12 daqiqada öqiladi

409 marta körilgan

Ruhiyat musavviri

Nazar Eşonqul

Nazar öz ijodida özbek va oçun adabiyotiga xos eng ilğor jihatlarni uyğunlaştirib kelayotgan adib. “Mendan “men”gaça”, “Ijod falsafasi” singari asarlari Nazarning izlanişlar doira­si qançalik keng, tafakkur doirasi neçoğlik kölamdor ekanining dalillaridir. N.Eşonqul adabiyot işini faqat yozişdangina iborat deb bilmaydi. U yozadigan odam oldin fikrlaş darajasini yuksaltirib, yoza oladigan saviyaga ega bölişi kerak, deb hisoblaydi.

Nazar ham köpçilik ijodkorlar singari oldin şeʼrlar yozib yurgan bölsa kerak. Keyinçalik olam hodisalarini kölamdor tasvirlaş, oqibatning sababini ham ifodalaş zaruratini his qilib hamda çet el adabiyotining sara namunalari bilan tanişgaç, öz badiiy imkoniyatlariga nasr köproq muvofiq kelişini tuşungandir. Lekin, baribir, Nazarning ijod yöli köpçiliknikiga judayam öxşayvermaydi. Odatda, aksariyat yozarmanlar oldin şeʼr, keyin hikoya, söng qissa, undan keyin roman yozişday yöldan yurişadi. Nazar esa 1984-yilda, yaʼni hali talabaligida “Uruş odamlari” degan kattagina qissa yaratdi. Asar 1986-yilda “Yoşlik” jurnalida eʼlon qilindi va muallifiga katta şuhrat keltirdi. Şundan söng yozuvçining “Momoqöşiq”, “Maymun yetaklagan odam”, “Şamolni tutib bölmaydi”, “Yalpiz hidi”, “Göröğli yoki hayot suvi” kabi asarlari naşr etilgan.

Agar “Uruş odamlari”da yoş yozuvçining qaltis vaziyatdagi odam ruhiyatining qirralarini tasvirlay oliş mahorati köringan bölsa, uning “Maymun yetaklagan odam” hikoyasi özbek hikoyaçiligida öziga xos uslubi bor yozuvçi paydo bölganini körsatdi. Özining “Xaroba şahar surati”, “Bevaqt çalingan bong”, “Oçilmagan eşik”, “Tobut”, “Ajr”, “Tajovuz”, “Ozod quşlar”, “Muolaja”, “Zulmat saltanatiga sayohat”, “Şamolni tutib bölmaydi”, “Bahovuddinning iti”, “Qultoy”, “Farişta” kabi köplab hikoyalarida özbek nasrining ölmas anʼanalarini jahon hikoyaçiligidagi eng ilğor tajribalar bilan uyğunlaştira bildi.

Nazar Eşonqulning birgina “Şamolni tutib bölmaydi” hikoyasi özbek hikoyaçiligi taraqqiyoti tarixida öziga xos hodisa bölganini taʼkidlaş kerak. Bu bitikni öqiş, tuyiş, tuşuniş va tahlil qiliş öqirmandan muayyan tayyorgarlik hamda aqliy va hissiy zöriqişni talab qiladi. Oddiy rözğoriy ölçamlar bilan yondaşilsa, hikoyadagi boş ğoya, adibning badiiy niyati anglanmay qolişi mumkin. Uşbu bitikning or-nomusli, irodali va böysunmas odam şaʼniga madhiya sifatida yaratilgani tuşunilgandagina undagi timsollar va ularning tutumlari mohiyati anglab yetiladi.

Uşbu hikoya jahon adabiyotidagi inson şaʼnini uluğlovçi, çin odamni yengiş mumkin emasligini körsatuvçi yetuk asarlar qatorida turadi. Asar qahramoni Bayna momo xarakterining qabariqligi, tasvirning börtiqligi, timsol minazidagi kolorit nuqtayi nazaridan E.Xemingueyning “Çol va dengiz” qissasidagi Santyago, Ç.Aytmatovning “Asrga tatigulik kun” romanidagi Nayman ona timsollari qatorida turadi.

Birinçi navbatda, hikoyaning ohangi kişi eʼtiborini tortadi. Jumlalarning odatdagidan uzun va zalvorli ekani, tasvir qurilişidagi öziga xoslik, sözlarning joylaştirilişi yolğiz ayolning nursiz umridagi yorqin jihatlar hamda uning şafqatsiz va qaytmas tabiatidagi oliyjanob qirralarni körsatişga qaratilgani bu ohangning bosiq, zalvorli, öqirman ruhiyatiga yuk tuşuradigan uslubini taʼminlagan. Hikoyadagi: “Bayna momo tirikligida, garçi bu ayollarni, erining polvonlik laş-luşlari va kiyim-keçaklari yotgan, ölgandan söng heç qaçon çiroği yonmagan, tuynugi şuvab taşlangan ana u hujra kabi qoronğu va musibat töla uyi içkarisiga kiritmagan bölsa-da, ular qahr va ğazabini sitam bilan içiga yutib kelgan bu kampirni hurmat va ehtirom bilan eslaşardi”, yösinidagi qoronği tasvir obrazning sirli içki olamini yoritişga xizmat qiladi.

Asardagi: “Bayna momo ellik yilga yaqin yolğizlik davrini ana şu ayvondagi ustunlarga suyanib ötkazdi: u eri va öğlining judolik azobi qiynagan paytlar şu ustunlarni quçgança yiğlardi” tasviri momo tabiatidagi boşqalarga körinmaydigan jihatlar mohiyatini anglaşga yordam beradi. Hikoyadagi: “Yillar bilan birga hamma narsa özgarar, faqat Bayna momogina uni sezmas, göyo uning uçun vaqt öşa holiça qotib qolganday…” tarzidagi ifoda kişini momoning öylari, aççiq qismati haqida mulohaza yuritişga majbur qilib, bu holat sababini anglaş sari yönaltiradi.

Hikoya matnidagi nozik işoralar Rayim polvon va uning öğli şaxsiyatiga xos xususiyatlar töğrisida ham muayyan fikrga keliş va tasvir qatlamlarini çuqurroq anglaşga xizmat qiladi. Asardagi: “…qöliga otasining miltiğini tutib turgan öspirin öğlini kördi – uning közlarida otasining közlari kabi ğazab, telbalik yonardi” tasviri momoning öspirinligida şahid bölgan öğliga xos xususiyatlarni bir qadar köz oldiga keltiriş imkonini beradi. Hikoyadagi: “…öğli otasining ustiga yuztuban yiqildi – yiqilarkan, endi sabza urgan möylovi titrab ketdi, onasiga bir zum qörquv va xijolat aralaş tikildi” yösinidagi ortiqça tafsilot-u izohlarsiz tasvir öğlonning şaxsiyatini “yarq” etib oçib yuborişga xizmat qiladi. Öğilning tasvirdagi holatini tuyiş insonning maʼnaviy takomilida muhim ahamiyat kasb etişi aniq. Ölimi onlarida onasini baxtsizliklar oğuşida yolğiz qoldirib ketayotganidan xijolat bölgan öspirin holatining sezdirmay qilingan tasviri öqirman ruhiy olamiga kuçli taʼsir qiladi.

Hikoyadagi: “…odamlar göyo suvga çökkanday ğoyib bölgan, faqat derazalarga tortilgan qora pardalar bu mudhiş jinoyatga loqayd va befarq boqib turardi” ifodasi zamiridagi maʼnoni anglaşga uriniş, yozuvçi bu mudhiş jinoyatga qarab turganlar odamlar emas, “derazalarga tortilgan qora pardalar”gina ekanini taʼkidlaşi faqat joni tinçligini öylaydigan qörqoq olomonning odam degan mukarram martabaga loyiq körilmaganini anglatişi bilan juda muhimdir. Maʼlumki, erk toptalgan joyda şaxslik öladi, ruhi halok etilgan şaxs şunçaki sözlay olguvçi bir buyumga dönadi. Şuning uçun ham hikoyada tersotaliklar parda sifatida tasvirlanadi.

Asardagi: “Bayna momo tersotaliklarni keçira olmadi – kökragi ilma-teşik bölgan öğliga qarata Zamon otboqar yana bir neça bor öq uzarkan, u madad izlab qora pardalarga bir-bir köz tikdi, biroq u yerdan sovuq sukutdan boşqa heç narsa körinmas, zulmatga çökkan tuynuklar bu misli körilmagan qotillikni jimgina tomoşa qilib turardi” tasviri momo qahrining sababi, miqyosi va qişloqdoşlarini hurmat qilmasligi boisini anglatişi bilan ahamiyatli. Bayna momoning yurtdoşlari orasidan hurmatga loyiq orli, jasoratli odam çiqmadi. Momo hayotidagi eng oğir vaziyatda ularning köngli “zulmatga çökkan tuynuklar” singari qop-qora ekani ayon böldi.

Yozuvçi hikoyada Bayna momodan boşqa biror obraz içki olamini tavsiflab ötirmaydi. Ularning şaxsiyatiga xos jihatlarni xatti-harakat va öylari ifodasi orqali körsatib beradi. Bitikdagi “Zamon otboqar bir yöla otasi bilan uning qasosini olişi mumkin bölgan öğlini ham otib taşlaganidan xursand edi” tasviri öqirmanda otboqar timsoliga xos sifatlar töğrisida fikr uyğonişiga imkon beradi. Asardagi: “…soy böyidagi boqqa keng qilib uy qurdi; boğda uy quriş uçun heç kimdan ruxsat sörab ötirmadi” tasviri Zamonning minazini yanada çuqurroq tuşunişga xizmat qiladi. Otboqarning momoga: “…sen ölsang itlarim kömadi”, – deyişida uning şaxsiyatiga xos yovuz jihatlar yaqqol közga taşlanadi. Ayni çoğda, hikoyada otboqarning oti Zamon ekani ham, xuddi “Alpomiş” dostonidagi Ultontoz singari öqirmanda muayyan ruhiy assotsiatsiya qözğaydi.

Yozuvçining Bayna momo haqidagi: “…u endi bu dunyoda yolğiz va qarovsiz qolgandi: lekin özining ojizligini heç qaçon bildirmas, özidan köngil söraganlarni yomon körar, göyo hayoti heç kim qiyo boqa olmaydigan daxlsiz saltanatdek u yoqqa biron kişini, hatto sözi bilan ham, kirişga yöl qöymasdi” tasviri momoning yengilmas tabiatiga xos xususiyatlarni tuyiş, uning ğalati körinadigan tutumlarida mantiq va adolat borligini anglaş imkonini beradi. Asardagi: “Bayna momo qişloqdoşlarini keçirolmas, ularga bölgan nafrati susayiş örniga, yillar ötib, ota-bola öldirilgan oqşomdan uzoqlaşgan sayin köproq örni va qadri bilinayotgan, özini hayotning barça quvonçidan bir yöla mahrum etgan, yolğizlikning kör musibati aro tobora avjlanib, Bayna momoning keksaligi bilan birga injiq va yöriqsiz bölib borardi” tasviri öqirmanning badiiy didiga ham, maʼnaviy dunyosiga ham kuçli taʼsir qiladi.

Hikoyaning tasvir yösini töğri tanlangani uning estetik-maʼnaviy taʼsirini kötarişga xizmat qilgan. Köklamda tersotaliklarning turli ösimçilik işlariga boşlari bilan şönğib ketişlari, qöriqqa çiqib yer haydaşlari tasvirining yolğizlik oğuşidagi Bayna momoning holatiga muvoziy körsatilişi ifodaga özgaça iztirob baxş etgan: “Qişloqda qolgan Bayna momo esa bu paytda yolğizlik daştini şudgorlar, u yerga har yili Zamon otboqar hukumat odamlari bilan kelib, eri va öğlini otib taşlagan oqşomni ekar va söng yolğiz özi hosilini ham yiğib olardi”. Bu tasvir mutlaqo axborot beriş uçun emas, balki momo ruhiyatidagi har bir çizgini teranroq körsatişga qaratilgan hamda bu holatni anglaş va tuyiş öqirman şaxsiyati takomilida alohida ahamiyat kasb etadi. Momo ruhiyatida heç qaçon öçmaydigan iztirob kölamini sezişda hikoyadagi: “Bayna momo har keça közyoşlari bilan tölgan qayiqda yillar qoyalari orasida qolib ketgan eri bilan öğlining ilma-teşik bölgan murdasi va Zamon otboqarning muzaffar qamçisi yotgan qonli halqob bilan tölgan ayvonga suzib borar, ertalablari höl bölib ketgan yostiğini xuddi qadim ajdodlarining unut bölgan yaloviday uyining oldidagi… baland tolga osib, oftobda quritardi” ifodasi alohida örin tutadi. Tasvir yösinining zalvori, ketma-ket qalaşib kelayotgan biri-biridan oğir holatlar ifodasining ustma-ust qurilişi asarning taʼsir kuçini yanada oşiradi. Hikoyadagi: “Rajab kösa qarindoşligi qözib, bir neça yil oldin ğamlab bergan ötini omborxona ortida taxlangan joyida taxi buzilmay turardi” tasviri kişini fikrlaşga majbur qiladi: nega şunday? Momoning kösa tayyorlab bergan ötinni yoqmaganiga qanday sabab bor?! U özini bekorga qiynamayaptimi?

Hikoyada momoning Zamon otboqar ölimidan keyingi holati “…kelinlik sandiği yonida çökka tuşgança musibat-u ğamga kömilib ötirardi: uning şu turişi azob-uqubatning bir töplam uyumiga öxşardi” tarzida tasvirlangani ayol şaxsiyatiga xos jihatlarni butun murakkabligi bilan anglaşga imkon beradi. Duşmanidan öç olganidan kampirning quvonmayotgani sababi haqida fikrlaş, kim bölsa-da, ölgan kimsaga endi duşman, deb qaramaydigan yirik şaxsga xos xususiyatni ilğaş öqirmanni-da maʼnan östiradi. Kişini asl özbekça ruhiyatni ilğaşga yovuqlaştiradi.

Asardagi: “Nihoyat, bu kampirning ham sitamgar kitobi öqilib böldi” ifodasi zamiridagi maʼnoni anglaş öqirmanning badiiy didi ösganini anglatadi. Asarda Bayna momoning “jimgina” jon bergani bir neça bor taʼkidlanadi. Kişi şunday minazli momoning dod-voy qilişi mumkinligi yoki yöqligi haqida öylab qoladi. Asarda momoning ölgan vaqti laylatulqadrga ötar oqşom ekani tasvirlangani yozuvçining mahoratini körsatadi. Ramazon oyida, xususan, laylatulqadr kuni ölim topgan kişilarga musulmonlarning eʼzozli munosabati haqida fikrlaşiş yozuvçi niyatini töğri tuşunişga olib kelişi mumkin. Holbuki, momo odam öldirgan ayol edi.

Bayna momoning sandiğidan çiqqan narsalar tasviriga qarab, öqirman uning şaxsiyati haqidagi öz fikrini qatʼiylaştiradi yoki ularga tahrir kiritadi. U boşqa özbek kayvonilari sandiğidan nimalar joy olişi mumkinligini xayoliga keltiradi. Asardagi: “Eng oxirida sandiqdan… köp yillik qon qotib qolgan tumor va tiği zanglagan amiri qayçi, endi böğin-böğin bölib faqat suyakning özi qolgan, u ham qoramtir tus olib, naq kukunga aylaniş arafasiga kelgan, qon yuqi qotgan çorsining yirtiğiga pala-partiş örab taşlangan önta barmoq topildi” tasviriga eʼtibor qaratilsa, kesilgan barmoqlar momoning sandiğiga qayerdan kelib qolgani töğrisida turli öylarga boriş imkonini beradi.

Hikoyada Rayim polvonning qabri haqidagi: “…ellik yil avvalgi qabrni osongina topişdi” ifodasi öqirmanni tasvir mohiyatiga çuqurroq kirişga yönaltiradi. Nega şunday böldi? Holbuki, özbeklar qabrga beparvoroq bölişadi. Bayna momoning esa qabrdagi xöjasi va öğlidan boşqa heç kimi yöq. Binobarin, momo bu ikki qabrni aslo qarovsiz qoldirmagan.

Momoning: “…mirşab­larning hafsalasini pir qilgan, xuddi uyning devori kabi yillar uqalay-uqalay jimitdek qilib qöygan gavdasini sal oldinga egib turganidan uning özi ham qari va ozğin eçkiga öxşab qolgandi” holidagi ojiz jismi bilan şiddatkor va yengilmas ruhi örtasidagi keskin ziddiyat töğrisida öylab köriş kişida savol paydo qiladi: qudrat nimada özi, jismdami yoki ruhda?!

Asardagi: “Bayna momo unga öqrayib qaradi va közlarida birdan alam yondi: qizlar qörqib ketişdi. …köz oldilarida Bayna momoning butun tanasi birdan tutab jönaganday böldi. Qizlar dud hidini aniq sezişdi” tasviri xususida öylaş va izohlaş kişida özgani anglaş, dardkaşlik tuyğusini şakllantiradi.

Asarda “Zamon otboqar itday ölim topgandi. Oldin böğizlangan, keyin tanasining ön yetti joyiga ötmas tiğ sançilgandi” tarzida berilgan tasviri basavlat, öziga işongan Zamonni kim bu holga solgani haqida öylab körişga undaydi. Hikoya öqirmanda Bayna momoga öxşagan kişilarni yengiş mumkin emasligi, uning yengilmasligini taʼminlagan ruhiy-maʼnaviy omillar haqida fikr yuritişga majbur qiladi. Hikoyaning “Şamolni tutib bölmaydi” deb nomlanişi sababi va uning ramziy maʼnosini izohlay biliş kişini maʼnan tozartiradi.

Nazar Eşonqulning “Qora kitob”, “Tun panjaralari”, “Momoqöşiq” kabi qissalarida yozuvçi öta çigal psixologik tahlilga qöl uradi. Bu qissalardagi murakkab keçinmali va tuşuniş oson bölmagan ruhiy holatlar oğuşida aks ettirilgan obrazlar özbek adabiyoti uçun yangilikdir. Har qanday yangilikning osonlik bilan qabul qilinmasligi esa maʼlum. Şuning uçun ham “Qora kitob” va “Tun panjaralari” qissalarining öqirmanlar könglidan joy olişi qiyinroq keçdi. Muhimi, bu ikki qissa ham kişini öylatib qöyadi. Bu körkam bitiklarning öqib çiqilgaç, “e, şunday bölgan ekan-da”, deb qöyiladigan yaratiq emasligi ayon böldi. Ular öqirmanni öylatganining özi bilanoq didlar rivojiga ijobiy taʼsir körsatdi.

“Qora kitob”da yovuz eʼtiqod yöliga kirib qolgan odamlar hayotining jirkanç qatlamlari mistika va reallik qorişiqligida öta taʼsirçan aks ettirilgan. Asarda ötboşisiga yovuz eʼtiqod kirib kelişiga yöl qöygani sabab hayoti davomida erişgan barça ezgu topişlaridan ayrilgan, şu eʼtiqod sabab eng yaqinlari oldin begonaga, söng duşmanga aylangan, azbaroyi yovuzlikning bolalaşiga yöl qöymaslik uçun öz qizini öldirişga majbur bölgan oydinning çigal va fojiali qismati öta taʼsirli aks ettirilgan. Qissada insonning intellektual yetukligi yoki kasbiy mahorati maʼnaviy kamolot uçun mutlaqo yetarli emasligi özlari tanlagan sohalarda eng yuksak çöqqilarni egallagan, ammo odam bölolmagan kimsalar taqdiri tasviri asnosida juda taʼsirli körsatib berilgan.

“Tun panjaralari” qissasida esa mudom özi bilan özi kuraşib, özi va özgalarni anglaş yölida tinimsiz iztirob çekayotgan, çigal munosabatlar komidagi öyçil zamondoş obrazi yaratilgan.

“Momoqöşiq” qissasi oldingi ikki qissadan jiddiy farq qilib, anʼanaviy tasvir yösiniga birmunça yaqin keladi. Unda insoniy munosabatlarning öta çigalligi, birov uçun ezgulik bölib tuyilgan tutum özga şaxsiyat uçun yovuzlik bölişi mumkinligi şaharlik tökis ijodkor va qişloqda yaşayotgan bağoyat gözal hamda çeksiz isteʼdodli, ammo maişiy qiyinçiliklar oğuşida yaşayotgan ayol örtasidagi munosabatlar fonida işonarli yösinda tasvirlab berilgan.

Nazar Eşonqulning “Göröğli yoki hayot suvi” romani syujet qurilişida, sirtdan qaraganda, Kafka asarlariga xos uslubga ergaşilganday tuyiladi. Lekin isteʼdodli yozuvçi obrazlar tasvirida tamomila original yöldan boradi. Asarda insonning qadri bir parça qoğozça bölmagan şaroitga tuşib qolgan odamning betakror va çigal tuyğulari şaxs va jamiyat munosabatlari fonida öta taʼsirçan aks ettiriladi. Romanda inson qadri va tuyğulari hamda öylariga befarq şaroit çin odamlarni yo jismoniy, yo maʼnaviy ölimga olib kelişi asar qahramonining çigaldan çigal qismati misolida işonarli körsatib berilgan.

Tirik böla turib, öz tirikligini atrofidagilarga isbotlab beriş majburiyati oldida qolgan, özganing taqdiriga ğoyat befarq loqayd kimsalarga buni isbotlaşning imkonini topolmagan N. oxiri çindan ham özini ölim quçoğidagina xotirjam sezişi mumkinligini anglab yetadi. Insoniy munosabatlardagi bu qadar ayovsiz çigallik tasviri hali özbek adabiyotida bunçalar çuqur badiiy tadqiq etilmagan edi. Nazar uşbu romanda bu missiyani bajarişning uddasidan çiqdi.

Nazar Eşonqul önga yaqin milliy seriallarning ssenariysini yozgan dramaturg hamdir. Barçasida maʼnaviyatning murakkab masalalari kötarilgan bu asarlar özbek maʼnaviyati rivojida muhim örin tutadi.

Yaqinlarda ham yoş va umidli yozuvçilar qatorida tilga olinadigan Nazar Eşonqul bugun oltmiş yoşlik marrani egallabdi. Işonçim komilki, Nazar özbekning ruhiyatidagi yangi va yaşirin qirralarni aks ettirgan öqişli asarlari bilan milliy nasrning dovruğini olamga yoyadi.

Qozoqboy YÖLDOŞ,

pedagogika fanlari doktori, professor.

2022/7

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (147)