qolişini anglaydi. Mol-dunyo insonga vafo qilmasligi, bu dunyodan ulardan biror narsa olib keta olmasligi, faqatgina insonning xayrli amallari qolişi ziyorat asnosida köngildan ötadi. Ikkinçisi, qabr ziyorati Rasululloh (s.a.v.) aytganlaridek, “qalbni yumşatadi, közni yoşlantiradi”. Xalqimizda: “Köngling çöksa, bozorga bor! Köngling kötarilsa, mozorga bor!”, degan naql bor. Qodiriy hayotida, ayniqsa, ijodiy jarayon paytida qabriston ziyoratini tark etmagan, u odamzotdan xoli bölgan joydan hikmat qidirgan. “Ötkan kunlar”ni yoziş jarayonida (1918-1919) yozuvçi qalb sokinligiga va ruh xotirjamligiga erişiş uçun “öliklar bilan gaplaşgani” borgandir, ehtimol. Taşqi dunyodan uzilib, Oliy Hakam bilan samoviy uçraşuv orzusi yozuvçini qabriston ziyoratiga çorlagan bölişi mumkin. Roman yozilgan vaqt­da yozuvçi 24 yoşlar atrofida bölib, ayni baloğat, tom maʼnoda komil inson sifatida köz oldimizda namoyon böladi.

Qodiriyning tiriklik mazmuni haqida qaraşlari dunyo donişmandlari falsafiy qaraşlari bilan uyğun tarzda ifodalangan. Uning 1926-yildagi sudlov hujjatlari­da ayni yigitlik çoğida “ölim tansiqroq” deb aytişga jurʼat etiş hayot falsafasini anglab yetgan donişmand iqroridir. Tiriklardan hikmat qoçganda, qabr sukunati ijodkorga işonç va umid, asarni yoziş uçun “jasorat” bergan bölişi mumkin. Insoniy “men”ning ijodiy “men”da öz aksini topişi qabriston bilan boğliq sahnalarda öz aksini topgan. Jamiyat hayotida yuz berayotgan alğov-dalğovlar, yolğon siyosatga tobe bölib qolmaslik uçun adib qabristondan panoh izlagandir. Ammo baʼzi adabiyotşunoslar talqin qilgandek “qörqinçli” mozorda tunaş yozuvçidagi jasoratni urğulaşdan köra dunyoning omonatligini eslab turiş uçundir. Hayot-mamot çegarasidagi inson taqdirida örin tutgan islom falsafasi ustunligi Qodiriyga xos ifodalarda öz aksini topdi va roman abadiyatini taʼminlagan omillardan biridir.

Sanobar TÖLAGANOVA

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (147)