11 daqiqada öqiladi

291 marta körilgan

Otauli. Havo (hikoya)

Özbek otellosi

Sumbulaning sokin saharida Xöjakent qişloğining tub-kindigidagi quyoşga yuz tutgan möjazgina kulbadan çiqib kelgan qariya avvaliga dala hovlisini bir aylanib keldi. Söng hovli yonidan oqib ötadigan zilol jilğada yuz-qölini yuvdi. Öçoqboşiga borib, odatdagidek qumğonda çoy qaynatişga tutindi. Uning oltmiş beş yillik hayotidagi eng xuş köradigan işlaridan biri mana şu: qumğonning tagidagi olovga taraşa taşlab, suv qaynaguniça öy suriş!

Saratonning oftobini körgan taraşalar suvni bir zumda qaynatdi. Qariya qumğonni olib borib işkom tagidagi söriga – xontaxta yoniga qöydi-da, qöşqavat körpaçaga ötib ötirdi. Dasturxon tuzagan köyi çolini kutayotgan kampir çoyni damlab, piyolalarni çayqadi. Söng piyolaga bir höplamgina çoy quyib çolga uzatar ekan, şirin entikib gap qotdi:

– Zap havo bölyapti-da, otasi! Keçalari ham, kunduzlari ham issiq bölib issiq emas, sovuq bölib sovuq emas, biram salqin, biram oromijon! Ayniqsa, bayramdan keyingi biror haftada dala hovlimizda şunaqangi huzurlanyapmanki, naq bir qop semirgandekman!

– Nimasini aytasan, onasi! Men ham kundan kunga yaşarib ketayotgandekman! Keçagi ob-havo maʼlumotini eşitdingmi! Tağin biror hafta yomğir yoğmay, ob-havo şu alfozda turar ekan! Kuzning şivalab yoğadigan surunkali yomğirlari boşlanib, odamning yuragini siqmay turganini aytsang-çi! Bu ham Xudoning marhamati!

Kampir kulba tomonga bir köz taşlab, siniq iljaydi:

– Xudo körsatmasin, şu kuz yo yanagi yilning köklamidagi surunkali yomğirlarda anovi kulbangiz tob taşlamasa bölgani! Yomğir sevalab urgan şekilli, yon devorining suvoği öpirilib tuşibdi-ya.

– Nafasingni sovuq qilma, onasi, – dedi çol kampiriga malollanib qararkan. – Yigirma beş yil avval qirçillama qirq yoşimda loyini peşona terimga iylab, ön yaşar öğlim ikkovimiz tiklagan mustahkam boşpanam-ku bu! Öğil kelsa, şu bir parça joyini somonsuvoq qilinib, ustidagi şiferlarni yarim metrga çiqarib pana qilib qöyilsa, bas! Şunça yildan buyon pinak buzmay turibdi, yana uzoq turadi! Yiqilsa ham egasidan keyin yiqiladi!..

– Siz ham nafasingizni sovuq qilmang-da, otasi! Endigina oltmiş beş yoşga kirgan, kundan kunga yaşarib ketayotgan odamning gapimi şu?! Birga yaşab turganimizga bor-yöği qirq yil bölibdi! Bu atrof-javonibda nevara, çevara, hatto evaralar qurşovida ellik, oltmiş, hatto yetmiş yil birga-birga yaşab turgan jufti halollar bor-a! Bizning ulardan nimamiz kam?..

– Yaşa, onasi! Zör gap böldi! – Çol beixtiyor yayrab kuldi. – Töqson yoşimdaki ahvolim şunday noçor, ertaga qarisam nima böladi, degan ekan bir köngli yoş kampirşo…

– Ha-da, kengga – keng, torga – tor dunyo bu, otasi! Hamma gap niyatda! Haligi bir qiziqçimiz aytuvdi-ku, yuz yigirma yoşni közlagan odam yuzga kiradi, deb. Şunday ekan, qani, bi-ir yaxşi niyat qilaylik-da, umrimizning yoruğ damlarini eslaşaylik, nima dedingiz?

– Töğri aytasan, onasi. Noşukrlik yaxşimas. Buyoğini sörasang, baxtimni ham, taxtimni ham sening şarofating bilan topdim. Yaxşiyam yigirma beş yoşimda universitetni bitirgan zahoti ataylab Turkistonga borib, seni topganim. Bosmaxonadagi qirq qizning orasida sen bir qaraşdayoq közlarimga ötdek bosilib, yuragimdan urgan eding öşanda. Qirq yil avval qanaqangi qiz eding-a, körganning közini qizdiradigan, soç taqimga uradigan, qoşlar qunduz, közlar şahlo…

– Qöying, otasi, könglimni böşatmang, – kampir çolga iltijoli qaraş qildi: – Hozir yiğlab yuboraman. Qani öşa yoşligim? Bilmadim, özim qaridimmi, siz qaritdingizmi…

Çol kampirini murosa-madoraga çaqirdi:

– Qöy, onasi, tağin zaptingga olib boşlama. Bir-birimizni qaritganimiz yöq, birga-birga qaridik-ku. Xudoga şukur, qatordan kam bölmadik… Yodingdami, qirq yil avval seni anovi şahri azimga olib kelganimdan keyin, qadaming qutluğ bölib işlarim şunaqangi yurişib boşlaganki, asti qöyaverasan. Bir çangal pul bilan oylab yurib yolğiz özimni şahri azimdagi biron-bir xonadonga rasmiy röyxatdan ötkazolmay rosa xunob bölgan edim. Seni olib kelgaç ikki haftaning içida ikkalamizni bir tiyin sarflamasdan bir uyda röyxatdan ötkazganman-qöyganman-a, esingdami?

Kampir şirin orziqdi:

– Ha, mening ham şu bugungidek esimda.

Çol kampirini qizğin qöllab-quvvatladi:

– Ha, nimasini aytasan! Xudoga şukur, qirq yillik hayotimizda yaxşi odamlar köp uçradi bizga. Ularning şarofati bilan vaqti kelib şahri azimda uyli-joyli, qörli-qutli, uvali-juvali böldik. Öttiz beş yoşimga qadar ön yil intilib-talpinib yetolmay yurganimda bir yaxşining şarofati bilan keyingi yigirma beş yillik umrim keçgan anovi qutluğ dargohga işga kirdim. Daraxt bir joyda kökaradi, deb, öşa bir joyda ösib-undim. Xudoga şukur, yana bir yaxşining şarofati bilan manovi bahavo toğ bağridagi oromijon dala hovli bizga ham nasib qildi. Iloyo joyi jannatda bölsin, bir yaxşi inson qaçonlardir anovi toş nokni ekib ketgan ekan, bizga buyurgan nasibamiz ekan, özimiz ekkan nihollar unga havaslanib qad rostladi-da, rizq-rözimizni butun qildi. Öğlimizning şarofati bilan dala hovlimizdan taşqari daryoning naryoğidan ikki xonali, barça qulayligi bor mustahkam boşpanaga ega böldik. Töğri, özing yaxşi bilasan, bizga balo soğingan yomonlarni ham körmadik emas, ançagina kördik.

– Keling, otasi, endi yaxşi-yomon odamlarni qöya turib, yaxşi kunlarimizni bi-ir eslaşaylik! Menga oçiğini ayting-çi, sizning eng quvonçli kuningiz qay kun?..

– Mening eng quvonçli kunim?.. – Çolning közlaridan öt çaqnadi: – Tönğiçimiz tuğilgan kun, aniqroği, tunning qoq yarmi. Kökçadagi tuğruqxonadan to Samarqand-darvozadagi ijara uyimizga qadar poyi-piyoda kelganman öşanda. Qahraton qiş sovuği mutlaqo sezilmaydi – yalangboş-yalangtöş. Butun yöl böyi baxtiyorlikdan katta aşulani vang qöyganman, işonsang. Şundan keyin heç qaçon bu qadar köngillanib qöşiq aytolmadim ham, eşitolmadim ham!..

Kampir çolning gapini böldi:

– Mening ham eng yaxşi kunim kun emas, tun! Tönğiç nabiramiz tuğilgan tun! Esingizdami, öşanda tungi soat uçlarda qizimizning özi tuğruqxonadan qönğiroq qilib, bizni nabira bilan tabriklagan edi. Işonmasdan, Tuşimmi-öngimmi? deb dovdirab turganimizda, Mana, nabiralaringiz şundoqqina yonimda yotibdi, xohlasalaringiz kelib köringizlar! degan edi.

– Esimda, onasi, esimda! Ota-bobolarimiz, Mevasidan mağzi şirin, degan gapni bir nimani bilib aytgan-da, axir! Biroq, baribir, öttiz yoşimda körgan tönğiçim-öğlim!.. Yodingdami, rahmatli amaki, ijara uyimizning egasi Holiq amakini aytaman, darvozadan har gal, Odamlarning yaxşisi qani, odamlarning yaxşisi, deb kirib kelar edi. Ikki marta uylanib, ikki xotinidan törttadan sakkiz qiz körgan beçora çol uçun odamlarning yaxşisi öğilçamiz edi. Nihoyatda yaxşi odam edi rahmatli Holiq amaki, u kişi uçun bu olamda yomon odam yöq, hamma yaxşi edi. Biroq odamlarning yaxşisi bola, bola bölganda ham, öğil bola edi. Endi öylab qarasam, öz hayotimda bu odamdek donişmandni kamdan-kam uçratgan ekanman.

– Rost aytasiz, otasi, – dedi kampir ham tölqinlanib. – Rostdan ham, öğil bola öğil bola-da, yolğiz bölsa ham öğilni körsatganiga şukur. Biroq şu topda yaxşi kunlarni eslaymiz deb yaxşi tunlarni eslaşayotgan ekanmiz, aytişim kerak, men uçun eng yaxşi tunlardan biri bundan roppa-rosa yigirma beş yil avval ayni şu dala hovlimizda keçgan edi! Eslaysizmi, öşanda şu bir parça yer endigina çekimizga çiqqan. Hali anovi kulbadan ham, manovi söridan ham dom-darak yöq, tap-taqir yer, faqatgina bir tup toş nok qaqqayib turibdi. Uç bolamizni anovi tepada körinib turgan bolalar oromgohiga joylaştirib bölib, şu yerga tuşib kelganmiz. Uç bolamiz u yerda, bir parça yerimiz bu yerda, diqqinafas şaharda nima bor bizga, ertamiz yakşanba bölsa deb yoz çillasida qöşnimizning vagon-uyi qoşidagi qoq-quruq sörida tunab qolganmiz, eslaysizmi? Bolalarimiz bilan birga tuşlik qilganimizda kerak böladi deb olgan bitta çoyşab bilan bitta dasturxondan boşqa heç vaqomiz yöq. Ana öşa oçildasturxonda bir-birimizni mehmon qilib, çoyşabda birimiz uxlab, ikkinçimiz poyloqçilik qilib tong ottirganmiz. Mening hayotimdagi eng yoruğ tunlardan biri öşa tun edi, xöjajon. Öşa tunning oyi ham, yulduzlari ham şunaqangi yoruğ ediki, haligaça har eslaganimda dil-dildan orziqib ketaman.

Çol çuqur tin olib, qattiq entikdi:

– Ha-a, nimasini aytasan, özimning boybiçam, bekaçim, bibim-bibixonim… Xudoga şukur, bu ötar-ketar dunyoda yoruğ tunlarni ham, yaxşi kunlarni ham köp kördik. Bir er-xotinning körgani şunçalik böladi-da, töğrimi? Yodingdami, öğilça ikkovimiz anovi kulbaning tört paxsasini kötarib bölib, hali tomini yopmaganmiz. Biroq temir sörini içkariga olib kirib, bolalarimiz bilan şuning ustida yotganmiz. Yoruğ yoz keçalari ham özimizni uyda yotgandek his qilamiz, ham boş ustimizda osmon töla yulduzlar qöl uzatib uzib olgudek! Osmon biram yaqin, yer biram yumşoq!.. Öşa tunlarning, öşa kunlarning sadağasi ketsang arziydi. Lekin endi, qariganimizda, şu keça-kunduzlarda yomonlar yomon zaptiga olib turganlarida!.. Baloxörlarning baloyi nogahonlariga abjirlik bilan çap berib, boşni omon asraşni tuppa-tuzuk uddalayapmiz, iloyo bundan keyin ham ğaflatda qolmay, balodan ogoh, özimizga xuşyor böliş, paymonamiz limo-lim tölib, rozi-rizolik tilaşib öliş nasib qilsin… Es-xuşim joyidaligida aytib qöya qolay, xotin, sendan mingdan ming roziman, sen ham mendan rozi böl, xöpmi? Işqilib, öğil-qizlarim bilan ortimda qolinglar!..

– Iye, iye, bunaqa emas-da, çol, – deya kampir beixtiyor örnidan turib ketdi, – Namunça halitdan rozi-rizolik tilaşib boşladingiz?! Tağin nima jin ura qoldi sizni?! Haligina aytdim-ku, hali uzoq yaşaymiz deb. Endi men yaxşi gaplarimizning oxirida taxiri çiqmasidan yaxşisi eçkilarni soğib kelib, sutini pişiray-da, oldingizga qöyay! Bizni yaşartirayotgan şu Xöjakentning havosi bilan eçkining suti!..

Çol itoatkorona qöl qovuştirdi:

– Xöp, kampirjon, xöp! Bilmasdan gapirib qöyibman! Axir, biz avval-boşda faqatgina yaxşi gaplardan gaplaşişga kelişib olgan edik-ku, darrov xayolimdan kötarilganini qara-ya!..

Çol duoyi fotihadan keyin bir nuqtaga köz tikkan köyi sukutga toldi. Kampir yengil qözğolib, qadrdon eçkilari tomon ketdi. Musaffo havodan töyib-töyib sipqorar ekan, qariyaning yuragi orziqib, ilohiy bir orom-faroğat tuydi. Şu asno rahmatli ustozlaridan birining öttiz yil avval bir maʼruzasida aytgan gapini esladi. Öşanda öziga tengdoş qalamkaşning yangi asari xususida ustozi şunday degan edi: “Asarni öqiyotganingda nafaslaring qaytib ketadi, böğilib havo yetişmay qolayotgandek his qilasan özingni”.

Öquvçini baayni böğib-böğizlaganday bölmay, aksinça, uning bahri dilini oçib, yengil nafas bahş etiş, diqqinafas köngliga nurdek tiniq musaffo havo, hayotbaxş nasim olib kiriş… Qalamkaş uçun bir qaraşda bundan-da osonroq iş yöqdek! Aslida olamdagi eng muşkul iş bu! Odam bolasining könglini xufton qiliş oson, biroq uni suv içgandek ravşan torttirib yoriştiriş… heç qaçon oson bölmagan! Öşa bir gapni aytgan mutafakkir ustoz öz şomi ğaribonida nega endi yoruğ kundaliklarni qöyib, qoronğu tundaliklarni yozdi? Zimiston tunlarda uning uyqusini qoçirgan narsa nima edi? Quvonç bilan sevinç, şodlik bilan baxtmi, yo yurakni beayov örtayotgan dard-alam, azob-iztirobmi?! Agar dard bölsa, bu muallifning maydagina şaxsiy dardimi, yo uluğ bir xalq, butun başariyatning ulkan dardi-dunyosimi?! Ölim ostonasida ham özining şaxsiy dardini “unutib”, öz xalqi, bani başar dardini çeka oliş!.. Ijodiy jasoratning kattasi mana şu emasmi?!.

Mana, keyingi yillarda dala hovlilariga har gal tinçlik-xotirjamlig-u huzur-halovat istab kelganlarida qulay payt poylab turgan bir-ikki dilozor kutilmaganda paydo böladi-da, avvaliga “Hormang, otaxon, çarçamayapsizmi?” deya hol söraydi. Söng “Şu yoşingizda özingizni qiynab nima qilasiz? Qarovsiz qolgan boğni qayta obod qiliş munkillagan çolga osonmi?! Undan köra menga sotib, puliga maza qilib biron oromgohda dam olmaysizmi? Aytgan pulingizni beraman!” deya yuragiga qöl solib, uni baayni ğijimlab boşlaydi.

“Uzr, inim, öğil-qizlar, nabiralar…” deya kuymalangan köyi qovoğini uymasdan oçiq yuz bilan qarab, kulib turib kelajakdan umidi uzilmaganini aytadi, biroq çaqirilmagan mehmon dilozorlikni yanayam kuçaytiradi: “Şu zamonda öğil-qiz boğingizni obod qilib beradimi, otaxon, zap gaplarni aytasiz-da! Tayyorga ayyorlik, tayyor oşga bakovullikni xuş köradigan bölib ketişgan-ku ular!” Bu xira paşşadan “Sen özing-çi, sen özing? Şu topda nimani xuş körib turibsan?” deb koşki sörab bölsa! “Ha, endi…” deya öz işini davom ettiraveradi, albatta. Biroq dilozor xira paşşaligini qöymaydi: “ğing-ğing”, “ğing-ğing”. “Yölingdan qolma!” degan maʼnoda bir qöl silkib, uni bazör haydab qutulsa, salgina ötib-ötmay boşqasi keladi. “Ovloqda buqinib olib nimalar yozyapsiz endi?..” Qarabsizki, tağin quloqning tagida “ğing-ğing”, “ğing-ğing”! Hammalari baravariga bexabar-ğaflatda qolişdimi, yo insofga kelişdimi, mana, qariyb bir haftadan buyon heç birining qorasi körinmay turibdi-ya haytovur! Ular kutilmaganda paydo bölib, tağin asabini buzib, nafasini böğib, bir haftalik huzurijonini rasvo qilmay, yaxşi kayfiyatining paçavasini çiqarmay turganlari uçun Xudoga ming qatla şukur qilsa arziydi! Iloyo Özing ularga insof-u tavfiq ato etgaysan, Parvardigori Olam!..

Çol miskinona öylardan beixtiyor çalğib, birdaniga qattiq seskanib ketdi. Yuragi şuvilladi. Işqilib, tinçlik bölsin, nihoyati dilozorning ğişavasigina emas, u boşlab kelmoqçi bölayotgan ğalva-yu mojaro, uruş-janjal-u xunobbozliklarning ham yuzi teskari bölsin! Dala hovlilari yoniga bitta emas, biryöla törtta yengil maşina oldinma-ketin kelib töxtadi. Qarab turib çolning dafʼatan çiroyi oçildi. Yelkasidan toğ ağdarilgandek yengil tortdi. Özini quşdek yengil his qildi. Çelakçada sut kötarib kelayotgan kampiriga yasama emas, ğoyat tabiiy şodlig-u baxtiyorlik bilan kulib qarab, darvoza tomonga im qoqdi: ana, dilozorlar emas, aksinça, dilovarlar! Ikkovginasining tört qutbga tatigulik tört juft jigarbandlari – öğil-qizlari bilan kelin-kuyovlari, şu tört juft jigarbandlaridan köpayişgan şirin-şakar nabiralari – mevasidan şirin mağizlari! Qirq yil mobaynida topgan-tutganlari – nuridiydalari hordiq kuni bölganidan foydalanib ularni qirq yillik töylari bilan qutlagani kelib turişibdi-ya, buni qarang! Şunday kunlarga yetkazganingga şukur, Parvardigori Olam!

Çolning hadik-havotir oralab kutilmaganda torayib kelayotgan yuragi ham, torgina dala hovlisi ham naq olam qadar, yer yuzi-yu osmoni-falak qadar kengayib ketgandek böldi göyo!..

Otauli (Rahimjon Otayev) 1949-yilda Çimkent viloyatining Çipon qişloğida tuğilgan. Hozirgi Özbekiston Milliy universitetining filologiya fakultetida tahsil olgan.

“Osmon töla yulduzlar”, “Surnay navolari”, “Tilsim”, “Zamona zayli” kabi kitoblar muallifi. Taniqli tarjimon. Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (258)

Suv. Hikoya

– Öz oyoği bilan jildirabgina kelmagan suv suvlik qiladimi?! Ketaman bu Cahroyi kabirdan… ketama-an-n! Dilşod şunday deya örnidan sapçib turdi-yu, derazadan taşqariga termildi. U avval hovlisidagi qovjirab qolgan…

“Eynşteyn jumboği”

Dekabrning asov şamoli tun bağrida özini har yonga urib, böriday uvillaydi. Uylar ham sovuqdan junjikkanday bağridagi çiroqlarini öçirib, şamolga jör bölib, qoranği tun vajohatini yanada orttiradi. Biroq şu imoratlar…

Uluğbek Hamdam. Yöl (falsafiy roman

Men bir ojiz tomçiman, ammo yuragimda ummon soğinçi yaşaydi. Mavlono Rumiy TUŞDAN OLDINGI VOQEA Ovoz keldi! Ovo-o-oz!.. Eşityapsizmi, ğoyibdan bir ovoz keldi! Dunyolarni töldirib emas, yöq, balki yöl kabi uzun, yöl kabi…