44 marta körilgan

Yana qaytmoqdaman diydor yurtiga…

Nurjahon Qayumberdiyeva

* * *
Baland böl!
Toğlar viqoringda aksini körsin,
Buloqlar çayilsin könglingga oqib.
Olovlar isinsin qaynoq qoningdan,
Osmon nafas olsin közingga boqib.
Quşlar ovozingdan ilhomga tölsin,
Sözingni tinglasin savoli borlar.
Bosgan yöllaringdan ibrat gullasin,
Borar manzilingga kelsin bahorlar.
Öt-ölan soçingdan boyladi kurtak,
Axir, tomiringdan daryolar ösdi.
Olamga andoza bölib yaralding,
Soyang asriy zulmat yölini tösdi.
Yuksak böl!
Pastliklar etolmasin zabt,
Garçi izlaringdan qumlar chopadi.
Ruhingda, fikringda maydalaşmoqqa
Hayot har kuni bir sabab topadi!

Yölda

Yana qaytmoqdaman diydor yurtiga,
Qoram kelar yölga közin taşlaydi.
Toşkent, omon bölgin, senga bilinmas,
Bitta gulsiz boğing körksizlaşmaydi.
Senga doirmanmi yoki şoirman?
Odam qilasanmi, şunga javob ber?!
Hozir nima özi gulfasl umrim –
Ikki yurt yölida bitta gözal şeʼr.
 
Tongga hamd

Bugunimning davomi bormi?
Quv şabada tuşdimi işga?
Köngil toza va musaffomi?
Şu kifoya şukr qilişga.

Bomdod vaqti bir hovuç duo
Qöl oçarga bir sokin burçak.
Uning bergan halovatini
Topolmasman dunyodan, beşak.

Oftob böylar tokli supaga,
Jonlanadi gullarning didi.
Dimoğimga urilar ilkis
Onam yopgan kulçaning hidi.

Çaqin şaşti köksimga köçdi,
Va hamrohim “Yoşlik devoni”.
Dono şeʼrlar sasin tinglagan
Sukunatning yöqdir poyoni.

Tong borliqni suğorgan nurdan
Tomirimda uyğonar farah.
Pok havoda poklanib yutgan
Nafasimga Alhamdulillah!

Nurjahon Qayumberdiyeva

1998-yili Samarqand viloyati Nurobod tumanida tuğilgan. Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universitetini tamomlagan. Hozirda şu universitetning tayanç doktoranti.

2025/4

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (325)

Ayol

Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan çekkanda yohu,
Uning ham panohi qaytmadi jangdan,
Ön töqqiz yoşida beva qoldi u.