9 daqiqada öqiladi

107 marta körilgan

Şeʼriyat – xalq ruhiyatining aks sadosi

Aziz Said

(2024-yil özbek şeʼriyati – gazeta va jurnallar misolida)

Abdulla Oripovning xuddi bugun yozilganday “Sarob” şeʼridagi uşbu satrlari qoğozga tuşganiga qariyb oltmiş yil bölibdi.

Şeʼr izlayman bu kun Toşkent köçalarida,

Sekingina zirqiraydi beorom qalbim.

Men umrimning bu suronli keçalarida

Na bir taskin topa oldim, na şeʼr topoldim.

 

Yuragimga bir mahallar kirgan tuyğular

Endi sendan ketgaymiz, deb söraydi javob.

Meni bir zum hol-jonimga qöymaydi ular,

Qöymaydilar, vaʼdalaring çiqdi deb sarob.

Bolaligimda dunyoni oq va qora rangda körardim, hatto ösmirligimda ham. Dunyoda faqat döst va duşman, yaxşi va yomon, qahramon va xoin bor, deb öylardim, faqat yiği va kulgi, muhabbat va nafrat bor, deb tasavvur qilardim. Şunçalik toza edim. Şunçalik taşna edim. Boşqa tuyğular bilan murosa qilmas, tan olmas edim. Şeʼrdan ham şundan boşqa narsani kutmasdim. Keyin hayot, yillar köp ranglarni qoriştirib yubordi. Yaxşi-yu qahramonni ozgina doği bölişiga, yomon-u xoinning ham ozgina fazilati bölişiga, yiği va kulgida ozgina soxtalik bölişiga, muhabbatda ozgina yolğon-u xiyonat, nafratda ozgina şafqat bölişiga könikdim. Va şeʼr ham ilhom bilan, aql yo hunar bilan, havasga yo ermakka  yozilişi mumkinligini qabul qilişga örgandim.

Ammo içimda bir ovoz – könma, haqiqiy şeʼr bu – ruhning ovozi, u ilhom va tasavvurlar  möjizasi, u dard va şavq, u sanʼat, u ibodat, u dod va hayrat, unda özingni körsang, boşqa olamga parvoz qilsang – u şeʼr, deydi.

Biroq hayot va şeʼr ranglari qorişiğiga könikkan yana bir ovoz – adabiyot şu, Xudo bergan isteʼdodlar bor, faqat aql kuçi bilan şeʼr yozadiganlar va havasmandlar bor, ularning ham bu dunyodan taskini şeʼr, kimdir tinglaşini, eʼtirof etişini istaydilar, lekin yuksak va örtamiyona şeʼrlar borligini biladilar, iç-içlaridan unday yuksaklikka kötarilolmasliklarini ham biladilar, bu ularning aybi emas, deydi.

Yana içimdagi birinçi ovoz – yöq, sen şeʼrlardan özingni izla, ruhingning suratini, qalbingda portlamoqqa şay dard-u nolalar, izhorlar ovozini, gözal taşbehlarning tasavvuringni raqsga çorlaydigan möjizalarini izla, deydi.

Içimdan ikkinçi odam yana ovoz beradi – şeʼr nafaqat şoirning, balki millatning, xalqning ruhiya­tidir, ötgan bir yil içida yozilgan şeʼrlar xalqimiz dilidagi, ruhiyatidagi özgarişlarning aks sadosi böldimi, hammaning tiliga tuşgan şoir yoki şeʼrdan darak ber, qaysi mavzu, uslub va yönalişlar ustuvorlik qildi, şeʼriyat rivojlanişdami, yarq etgan isteʼdod kirib keldimi, şeʼr tarğiboti kuçaydimi, pasaydimi, şulardan gapir, şeʼr ahlining könglini kötar, deydi.

Içimdagi ana şu ikki öt, ikki ovoz orasidaman.

Varaqlayman,

                  varaqlayman,

                              varaqlayman…

“Tafakkur”, “Şarq yulduzi”, “Yoşlik”, “Maʼnaviy hayot”, “Jahon adabiyoti”, “Vatan”, “Saodat” jurnallari, “Jadid”, “Adabiyot ziyosi”, “Hurriyat” gazetalari. Yana Abdulla Orifning 25 yoşida hayqirgan dardli ovozi quloğimga keladi:

Nimanidir axtaraman – şeʼrdan ham uluğ,

Nimanidir axtaraman – nondan azizroq.

Dunyo özi bepoyon-ku, ranglarga töluğ,

Biroq mening közlarimdan ranglar ham yiroq…

Köz oldimda sobit turar faqat şu Vatan,

Kulbasi ham kenglik qadar çulğaydi meni.

Tuyğularim faqatgina unga berar tan,

Yurtim, men ham umrim qadar sevgayman seni.

Vatan! Örxun-Enasoy toşlariga toş bilan ilk şeʼrlarini öygan şoirdan bugungi şoirgaça qayğung nima, darding nima, desangiz, onadan-da avval, muhabbatdan-da avval Vatan, deydi. Şu bois ham ötgan yili dunyoga kelgan, har bir satri Vatan dardiga yöğrilgan “Vatan” jurnalining ilk sahifalari Akif Bağirning “Özbek kelayotir”, Fitratning “Yurt qayğusi” soçmalari, Abdulla Orifning “Imtihon”, Erkin Vohidovning “Özbegim”, Muhammad Yusufning “Uluğimsan vatanim”, Sirojiddin Sayyidning “Vatan abadiy” şeʼrlari bilan boşlangan. Yod bölib ketgan bu şeʼrlarning zimnida ruhni uyğotuvçi, elni birlaştiruvçi tariximiz ham, dard-u alamimiz ham, ajdodlardan faxr ham, daʼvat ham bor.

Sirojiddin Sayyid “Mehringizni qizğanmang bir-biringizdan” turkumida aytadiki:

Xatarnok aylanur olam,

bu nolam senga, jon bolam,

Sen ogoh böl-u ham huşyor,

Vatan heç qayga ketgan yöq.

                              (“Jadid” gazetasi, 32-son)

Mahmud Toir aytadiki:

Özbek özligidan iftixor qilsa,

Yuz öttiz el-elat bir qaror qilsa,

Tenglikda birlikni barqaror qilsa,

Tarqoqni bir zarba tut kabi tökkan,

Birlaşsak – vatanmiz, birlaşsak – vatan!

(“Adabiyot ziyosi” gazetasi, 14-son)

Nosirjon Jörayev aytadiki:

Men – bir xalqman, maydalamang ruhimni,

Men – millatman, yuragi bor, loşi bor.

Biling, vazmin turib keçirsam kimni,

Juft yelkamda Er Tönganing toşi bor.

(“Şarq yulduzi” jurnali, 9-son)

Bu bezovtaliklar va orzular sababi Fitrat bobo “tarqalmişdir” deb kuyingan, garçi zamona zayli bilan bölsa-da, ongimizdagi, ruhimizdagi, maqsadimizdagi, bir-birimizga munosabatimizdagi parokandalik xavfidan birlaşişga daʼvatdir. Birlaşmoq – 2024-yilgi şeʼriyatimizning boş mavzularidan böldi, şeʼr xalq ruhining aks sadosi ekanligi şubhasiz.

Içimdagi ovozlarga “Ha, zamon va hayot ğavğolari bor, ammo şeʼr tirik”, deyman va “Saodat” eşigini  taqillataman. Içkaridan, “Qöşqalam” ruknidan “Yoşlik hali ötmagan, keksalik uzoq”, deya Said Ahmad bilan Saida Zunnunova “Qöymayman yonimga kelmaguningça”, deb suhbatlaşib çiqib keladilar. Ortlaridan şeʼriyatimizning çiroqlaridan biri Rauf Parfi “Chiroqni tinglangiz, odamlar” deya, hamrohi Sulhida Yolğiz “Jon quşimni uçirdim sizsiz”, deya çiqib keladilar. Söng Muhammad Yusuf bilan Nazira Assalomni köraman, biri “Uyuridan ajrab qolgan qulunman” deb xitob qilsa, biri “Xotirimning kökidagi oqquşimga aylanding” deya javob qiladi. Söngra “Visol hakim dardima, Işqdin malham yaralgan”, deb kuylayotgan Nurali Qobulni hamda “Könglingga böldim sayyod, Işqingga tuzoq qöydim”, deb javob qilayotgan Şahodat Isaxon muşoirasini tinglayman. Xalqimizga yod bölib ketgan bu maşhur şeʼrlarni taʼrif-u tavsif qilib ötirişning hojati yöq.

Özbek kitobxonini dunyo şoiru yozuv­çilarining yuksak asarlari bilan mehmon qilayotgan “Jahon adabiyoti” jurnali dastur­xoniga qöyilgan buxorolik şoiramiz Ibodat Rajabovaning “Bu beşikni tebratgan momom” guldastasidan hayratga tuşmay ilojingiz yöq. Betakror şoiraning betakror taşbehlari, ni­­gohi tuşgan narsaga xayolingizga kelmaydigan jonlantirişlar baxş etişi, söz boyligi, köz oldingizga favqulodda suratlarni paydo qilişi, ohanglarning şaddodligi va darveşonaligi ruhingizni egallab oladi.

Keyingi manzil ertangi şeʼriyatimizning bölğusi darğalari – “Zomin”-u “Dörmon” seminarlari qatnaşçilari, ijod maktablari öquvçilari körig-u sinovdan ötayotgan, gullayotgan, pişayotgan boğ – “Yoşlik” jurnali. Köngil hayratlarini sözga evriltirişni maşq qilayotgan yoş isteʼdodlarning “Yoşlar ovozi” ruknida muntazam berib borilayotgan şeʼrlari kişini umidlantiradi. Ayniqsa, Dilşoda Toşmatova, Dilrabo Tursunqulova, Gulnoza Yusupova, Nozima Tursunqulovalar­ning holat va kayfiyatni bera olişlari, zörma-zöraki taqlidlarga yöl qöymasliklari eʼtiborni tortadi. Ularga söz zahiralarini boyitişni, köproq obrazli fikrlaşga harakat qilişni tilaging keladi. “Nazm” ruknidagi Bahodir Bahromning “Oşiqlik köngliga metin bir qörğon” (1-son), Vohid Luqmonning “Yurakka bir ism qöydim yozdirib”, Nasrullo Ergaşning “Közlaringdan joy ber, sevgilim” (2-son), Farida Afrözning “Bebahor gulladim, barg yozdim samar”, (3-son),  Şahriyor Şavkatning “Bodrab çiqaverar erinmagan söz”, Nozima Habibullayevaning “Senday sof qöşiqni qanday aytaman” (7-8-son), Guli Nigorning “Yaşillik içra tölğonsa bu qalb”, Tursun Alining “Quyoşga tik boqayotgan odam”(9-10-son), Navröz Hasanovning “Daraxt bölib yaşayman”, Gulhayo Anorovaning “Yurakni çayqatar samoviy lazzat”, Alişer Sabriyning “Közlari çölpon”, Xosiyat Bobomurodovaning “Gullab qöymasmikan sirimni daraxt” (11-12-son) turkumlari ham berilganki, bu şakllanib bölgan şoirlarning şeʼrlari butun fazilat-u qusurlari bilan bugungi özbek şeʼriyatining darajasini aks ettirib turibdi, deyiş mumkin. Barça turkumlarning xos xususiyati öz qalbini, xotiralarini taftiş qiliş, muhabbat izhori, armoni, soğinçini, ruhidagi isyon manzaralarini çizib öquvçilarini öz tuyğulari qaʼriga torta oladi.

“Şarq yulduzi” jurnalini heç mubolağasiz bugungi özbek şeʼriyatining badiiy mezonlarini belgilab berayotgan minbar desak, öylaymanki, şoirlarimizning heç birida eʼtiroz tuğdirmaydi. Jurnal sahifalarini varaqlarkansiz, şeʼriyatimizda iz qoldirgan uluğ şoirlarimizdan tortib isteʼdodi yarq etgan yoşlarimizgaça tasavvurga ega bölişimiz mumkin. Jurnalda şeʼriyatimizdagi yöna­lişlar, turli uslublar bilan tanişiş, sodda, xalqona şeʼrlardan tortib, voqeabandlikka qurilgan dramatik şeʼrlarni, hissiyot ufurib turgan şeʼrlarni, tasavvur suratlariga qurilgan manzara şeʼrlarni, falsafaga qurilgan hikmatona şeʼrlarni hamda öqilişi intellektual tayyorgarlikni, tafakkur va tasavvur qobiliyatini talab qiladigan modern va simvolik şeʼriyat namunalarini köriş mumkin.

Oldingi “Özbekiston adabiyoti va sanʼati” bilan uyğunlaşib ketgan “Jadid” gazetida çop etilgan Halima Xudoyberdiyeva­ning “Dorilamon kunlar keldi”, Muhammad Yusufning “Mening kurkim köngil”, Halima Ahmedovaning “Kuzgi olmalarning nafasi ötkir”, Sanobar Mehmonning “Sen bergan umrni oşufta kezib”, Şahriyor Şavkatning “Hayrat bosib kelar balandroq” şeʼriy turkumlarini yilning eng yaxşi turkumla­ridan deb baholaş, u şeʼrlardagi şukuh, gözallik va ruhiyat tovlanişlarini soatlab şarhlaş, zavqlaniş mumkin.

Ötgan yil mobaynida eng köp şeʼr çop etgan “Adabiyot ziyosi” va “Hurriyat” gazetalari böldi, desak, xato qilmaymiz.

“Hurriyat”ning 1-sonida çop etilgan Ötkir Rahmatning “Najot könglingdadir” şeʼrida xalqimizning buguni va ertasi haqida iztirob bilan öylayotgan, odamlar­ning nafsiga qul, ruhi qaşşoqqa aylanib borayotganidan taşvişda bölgan bugungi kun şoirini körasiz.

Bu dunyo atalmiş öynoq qayiqda

Kim talovçi, kimdir ezgulikka körk.

Seni alqaguvçi yotdan hayiqma,

Asli içingdagi duşmaningdan qörq.

Ikrom Otamurodning “Istayman ruh ozodligini” (29-son) turkumida esa ana şu iztirob­lar falsafiy ramzlarga köçadi. Şoir dunyo va inson norasoligidan ruhning ozodligini tanlaydi.

Sayyora Samandarovaning “Özingni uyğotgil, öğlon” (35-son) turkumi şunday umid va daʼvat bilan tugaydi:

Şuur uyğonmoqda, bunga şohidman,

Bölsam, maʼrifatga qurbon, şahidman!

Bobom jadid edi, men ham jadidman!

Jadidlar kelyapti, jadidlar!

Mana, sözimiz boşidagi millat ruhini yuksaltira oladigan, birlaştiradigan, faqat adabiyot, faqat şeʼriyat degan manzilga qaytib keldik.

Içimdagi bir ovoz hamon dunyoning ranglari qorişib ketişiga, murosa qilişga könmay savol beryapti. Sanalgan gazeta-jurnallardagi hamma şeʼrlar ham nazmning yuksak talablariga javob bermaydi-ku? Şeʼr millatni birlaştirişdek, insonni poklaşdek oliy vazifani bajarişi uçun uni kim öqiyapti, bir hovuç şoirlar-u şeʼriyatga havasmandlarmi? Bu yurak zor-u ohlari, daʼvat-u iztirob­lari, yetib borişi kerak bölganlarga qanday yetadi? Işonamanki, içimdagi bu savollar sizni ham könglingizda çarx urib yuribdi.

Şu bois, birgalikda javob topişimiz uçun ayrim mulohazalarim bor.

Ha, sanalgan şeʼriy turkumlar va şeʼrlar­ning hammasi ham mukammal emas, bu tabiiy. Lekin badiiy didimiz pasaygani ham bor gap. Mumtoz va dunyo adabiyotini öqimay qöyganimiz, yozganlarimizni buyuk söz sanʼatkorlariniki bilan çoğiştirmasligimiz, ularning nigohini his qilmasligimiz, qofiyalangan gaplarni şeʼr deb öylaşimiz, hammaniki çiqyapti-ku, deb özimizni özimiz yupatişga örganib qolganimiz, hamma-hammasi. Çop etişda esa kimnidir qöllamoqçi bölamiz, yoşini rağbatlantirmoqçi, keksasini yu­zidan ötolmaymiz, keyin navbatdagisi keladi: uniki çiqdi, nega meniki çiqmadi, deb. Köpçiligimiz şeʼr yoziş uçun yozamiz, har yili hamma jurnalda, gazetada çiqişim kerak, deb öylaymiz, göyo orqada qolib ketadiganday, bizni unutib qöyişadiganday. Töxtamaslik uçun nimadir qilamiz, bizda bir fikr böladi, yo bir narsani öqib, yo hayotda körib fikr tuğiladi, göyo özimiznikiday, göyo yangiday tuyiladi, ammo joni yöq yoki jön fikr böladi, uni jozibali qiliş uçun daʼvatlar, nasihatlar, özimiz ham tom maʼnosini bilmaydigan sözlar yoki siyqasi çiqib ketgan öxşatişlarni zira qilib sepib xom-xatala taomimizni taqdim etamiz. Baʼzan öylamaymiz va hatto bilmaymizki, bu fikr ming bora aytilgan. Hurmatli muharrirlar, biz göyo yaxşilik qilyapmiz, deb bu taomni yeymiz, yaʼni çop etamiz. Saviya ana şu yerda ketadi.

Ikkinçi masala: ha, kim öqiyapti, şoir şoirnikinimi, hatto turkumini, kitobini töla öqimasak ham, öqidik, tabriklayman, deb qöyiş uçunmi? Bu muammo, afsuski, maktab va universitetlarda adabiyot öqitilişidan tortib gazeta-jurnallarimizning adadigaça, şeʼrlarni tarğibotigaça boğliq. Lekin bu muammolar şeʼrning qadri, saviyasi, mohiyatini tuşirmasligiga harakat qilaylik.

Aziz SAID

 1961-yili tuğilgan. ToşDU (hozirgi ÖzMU)-ning Jurnalistika fakultetini tugatgan. “Çiltor”, “Dili qani Bedilning”, “Fursat darvozasi”, “Vaqt manzili” nomli şeʼriy kitoblar, “Ğoyibdan döst bilan suhbatlar” adabiy-tanqidiy maqolalar töplami muallifi. Uolt Uitmenning “Maysa yaproqlari”, Nozim Hikmatning “Yusuf va Zulayho”, Bertold Brextning “Teatr va realizm”, Paulo Koeloning “Alkimyogar” kitoblarini özbek tiliga tarjima qilgan.

 

2025/4

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (147)