23 daqiqada öqiladi

9 719 marta körilgan

“Ötkan kunlar” saboqlari:

Umarali Normatov

romanning ijodiy tarixi, ijtimoiy pafosiga oid mulohazalar

Jahon adabiyotidagi şoh asarlarning dunyoga keliş tarixi şundan dalolat beradiki, ularning har biri, avvalo, davr, ijtimoiy vaziyat taqozosi, qolaversa, mualliflar tarjimai holi, oilaviy va ijodiy muhiti, hayotiy tajribalari, bilim darajasi, tafakkur tarzi, miqyosi, maʼnaviy bisoti, maslak, aqida-eʼtiqodi, orzu-intilişlari, eng muhimi, ijtimoiy ideallari hosilasidir.

Zamonaviy jahon adabiyotşunosligida bu muam­moni örganiş bobida boy tajriba töplangan. Bizda, xususan, yangi özbek adabiyoti yetuk namunalarini şu jihatdan tadqiq etiş borasida baʼzi işlar qilingan bölsa-da, ular köngildagidek emas. Hatto “Ötkan kunlar”, “Mehrobdan çayon”dek beqiyos romanlarimizning ijodiy tarixi, sir-sinoati hali tölaligiça ilmiy kaşf etilgani yöq. Aziz kitobxon, ana şu “oçilmagan qöriq”qa qurbimiz yetgunga qadar bir nigoh taşlab köraylik-çi, bu jabhada qanday jumboqlar, hikmatlar bor ekan…

Boşdayoq dadil şuni aytiş mumkin: Abdulla Qodiriy ötgan asrning 20-yillari şaroitida tarixiy mavzuda özgaça emas, ayni “Ötkan kunlar”, “Mehrobdan çayon”dek romanlar yozişga har jihatdan tayyor edi.

Bilasiz, Abdulla Qodiriy dastlab eski usuldagi, söng rus-tuzem maktabida, maʼlum muddat madrasada, keyinroq Moskvadagi adabiy-badiiy ins­titutda taʼlim olgan, turkiy tillardan taşqari arab, fors, rus tillarini yaxşi bilgan bölğusi adib diniy, tarixiy, adabiy asarlarni mustaqil örgandi, vaqtli matbuotni muntazam kuzatib bordi.

U oq-qorani tanib, ijtimoiy va ijodiy faoliyat doiralariga qadam qöyar ekan, davrning eng qaynoq, öta murakkab, ziddiyatli jabhalari içida turdi, asosan, matbuot maydonida qalam tebratdi. Dastlab ölkada keçayotgan milliy uyğoniş, ja­didçilik harakati ruhidagi asarlar taʼsirida yozilgan şeʼrlar, hikoyalardan boşlangan ijod kölami to­bora kengayib, uç asosiy yönaliş – davrning ötkir, dolzarb muammolariga aks-sado tarzida bitilgan publitsistik çiqişlar, “Kalvak maxzum”, “Toşpölat tajang” singari hajviy asarlar va nihoyat, tarixiy mavzudagi romanlar ustida iş olib bordi. Adibning har uç yönalişdagi ijodiy merosi şu paytga qadar qançalar örganilgan bölmasin, hali bu buyuk bisotning oçilmagan qirralari, yeçilmagan jumboqlari behisob.

Birgina adib tarixiy romanlarining mavzu-mun­darijasini belgilaş masalasini olaylik. “Ötkan kunlar”ga kiriş tarzida bitilgan izohda şunday sözlar bor: “Moziyga qaytib iş köriş xayrlik, deydilar”. Xöş, şu xayrli işga qöl urgan adib nega millat tarixining son-sanoqsiz şonli sahifalari turib, asar uçun mavzuni “yaqin ötgan kunlardan”, keyingi “xon zamonlari”dan belgilaydi, nega bu davrni “ta­riximizning eng kirlik, qora kunlari” deb ataydi?

Maʼlumki, “Ötkan kunlar”ni yoziş adib köng­lida Oktyabr töntarişidan keyin tuğilgan, Okt­yabrdan oldingi kayfiyati xususida u tarjimai holida şunday yozadi: “Nekalayning taxtdan yiqilib, hurriyat bölğaniğa xursandligim, albatta, dunyoga siğmas edi va siğmasligi tabiiy edi. Ayniqsa, 1916-yil raboçiy oliş masalasidan keyin umuman Turkiston işçila­rida uyğonğan istibdodga nafrat menda ham kuçlik edi”. Köp safdoşlari qatori boşda uning Oktyabr töntarişidan umidi katta edi, ammo umidlar birin-ketin sarob bölib çiqa boşladi, ayniqsa, Qöqon muxtoriyatining ayançli qismati maşʼum istibdodning yangiça körinişidan ayon dalolat edi. Öşa kezlarda çorizm istilosi istibdodiga olib kelgan omillar, ayni öşa bosqin arafasidagi “qora kunlar” saboqlari haqidagi tarixiy asarning köngilda tuğilişiga turtki bölgani, yozuvçining qöliga qalam olişga undagani – bular ham hayotiy haqiqat, ham hayotiy ehtiyoj, ijtimoiy muhit, vijdon, imon taqozosidir.

Ayni şu “Ötkan kunlar”­dek asarning dunyoga kelişida ijtimoiy faktorlar bilan barobar oilaviy muhit omili ham katta bölgan. Şu paytga qadar ijtimoiy faktor xususida ozmi-köpmi gapirilgan, yozilgan, ammo oilaviy omil negadir nazardan çetda qolib keladi.

Sinçiklab razm taşlansa, “Ötkan kunlar”da qalamga olingan makon, zamon, öşa makon va zamonda sodir bölgan tarixiy voqealar, alohida ta­rixiy şaxslar ayni hayotdagidek aniq-ravşan, bor holiça berilgan, hatto “ijodiy fantaziya” mahsuli bölgan “töqima” obraz – qahramonlarning ham hayotiy prototiplari mavjud. Şunisi ham borki, asar mutolaasi çoğida hayotda bor tarixiy şaxslar bilan “töqima” obraz­lar orasidagi tafovutlarni sezmaysiz; ularning har ikkisiga ham yozuvçi birdek jon ato etgan, ular xuddi tirik, taniş insonlardek köz oldingizda gavdalanadi.

Şu örinda “Ötkan kunlar” yozib tugatilgan, ammo roman hali eʼlon etilmagan kezlari “Inqilob” jurnali­ning 1922-yil 7–8-qöşma sonida bosilgan muallif qalamiga mansub “Otam ham bolşevik” sarlavhali kulgulik (yumoristik) xotira-hikoyasi ustida töxtalib ötsam. Bir qaraşda hazil-mutoyiba tarzida bitilgan ixçamgina bu ğaroyib asar aslida ğoyat jiddiy – buyuk adibning ijodiy taqdiri, tafakkur olami sir-sinoati, asl maslagi, aqidasini aniqlaş, anglatişda, tarixiy romanlarining ijodiy tarixini örganişda muhim oçqiç – kalit vazifasini ötaydi. Kulgulikning avvalida adib “Otam 1242-hij­riy, 1823-milodiy yillari Toşkandda tuğulub, alhol, 99-100 yoşlaridadir” degan maʼlumotni beradi. Şundan söng bu tabarruk zotning millat tarixi oldidagi buyuk missiyasi ustida söz oçib: “Ruslar istilosi vaqtida 42 yoşida bölub, Toşkandni ruslardan mudofaa qilğan qahramonlarning biridir” deya izoh beradi. Ota haqidagi aslida ğoyat jiddiy, nihoyatda qimmatli maʼlumotlarni bergan asarni “kulgulik” – hazil-mutoyiba tarzida yozilişi tasodifiy emas. Qarangki, şöro yillarida asarda keltirilgan Qodiriyning otasi “Toşkandni ruslardan mudofaa qilğan qahramonlarning biridir” iborasi öquvçilar uçun şunçaki hazil-kinoya bölib tuyilgan, öz vaqtida bunga jiddiy eʼtibor bermaganlar. Yozuvçi bu bilan çeklanmaydi. Kulgulik muallifi otaxon yuz yillik umrining qirq yili musulmon xonlari zamonida, ellik yili Rusiya çor istibdodi, keyingi beş yili mehnatkaşlar hokimiyati davrida ötayotganligini aytib: “Otam Rusiya çor hukumatini sira ham tilamaydir. Çunki uning elli yillik istibdodini özi istiqbol etkan, Çorning aççiğ-çuçugini köp tatiğan” deb yozadi. Söng “Bu kungi mehnatkaşlar hokimiyatiga ham unça döst emas” deya dilidagi gapini dangal aytadi va “Buning ham sababi maʼlum”, deydi-yu, sabablari öquv­çiga maʼlum bölgani uçun u yoğiga ötmaydi.

Ammo xon zamonlarini öylagan çoğlarida otaxon yayrab ketadi: “Ey, xöb zamonalar bor edi, tilla jobduqliq otlar-u va basavlat beklar-u ördalarda har kun qarsa bazim-u… Ötub ketdi endi bir zamonlar”, deb afsus yeb qöyadir.

Söng yozuvçi ğoyat nazokat bilan çol könglida keçgan istiqlolni qömsaş keçinmalari izhoriga ötadi:

“Xudoning xohlagani-da, kofirning qölida qolub ketdik… Özimizda ğayrat yöq. Agar yurt bir oğizğa tupurub (taʼkid bizniki – U.N.), yaroğ topolmağanda ham qora kaltak bölub çiqsa, isni-biska qöymas edi. Qadimgi zamonning yigitlaridan şu kunda ham bölğanda-çi, ey-ha, örusingga yöl bölsun”.

Söng yana bir “qaltis” masala – hozirgi zamonda yurt rahbari ustida söz ketganda bolşavoyning kattasi özimizning musulmonlardan ekani aytilganida, qariya bundan taskin topganday böladi, yana öğlini savolga tutadi:

“– Tuzuk, tuzuk, köb yaxşi. Bolşevo­ying odam­oxun ekan, sarbozdan kel, sarbozdan. Özimizdan sarbozlar bormi?

– Bor, lekin bölsa ham, yöq hisobida.

– Attang, şunisi çakki ekan.

– Nima zarari bor, dada?

– Ey öğlim, odam bölgandan keyin har narsa­ning ham boşida böliş kerak, “Non qöynimda, it keyinimda!..”

Ana şunday zot oilasida, tarbiyasida, taʼsirida tuğilib voyaga yetgan öğlon nimalarga qodir ekani, uning hayotiy, ijodiy aqidalari, hattoki boş asarlari “Ötkan kunlar”, “Mehrobdan çayon”, oxiriga yetmay qolgan “Amir Umarxonning kanizi” romanlarining mavzu-mundarijasi, pafosi öşa uluğ zotning bolalikdan quloğiga quyilgan körgan-keçirganlari, orzu-armonlari, oila davrasidagi xotira-hikoyalari taʼsirida şakllangani sir emas. Kulgulikda mana bunday qimmatli maʼlumot bor: “Turkiston xonlaridan Şeralixonni, undan söng Xudoyorxon, Mallaxon ham bu orada yillab va oylab xonliq qilub ötkan Mu­rodxon, Said Sulton va boşqa xonlarni, Toşkand beklaridan (hokimlaridan) Muhammad Şarif otaliq, Salimsoqbek (bu zot Buxoro amiri tomonidan Toşkand bekligiga qöyilğan edi. Musulmonqul tomonidan öldirildi), Azizbek, Normuhammad Quşbegi, Şodmon öroq, Qanoat şoh, Mirza Ahmad quşbegi, Mallaxon (Mallaxon oğasi Xudoyorxonning xonliği vaqtida Toşkandda uç yillab bek bölib turğandir). Eng oxirdan, Qöşdodholarning bekligini körub, ötkuzgan. Xonliqning boş noziri va qömondoni örnida bölğanlardan, Musulmonqul va mulla Alimqullarni körgan va uruşlarida bölgan. Piskatlik Qaş­ğar amiri maşhur Yoqubbekni Qaş­ğarğa kuzatkan”.

Ikki-uç roman emas, yana önlab tari­xiy-badiiy asarlarga mavzu-material bölgudek qimmatli maʼlumotlar, öziga taniş tarixiy şaxslar, jang-u jadallar, ular haqida hayotiy xotiralar… Har ikki romanda bir neça bor voqealar jarayonida örni bilan ota nomining tilga olinişi bejiz emas. Tarixiy şaxslarga baho berişda adib köp hollarda ota qaraşlariga tayanadi. Birgina misol. “Ötkan kunlar”da Normuhammad quşbegi ustida gap ketganda, muallif unga şarh berar ekan, otasi nuqtai nazariga tayanib şunday yozadi:

“Normuhammad quşbegining Toşkanddagi beklik davri taxminan 1270-dan 73-yil hijriygaçadir. Zamona beklarining huşyorroğidir. Otam xon zamonlarida özi körib-keçirgan önlab beklar içidan şu Normuhammadni çiqarib: “Yurtni tinç tutdi, köb yaxşi odam edi, xudo rahmati” deb qöyar edi”. (“Ötkan kunlar”, “Mehrobdan çayon”, 1992, 105-bet).

Afsuski, Abdulla Qodiriy bisotida “Tarjimai hol”dagi qisqaça maʼlumot, “Otam ham bolşevik“ kulgulik asari, romanlaridagi ayrim qistirma, şarhlardan taşqari bu tabarruk zot haqida boşqa maʼlumotlar yöq hisob. Ular bölsa ham saqlanmagan. Odatda, bosib ötilgan yöl haqidagi xotiralar yozuvçi ulğayib payğambar yoşiga yetganida yoziladi, afsus, adib bu yoşga yetmay olamdan ötib ketdi, qançadan-qança körgan-bilganlari, otasidan eşitganlari yozilmay qoldi… 1924-yil Qodir bobo olamdan ötganida nabirasi Habibulla olti yoşli bolakay edi, ammo bobosi vafotidan söng oila davrasida, qolaversa, uni yaqindan bilganlar oğzidan eşit­gan köplab xotira-hikoyalar bir umrga yodida qolgan. 1964 yili bobo hayotidan “Eski Toşkandda” nomli tarixiy qissa yozişga çoğlangan. Toşkent hokimi Azizbek davriga oid qiziqarli va ayançli voqealar, asossiz taʼqiblar, be­xuda qon tökişlar zamonida Qodir bobo tutgan adolat yöli haqida hikoya qiluvçi qissa, afsuski, tugamay qolgan. Qissaning qoğozga tuşgan qismi Ş.Qodiriyning “37-xonadon” kitobida eʼlon etilgan. Agar asar oxiriga yetganida Qodir boboning hayot yöli, ayniqsa, uning Toşkentdagi tarixiy voqealardagi iştiroki, binobarin, Qodiriy romanlari­ning yuzaga kelişidagi ahamiyati, örni yana-da kengroq oçilgan bölardi.

***

Maʼlumki, “Ötkan kunlar” romani voqeasi, muallifning özi asarda qayd etganidek, 1264-hij­riy, 1847-48-milodiy yildan boşlanib, 1269-hijriy, 1852-milodiy yilda intihosiga yetadi. Şu oraliqda Toşkentda ikkita ğoyat tahlikali tarixiy voqea sodir böladi. Ulardan biri 1847-yili Toşkent hokimi Aziz parvonaçi siyosatiga qarşi boşlangan maşhur Toşkent qözğoloni hamda 1852-yil 9-oktyabrda Toşkent va Qöqonda yuz bergan maşʼum qipçoqqa qirğin voqeasi ifodasi asardagi boş qahramonlar Yusufbek hoji hamda Otabek bisotini namo­yon etişda eng oliy bosqiç, qolaversa, asarning ijtimoiy pafosini belgilovçi çöqqi – kulminatsiyasi deb ataş mumkin.

Nihoyat, asar xotimasida xabar tariqasida kel­tirilgan Otabek qismatiga oid mana bu maʼlumot ham asarning asosiy maʼno-mohiyatini anglaşda muhim ahamiyat kasb etadi. Uni qayta öqib, mu­şohada qilib köring-a:

“1277-yilning (milodiy 1861. – U.N.) kuz kezlarida bölsa kerak, Yusufbek hoji Qanoatşodan bir xat oldi. Qanoatşo Avliyo otadan yozar edi:

“Öğlingiz Otabek yana bir kişi bilan biz­ning qöşunda edi. Olmaota ustidagi örus bilan töqunişma­mizda birinçi saflarimizni şu ikki yigit oldi va qahramonona uruşib şahid böldi. Men öz qölim bilan ikkisini dafn etdim…”

Maktub muallifi Qanoatşo – tarixiy şaxs, ta­rixiy manbalarda uning nomi, xizmati zikr qilingan, jumladan, romanda keltirilgan izohda şunday de­yilgan: “Qanoatşo – hozirgi Tojikistonning Qorateginidan. Qöqon xonla­rining bir neçasida amiri laşkar lavozimida, şu­ningdek, Turkiston viloyatining hokimi bölgan. Ruslarga qarşi kuraşganlardan. Buxoroga elçi bölib borganda amir Muzaffarxon tomonidan 1862-yilda qatl etiladi”.

Romanda qalamga olingan köplab tarixiy şaxslar – Xudoyorxonning hokimiyat tepasiga ilk bor kelgan kezlardagi holati, Musulmonqul, Azizbek, Normuhammad quşbegi, Alimqul kabi tarixiy şaxslarning qiyofasi, maslagi, qismati ham otasi xotirasi, nuqtai nazari ham tarixiy manbalarga mos tarzda jonli gavdalantirilgan.

Ayni öşa tarixiy jarayonlarda musbat pozitsiyada turgan, bu borada muallif nuqtai nazarini, asl maslak-ideallarini özida taşuv­çi çin qahramonlar Yusufbek hoji bilan Otabeklar şunçaki “töqima” obrazlarmi, ularning hayotiy asoslari – prototiplari bormi? Şu haqda köp yillardan beri öylayman. Tarixiy manbalarni, avvalo, yozuvçining öz bisotini, qolaversa, adibning tönğiç öğli Habibulla aka xotiralarini titkilayman, son-sanoqsiz tarixiy manbalarga murojaat etaman.

Öşa davr Toşkent tarixiga oid eng mötabar tarixiy manbalardan biri “Tarixi ja­didayi Toşkand” asarida Parçabof mahallalik Muhammad Yusufhoji (şoyi töqiş ustaxonasi egasi) boşçiligida qözğolon kötarib, Aziz parvonaçi navkarlariga hujum qilgani aytiladi. Ammo Yusufhoji nomini hisobga olmaganda, qözğolon tafsilotlari romandagidan butunlay farq qiladi. “Tarix”ga köra, Aziz parvonaçi zulmiga qarşi kötarilgan qözğolon ramazon oyining çorşanbasidan payşanbaga ötar keçasi röy bergan, söng ikki tomon kelişib sulh tuzişgan. Bundan norozi bölgan quyi tabaqa vakillari juma kuni keçasi Yusufhoji boşçiligida ayni şu bitimga qarşi boş kötargan. Qözğolon 12 kun davom etgan, nihoyat, qözğolonçilar­ning ğalabasi bilan yakunlangan, Aziz parvonaçi mansabdan çetlatilib, soliqlar bekor qilingan… Romanda esa ikki-uç kunlik voqealar qalamga olinadi. Yozuvçini jarayonning barça tafsilotlari emas, hodisaning tub mohiyati, öşa jarayonda personajlarning ruhiy-maʼnaviy holati, dramasi köproq qiziqtiradi.

Şu voqea yuz bergan kezlari “Tarix” muallifi taxminan 17 yoşlar atrofida bölgan, asli toşkentlik bu alloma voqealarning jonli guvohi. Ayni paytda “Ötkan kunlar” muallifi tayangan noyob manba – otasi Qodir boboning bu xususdagi xotira-hikoyalari ham eʼtiborga sazovor, çunki otaxon öşa kezlari 25-26 yoşlardagi ayni kuçga tölgan, oq-qorani tanigan, xon sarbozi sifatida qözğolon voqealarining, janglarning içida-girdobida bölgan. Keyinçalik bölğusi tarixçi olim özi şohid bölgan qözğolon voqealarini tarixiy asarida yozib qoldirgan bölsa-da, sarboz jangçi – voqealar iştirokçisi xotira-hikoyalari oradan yillar ötib öğloni – noyob isteʼdod sohibi – Abdulla Qodiriy qalami ostida tarixiy roman sahifalariga muhrlangan. Bir tarixiy voqeaning har ikki manba – tarixiy va badiiy asarlardagi ikki xil talqinlaridan qay biri haqiqatga yaqin – bu masalada hakamlik qiliş muşkul yumuş.

Romandagi Yusufbek hoji qözğolonning boşida turgan odam, “Tarix”dagi Yusufhoji esa sulhga qarşi boş kötargan kimsa. Bu odamning şaxsiyati, asl maslagi biz uçun qoronğu. Yusufbek hoji esa asarning boşidan oxi­rigaça şaxsiyati, maslagi, eʼtiqodi, dard-u dunyosi bilan mana man deb turadi; öşa tiğiz, tahlikali vaziyatlardagi xatti-harakatlari öquvçini larzaga soladi. Ayniqsa, keyingi mudhiş voqea – qipçoq qirğini asnosida bu zot butun uluğvorligi, içki olami, iztiroblari bilan namoyon böladi.

Abdulla Qodiriy haqidagi ikki öğli, zamondoşlari xotiralarini, qolaversa, adibning özi va yaqinlari haqida yozib qoldirgan maʼlumotlarni sinçiklab örganiş şundan dalolat berayotirki, asar qahramonlarining xoh zamonaviy, xoh tarixiy bölişidan qatʼi nazar, hayotiy asosi, prototiplari mavjud. “Xotiralarda adib siymosi”1 sarlavhali maqola­mizda bu xususda qator dalil-isbotlar keltirilgan edi. Bu boradagi kuzatiş-mulohazalarni davom ettirib, “Ötkan kunlar”dagi Otabek, Yusufbek hoji obrazi­ning hayotiy zamini ustida muşohada, taxminla­rimni ham aytib ötsam.

Bir qaraşda erişroq tuyilsa-da, Otabek obrazida qisman muallifning özidan, asosan, otasi Qodir bobodan ötgan jihatlar ançagina. Habibulla Qodiriy bergan maʼlumotga köra, Qodir bobo 1821–1822-yillarda tuğilgan, serğayrat, şijoatli va dunyo körgan kişi bölib, yigitlik çoğlarida xon, beklar qölida sarbozlik, ulğayib qolgaç, Eskijövada baqqollik dökoni oçib ipak, idiş-tovoq, çoy kabi mollar bilan savdo qilgan, tijorat vaji bilan uzoq şahar – mamlakatlarga köp bor safar qilgan… Maʼlum bölyaptiki, Qodir bobo yoş jihatidan “Ötkan kunlar” qahramoni Otabekka deyarli tengdoş, uning nomidagi “ota” özagi otaga işoradek tuyiladi; kasb-kori jihatidan ham Otabekka öxşaş savdogar, tijorat vaji bilan safarlarda bölgan, boz ustiga, xon, beklar qölida sarbozlik qilgan. Agar Otabek Olmota ustidagi örus bilan töqnaşuvda (1861-yili) qahramonona uruşib şahid ketgan bölsa, Qodir bobo, adib yozganidek, oradan tört yil ötib (1865-yili) Toşkentni ruslardan mudofaa qilgan qahramonlarning biri sifatida eʼtirof etilgan. Qodiriy “Ötkan kunlar”, “Mehrobdan çayon” romanlarining bir neça örnida, yuqorida aytganimizdek, bu tabarruk zot nomini mamnuniyat bilan tilga olib ötadi. Mavjud maʼlumotlarga tayanib, taxmin qiliş mumkin: Qodir bobo yigitlik çoğlarida tijorat, qolaversa, sarbozlik vaji bilan Qöqon, Marğilon şaharlariga ham bot-bot taşrif buyurgan, ehtimolki, romanda qalamga olingan Mirzakarim Qutidor, Akram hoji, Ziyo şohiçi, usta Alimga öxşaş marğilonlik asl insonlar bilan gurunglar qilgan, olis şahar-mamlakatlarga qilgan safarlari haqida sözlab tinglovçilarni lol qoldirgan bölişi ham ehtimoldan xoli emas. Binobarin, Otabek kabi sevgi sarguzaştlarini ham boşidan keçirgan bölişi mumkin…

Qodiriyning bobosi Hojimuhammad boboga kelsak, garçi ismidan boşqa u haqda heç narsa aytilmagan, yozilmagan bölsa-da, ismidagi “hoji”ning özi romandagi Yusufbek hojiga bir işoradek tuyiladi. U kezlari “hoji” maqomi har kimga ham nasib etavergan emas. Qodiriylar sulolasi-şajarasi boşida turgan bu odam makon va zamon jihatidan Yusufbek hoji obrazi uçun prototip deb ataşga muayyan asos beradi. Uzoq yillik körgan-keçirganlari haqida Qodiriy aytgan şu qadar köp maʼlumotlarni sözlab bergan zot – Qodir bobo öz otasi Hojimuhammad haqida ham töxtalmasligi, gapirmasligi mumkin emas. Bobo haqida jamiki eşitganlari, bilganlari romandagi Yusufbek hoji timsolida namoyon bölganiga işon­ging keladi kişi…

Kezi kelganda adibning ijodiy prinsiplariga oid yana bir muhim manba “Yozuvçi öz ijodi töğrisida” maqolasidagi şaxsiy eʼtiroflarini eslab ötsak. 1935-yil 10-martda “Yoş leninçi”ning adabiy tögaragida sözlagan öşa maʼruzasida şunday mulohazalar bor:

“…mening boşimdan keçirganlarim mening yozuvçi bölişimda kattagina rol öynaganlar”;

“Men bir asar yozişdan avval şu yozmoqçi bölgan narsam haqidaği materiallarni puxta örganib çiqaman. Men biror joy töğrisida asar yozmoqçi bölsam, öşa joyni avval neça martaba körgan esam-da, yana borib tekşirib, yaxşiroq örganib kelaman. Materialni örganiş mahalida eng mayda narsalarga (detallarga) ham eʼtibor beraman”;

“Yozuvçining özidan qöşişi (rusça aytganda “вымесель”) adabiy asarda katta rol öynaydi… lekin men turmuşda körmagan, bilmagan narsam haqida heç narsa yozmayman… ”

“Har bir asarimning yozilişiga turmuşda uçragan biror voqea sababçi böladi. Masalan, men kolxozlarda yurganimda haqiqatan ham Obid ketmonning baʼzi xususiyatlariga ega bölgan bir tipni kördim…”

Tasavvur qilib köring-a, mabodo, “tirik tarix” Qodir bobodek otasi, Hojimuhammaddek bobosi bölmaganida, salkam bir asrlik Toşkent bekligi, Qöqon xonligi tari­xining jonli şohidi, muhim tarixiy hodisalar­ning, köplab uruşlarning bevosita iştirokçisi xotira-hikoyalarini tinglamaganida “Ötkan kunlar”, “Mehrobdan ça­yon”dek beqiyos tarixiy romanlar dunyoga kelardimi? Aslo! Özi aytganidek, Yusufbek hojiga, Otabekka, qolaversa, Kumuşga öxşab ketadigan hayotiy tiplar şundoqqina yonginasida edi-ku!

Zamonasining yetuk ziyolisi, adibi, Vatanning peşqadam, kuyunçak, fidoyi fuqarosi, millat erki, şaʼni, ozodligi yölida jonini tikkan fidoyi öğlon uçun tarixiy mavzu dildagi tuğyonlarni, orzu-armonlarni tökib soliş, yonib özligini namoyon etiş maydoni bölganligini ham aslo unutmaylik, azizlar.

Mana, endi özi eʼtirof etgan ijodiy prinsiplar amaliyotda qanday namoyon bölgani haqidagi mulohazalarga ötsak bölar.

Demak, avvalo, yozuvçining öz boşidan keçirganlari, oilaviy muhit, ota-onalari hayoti, sarguzaştlari ulkan yozuvçi bölib yetişuvida, binobarin, tarixiy romanlarining maydonga kelişida muhim rol öynagan.

Ikkinçidan, adib tarixiy romanlari mavzusiga oid materiallarni sinçiklab örganib çiqqan, rus, fors tillarini puxta bilgan alloma Qöqon xonligi, Toşkent bekligi tarixiga oid maʼlumotlarni, jumladan, Muhammad Solihxöjaning “Tarixi jadidayi Toşkand” (1863–88-yillari yozilgan), Mulla Olimning “Tarixi Turkiston” (1915), Bartoldning “История культурной жизни Туркестана” (1927), V.Nalivkinning “Краткая история Кокандского ханства” (1886) kabi manbalar, şuningdek, Qöqon xonligi tarixi, xonlar hayotiga oid XIX asrda Qöqonda yaratilgan qator tarixiy asarlar bilan taniş bölgan.

Uçinçidan, xotiralar, ilmiy-tarixiy manbalar bilan çeklanib qolmay, adibning özi mustaqil tekşiriş, suriştirişlar olib borgan, roman voqealari yuz bergan joylarni avval neça marta körgan esa-da, özi aytganidek, yana borib yaxşiroq örganişga harakat qilgan.

Ayni şu jarayon talqinida “Ötkan kunlar” muallifi heç qaysi tarixiy asar muallifining qölidan kelmaydigan nihoyatda muhim bir aççiq haqiqat­ni badiiy kaşf etadi. Gap olomon qiyofasi, fojiasi ustida ketayotir. Olomon öz nomi bilan olomon: keçagina Azizbekning munofiqona aldovlariga uçib, Azizbek uçun “bir tomçi qonimiz qolgunga qadar yölingizda jon beramiz”, deb ont içgan va bu ahdida qattiq turib, uni himoya qilgan öşa xalq – olomon bugun unga qarşi qözğaladi, “sevikli” bekni taxtdan qulatadi, “Sen bizlarga nima işni qilmading” deya taʼna toşlarini yoğdiradi. Öşa “sadoqatli” olomonning talabi bilan Azizbek ikki oyoğidan arqon bilan boğlab otning çoviga sudratma qilinganda uning ot oyoqlari ostida sudralib ketişini huzurlanib tomoşa qiladi… “Qodiriy möjizasi” kitobimizda bu jarayon talqini keng tahlil etilgani uçun bu örinda u haqda batafsil töxtab ötirmadik.

Ayni şunday holatlarga 1852-yili bölib ötgan maşʼum qipçoq qirğini voqeasi tasviri, talqinida ham duç kelamiz. Tarixiy manbalarda bu borada qayd etilişiça, hodisa öşa yilning kuzida, aniqroği, 7-oktyabr kuni bir paytning özida ham Toşkentda, ham Qöqonda sodir bölgan, oçiği, puxta öylab uyuştirilgan. Qiziq, “Ötkan kunlar”da hodisa muddati kuzdan bahor fasliga köçiriladi. Romanda fitnaga tayyorgarlik jarayoni batafsil qalamga olingani holda bevosita jarayonning özi tasvir doirasidan taşqarida qoladi, mudhiş jara­yonning oqibatlari asar qahramoni Otabek nigohi orqali gavdalantiriladi.

Qodiriy ijodining ilk tadqiqotçilaridan biri Oybek bunga eʼtiroz bildirib, “Abdulla Qodiriyning ijodiy yöli” risolasida şunday yozadi: “Qipçoqlar qirğini körsatilganda… Otabekni yozuvçi dalaga “qimiz içiş”ga çiqarib yuboradi. Iş bitgandan söng u qaytadi. U dalada qimiz içib, keçqurun şaharga qaytganida bölib ötgan qirğinning qonli izlarini köradi. Voqea tafsilotlarini odamlarning oğzidan eşitadi. Xafa böladi, kuyunadi” (Oybek. Asarlar. Ön tomlik. 9-tom, 1974, 259-bet).

Ehtimol, romanning “Toşkand ustida qonlik bulutlar”, “Toşkand qamalda”, “Azizbek”, “Istiqlol dardi” boblarida Qöqon xonligi bilan Toşkent bekligi orasida keçgan mojaro – janglarning mudhiş manzaralari, Azizbekka qarşi qözğolon jarayoni bevosita butun dahşat-u vahşati bilan körsatilgani uçun adib qipçoq qirğini voqeasini ifodalaşda özgaça yöldan borgandir…

Darhaqiqat, Oybek aytganidek, romanda bu jarayon manzarasi bevosita qalamga olinmagan, asarning ikki yetakçi qahramoni Yusufbek hoji ham, Otabek ham mudhiş voqealardan çetda turadi. Garçi Yusufbek hoji qabih mojaroni uyuş­tirişga bağişlangan majlisda iştirok etib, tiş-tirnoği bilan unga qarşi turgani qalamga olingan bölsa-da, ğalamislar uni aldab, atay ğaflatda qoldirib öz muddaolariga erişadilar; otasi kabi ğaflatda qolgan Otabek ham ayni öşa kuni şahar çekkasida sayrda böladi. Ayni şu holat tasvirida ham muhim haqiqat, mohiyat bor. Tarixdagi köplab mudhiş jinoyatlar ayni şu tarzda – zamonasining haqgöy vijdoni sanalmiş siymolar nigohidan taşqarida ğoyat pinhona bir tarzda uyuştirilgan. Romandagi voqealar oqimining özi körsatib turibdi, Yusufbek hoji, Otabeklar bundan ogoh bölganida imkon qadar uning oldini olgan bölardi-da!

Garçi qirğin oqibatlari manzaralari Otabekning Mingörik sayridan qaytiş, şaharga kirib bo­riş asnosida körgan-keçirganlari, guvohlar­ning aytganlari tarzida berilsa-da, uning mudhiş manzaralari ayni jarayonning özidagidan kam emas. Otabekning öşa kezlardagi iztiroblari, içki tuğyonlarini öqiganda kitobxon özini qöyarga joy topolmay qoladi.

Bundan ham muhimi, ertasi Ota bilan uçraşuv­da hodisa va uning asl sababi, ildizi ustida ketgan bahs-suhbat poyonida romanning boş pafosi baralla namoyon böladi. Butun boşli mamlakat, millat tarixidagi eng katta, hayot-mamot ahamiyatiga molik hodisaning tub ildizi, asl mohiyati ayni öşa daqiqalarda yarq etib oçiladi. Qirğin oldidan yuqori doirada ötkazilgan kengaşda hojining örtanib-yonib dil-dilidan aytgan nutqidagi mana bu sözlarini yana bir karra öqib köring-a: “Mana, burodarlar! Siz öz qipçoğingiz uçun qabr qaziğan fursatda, sizga ikkinçilar tobut çopadir. Biz qipçoqqa qiliç kötarganda, örus bizga töp öqlaydir. Siz dunyoda özingizni yakka duşmaningiz qilib qipçoqni körsangiz, men boşqa yovni har zamon öz yaqi­nimğa yetkan köraman! – dedi va röymoli bilan köz yoşisini artib örnidan turdi. – Agarda dunyodan ötayozğan bir keksangizning maslahatiga quloq bersalaringiz, bu fikringizdan qayting, burodarlar!” 

Afsus, ming afsus, davrada bu donişmand siymoning haq sözini, ogohlarini eşitadigan, anglaydigan zot topilmaydi, aksinça, Hoji davrani taşlab ketganida uning ustidan hoholab, “köknori içgan”, “vahimaçi” deya masxara qiladilar. Qirğindan keyin Hoji Otabek bilan uçraşuvda maşʼum hodisa munosabati bilan dilidagi ohu zorini yana bir karra izhor etadi. “Men köp umrimni şu yurtning tinçligi va fuqaroning osoyişi uçun sarf qilib…” deb boşlanadigan maşhur monologda yaqin kelajakda yuz beradigan mislsiz falokat manzarasini çizib beradi. Tarix körsatdi, ayni şu falokat yuz berdi, xalq salkam bir yarim asr davom etgan maşʼum istibdod jabrini çekdi…

Azizlar, Yusufbek hojining ogohlari çorizm istilosiga yarim asr bölgan, istibdodning yangi bosqiçi boşlangan kezlari bitilgan, binobarin, asar millatni ayni şu yangi falokatdan ogoh etiş uçun yozilgan edi!

Yaşirib nima qilamiz, Yusufbek hojining, Otabekning romandagi ana şu dil sözlari – ogoh­lari, avvalo, Qodiriyning dil sözlari – başoratlari edi. Taassuflar bölsinkim, başoratlar töğri bölib çiqdi, roman yozuvçi aytmoqçi, “dunyoga kelişi bilanoq baxtsizlikka” uçradi, tanqid uni nayza kötarib qarşi oldi, asar kitob holida töliq bosilib çiqqan yili muallif böhton bilan qamoqqa olindi, haqiqat yölida ölimni ham pisand qilmagan bu jasur siymo qatʼiy turib özini himoya qildi, erkinlikka çiqdi; taʼqib-u tahdidlarga qaramay ijodiy faoliyatini davom ettirdi, afsus, hali otasi umrining yarmini ham yaşamay turib 37-yil yuhosi uni öz komiga tortib ketdi. Ayni qahramoni Otabek kabi, romanda 18 yil burun başorat qilinganiday, özi ham yurt ozodligi yölida qurbon böldi. Binobarin, öz qöli bilan yaratgan ikki çin millatparvar adabiy qahramon – taqdirdoş Otabek va Yusufbek hoji timsollari özi va otasi uçun ham qöyilgan mangu haykaldir.

Hayotiy qismati jihatidan Qodiriyni eslatadigan Oybek yuqorida tilga olingan risolasida ğoyat nazokat, topqirlik bilan şunday yozadi:

“Ötkan kunlar”ni öqiganda, yaxşilik bilan yomonlikning kuraşi kabi bir hol seziladi. Musbat qahramonlar nomidan köpiniça Abdulla Qodiriy özi gapirganga öxşab körinadi. Otabek, Yusufbek hojilar orqali yozuvçining ideyalari inson qi­yofasiga kirib, gumanistik – axloqiy, siyosiy-ijtimoiy ideallarini ifoda etadilar”. 

Oybek sözlarini tasdiqlaydigan dalil-isbotlarni yuqorida keltirdik. Nihoyat, yana bir asar boş qahramonlari bilan muallif şaxsiyati, xarakteri, asl maslak-eʼtiqodi orasidagi muştaraklikka oid hayratomuz dalil keltirib ötsam. Romanda qalamga olingan tarixiy voqea – Toşkent qözğoloni arafasida Azizbek Yusufbek hojini öz tomoniga oğdirişga intiladi, unga katta vakolatlar beradi. Şunda hoji könglida şunday öy keçadi: “Soliq yiğişda qarşiliq qilğanni darraga yotqiziş, muvofiq körilganda osdiriş haqqi ham menga berilgan emiş… Göyo Yusufbek ham özidek bir qonxörğa, bir zolimga aylansin emiş… Men qonxörliq uçun xudoning farz qilğan hajini ado qilmadim; oldimda öğlum bor, menda boşqalarning öğlini darraga yotqiziş çoğida köndalang keladirgan vijdon bor, din bor, diyonat bor”.

Bu dil sözlari 1920-yili qoğozga tuşirilgan. Oradan olti yil ötib 1926-yili adib tevaragida uyuş­tirilgan böhton tufayli uning ustidan jinoiy iş oçilib qamoqqa olinadi. Sudda sözlagan maşhur nutqida, jumladan, u “Men töğrilik orqasida boş ketsa “ix” deydirgan yigit emasman… Bir neça şaxslarning orzusiça maʼnaviy ölim bilan öldirildim. Endi jismoniy ölim menga qörqinç emasdir”, deydi. Keyinroq 37 yilgi maşʼum qatağon böroni arafasida Yozuvçilar uyuşmasida adibni söroqqa tutadilar, jumladan, uning xudoga işo­niş-işonmasligini aniqlamoqçi böladilar. Şu qal­tis daqiqalarda Qodiriy qatʼiy turib Allohning bor­ligiga va birligiga imon keltiradi, şu tariqa boşiga balo orttiradi. Ertasi xonadonida şu haqda gap ketganda, yaqinlaridan biri şunçaki oğizda “xudo yöq” deb qöyaqolsang bölmasmidi, de­ganida, adib qatʼiy turib: “Endi men bir kişining ikki oğiz sözi deb, qirq yillik eʼtiqodimdan qaytaymi? Munofiqlik, vijdonsizlik bölmaydimi bu” – deydi (H.Qodiriy. “Qodiriyning sönggi kunlari”, “Yoşlik”, 1989, 6-son, 37-bet). Ha, uluğ adib hayotidagi eng qaltis vaziyatda özi suyukli qahramonining yölini tanlaydi.

Hayron qolasan kişi: donişmand adib qahramonining öta tahlikali damlardagi çin eʼtiqodi haqidagi satrlarni qoğozga tuşirayotganida kelgusida röy beradigan ayni şunday qaltis vaziyatdagi öz ruhiy holatini göyo oldindan başorat qilgandek tuyuladi kişiga.

Köryapsizmi, azizlar, “Ötkan kunlar”dek şoh asarning maydonga kelişida, uning ijodiy, tarixiy, ijtimoiy-ğoyaviy motivlarini, yetakçi qahramonlari iroda yösinini belgilaşda adib, avvalo, öz bisotiga tayanadi; qahramonlari timsolida öz şaxsiyati, oilaviy muhiti, ota-bobolari hayoti, qismatidan ötgan jihatlar behisob, ayniqsa, öz ideallarining mujassami bölmiş boş qahramonlari Otabek bilan Yusufbek hojilar timsoliga özidan, ota va bobosidan köçib ötgan qismat, hikmatlar kişini lol qoldiradi, bular qahramonlarga ajib hayotiy joziba baxş etadi.

Bugina emas, bu şoh asar bugun ham biz­larga ötgan kunlarning aççiq qismatidan saboq berişda davom etayotir. “Otam ham bolşevik”da Qodir boboning çapaniçasiga aytgan “Özimizda ğayrat yöq. Agar yurt bir oğizğa tupurub, yaroğ topolmağanda ham qora kaltak bölub çiqsa, isni-biska qöymas edi”, “kofirning qöluda qo­lub” ketmas edi, degan xalqona hikmati romanda Hoji bilan Otabekning boş şioriga aylandi. Asar boşidayoq Otabek Şamay safari xotiralari ustida töxtalganda “Menimça, örusning bizdan yuqorida­liği uning ittifoqidan bölsa kerak… ammo bizning kundan-kunga orqağa ketişimizga özaro nizomiz sabab bölmoqda”, deydi. Asarda qalamga olingan voqealar jarayoni birin-ketin şu hikmatning töğri­ligini tasdiqlaydi. Nihoyat, yagona Turkiston ölka­sining ikki bölagi – Qöqon xonligi bilan Toşkent bekligi, yagona turkiy ulusning ikki qavmi – qora­çopon va qipçoq orasidagi nizolar oxir-oqibat mudhiş qirğinga aylanib, yurtni halokat yoqasiga keltiradi. Şunda donişmand Hoji “Ittifoqni ne el ekanini bilmagan, yolğiz öz manfaati şaxsiyasi yölida bir-birini yeb, içkan mansabparast, dunyoparast va şuhratparast muttahamlar Tur­kiston tuproğidan yöqolmay turib, bizning odam bölişimizga aqlim yetmay qoldi. Biz şu holda ketadirgan, bir-birimizning tegimizga suv quya­dirğan bölsaq, yaqindirki, örus is­tibdodi özining iflos oyoği bilan Turkistonimizni bulğatar…” deya Qodir bobo, söng Otabek aytgan dil sözlarini eng oliy çöqqiga kötaradi. Ajab, oqibat ayni ular aytganiday bölib çiqdi. Bu hikmat, bu başorat, bu ogoh – tarixning aççiq haqiqati, tajribasi, mustaqillikka erişgan bugungi yoruğ kunlarimizda ham ahamiyatini yöqotgani yöq. Yurt va xalqning birligi mustaqilligimiz abadiyligining garovidir. “Ötkan kunlar”ning eng muhim hikmati, saboği ana şunda.

Umarali Normatov,

Özbekiston Respublikasi fan arbobi

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar (1)

  1. Xasanbek

    Assalomu alaykum. Keça Ötgan kunlar ramanini öqib tugatdim va qalbimda uyğongan bir his bilan şu holida taşlab qöyişga yuragim çidamay tanişlarimdan va internetdan Abdulla qodiriy va uning Ötgan kunlar ramanidagi şaxslarning tarixiy asoslarnini qidirişga kirişdim. Qidirib sizning yozgan bu maqolangiz tufayli barça savollarimga javob oldim. Ramandan tasirlanib qanday ahvolga tuşganimni aytib berişim qiyin. Tarix fanidan dars beradigan öqituvçilarimdan Yusufbekhojining qabirlari bormi, qayerda deb söradim. Sizning moqalangizdan bildimki Qodiriyning ramanidagi Yusufbekhoji Xojimuhammad ekanligini bildim. Allox Qodiriyni, Qodir boboni va Xojimuhammadni joylarini jannatdan qilgan bölsin. Sizdan minnatdorman. Men kabi köplab yoşlar bu ramanni öqigaç Qodiriy hoyotiga qiziqişadi va bu yozgan maqolangizni öqib köplab rahmatlar aytişadi. Çuqur hurmat bilan TATU 4-kurs talabasi Ne'matov Xasanbek. 2020 yil

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (147)