6 daqiqada öqiladi

396 marta körilgan

Şukur Xolmirzayevning yoşligi

Şukur Xolmirzayev

Özbekiston xalq yozuvçisi Şukur Xolmirzayev ijodi özbek kitobxonlariga ortiqça taʼrif-u tavsiflarsiz ham yaxşi taniş. Uning gözal hikoya, esse va romanlari kirib bormagan özbek xonadoni bölmasa kerak. Ayni paytda “Şukur Xolmirzayev taniqli yozuv­çi, öziga xos ijodkor maqomiga qanday ega böldi?”, “U yoşligida nimalarni orzu qilardi, maqsadlari­ga qay tariqa erişdi?”, yanayam oddiyroq qilib aytsak, “Şukur Xolmirzayevday ijodkor böliş uçun nimalarga eʼtibor beriş kerak?” singari savollar bugungi yoşlarni öylantirsa kerak.

Albatta, Şukur Xolmirzayev atoqli adib, obröli ziyoli maqomiga birdaniga erişgani yöq. Buning uçun u maşaqqatli ijod yölini bosib ötdi. Şu maʼnoda yozuvçi­ning umr yölini örganiş yoşla­rimiz uçun, ular ijodkorlikni tanlaşi yoki tanlamasligidan qatʼi nazar, hayotiy yutuqlarga erişişda tajriba maktabi vazifasini ötaşi, şubhasiz.

Rostgöy Şukur

Şukur Xolmirzayev yoşligidanoq rostgöy, haqiqatparast edi. Özining aytişiça, bu feʼli tufayli ayrimlarga yomon köringan, taʼna-daşnomlarga duç kelgan, tösiqlarga uçragan paytlari bölgan, ammo alal-oqibat u rostgöylikni, halollikni hayotida ham, ijodida ham asosiy aqidaga aylantirdi.

Şu örinda Şukur Xolmirzayevning ösmirligida röy bergan bir voqeani eslab ötiş joiz. Aʼloçi öquv­çi Şukur maktabda öquvçilar ittifoqining yetakçisi sifatida faollik körsatib yurganida, paxtada bir öqituvçi öquvçisiga qöl kötarib, jarohat yetkazadi. Öquvçilarning jamoatçi yetakçisi sifatida Şukur Xolmirzayev bundan bağoyat mutaassir böladi. Şunda ayrim öqituvçilari unga, “Bölgan voqeani yopdi-yopdi qilaylik, yöqsa, pedagogning obrösiga putur yetadi”, mazmunida nasihat qilişadi. Maktab öquv­çilari oldida hisobot berarkan, yoş Şukur xayolan özi bilan özi kuraşardi: “Bölgan voqeani barçaning oldida aytişi kerakmi yo yaşirişi lozimmi?..” Oxir-­oqibat rostgöylik ğolib çiqadi. Öquvçisining “gap uqmasligidan” norozi bölgan direktor esa uni maktabdan çiqarib yuboradi…

Bir qaraşda mazkur voqea öspirin Şukurning kattalarga hurmatsizligiday, özbilarmonligiday köri­nişi mumkin. Biroq kengroq öylasak, Şukur Xolmirzayev uzoq ötmişdagi bu ziddiyatli holatni keyinçalik bot-bot eslar ekan, haqiqat va yolğon örtasidagi tanlov qarşisida qolganida qabul qilgan qarori pand bermaganini taʼkidlaydi. Boşqaça aytganda, öquvçi Şukurning axloqiy qaraşlari şakllanişiga maktabda sodir bölgan öşa kelişmovçilik ham öz taʼsirini ötkazib, u hayoti mobaynida haqiqatni aytiş lozim bölgan joyda sukut saqlamaydigan, yolğon bilan kelişmaydigan insonga aylanadi.

Eʼtiborli jihati şundaki, Şukur Xolmirzayev insoniy munosabatlardagi rost-yolğon tuşunçalarini özi uçun keyinçalik ijodiy tamoyil sifatida qabul qiladi. Yaʼni rostgöylikni ijodkorga eng kerakli fazilat deb bilsa, aksinça, yolğonga adiblar özini saqlaşi lozim bölgan illat deb qaraydi. Uning fikriça, soxtalik, nosamimiylik ijodkorning yolğonidir. Ijod kişisining yolğoni esa Insonning ezgu qadriyatlarini kamsi­tadi, eng muborak tuyğularini siyqalaştiradi. “Şoirlarimiz bor – Vatan haqida yozadi. Xonandalarimiz bor – Vatan haqida kuylaydi, bastakorla­rimiz bor – Vatan haqidagi qöşiqlarga kuy bastalaydi… Bu kerak, zarur, biroq biz mavzuni suiisteʼmol qilmasligimiz kerak. Bu qutluğ mavzuga sözimiz, kuy-qöşiğimiz munosib bölsin. Aytar sözimizga masʼul bölaylik. …Şuning uçun, “Vatanim, seni sevaman”, “Onam, seni sevaman” degan törtta-beşta gapni huda-behuda tötiquşdek takrorlayveriş muborak tuyğularni kamsitmaydimi? Bunday haroratsiz, nomiga aytiladigan gap-sözlar Insonning murakkabligi oldida misoli xasday gap”, deb yozadi u “Aytar sözimizga masʼul bölaylik” sarlavhali suhbat-maqolasida.

Kitobxon Şukur

Aytişlariça, hazrat Alişer Navoiy davrida ijodkorlikka daʼvogar kişi salaflar ijodidan kamida ellik ming misrani yod bilişi kerak bölgan. Bu aslida mutolaa, adabiyotni biliş şarti ham. Çunki ijodkorlik – boşqalarni takrorlamaslik degani. Kişi qança köp öqisa, özgalarning ijodiy uslubidan qançalik köp xabardor bölsa, tajribasi şunçalik oşadi, boşqalar yurmagan yöldan yurişga imkoniyat paydo böladi.

Şu maʼnoda Şukur Xolmirzayevni ham katta yozuvçi sifatida kamol toptirgan omillardan biri uning kitobxonligi, deyiş mumkin. Bolaligidanoq uning xalq oğzaki ijodiga, xususan, ertak, afsona, doston va aşulalarga qizi­qişi bölakça bölgan. Yozuvçining singlisi Raʼno Erkayeva şunday yozadi: “Şukur akam ikkinçi sinfdaliklarida sinfdoşi kiçkina kitobça olib keladi. Bu kitobça “Ikki sandiq” ertagi edi. Öşa boladan kitobingni berib tur desalar, kitob magazinda borligini, ikki söm turişini aytadi. Şukur akam öşa kunning özidayoq kitobni sotib oladilar. Ertak qahramoni Zumrad Şukur akamning es-huşlarini öğirlaydi. Boysuntoğ arçazorlariga yetaklaydi. Bu kitobça arçalar-u parrandalarga nisbatan mehr uyğotgan bölsa ajabmas”. Darhaqiqat, “Ikki sandiq” ertagi qahramoni Şukur Xolmirzayev uçun gözallik, pokizalik, muhabbat timsoliga aylanadi. “Quyoş-ku falakda kezib yuribdi”, “Kuzda bahor havosi” singari hikoyalarida Zumrad obraziga murojaat qiladi, uni ijodiy qayta gavdalantiradi.

Qiziği, Şukur Xolmirzayev bolaligida nafaqat özi köp kitob öqiydi, balki tengdoş-jöralaridan ham buni talab qiladi. Ma­salan, yozuvçining bolalik dösti Asqar Xöjaqulovning eslaşiça: “Şukur bilan musobaqa öynab yodla­gan şeʼrlarimning köpçiligi hozirgaça yodimda. Bu­ning sababi Şukur edi. Yoşligimda kitob öqişga unçalik huşim yöqroq edi. Lekin Şukur öqimaganga qöymas edi”.

Taʼkidlaş kerakki, Şukur Xolmirzayevning kitobxonligi bora-bora ijodiy izlaniş-örganişga aylanadi. Yaʼni yoş adib milliy va dunyo adabiyotining eng sara namunalarini, öz taʼbiri bilan aytganda, “ezibiçki” qilib yuboradi. U Rabindranat Tagorni, Lev Tolstoyni, Jek London va Ernest Xemingueyni, Anton Çexov va Abdulla Qahhorni ayriça ehtirom bilan eslaydi, ularning ijodiga özgaça nazar ila qaraydi. Buning asosiy sabablaridan biri Şukur Xolmirzayev özini asosan hikoyanavis deb sanagani uçun yuqorida nomlari keltirilgan adiblarning jahon hikoyaçiligida katta rol öynagani bilan izohlansa, ikkinçi jihati, u avvalda sanalgan yozuvçilar­ning hayotga, adabiyotga munosabatida ham öziga yaqinlik topadi… Jahon adabiyotini çuqur bilgan va bu tajribasini öz ijodida unumli qöllagan adib umri oxirida haqli ravişda şunday xulosa çiqaradi: “Men bu hikoyalarning har birini dunyo adabiyoti hikoyaçiligiga böylab yozganman”.

Talabçan Şukur

Bugungi kun ösmir-yoşlarida öz-öziga mahliyolik yaqqol közga taşlanadi. Sirasini aytganda, “Instagram”, “TikTok” kabi internet platformalari ham bunga zamin yaratyapti: özingni çiroyli tarzda suratga tuşirib, tarmoqqa joylaysan, hamma qoyil qoladi, tinmay “layk” keladi va h.k. Lekin suratdagi tasvir hayotdagi siyratga mosmi? Binobarin, Şukur Xolmirzayevning öz işiga bölgan yuksak talabçanligi yoşlarimizga saboq bölişi turgan gap. Xöş, bu talabçanlik nimalarda körinadi? Birinçi galda Şukur Xolmirzayev yoşligidanoq ijodga juda katta masʼuliyat bilan qaragan, nomiga yozişni öziga or deb bilgan. Şu sababli ham u asar ustida tinimsiz işlagan, takror-takror tahrir qilişdan çarçamagan. Qolaversa, yakunlangan asarlaridan, agar köngli tölmasa, voz keçişga ham jurʼat qilganki, bu holat bugungi kunda hali xayolidagi misralarni maromiga yetkazib-yetkaz­masdan kompyuterga tuşirgança tahririyatlarga jönatadigan, asarni pişitiş, tahrir qiliş singari işlardan bexabar qalamkaşlarni körganda yanada tansiqroq körinadi. Masalan, bir örinda Şukur Xolmirzayev şunday yozadi: “Ötgan beş-olti yil men uçun oğir yillar böldi. Yozişni qayta boşdan maşq qilib, köp köçalarga kirib çiqdim – adaşmaydigan, hamişa töğri yöldan yuradigan yozuvçilarga havas qilaman… Bu yillarda men beş-törtta yirik asarlar yozdim. Lekin ular meni qanoatlantirmagani uçun yöq qildim”. Şukur Xolmirzayevning “qanoatlanmaganim uçun yöq qildim” degan 4-5 yi­rik asari aslida katta maşaqqat mevasi, oylab, ehtimol, yillab qilingan mehnati natijasi bölganiga şubha yöq. Biroq yozuvçi ijodkorlik maqomi va kitobxon oldidagi masʼuliyatga putur yetkazişdan köra mehnati mevasidan voz ke­çişni afzal biladi. Albatta, bu örinda adibning ijodiy maşaqqati foydasiz böldi, deyiş haqiqatga töğri kelmaydi. Aynan ijodiy talabçanlik ijodi­ning keyingi bosqiçla­rida uning muvaffaqiyatlarini taʼminlaşga xizmat qiladi.

 

 

Otabek SAFAROV

1985-yili  tuğilgan. Özbekiston Milliy universitetining Özbek filologiyasi fakultetida tahsil olgan. “Şukur Xolmirzayevning adabiy-tanqidiy qaraşlari” mavzusida ilmiy tadqiqot olib boryapti.

 

2023/7

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (147)