Ijodkorlarning adabiyot dargohiga kirib kelişi har xil keçadi. Lekin ayrim talant sohiblariga nisbatan “kirib keliş” degan ibora unçalik töğri emasday tuyuladi. Çunki ular kutilmaganda, "yarq" etib paydo böladilar. Keçagina junjikib turgan yuraklarga hamal quyoşidek yoqimli iliqlik baxş etadilar. Inson qalbini xuddi amalga kirgan daraxtlarday uyğotadilar, köngil novdalariga ezgulik mujdalarini tera boşlaydilar.
Sevimli şoirimiz Erkin Vohidov ham XX asrning 60-yillarida özbek adabiyotida şunday paydo bölgan edi. Şaxsga siğiniş, qatağon dahşatlari, qattiq siyosiy nazoratning oqibatlari, qörquvlari yuraklarni ezğilab turgan, adabiyot köngil emas, siyosat quroli bölib, tinçlik frontida ham jangovarlik körsatayotgan bir paytda toza va samimiy yurak sozi, yurak ovozi taralgani çinakam quvonçli hol edi.
Şoirning özi şeʼriyatga yangi avlodning kirib kelişi haqida fikr yuritib şunday yozgandi: “Elliginçi yillarda şeʼriyatga kirganlar içida çinakam katta talant egasi bölgan şoirlar yöqmidi? Bor edi. Lekin elliginçi yillarda şeʼriyatda dabdaba va hamdu sano udum bölgan edi. Öşa yillarda adabiyotga kirgan şoirlarning köpçiligi ana şu udumni qabul qildilar, ilk qadamdan boşlab ana şu usulga örgandilar, şunday şakllandilar. Söngra oltmişinçi yillarga kelib şeʼriyatdan madhiyabozlik çekinganda ularning köpçiligi yangi narsaga darrov moslaşa olmadilar, şeʼriyatning bayroğini tantanabozlik xarobalarida tuğilgan avlod qölga oldi”1.
Haqiqatan ham, har bir ijodkorning şakllaniş davri uning keyingi taqdirini belgilaydi. Erkin Vohidov beğubor bir köngilning gözal his-tuyğulari bilan, ezgulikka taşna yurak bilan paydo böldi va şakllanişning sof va iztirobli yölidan oğişmadi. Şoir şeʼriyati Vatan sarhadlaridan oşib ötgan milliy adabiyotimizning jahon miqyosi tarozisidagi oğir toşlaridan biri, desak, aslo mubolağa bölmaydi.
Şoirning 8 jildlik töla asarlar töplami kitob javonimizdan tölaligiça örin olmoqda. “Bahor tarovati” nomli birinçi jild “Bağişlov” şeʼri bilan boşlanadi. Unda şoir butun ijodini avvalo umr kitobi, söng olis yöl sarhisobi deb biladi. Bu yöl ravon emasligini taʼkidlaydi. Ijod Ibtido va Intiho oraliğidagi yöl iztirobidir, deydi. Oldinroq esa “Şeʼriyat” şeʼrida yozgandi:
Sen, ey sen, şeʼriyat, bölding
Ki qaydin oşino menga.
Keturding ham safo menga,
Yeturding ham jafo menga.
Yoniq jonlar aro jonlar
Qilur faryodu afğonlar.
Bu köksim içra isyonlar
Bitilmiş ibtido menga.
Şoir bosib ötgan hayot yöliga nazar taşlarkan, mustaqilligimizning ilk yilida şunday yozgan edi: “Unda köp önqir-çönqirlar, yanglişlar, izlanişlar bor. Negaki, boşimizdan keçirgan kunlarimizning özi notekis, murakkab, xatolarga töla bölgan. Biz haq sözni aytiş qiyin bölgan zamonda yaşadik”2. Ha, haqiqatni aytiş qiyin bölgan zamonda ijod qiliş şoir uçun turgan-bitgani dard, iztirob. “Iztirobsiz yurak bormikin? – deydi taniqli adabiyotşunos Ibrohim Ğofurov. – Aççiq haqiqatlarni kaşf etuvçi yurak heç bir vaqt iztirobsiz bölarmikin? Agar iztirob bölmasa, şoirning haqiqatlari xalqning haqiqatlariga aylanarmikin? Erkin Vohidovning har bir şeʼrida bu savollarga javob bor. Ular hamma hollarda haqiqat izlayotgan orif siymoning zamondoşlari oşa kelajakka nidosi kabi eşitiladi”3. Haqiqatan ham, şoir asarlarini közdan keçirarkanmiz, uning ijodi haqiqatni aytiş, zamondoşlar dardini, inson va insoniyat muammosini kötarib çiqiş iztiroblari bilan yuksala boşlaganini his qilamiz. Kiçik söqmoq katta ijod yöliga, bu yöl esa badiiyatning yuksak toğlariga tutaşib ketganini anglaysiz. Şoirning ijod yöli, eʼtirof etilganidek, iztirob yölidir. Lekin şoir yuragini har köyga solayotgan bu iztirobning özagu tomirlari qayerda? Bu savolga “Ruhlar isyoni” dostonidan javob topganday bölamiz:
Har neçakim zör isteʼdod,
Toşqin ilhom,
U nega,
Xalqing yotsa çekib faryod,
Yaramasang kuniga.
Şoir esang,
Şoir bölib
Nega kelding hayotga,
Eling yotsa dardga tölib,
Kelolmasang najotga?!
Şöro tizimi şoir yuragiga şunday iztirobni soldi. Lekin şoir öşanday zamonda ham qanday usul bilan bölmasin haqiqatni aytişga yöl topa bildi. Bu nafaqat mahorat, balki jasorat ham edi. Bu jasorat çin maʼnoda şoirning “Özbegim” qasidasidan boşlangan desak asossiz bölmaydi. 1960-yillarning ikkinçi yarmida şeʼriyat inson qalb his-tuyğularini kuylaşga bir qadar öta olgan bölsa ham, lekin millat dardini kuylaş, uni madh etib köklarga kötariş, öz xalqi va tarixi bilan faxrlaniş tuyğusini baralla ifoda etiş hukmron siyosat çegarasini buzişday gap edi. Aksinça, şöro tuzumi bergan “baxtli hayot” madh qilingan zamonasoz şeʼrlar bayroq kabi davr siyosati şamolida hilpirab turardi. Qolaversa, şoir bungaça ham zamon zarbasini tatib körgan edi. Bu uning “Kavkaz şeʼrlari” turkumidagi bir qator ijod namunalari, ayniqsa, “Fuzuliy haykali qoşida” şeʼri bilan boğliq. Şeʼr adabiy yiğilişlarda ayovsiz tanqid qilinadi, siyosiy tuturuqsizlikda, yot ğoyalarni tarğib qilişda ayblanadi:
Boku boğlariga çökmoqda oqşom,
Dengiz mavj uradi tovlanib zarhal.
Şoir yuragidan toşganda ilhom,
Yoş bilan quyilib keladi ğazal.
“Bizlar, – deydi notiq, – yoş şoirni Kavkazga safarga yuborganimizda u Boku neftçilarining qahramonlik mehnatidan ilhom olib, kökka böy çözgan neft minoralari haqida zalvorli şeʼrlar yozar, deb öylagan edik. U allaqaysi şoirning közyoşlarini şeʼrga solibdi. Partiya şoirlar oldiga ulkan vazifalar qöyib turganda, bunday ijod namunalarini yoziş ötaketgan maʼsuliyatsizlikdir!” “Öşanda gulduros qarsaklar bilan qarşi olingan otaşin bu nutq, – deb yozadi şoirning özi, – Yozuvçilar uyuşmasi devoridan kompartiya va komsomolning baland minbarlariga kötarildi… Yoş umidli şoir bölib yurgan yigit bir lahzada burjua ğoyalarini taşuvçi unsurga aylanib qoldim. Mening iztirobli, alamli, içki isyon bilan tölib-toşgan kunlarim boşlandi”4.
“Özbegim” qasidasi ana şunday kunlarning, oylarning, yillarning hali tugab ulgurmagan iztiroblari iskanjasida yozilgani aynan haqiqatdir. Yozuvçilar uyuşmasining katta majlislar zalida ilk bor öqib berilgandayoq qölyozma holida muxlislar qöliga ötib, tezda tarqalib ketdi. Söng “Guliston” jurnalida bosilgaç, siyosiy toşlar otila boşlandi. Şoir qasida bilan boğliq ayançli voqealarni eslab yozadi: “Yetmişinçi yillarning boşi edi. “Yoşlik devoni”ga kirgan qasida ustida gap-sözlar tinmagan, iş joyimdan pattam qölimga tegib, tört tomonim qibla bölgan payt. Bir kuni meni yuqori idoraning yuqori amaldori çaqirtirdi…
– Bu dargohda çuçmal gap bölmaydi. Sizni maslahatga çaqirganimiz yöq. Bu qatʼiy topşiriq, – deya amaldor körsatkiç barmoqlarini şiftga töğriladi. Xayrlaşar ekan: – Mavzuni baytma-bayt aytib berdim. Qofiyasini özingiz topasiz, – deb qöydi”5.
Şoirning qayd qilişiça, topşiriq quyidagilardan iborat bölgan: şeʼrga yana tört-beş bayt qöşiş kerak. Öşa baytlarda, birinçidan, özbek xalqi Oktyabr inqilobi tufayli baxt-saodat topganligi albatta aks etişi kerak. Söng uluğ dohiy taʼlimoti, kommunistik partiya ğoyalari, "uluğ oğamiz"ning yordami, nihoyat, Kreml yulduzining şuʼlasi… Xullas, öşa rahbarning özi aytganidek, şoirga faqat qofiya topiş qolgan, xolos. “Ming şukr, – deydi şoir, – Yana şukrlarki, öşa zamonda yuksak topşiriqni ado etolmadim, “qofiyasini topolmadim”6.
Ötgan asrning 70-yillarida Şoir ijodida zamin va zamon, inson va insoniyat, millat va erk masalasi jiddiylaşa borgani seziladi. Nafaqat ğoyaviy mazmun jihatidan, balki badiiy, hatto şakliy, uslubiy jihatdan ham izlanişlar samarasi muxlislar eʼtiborini tortdi. Ayniqsa, fikr-xulosaning umuminsoniy, umumbaşariy qiyosga kötarilgani, falsafiy teranligi, öz xalqi va adabiyoti oldidagi şoirlik masʼuliyati oşgani yaqqol seziladi. Aynan şu yillarda şoir Nazrul Islom tilida öz-özidan hisob söradi:
Şoir bölib elga bukun
Darkormisan, der menga.
Fidolikka xalqing uçun
Tayyormisan, der menga.
Bu şoirning öziga qöygan talabi edi. Davrning ijtimoiy masalalariga qörqmay munosabat bildira olgani va uni yuksak badiiy şaklda aytgani – şoirning bu burçni qançalik teran idrok etganiga dalildir. Erkin Vohidovning “Tirik sayyoralar”, “Bizlar işlayapmiz”, “Sen menga tegma”, “Ona tilim ölmaydi”, “Zamin sayyorasi” kabi şeʼrlari, “Ruhlar isyoni” dostoni 70-yillar özbek şeʼriyatining eng sara ijod durdonalari sanaladi. Bular qatorida 1977-yili yozilgan “Arslon örgatuvçi” şeʼri ham borki, unda aynan öşa davr mustamlakaçilik siyosatining fojiasi, yaʼni inson va millat fojiasi yoritilgan. Mahorat, qolaversa, jasorat aytib bölmaydigan fikrni, hayot haqiqatini ham ayta olişga kuç va imkon beradi. “Vankuver tomoşagohida” deb nomlangan şeʼrning mazmuni şunday: olov halqa çarsillab yonib turibdi. Arslon örgatuvçi qamçisini qarsillatib arslonni olov içdan ötişga undaydi. Tomoşagoh larzaga keladi. Şunda yoldor yirtqiç tilga kirib öz nafratini soçadi: “Ojiz odam! Bor, boşimda qamçi öynatma, ğazabimni qözğatma, haddingdan oşma. Nimta-nimta qilsam netarsan. Qarsak çalgan olomon ham najot berolmaydi. Ovora bölma, olovdan sakramasman. Tutqin bölsam ham, men töqaylar şohiman. Cyen esa öz holini bilmagan, şuhratga öç, pastkaş bir macxarabozsan, xolos. Nomard taqdir meni senga asir qildi. Meni bandi qafas etgan dunyoga laʼnat. Şer zotini masxaraboz qöliga berib, mard ahvolidan rohat olganlar, laʼnat sizga, tomoşabin, gumroh bandalar!” deydi.
“Nodon dema. Men bilaman arslon qudratin, – deya arslon örgatuvçi ham öz dardini tökib soladi. Arslonning gaplarini maʼqullaydi. – Lekin tiriklik menga qamçi, senga qafas berdi. Aslida, men ham sendek qulman. Menda-ku dard, isteʼdod, heç bölmasa, hayvonlarga şafqatu mehr bor. Biroq ğazabnok xöjayinim doimo mening ham boşimda qamçi öynatib turadi. Holatimni tuşun, aslida ikkimizning taqdirimiz bir. Na qilay, tirikligim şu xöjayinning qölida. Zulmi jonimdan ötib tursa ham, zinhor norozilik bildirolmayman, çunki birgina söz bilan faqat boşimga balo ortadi”.
Bu sözlarga arslon çidolmadi: “Böldi, bas qil! Yuragimni qon qilma, inson! Öt olsin bu çarx-falakning rizqi rözini!..” deydi va olov çambarakka özini otadi.
Bu öta jiddiy ijtimoiy şeʼr, aççiq haqiqat. Haqiqat bölganda ham öşa davrda aytib bölmaydigan haqiqat edi. Bu mustamlakaçilik tizimining, siyosatining tarix sahnasidagi timsoliy körinişidir. Şoir timsollar orqali işora qilib zamon haqiqatini öşa davrdayoq ayta olgan edi.
Erkin Vohidovning 80-yillarda yozgan bir qator şeʼrlarida jamiyat taraqqiyotiga töğanoq bölayotgan illatlarga qarşi fikrlari keskinlaşdi. Masalan, “Xalq deputatlariga” şeʼrida yozadi:
Ertaga çiqqan çoğ baland minbarga
Ayta olasizmi yurtning dardini?
Azaliy odatni qilasizmi yo?
Yalpi qöl kötarib kelasizmi yo?
Deputat nişonin taqqaç kökrakka,
Quloq solib köring bir bor yurakka.
Ul yurak tubida el ğamidin ğam,
Doğidin köngilda doğingiz bormi?
Bundan taşqari, “Eski hammom, eski tos”, “Ajab ermas”, “Davlat işi”, “Körsatkiç barmoq”, “Unter Prişibeyev”, “Töra yigit”, “Bizdan keyin heç bir avlod qayta turmasin”, “Siyosiy saboq” kabi yana köplab şeʼrlari yurak amri bilan davrning oğriqli nuqtalarini nişonga ola bilgan xalqparvar şoir sifatida yana bir bor eʼtirof etilişiga asos böldi.
Erkin Vohidov – köp qirrali ijodkor: u lirik şoir, bir qator dostonlar muallifi, dramaturg, “Donişqişloq latifalari” turkumi bilan özbek adabiyotiga Matmusa timsolini olib kirgan hajviyotçi, jahon adabiyoti durdonalarini özbek tiliga ögirgan mohir tarjimon. Şunisi quvonarliki, uning har bir yönalişdagi ijodida adabiyotimizda qad kötarib turgan yuksak çöqqilar bor. Bu çöqqilarni birlaştirib, uyğunlikda köra olsakkina, şoirning adabiyot maydonidagi, millat oldidagi uluğvor salobatini his qila olamiz.
Agarçi ismim Erkin,
Erki yöq, bandi kişan böldim,
Közim boğliq, dilim doğliq,
Tilim yöq, besuxan böldim…
Şukrkim, keldi istiqlol,
Umidim rost qil, Ollohim,
Ki, şoyad beqafas bulbul
Kabi sohib çaman böldim.
Mana, mustaqilligimizga ham çorak asr bölyapti. Şoirning bu davrdagi ijodi alohida bir mavzu. Çunki davr özgarişi bilan şoir ijodi ham mavzu, fikr, ğoya jihatidan yangilanişga yuz burdi. Butun millat dunyoqaraşida ijobiy özgarişlar yuz bergan davrda Erkin Vohidov çinakam Vatan farzandi sifatida ijod qildi, ijtimoiy hayotda ham faol iştirok etdi. “Şoir uçun el nazaridan qoliş – eng oliy jazo. Qolganini iztirob demasa ham böladi”7, deb yozgandi muhtaram adibimiz. U kişi butun umr qutluğ saodatni his qilib yaşadi – hamişa el nazarida, ehtiromida böldi.
Bahodir RAHMONOV
1960-yili tuğilgan. Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)ni tamomlagan. “Özbek adabiy tanqidçiligi”, “Ğarb adabiy-tanqidiy tafakkuri tarixi oçerklari” (hammualliflikda), “Muqaddasdir şoir degan nom”, “Oyga yaqin yulduzlar”, “Vafo qismati” kitoblari, köplab ilmiy maqolalari naşr etilgan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


