“O‘zingga o‘zing hisob ber!”

0
27
marta ko‘rilgan.

Buyuk qozoq shoiri va mutafakkirining hikmatlaridan

 

Yaxshilikni bilganga qayish, noshukurga qayishmoq qadrni yerga urmoqdir.

* * *

Mard ko‘p so‘rasa ham ozga rozi bo‘ladi, nomard oz so‘raydi, ortiqcha bersang ham rozi bo‘lmaydi.

* * *

Yomon do‘st soyaga o‘xshaydi.

Peshonangga kun tug‘sa, qochib qutula olmaysan, boshingda bulut to‘plansa, izlab topa olmaysan.

* * *

Do‘sti yo‘q bilan sirlash, do‘sti ko‘p bilan siylash. Qayg‘usizdan uzoq qoch, qayg‘uliga quchoq och.

 

* * *

Yurakning maslahatiga amal qilib gapirilganda gap yolg‘on chiqmaydi. Yurakning aytganiga kirmay, nafsning buyurganini qilsang, so‘zsiz adashasan.

* * *

Ko‘rgan narsangga qiziqaversang: yo birovning o‘rinli, yo birovning o‘rinsiz gapiga ishonib ketsang, yoki to‘g‘ri kelgan narsalarga ko‘ngil qo‘yaversang – fe’l-atvoringning buzilib ketishi hech gap emas.

* * *

Faqat o‘zing uchun mehnat qilsang, o‘z qorni g‘amida o‘tlagan hayvonlardan biri bo‘lasan, insoniyat ravnaqi uchun mehnat qilsang, Allohning sevimli bandalaridan biri bo‘lasan.

 

* * *

Dunyo

– ulkan ummon.

Vaqt

– to‘xtamay yelayotgan shamol. Oldindagi to‘lqinlar – avlodlar, orqadagi to‘lqinlar – ajdodlar. Ularning davomiyligida abadiy hayot yashaydi.

* * *

Bahs – bu ham aslida ilm o‘rganishning bir yo‘li. Biroq unga ortiqcha hirs qo‘yish yaramaydi. Chunki bahsga ortiqcha hirs qo‘yishdan mag‘rurlik, maqtanchoqlik, xusumat, yolg‘onchilik, hatto arzimagan narsadan janjal chiqarish va birovga musht ko‘tarish kabi yomon fazilatlar tug‘iladi.

* * *

To‘q tilanchi – odamning shaytoni,

Ilmsiz so‘fi – mo‘ltoni.

 

* * *

Xudoga ham, bandasiga ham xush kelmaydigan, or-nomusni oyoqosti qiladigan ishlardan o‘zini sof tuta olmaydigan, behuda maqtovlarga uchadigan, o‘zining qilayotgan ishini o‘zi sezmaydigan yigitni yaxshi yigit deb bo‘ladimi? Satqai yaxshi yigit ketsin u!

* * *

Agarda sen ham aqlli kishilarning safida bo‘lging kelsa, har kuni bir marta, yo haftada bir marta, hech bo‘lmasa oyda bir marta o‘zingga o‘zing hisob ber!

* * *

Ish vaqtida ayyor, osh vaqtida tayyor bo‘lib, sirting yaltirab, iching qaltirab yurib, tirikman degandan ko‘ra,

Xudo yuborgan halol o‘lim ming marta afzal.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.