7 daqiqada öqiladi

1 355 marta körilgan

Mohinur Muxtorova. Hijron motivi şoiralar talqinida

Maʼlumki, şarq mumtoz şeʼriyatida işq-muhabbat mavzusi yetakçi örin tutadi. Töğri, zohiran işqiy mavzuda yozilgandek köringani bilan tasavvufiy mazmunga ega şeʼrlar ham köp. Biz majoziy işq mavzusidagi şeʼrlarga, ularning ham oşiq holi, yor gözalligi tavsifi kabilarga bağişlanganlarini qöyib, hijron motivi talqin qilinganlariga töxtalamiz. Qarasak, bu ham juda keng mavzu, şuning uçun yanada toraytirib, ayollar şeʼriyatida hijron talqinini körib ötamiz.

Kişilik jamiyati taraqqiy etib, insonlar ilm-maʼrifatni egallay boşlagandin buyon barça so­ha­larda ayollarning nomlari zikr etib kelinadi. Ayol­lardan çiqqan buyuk davlat arboblari, yetuk vatan­parvarlar, maşhur olimlar bilan bir qatorda söz sanʼatining ğurur-u iftixori sanalgan şoiralar ham bor. Boburiylar avlodidan bölgan maşhur şoira Ze­bunniso, atoqli şoiralarimiz: Uvaysiy, Nodira, Mah­zunalar şular jumlasidandir.

Zebunnisoning ğazal va ruboiylari sevgi lirikasining yorqin namunasidir. Uning har bir misrasida abadiy hijron va firoqning şiddatli tölqinlari, jafokor yorning sitamlari aks etadi. “Maşohir nisvon” (“Maşhur ayollar) kitobida aytilişiça, Zebunniso bir yigitga yaşirin muhabbat qöygan ekan. Ming afsuski, u yigit yoşligida öldirilgan. Şu sababdan bölsa kerak, Zebunniso afsus va nadomatlar bilan quyidagi satr­larni bitadi:

Yuz bahor oxir bölib, har çakkadan joy oldi gul,

Hayfdir – bizning gulimiz zebi dastor ölmasa.

Har matoga bor xaridor, husnning bozorida,

Ne uçun Zebunniso qarib, xaridor ölmasa?

Boşqa şoiralardan farqli ölaroq, Uvaysiy lirikasida hijron motivi, hijron dardi yor – mahbubdan taşqari, Yaratganga muhabbat yoki öğlidan judolik bilan boğliq. Biz uçala hijron dardini ham (Allohdan, yordan, farzanddan) közdan keçirmoqçimiz. “Uvaysiyman” radifli ğazalida Yaratganga intiqlik bilan intilayotgan solik banda, Payğambar alayhissalomga oşiq ummat, haq yölidagi pir-u ustozlarga muhabbatli şogird sifatida tuyğularini izhor etadi:

To körib xarobotin taʼna etma ey Zohid,

Bir nafas emas xoli iqtido Uvaysiyman…

Faqir borgohiga qöysa gar qadam har kim,

Boş agar kerak bölsa, jon fido Uvaysiyman.

Şoiraning “Köndalang” radifli şeʼri sevgi bobidagi bir haqiqat ifodasi sanaladi. Har bir misrasining taşbehlari samimiy, tili sodda, ifodasi xalqonadir:

Maʼşuq ermas bölmasa vasl içra nozi köndalang,

Oşiq ermas bölmasa söz-u gudozi köndalang.

Neça kun bedor ölub heç topmadim andin asar,

Tuş aro böldum muyassar eʼtirozi köndalang.

Bugina emas, Uvaysiyning yorga bölgan sevgisi, mu­habbat lirikasiga oid quyidagi baytlar ham sodda, ravon, ohangdor. Sözlar bağriga singgan hijron yorqin aks etadi:

Közlaring firoğida tanda lolagun qonlar,

Qilğali tomoşosin saf çekibdi mujgonlar.

Yoki:

Jafosin çekmayin bölmas muyassar senga jononing,

Yurakka dardi tegmay, taʼsir etmas oh-u afğoning.

“Soğindim” radifli hasbi hol ğazalda öğli Mu­hammadxonning sarbozlikka yuborilişi munosabati bi­lan farzandidan judo onaning iztiroblari, nolayu fiğonlari, soğinçlari ifodalanadi:

Bukun, ey döstlar, farzandi jononimni soğindim,

Gado bölsam ne ayb, ul şohi davronimni soğindim…

Qoronğu böldi olam közima uşbu judolikdin

Köz-u könglim ziyosi mohitobonimni soğindim.

Nodira har on vafoni kuylagan şoiradir. Jafokaş taqdir yoş şoirani sevikli yori, ustozi – Umarxondan ayirdi. Lekin Nodira umri poyonigaça yoriga sadoqat aylab, ğam-ğussa, hijronu firoqlarga töla ğa­zallarida Umarxonga abadiy sadoqatini kuyladi:

Bevafolardek seni hargiz faromuş aylamay,

Nodira yodingni aylar to dami yavmulhisob.

Umr yöldoşini beqiyos qadrlab, uning bilan ötgan har lahzani uluğ davlat bilgan va şodligu baxtni kuylagan şoira ğazaliyotini Umarxon vafotidan söng motam, hajr, firoq, hijron alamlari egalladi. “Oqibat” radifli ğazalida yor vaslidan ayro köngil, visoldan mosuvo qalbning ohu fiğonlari aks etadi:

Vasl uyin obod qildim, buzdi hijron oqibat

Seli ğamdin bu imorat böldi vayron oqibat.

Faqat bu emas, uşbu davrda yaratilgan har bir ğazali, muxammas, tarjeʼbandlari, “Firoqnoma”sidagi ruhiy eziliş, abadiy hijrondan şikoyat, zamona zaylidan noliş, yorga intizorlik, uni qömsaş, tanholik va judolikdan nola sadolari har bir köngilga qandaydir mungli, vazmin taʼsir etadi:

Menki qoldim hajr vayronida besomon bölib,

Yor kelmas kulbayi ehzonima mehmon bölib.

Daşt-u sahrodin söroğingni topolmay dard ila,

Aylanib keldim yana ğam uyiga hayron bölib.

Şarbati laʼling xumori birla çandon yiğladim

Qatra-qatra közlarimdin oqdi bağrim qon bölib.

Bunday mungli, alamli şeʼrlarni öqiganda qal­bimizdan, iç-içimizdan Nodira dardini his etamiz, uni tuşunamiz, yuragimizda şoiraga nisbatan çeksiz hurmat-ehtirom, iliq tuyğular jöş uradi.

Nodira va uning fojiali hayoti, taqdiri haqida gap ketganda beixtiyor Zulfiyaxonim ham yodimizga tuşadi. Negaki, ikkisida ham taqdir çizgilari bir xil: biri öttiz, yana biri yigirma töqqizida umr yöl­doşidan, hammaslak döstdan, ijodda rahnamodan ayrildilar. Bu hajr, bu hijron, bu ayriliq tabiiy ravişda ana öşa ikki şoira ijodida hijron motivini asosiy yö­nalişga aylantirdi, munis va mahzun satrlar bi­tişga majbur etdi. Yuqorida “ğamxör ustozi” deb bekorga aynan keltirmadik. Nodirabegim va Zulfiyaxonimning umr yöldoşlari faqatgina sevikli yor bölib qolmasdan, ularning xatolarini tuzatadigan, kamçilik­larini töldirgan, ijodiyotida yangiliklar yara­tişga undagan “ilhom parilar”i edi. Buni şoiralar ham öz tarjimayi hollarida qayd etişgan.

Nodira: “… Sayyid Umar Bahodirxon aksari avqot mavzun xayollar birla ğazal va muxammas va tarjiʼi murassaʼ qilur erdi va andin oşiqlarğa surur va husn ahliğa ğurur paydo bölur erdi… Meni ham alar mutobaatida biror bayt taqlid bilan aytur erdim. Hazrat baʼzi nuqsonlariga isloh berib mavzun va murassaʼ qilur erdilar”.

Zulfiya: “… Hamid Olimjon şunça kişilar orasida menga ham astoydil yordam berar edi. Yoşman, baʼzan menga sanoqsiz kitoblar, qoğozlar içida kömilib oliniş yoqimli tuyulmasdi. Bunday paytlarda u meni ilhomlantiriş yöllarini topardi. Esimda: bir gal Samarqand safaridan özi bilan Raʼno Uzoqovaning şeʼrlarini olib keldi, taʼsirçan joylarini öşa kezdayoq öqib berdi. Söng, “Köryapsizmi, ayollarimiz qanday yoza oladi? Faqat jasorat, iroda kerak, – dedi-da, sekingina qöşib qöydi. – Bilasizmi, siz yaxşiroq yoza olasiz”. Bu suhbat menga katta turtki böldi”.

Körinib turibdiki, yuqoridagi iqrorlarda Amir Umarxon va Hamid Olimjon şoiralar uçun faqat sevimli yorgina emas, şeʼriyatda ğamxör, mehribon ustoz ham ekanligi ravşanlaşadi. Demak, Mohlar oyimni maşhur şoira darajasiga yetkazgan, “Nodirayi davron” nomi ila dong taratişiga sabab bölgan ustoz – Umarxon edi. Zulfiyaning ham XX asr adabiyotining yorqin vakilasi bölib yetişişi, “Zulfiyaxonim” bölib butun dunyoga ovoza bölişiga sababkor – Hamid Olimjondir.

Zulfiya lirikasiga nazar solganimizda çin mu­habbatga loyiq insonning pok sevgisi va abadiy sa­do­qatini his etamiz. Zulfiyaxonim boşqalarga öx­şa­gan oddiy ayol emas. Taqdir bir qöli bilan unga çin muhabbat inʼom etgan bölsa, öz navbatida ikkinçi qöli bilan buyuk iroda va sadoqat tuhfa qildi. Şu sababdanmi Zulfiya ayollarning bor dardini qalamga ola bildi, ijod qilganda ham yonib ijod qildi. Baʼzi ijodkorlarga öxşab bir maromda emas, gulxan kabi lovullab yondi. Öşa gulxanning lovullab yonişiga sabab bölayotgan, tobora olovlantirayotgan narsa HIJRON DARDI böldi. Aynan öşa hijron şoiraning olovli qalbidan otilib çiqayotgan ötli sözlari edi. Ha, Zulfiyaning şeʼrlarining har bir satri şoira qalbidagi gulxanning uçqunlaridir.

Şoira bor dardini yaşirib özini qançalik baxtiyor körsatişga urinmasin, baribir hijron azobi, hijron dardi uni tinç qöymadi:

Lekin qolganimda qalbim-la tanho,

Tuyğular zoriga solganda quloq.

Özni zaif, çanqoq sezganda goho,

Alamdan beraman javobsiz söroq:

Nega tiriklikda taşlab ketmading?

Şeʼrning butun mazmunini, Zulfiyaning dardini band oxiridagi birgina “Nega tiriklikda taşlab ketmading” misrasi ifodalamoqda. Şoira yorining ölimidan köra hayotlik çoğlarida taşlab ketişini afzal körmoqda. Bunday olib qaraganda, “taşlab ketiliş” ham qançalar oğir… Har bir ayolni, qolaversa, har qanday insonni ham iztirobga soladigan holat. Lekin şoira abadiy ayriliqdan köra öşa “alamli holat”ga ham rozi edi:

Hayotda men uçun qolarding tirik, Qalaming mujdasin kutardim muştoq.

Maʼyus taqdiringga yaşab men şerik,

Muşkul bölayotir şodlik yaratmoq.

Sevgan insoning qalbida “Sen” yaşaşing, unda faqat “Sen”ing isming borligini bilib yaşaş qanday baxt. Yana öşa Baxting, Muhabbating dunyoning qaysidir joyida nafas olayotganini sezib yaşaş ham gohida sen uçun kifoyadir. Töğri-da, u bilan birga bölmasang ham, qalbingning tub-tubida bir kunmas bir kun uni köriş umidi pinhon yaşaydi. Baʼzi hollarda şu “mitti umid”ning özi ham insonga hayot bağişlaydi. Ammo taqdir Zulfiyaga şunday baxtni ham ravo körmadi:

Yana yilday uzun böldi tun,

Közlarimga kelmadi uyqu.

Turli xayol çulğab öyimni,

Ötday yoqdi boşimni parquv.

Yana öşa dard, öşa xotira, öşa hijron. Eng açinarlisi bu “dard”lar har kun, har vaqt – uzun tun çoği, döstlar davrasida, tabiat manzarasi, farzandlar kulgusida, şeʼr maşqi çoğlarida ham şoirani taʼqib etadi. Zulfiya “Yupatolmas kitob va qalam, misralarim kötarar noliş” deya faryod qilganida har qanday odamning ham könglini vayron qilib, yiğlatmasdan qöymaydi.

Xulosa sifatida aytiş mumkinki, har qaysi şoira hijron mavzusini qalamga olganida ham xotiralarga yöğrilgan misralari bilan baribir sof muhabbatni tarannum etganlar, hayotni, ezgulikni sevişga, qi­yinçiliklarga qarşi tura olişga örgatganlar. Ular kuylagan muhabbat, ularning hayoti va taqdiri barça ibratlidir.

Mohinur Muxtorova – Andijon davlat universiteti filologiya fakulteti talabasi. Adabiy-tanqidiy va maʼrifiy mavzudagi qator maqolalari matbuotda eʼlon qilingan.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (147)