187 marta körilgan

Ummonlar bir tomçi yoşga aylanar…

Dilnoza Abduhamidova

* * *

Million yildan beri yuragim notinç,

Million yildan beri soğinganim bor.

Men uçun oğirdir, men uçun ölim,

“Endi soğinmayman”, deguvçi qaror.

Mening yuragimga oğirlik qildi

Şivir-şivirlar-u, piçir-piçirlar.

Yana qon-qonimga singib boryapti

Odatiy uzrlar, unsiz “keçir”lar.

Kutaman sabrni bosib bağrimga,

Vaqtning qöllaridan mahkamroq tutib.

Ana, teraklarning soçi oqardi,

Meningdek özganing könglini kutib.

Million yildan beri yuraklar notinç,

Million yildan beri kutib turibmiz.

Siz jimsiz, men jimman, balki şungadir,

Ölolmay hali ham tirik yuribmiz.

Soğinib-soğinib kutmoqda har kun

Uzun yölaklarga singib ketgan köz.

Hatto tuşimizda jaranglab turar

Million yildan beri aytilmagan söz.

* * *

Könglim keng, osmonning kengligi nima?

Siğadi kengliklar, munğaygan qirlar.

Könglim maydoniga tökilgan donday,

Dunyoning bağriga siğmagan sirlar.

Şunçalar kengdirki, şunçalar çeksiz,

Siz bilgan çeksizlik könglim etagi.

Har tun tuşingizda izğib yuribdi

Qalbim momolari aytgan ertagi.

Ummonlar bir tomçi yoşga aylanar,

Bulutlar köz yoşi dilga yetmaydi.

Mening yuragimga qöngan turnalar,

Tört fasl ötsa ham taşlab ketmaydi.

Men şunday yaxşiman, balki könglimga

Yaqinlar şunçalik yaxşimikan yo.

Könglimning bir tanob yerini, mana,

Egallab turibdi bevafo dunyo.

Çeksiz bu köngilda çeksiz bir savol,

(Garçi söramoqlik oğir bölsa ham)

Torgina dunyoda qanday yuribsiz,

Mening keng könglimga siğmagan odam?!

Dilnoza Abduhamidova  

1992-yili tuğilgan. Navoiy davlat pedagogika institutining Özbek filologiyasi fakultetini tamomlagan. “Şodlik yurti” nomli kitobi naşr etilgan.

2023/7

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar (6)

  1. Sarvinoz Şermatova

    Men ham öz ijodiy işimni bermoqçi edim sizlar bilan qanday boğlansam böladi?

  2. Ğiyosiddin Önarov Tahririyat

    Assalomu alaykum. E-poçta: yoshlik-jurnali@umail.uz

  3. Sarvinoz Şermatova

    Ijodiy işni qanday topşirsa böladi?

  4. Ğiyosiddin Önarov Tahririyat

    Assalomu alaykum. E-poçta: yoshlik-jurnali@umail.uz

  5. Nodirbek Abdusattorov

    Vauv juda zör. Ayniqsa oxirgi misralar. Ofarin

  6. Ğiyosiddin Önarov Tahririyat

    Şunaqa yaxşi şe'rlarni beramiz…

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (325)

Ayol

Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan çekkanda yohu,
Uning ham panohi qaytmadi jangdan,
Ön töqqiz yoşida beva qoldi u.