66 marta körilgan

Men seni soğinib qaytsam qaçondir…

Men seni soğinib qaytsam qaçondir…

Bir daqiqa…

Men juda bahaybat, men juda ulkan

Sözdirman siğmagan heç bir oğizga.

Uzun – ulkan ul ölka – kölkam,

Qovoğim qor – qöngan toğ uzra.

Qançalar oğirman, böğzim közlagan

Dor – özimning soçim – ommabop.

Bu vujudda joy yöq özgaga,

Bu vujudda men yöq – hamma bor…

* * *

Baʼzida mantiqdan döppi yasagan

Şoirlar körsatar dunyoning tagin.

Bir luqma taşlaydi şeʼr deb kosaga,

Çaynaganing sari kelar tuflaging.

Baʼzida kirakaş yöl haqi sörab,

Deydi: “El qatori kamsuqum elman…”

Bir luqma taşlaydi insofga örab,

Çaynaganing sari tuflaging kelmas.

* * *

Yoruğ öt içinda poyimiz muzdir.

Ikki dunyo tutaş,

Söqir közlarda

Yaproqdek tebranib tökilgan sözning

Sözi bor söz izlab tolgan sözlarday.

Qor kömar.

Bevaqtlik – sukunat

Yordir

Oqlikka evrilib ölgan soçlarda.

Besado saboday bir sado qoldi

Qanotin yelpigan qaldirğoçlardan

Va

Tağin qaytadi…

Qaytariq oni

Yeçim yeçim izlab bormoği bor gap –

Dunyodan dunyoday çekingan jonning

Ötmagan har oni aylanar qorga…

Kuy

Taşlamoqçi bölsam poyingga

Egilmagan bu ulkan boş na?!

Sen daraxtday qotgan joyingda

Soyang yaproqlaringga taşna.

Şoxlaringda qanotin bukib

Asta sayray boşlarkan quşlar,

Quyoş yulduzlarini tökar

Sening oppoq soyangni uşlab.

Voh! Talotöp! Voh! Ağyor, otgil

Ul qudratli soyani tutib.

Şamol yeldi – kinnadek botdi

Ikki olam – ikkita qutb.

Qaytadurman…

Sasim – tarona…

Sen – çolğusi noayon kuysan.

Qilgan eding qanday karomat,

Men boşimni poyingga qöysam?!

* * *

Men seni soğinib qaytsam qaçondir,

Köksimdan itarma, labingni burma.

Tuşun, bir tuşum yöq bu aziz jondan,

Men – şunçaki bözlab yurgan ğururman.

Ossang, devoringga soat bölmasman,

Bossang, non uşoği bölmasman, uzr.

Men faqat köngillar tarxida rasman

Yaşab yurguvçiman – fikrni buzib.

Eşik emasdirman, tutqiçim yöqdir,

Deraza emasman, sindirmas şamol.

Men faqat – muqaddas atalgan yöqlik,

Yöqlik – ilohiyot timsoli, tamom.

Men seni soğinib qaytsam qaçondir,

Böynimda dor bölur, sanam yo xoçmas.

Seni soğinganim – keçganim jondan,

Heç qaçon…

Heç qaçon eşikni oçma…

* * *

Şahboz FAYZULLAEVga

Baribir, ketaman.

Istagan onimda keta olaman

Olqişlanmagan şeʼrlarim,

Xazon kabi qaroğlardan supirilgan

muhabbatim

Va

Yer şariga siğmagan jasadimga

Qöl silkib…

Kelmaganimda ham şu raqs

Davom etaverar edi.

Ketaverar edi quyoş öz öqida sayyoralarni ildirgança tubanlab.

Hozir ham şu ahvol…

Daraxtlar salom beradi,

Daraxtlar alik oladi,

Daraxtlar şeʼr yozadi,

Ibodat qiladi daraxtlar…

Men esa…

Köylagimga qöngan bir tomçi doğ bilan kimga kerakman?

Qaysi tanning közi tört

Köylagimdagi doğga…

Keta olişimni takror aytaman

Va

Baribir ketaman.

Ey, umrimni xazon qilgan söz kuşandalari,

Quşlar bulğamagan köylagingizda meni çin Yurakdan seving

Köylagimdagi doğ bilan keta olganim uçun…

Feruz Neʼmatullayev

1998-yili Navoiy şahrida tuğilgan.

“Kabisa” şeʼriy töplami, rus adabiyotidan “Hayot şovqini” nomli şeʼriy tarjimalar töplami çop etilgan. Şuningdek, fransuz yozuvçisi Mark Levining “Ikki olam aro” qissasini va amerikalik yozuvçi Richard Matesonning “Men – afsona” nomli romanini özbek tiliga ögirgan. Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universiteti Jurnalistika va özbek filologiyasi fakulteti talabasi.

 

2025/4

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (325)

Ayol

Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan çekkanda yohu,
Uning ham panohi qaytmadi jangdan,
Ön töqqiz yoşida beva qoldi u.